30-Sentabr, 2024-Yil
75
“YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA BOBUR SHAXSIGA BOʻLGAN EʼTIROF
Teshaboyeva Dilfuzaxon Salimjonovna
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani.
O‘qituvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13774236
Annotatsiya. Maqolada Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida Bobur
shaxsiga boʻlgan eʼtirof haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: Bobur, shaxs, roman, eʼtirof, ijod, kitobxon.
RECOGNITION OF BABUR PERSONALITY IN THE NOVEL "STARRY NIGHTS".
Abstract. The article talks about the recognition of Babur in the novel "Starry Nights" by
Pirimkul Kadyrov.
Key words: Babur, personality, novel, recognition, creativity, reader.
РАСПОЗНАВАНИЕ ЛИЧНОСТИ БАБУРА В РОМАНЕ «ЗВЕЗДНЫЕ НОЧИ».
Аннотация. В статье говорится об узнавании Бабура в романе Пиримкула
Кадырова «Звездные ночи».
Ключевые слова: Бабур, личность, роман, признание, творчество, читатель.
Oʻzbek zamonaviy nasriga salmoqli hissa qoʻshgan, xam tarixiy, xam zamonaviy
mavzularda birdek ijod qilib, kitobxonlar eʼtirofi va eʼtiboriga sazovor boʻlgan Pirimqul
Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani hanuzgacha kitobxonlar eʼtirofidadir.
Adib ushbu roman ustida oʻn yil (1969-1978) ish olib borgan. Tarixiy roman yaratish
yozuvchidan juda katta mehnat, zahmat talab qiladi. Chunki roman voqealarini yaratishdan avval
adib uning tarixini, kelib chiqishini, avlod-u ajdodini, orzu- armonlarini, oʻsha davr nafas, urf-
odat, rasm-rusum, kiyinishi, shevalarini toʻla oʻrganib chiqishi, hatto joy nomlarining tarixiyligini
aniqlab olishi zarur edi. Ana shunday mehnatni yelkasiga ola bilgan Pirimqul Qodirov oʻz
koʻzlagan maqsadiga erisha oldi.
Bobur Mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda
oʻnlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin.
“Yulduzli tunlar”keng qamrovli asar boʻlib, unga “Boburnoma” va “Humoyunnoma”
asarlari asos boʻlgan, Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti- Qutlugʻ Nigoxonimga
chin farzandli tuygʻusi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga
otalik mehri, birinchi umr yoʻldoshi Oyshabegim bilan oʻtkazgan koʻngilsiz odamlar dramasi,
Mohim bilan gʻaroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida
30-Sentabr, 2024-Yil
76
halok boʻlgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda bilan Bobur orasidagi munosabat hayajonli,
goʻzal ifodalangan. Asarda Bobur bilan yonma –yon Shayboniyxon Oyshabegim, Zuxrabegim,
Xadichabegim, Xonzodabegim, Gulbadanbegim, Malika Bayda, Mohim, Humoyun, Qutlugʻ
Nigorxonim kabi koʻplab tarixiy shaxslar obrazi xam yaratilgan “Yulduzli tunlar”ga baho
berayotganda bu asar tariximizning oʻta murakkab, chigal davrida yashagan, kurashgan isteʼdodli
olim, insonparvar, taraqqiyparvar, maʼrifatparvar, dilbar shaxs, haqgoʻy shoir Bobur Mirzo
shaxsini toʻla, aniq koʻrsatib berishdek ulkan vazifa adibga qanchalik masʼuliyat yuklaganligini
esdan chiqarmasligimiz lozim.Bu ulkan murakkab shaxsning tarix sahnasiga chiqqan kundan to
oʻlimiga qadar salkam 40 yillik hayoti, shaxsiy qiyofasi, xarakteri, oilaviy muhiti, shox va fotih
sifatidagi faoliyati romanda keng yoritilgan, xolis, haqqoniy koʻrsatib berilgan. Garchi romanda
Bobur hayoti keng oʻrin tutsa-da, asar syujetini harakatga keltirgan kuch Bobur shaxsi, faoliyati
emas, birinchi galda tarixiy hodisalar, jarayonlarning oʻzidir. Yozuvchi XV asr oxiri XVI asr
boshlarida Turkiston, Afgʻoniston, Hindiston tarixida yuz bergan muhim voqealarni, jangu -
jadallarni, kurashlarni, gavdalantirib bergan.
