Authors

  • Nurillo Qodirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.41532

Keywords:

Finance of economic entities financial results financial resources gross domestic product.

Abstract

This thesis deals with the issues of improving the accounting of financial results in economic entities.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

82

XO’JALIK YURITUVCHI SUBEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI

TAKOMILLASHTIRISH: NAZARIYA VA AMALIYOT

Qodirov Nurillo Abdulboqiyevich

Bank- moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13784788

Annotatsiya. Ushbu tezisda xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalar hisobini

takomillashtirish masalalari xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyasi, moliyaviy natijalar, moliyaviy

resurslar, yalpi ichki mahsulot.

IMPROVING ACCOUNTING OF FINANCIAL RESULTS IN ECONOMIC ENTITIES:

THEORY AND PRACTICE

Abstract. This thesis deals with the issues of improving the accounting of financial results

in economic entities.

Key words: Finance of economic entities, financial results, financial resources, gross

domestic product.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА ФИНАНСОВЫХ РЕЗУЛЬТАТОВ В

ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТАХ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Аннотация. В данной диссертационной работе рассматриваются вопросы

совершенствования расчета финансовых результатов в хозяйствующих субъектах.

Ключевые слова: Финансы хозяйствующих субъектов, финансовые результаты,

финансовые ресурсы, валовой внутренний продукт.

Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining negizini iqtisodiyotdagi real capital

moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga

salmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XyuSlarning moliyaviy

resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy

doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab

chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning

ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni

moliyalashtirishda XyuS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim

ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish

alohida o‘rin tutadi.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

83

YaIM va MD ni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XyuSlar o‘rtasidagi

moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XyuSlar va aholining

birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yo‘li

bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil

topadi. XyuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash

kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli,

pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va

aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kredit va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish

ko‘rinishida shakllarida sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali budjet tizimi va nobudjet apital faoliyatidagi

qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va

davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan:

•budjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini oshirish.

Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan apita siyosatni hayotga tatbiq etish bilan

bog‘liq. Bu siyosat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XyuSlarning

investitsiyalarga yo‘nal-tiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishi rag‘batlantirilishini ko‘zda

tutmog‘i kerak;

•bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish.

Buning eng asosiy iqtisodiy instrument va mexa-nizmlari quyidagilar hisoblanishi mumkin:

kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajmining nisbati; Markaziy bankning

hisob stavkasi; ssuda va apital foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori.

Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan

ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XyuSlarning investitsion

imkoniyatlari chegaralarini ken-gaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini investitsiyalarga jalb

qiladi;

•yangi samarali iqtisodiyotni – kapitaltual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda

rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XyuSlarning

ildam rivojlanishi. Mamlakatdagi raqobatbardosh iqtisodiyotning yadrosini yuqori qo‘shilgan

qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi

tarmoqlar tashkil etmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya

sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida,

konsolidatsiyalashtirilgan va respublika budjeti daromadlarida, eksportda va valuta tushumlarida

nisbatan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotning yo‘nalishda tomonga

deformatsiyalanganidan dalolat beradi. Milliy xo‘jalikning bunday tarkibiy nomuvofiqligi


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

84

iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi.

Shu munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga

kapitalning oqib o‘tishini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi

dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning mo-liyaviy salohiyatini yuqori darajaga

ko‘taradi.

•XyuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik

faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni

qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy

ravishda ilmiy-texnik jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi paytda ishlab

chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning

o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar,

konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va

sanoat kapitalining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir

bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan

samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning

o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni

yechishga imkon bermoqda.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-son “Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi

qarori

2.

A. A. Karimov, A. K. Ibragimov, N. K. Rizaev, N. M. Imamova-moliyaviy hisobot

standardari / dars-T.: "Moliya", 2021-310 B.

3.

Norbekov D.E. Ochilov I.K. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” O’quv-uslubiy

majmua. – Toshkent:,2019. – 416 b.

4.

Sh.Muzrapova “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida moliyaviy

hisobotlarni tuzish tartibi“ “Tafakkur manzili” may2022 ISSN:2180-2160

www.reandpub.com

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi qarori

A. A. Karimov, A. K. Ibragimov, N. K. Rizaev, N. M. Imamova-moliyaviy hisobot standardari / dars-T.: "Moliya", 2021-310 B.

Norbekov D.E. Ochilov I.K. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent:,2019. – 416 b.

Sh.Muzrapova “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi“ “Tafakkur manzili” may2022 ISSN:2180-2160 www.reandpub.com