30-Sentabr, 2024-Yil
78
DAVLAT ULUSHI ISHTIROKIDAGI JAMIYATLARDA MHXS (MOLIYAVIY
HISOBOTLARNI XALKARO STANDARTLAR) ASOSIDA BUXGALTERIYA
HISOBINI YURITISH VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH TARTIBI
Fayziyev Mehriddin Rajabovich
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13774322
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat ulushi ishtirokidagi
jamiyatlarda moliyaviy hisobotlarning tuzilishi va ularning axborot ta’minoti, moliyaviy holatini
aniqlash va foydalanilmagan rezervlar tahlili, asosiy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar
tahlili masalalari batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar: moliyaviy hisobot, balans, hisob tizimi, xarajat, daromad, moliyaviy hisobot
tahlili, daromad va xarajatlar tahlili, hisoblash usuli.
THE PROCEDURE OF ACCOUNTING AND PREPARATION OF FINANCIAL
STATEMENTS IN COMPANIES WITH STATE PARTICIPATION ON THE BASIS OF
IFRS (INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS)
Abstract. This article describes in detail the structure of financial reports and their
information provision in companies with state participation in the Republic of Uzbekistan, the
determination of financial status and the analysis of unused reserves, the analysis of income and
expenses from the main activity.
Key words: financial statement, balance sheet, accounting system, cost, income, financial
statement analysis, income and expense analysis, calculation method.
ПОРЯДОК УЧЕТА И ПОДГОТОВКИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ В
КОМПАНИЯХ С ГОСУДАРСТВЕННЫМ УЧАСТИЕМ НА ОСНОВЕ МСФО
(МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ)
Аннотация. В данной статье подробно описана структура финансовой
отчетности и ее информационное обеспечение в компаниях с государственным участием
в Республике Узбекистан, определение финансового состояния и анализ неиспользованных
резервов, анализ доходов и расходов от основной деятельности.
Ключевые слова: финансовый отчет, баланс, система бухгалтерского учета,
себестоимость, доходы, анализ финансовой отчетности, анализ доходов и расходов,
метод расчета.
30-Sentabr, 2024-Yil
79
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijasi oliy ta’lim tizimini
o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash tizimiga o‘tishi natijasida universitet va institutlar tomonidan
mablag‘ ishlab topish va ulardan maqsadli hamda samarali foydalanish, moliyaviy hisobotlarni
tahlil qilish, shu jumladan buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri va asosli ekanligini
tekshirish, hisobot ko‘rsatkichlarini boshqa axborotlar bilan raqamlashtirilgan holatda tekshirishni
amalga oshirish muhim masala hisoblanadi. Shu sababli oliy ta’lim tizimining xususiyatlarini
inobatga olish, ushbu tizimda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
asosida yuritish, natijada moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablar darajasida taqdim etish muhim
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi natijasida hisob
tizimini optimal tashkil etish imkoniyati yaratildi va uning ma’lumotlarining shaffofligi yanada
oshdi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan
ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslariga
doir ko‘plab nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.
Davlat ulushi ishtirokidagi jamiyatlarda muhim masala moliyaviy hisobotlar tarkibi va
uning axborot ta’minotini tahlil qi lish hisoblanadi. Ushbu sohada buxgalteriya hisobini tashkil
qilish, ya’ni byudjet hisobining tashkiliy masalalarini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobini yuritish
shakli, tashkiliy tamoyillari, usullari, asosiy masala mo-liyaviy hisobotlarini belgilangan normativ
hujjatlarga asosan ishlab chiqish, uning axborot ta’minotini tahlil qilish, ularda moliyaviy
hisobotlarni tuzish va taqdim qilish xususiyatlarini inobatga olgan holda axborot ta’minoti tahlilini
amalga oshirish lozim.
Ushbu masalada dunyo hamjamiyatida inobatga olinadigan moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari, shu jumladan davlat sektorida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy
qilish alohida masala hisoblanadi. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
24.02.2020 yildagi PQ-4611-sonli qarorida alohida “Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik
jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlari
shaffofligi va sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, mazkur sohada amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risida Moliya vazirligiga ma’lumot taqdim etish”[2] masalasi belgilangan.
Demak, oliy o‘quv yurtlarida buxgalteriya hisobini yuritish jarayonida davlat sektorida
MHXS asosida tashkil etish masalasining yechimini topish zarur. Ushbu masalada O‘zbekiston
30-Sentabr, 2024-Yil
80
Respublikasida davlat sektorida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida milliy
standartlar ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Oliy o‘quv yurtlarida moliyaviy hisobotlarning axborot ta’minotini tahlil qilish jarayonida
ushbu sohaga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining me’yoriy hujjatlarida
belgilangan yagona uslubiyat, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar
smetalarining ijrosi, buxgalteriya hisobining ma’lumotlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqsadda oliy o‘quv yurtlarining katta-kichikligi, xarajatlar smetalarining hajmi,
operatsiyalar soni va ma’lumotlarning ishlash vositalaridan foydalanilishiga qarab (O‘zASBO)
hisobi asosida analitik daftar, boshjurnal va boshqalar qo‘llaniladi[3].