Boburning Amir Temur nasli orasida temuriylar saltanati eng qaltis damlarda saqlab qolish
uchun astoydil kurashgan eng sobit shaxs, yangi imperiyaning asoschisi ekanligini koʻrsatib
berishdek ulugʻ vazifa romanda oʻz ifodasini topgan.
Bobur Mirzo va uning zamondoshlari obrazi sabab tarix bevosita koʻz oʻngimizda
gavdalanadi, oʻtmishga sayohat qilamiz,
Badiiy asar, adibning koʻzlagan maqsadi va tarixiy voqealar, yuzlab qahramonlarni bir
yoʻnalishga solish va yoʻnaltirish ijodkordan katta bir sabr va salohiyat talab qiladi.
Ayniqsa, tarixiy romanlarni yozish, oʻz davri, zamonasining urf-odatlari, soʻzlariga,
arxitekturasi, liboslari, toponimiyasi, oʻzaro munosabatlari singari jihatlar adibda oʻta mohirlik va
kuchli mehnat talab qiladiki, adib ana shunday toʻsiq va zahmatlarni yengib oʻta olgan.
Asarni oʻqir ekanmiz, bosh qahramon Boburga xos boʻlgan jihatlarni adib oʻzgacha bir
mehr bilan, hurmat va ehtirom bilan tafsiflaganligini koʻramiz. Xatto u yengilib, sarson –
sargardon, yurtma-yurt kezib, holi tang holatda ham katta bir yurak va umid bilan oʻzgalarni
ruhlantira olganligi oʻzgacha rux bilan ifodalangan. Ayniqsa, opa-uka-Xonzodabegim va Bobur,
ota-bola Bobur va Humoyun, doʻsti Qosimbek bilan oʻzaro munosabatlari, hurmat va ehtirom bilan
ifodalangan sahnalar hozirgi yoshlar uchun ham bir ibrat boʻla oladi. Demak, asarning tarbiyaviy
ahamiyati ham yuqori.
Noʻyon Koʻkaldosh, Xoʻja Abdulloh, Mazidbek, Eson Davlatbegim, Sherimbek,
Yoqubbek, Mahmud, Mulla Fazliddin, Javxariy, Robiya, Tohir singari epizodik obrazlar bosh
30-Sentabr, 2024-Yil
77
qahramon Boburga xos boʻlgan fazilatlarni yanada ochishga yordam bergan. Ayniqsa, Boburning
Hindistondagi obodonchilik, bunyodkorlik ishlari, xalq manfaatlarini koʻzlab oʻtkazgan
islohotlari ishonarli aks etgan.
Bobur ota sifatida kasal yotgan oʻgʻli uchun jonini nisor qilib, uning sihat topishi uchun
ollohga munojot qilishi va xudoning qudrati bilan oʻgʻli tuzalib, oʻzi kasal boʻlib qolishi
ifodalangan joylarini oʻqirkanmiz, xar qanday insonning yuragi junbushga keladi.
Boburning shox sifatidagi iztiroblari, shoir sifatidagi qarashlari, kechinmalari, oʻgʻil
sifatidagi armonlari, jufti halol koʻrinishidagi tahqirlanishlari, ota sifatidagi kuyunishlarini yurak
– yurakdan oʻtkaza olsangiz, shunga amin boʻlasizki, P.Qodirov Bobur degan shaxsga ushbu asari
orqali haykal oʻrnatib unga tamal toshini qoʻya olgan ekan. Ushbu tarixiy roman oʻz vaqtida
yozilib, oʻzbek adabiyotini toʻldirgan, balki bezagan ekan. Oʻqigan kitobxon faqat maʼnaviy ozuqa
olib, oʻzining shu ajdodning avlodi ekanligidan iftixor etishi tayin.
REFERENCES
1.
„Pirimqul Qodirov (1928): „Yulduzli tunlar“ romani haqida“. Ziyouz.
2.
Sultonova O'g'ilshod (2020) "Ilm sarchashmalari", Urganch davlat universitetining ilmiy-
metodik jurnali - Urganch, 2020-yil 8-son 190-193 betlar
3.
Ko‘chirma N. G‘. Nizomiddinovning «Boburiylar davri Hindiston turkiy tili va adabiyoti»
kitobidan olindi. – Toshkent, 2010, 46–48-betlar
4.
“Yulduzli tunlar” “Sharq” nashriyoti-2016
5.
11- sinf adabiyoti 1- qism
6.
www.ziyouz.com.kutubxonasi
