ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
211
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARIDA MUSIQA
MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH USULLARI
Alimova Diyora Alimjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti ijtimoiy gumanitar va san’at fakulteti
musiqiy ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
dalimova708@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13815800
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga musiqadan
berilayotga bilim ko‘nikmalar va musiqa madaniyatini shakillantirish usullari haqida keng fikr
bildirilgan.
Kalit so‘zlar: oliy majlis, pedagog, ta’lim-tarbiya, o‘quv dasturi, madaniy va ma’naviy
bilim ko‘nikmalari.
METHODS OF FORMATION OF MUSICAL CULTURE AMONG STUDENTS
OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS
Abstract. In this article, a broad idea is given about the knowledge, skills and methods of
forming music culture given to students in general secondary schools.
Keyword: Supreme assembly, pedagogue, education, curriculum, curtural and spiritual
knowledge skills.
МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ У
УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ.
Аннотация. В данной статье выражено широкое мнение о методах обучения
музыке учащихся общеобразовательных школ, способах формирования музыкальной
культуры.
Ключевые слова: Верховное Собрание, педагог, образование, учебная программа,
культурно-духовные познания.
Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy
madaniyatini shakillantirishga, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr
doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasi asosiy jihatlarida amaliy fanlarni
o‘qitish, bu yo‘nalishda bo‘lajak mutaxasislarni tayyorlash borasida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 27 fevraldagi PQ 4623 sonli
“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida” gi qarori qabul
qilindi. Qarorga binoan musiqiy ta’lim tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, tehnologiya
ta’limi, jismoniy madaniyati, chaqiriqgacha harbiy ta’lim va boshlang’ich ta’limda jismoniy
tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 3 yillik bakalavtrlik ta’limi joriy etildi.
1
Bugungi kunda musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh
avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini
idrok eta oladigan va qadrlaydigon madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iborat.
1
Mirziyoyev SH. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
Toshkent.O‘zbekiston,2016yil 14 bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
212
Buning uchun har bir o‘quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va
ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalari doirasini tarkib toptirish,
iqtidorli o‘quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish
maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqiy ta’lim yo’nalishi uchun mo‘ljallangan “Musiqa o’qitish metodikasi”, deb
nomlangan o’quv qo‘llanmada fanning o‘qitish sohasi, maqsadi, vazifalari,o‘qitish tamoyillari va
metodlari tasnifi hamda ularning o‘ziga hos pedagogik-psixologik xususiyatlari hamda 1-7
sinflarda musiqa darslarini tashkil etish mazmuni, metodikasi, xorijiy mamlakatlarda musiqa
ta’limi tizimi to‘g’risida ilmiy-metodik va didaktik masalalar bayon etilgan.
2
Hozirgi zamon
musiqa pedagogikasi fani oldida turgan muhim muammolardan biri-ta’im-tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirish hisoblanadi. Musiqa ta’lim-tarbiyasi ma’naviy kamolotini ta’minlovchi
muhim omillardan biri bo‘lib, inson tuyg’ulariga ta’sir etish bilan uni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda musiqiy ta’lim-tarbiyani rivojlantirish borasida qator
me’yoriy va o‘quv-uslubiy hujjatlar qabul qilindi, dasturlar tayyorlanib, darsliklar nashr ettirilib,
o’quv-metodik adabiyotlar chop ettirildi.
Umum ta’lim maktabida musiqiy ta’limi mazmunini yanada oshirish, tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirishda Davlat ta’lim standartining ahamiyati katta. 2017 yil 6 apreldagi
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g’risida” gi 187-sonli qarori bilan Musiqa madaniyati muassasalarida musiqa madaniyati fanini
o‘qitishning maqsadi- o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakillantirish,
milliy g’urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat hamda jahon kompozitorlarining
asarlarini tinglash va tushunish undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat deb belgilaydi.
Hujjatda maktabda boshlang’ich ta’limning muhim jihatlaridan biri- o‘quvchilarda
musiqiy savodxonlik malakalarini shakillantirishdan iboratligi e’tirof etildi. Umum ta’lim
maktablari musiqa madaniyati o‘quv dasturiga taaluqli musiqa savodi malakalarini mustahkam
o‘zlashtirilishi, o‘quvchilar ongi va shuurida uzoq vaqt saqlanib qolishi, ular mavjud musiqiy bilib,
malaka va ko‘nikmalardan kundalik faoliyatda qo’llay olishlariga erishish lozimligi qayd etildi.