Chet mamlakatlarda oliy ta’lim sohasida byudjet hisobini tashkil qilish masalasida
Rossiyada turlicha fikrlar mavjud. Shu jumladan, byudjet daromadlari va xarajatlari buxgalteriya
hisobida aks ettirish bo‘yicha rossiyalik iqtisodchiolim Vorobyeva I. P. tomonidan quyidagicha
fikr bildirilgan: “Oliy ta’lim sohasidagi byudjet hisobini yuritishda tizimga daromad keltiruvchi
faoliyatdan olingan daromadlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari tadqiq etilgan.
Bunda byudjet tashkilotlarida daromad keltiruvchi faoliyatdan olinadigan daromadlarni
alohida buxgalteriya hisobida aks ettirish mezonlari, mazkur daro-madlarning tasniflanishi,
buxgalteriya hisobida tan olish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar, daromad summasi, sanasi yetarli
darajada huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi sabab-li ushbu masalani yanada batafsil yoritish
lozim[4].
Ushbu masala yanada rivojlantirilib, S.I.Korenkova ilmiy tadqiqotlarida byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirishda hisob siyosatini
ishlab chiqish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi[5]. Yuqoridagilar asosi-da ta’kidlash
lozimki, O‘zbekiston Respublika-si davlat sektorida byudjet hisobi va hisobotini takomillashtirish
byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Ushbu masalada amalga oshirilgan islohotlar natijasida Xalqaro amaliyot tajribasi
asosida byudjet hisobini isloh etishda daromadlarni tan olish jarayonida ikki usuldan birini tanlab,
shu asosda amalga oshirilishi lozim: hisoblash usuli va kassa usuli. Ushbu usullardan foydalanish
va xalqaro standartar talabiga ko‘ra ko‘proq hisoblash usuliga o‘tilishi asosiy yo‘nalish sifatida
qaraldi. Davlat sektorida hisoblash usuliga asoslangan standartlarning joriy qilinishi soha olim-
larining ilmiy qarashlarida o‘z ifodasini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu masalada
xorijlik iqtisodchi-olimlar fikrini tahlil qilsak, ushbu masalada Kristensen M. va Parker L.
tomonidan chet ellik kompaniyalar tomonidan byudjet hisobida hisoblash usuli va shu asosda
standartlarning joriy qilinishi masalalari yoritilgan. Shu jumladan, byudjet tizimidagi
30-Sentabr, 2024-Yil
81
universitetlarning buxgalteriya hisobini yuritishda xalqaro amaliyot tajriba-sidan kelib chiqib,
moliyaviy hisobotning xal-qaro standartlarida belgilangan hisoblash usulidan foydalanish va
ushbu usulning xalqa-ro standartlar talabiga mosligi bo‘yicha fikr bildirganligini ko‘rishimiz
mumkin[6].
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2021.- 458 b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-sonli qarori. //Lex.uz.
3.
To‘rayeva M.A. Global pandemiya sharoitida byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi va
nazoratini takomillashtirishning dolzarb masalalari (ta’lim muassasalari misolida).
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentabr-oktabr,
2020-yil 60-64-betlar. Raximova G.M. MHXS globallashuvi: standartlashtirishning jahon
tajribasini tahlil qilish (birinchi turkum). //Moliya va bank ishi. elektron ilmiy jurnali. 5-son.
Sentyabr-oktyabr, 2020.39-43betlar.
4.
Buxgalterskiy uchet v byudjetnыx uchrejdeniyax: Uchebnoye posobiye. /I.P. Vorobyeva,
A.L. Spesivseva, G.A. Barыsheva. – Tomsk: Izd-vo TPU, 2012. – 252 s.
5.
Korenkova S.I. Byudjetnыy uchet i otchetnost. Uchebnoye posobiye dlya vuzov. - M.:
Yurayt, 2018. -457 s. S.45-48.
6.
Christensen M., Parker L. Using Ideas to Advance Professions: Public Sector Accrual
Accounting. //Financial Accountability and Management. 2010. Vol. 26. №3. P. 246–266.
7.
Mexmanov S.U. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida byudjet
hisobini isloh etish yo‘nalishlari. //Iqtisod va moliya, 2015, №4. 73-77 b.
8.
Mejdunarodnыye standartы buxgalterskogo ucheta dlya gosudarstvennogo sektora
(MSBUGS). Pervыy tom. –T., 2008. 305s. S. 50-51.
9.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonun. //Lex.uz.
10.
To‘rayeva M.A. Global pandemiya sharoitida byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi va
nazoratini takomillashtirishning dolzarb masalalari (ta’lim muassasalari misolida).
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentabr-oktabr,
2020. 60-64 betlar.