Musiqa madaniyati fanini o‘qitishning oldiga esa o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni, musiqiy
xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni
rivojlantirish asosida fikr doirasini kengaytirish, o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini hamda
turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni
shakillantirish hamda rivojlantirish kabi vazifalar qo‘yilgan.
Umumiy o‘rta ta’limda “Milliy o‘quv dasturi” ning ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etilishi muhim ahamiyatga molik masalalardan biridir. Unda musiqa madaniyati
fanini o‘qitishning Konsepsiyasi 8 bobdan iborat bo‘lib, quyidagicha nomlanadi.
1-bob.Umumiy qoidalar
2-bob. Musiqa madaniyati fanini o’qitishning joriy holati va mavjud muammolari
2
Muhitdinova SHarifa Sayfullayevna “Musiqa madaniyati darsini samaradorligi oshirishda ilg’or pedagogic
tehnologiyalarning o‘rni va ahamiyati” Buxoro 2021 yil 3 bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
213
3-bob. Musiqa madaniyatining maqsad va vazifalari
4-bob. Musiqa madaniyat fanining o‘quv metodik ta’minotini rivojlantirish
5-bob. Musiqa madaniyat fanining moddiy-tehnik ta’minotini mustahkamlash
6-bob. Musiqa madaniyati fanining o‘qitish metodologiyasi
7-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
Bugungi kunda pedagogik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, zamonaviy
yondashuvlarni taqazo etmoqda. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va
ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hevh qanday sohada bo‘sh
kelmaydigan inson bo‘lib kamol topishi, baxtli bo’lish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilarning
musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli
tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni
ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’im maktablarida musiqa o‘qituvchisi darsdan tashqari faoliyatda
o‘quvchilarni xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan
doimiy ravishda tayyorgarlik ko‘rib, o‘z bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Chunki
o‘qituvchi bu faoliyatdagi muvaffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analari
bilan birga musiqa san’ati sohasida qanchalik keng bilim va malakaga ega ekanligiga hamda
shaxsiy namunasiga ko‘p jihatidan bog’liq bo‘ladi.
3
Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatida xalq musiqa ijodiyoti
namunalaridan foydalanishda ma’lum mezon va talablarga ko’ra tanlash muhim ahamiyatga ega.
Bu o‘rinda:
1. Xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulariga va dastur
talablariga mosligi
2. Asarlarga o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati va ijodkorligiga to‘g’ri kelishi
3. Tanlangan asalar o’quvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini, pirovard
natijasida milliy madaniyatini shakillantirish nuqtai nazaridan tarbiyaviy ta’sirchanglikka ega
bo’lish
4. O‘quvchilarda o’qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga rag’bat
uyg’otish
5. Xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyati yo‘qoymagan
umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi
6. Asarlarni o‘rganishda ta’limning boshqa tarkibiy qismlarini o‘zlashtirish uchun
ahamiyatliligi yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egaligiga e’tibor qaratilishi muhimdir.
7. Darsda o‘quvchilarni ongililik va aktivligi printsipi
4
Xulosa qilib aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida musiqa fanini kuchaytirilishi
o’quvchilarni ham ma’naviy ham moddiy jihatdan foyda keltirmoqda. Kelajagimiz poydevori
3
G.Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. TDPU, 2006.
4
D.F.Asamova va Z.I.Xodjayeva.Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari Toshkent 2014 yil 12
bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
214
bo’lgan bu o’quvchilar uchun mukammal bilim berish darkor. O‘quvchilar uchun hozirgi kunda
ko‘plab qulayliklar qilib berilmoqda. Biz budan to‘g’ri foydalanishimiz va malakali
o‘qituvchilarimi jalb etishimiz kerak. Bu bilim bilan kelajak avlod vatanga ko‘plab rag’batlar olib
kelishadi degan umitdaman.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev SH. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. Toshkent.O‘zbekiston,2016yil 14 bet
2.
Muhitdinova SHarifa Sayfullayevna “Musiqa madaniyati darsini samaradorligi oshirishda
ilg’or pedagogic tehnologiyalarning o‘rni va ahamiyati” Buxoro 2021 yil 3 bet
3.
G.Sharipova. Musiqa o‘qitish metodikasi. TDPU,2006.
4.
D.F.Asamova va Z.I.Xodjayeva.Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab
repertuari Toshkent 2014 yil 12 bet
