ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
151
TURKIY DUNYO TURIZMI PRIZMASI ORQALI HAMKORLIKLAR HAQIDA
Nazarova Ruxsora Toxirovna
Samarqand shahar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi o'qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13823233
Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida turizm sohasida
amalga oshirilgan hamkorliklar, turizm vazirlarining yillik yig‘ilishlari natijasi, turkiy dunyoning
turizm poytaxti masalasi hamda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarning
amaliy ahamiyati qay darajada bo‘lgani xususidagi ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Shu bilan
birgalikda, Qo‘qon, Samarqand va Turkiston shaharlarida o‘tkazilgan turizm vazirlari
yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar, kelajak rejalari ham batafsil tarzda berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev, Tabarruk
ziyorat” turizm konsepsiyasi, Bodrum sammiti, “Zamonaviy Ipak yoʻli” qoʻshma sayohat paketi
loyihasi, Qo‘qon shahri, “Turkiy dunyoning turizm poytaxti”, “Turk dunyosi turizm xaritasi”,
Vengriya, “Turkiston – turkiy dunyoning turistik poytaxti”, “Xalqaro barqaror va yashovchan
turizm yili” rezolyutsiyasi, “Samarkand Tourism Forum”.
ABOUT COOPERATIONS THROUGH THE PRISM OF TURKISH WORLD TOURISM
Abstract. This article provides information on the cooperation in the field of tourism within
the framework of the Organization of Turkic States, the results of the annual meetings of tourism
ministers, the question of the tourism capital of the Turkic world, and the practical significance of
a number of initiatives put forward by Uzbekistan. . At the same time, the decisions and future
plans made at the meetings of tourism ministers held in the cities of Kokand, Samarkand and
Turkestan were given in detail.
Key words: Organization of Turkic States, Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, "Tabarruk
ziyorat" tourism concept, Bodrum summit, "Modern Silk Road" joint travel package project,
Koqan city, "Tourism capital of the Turkish world", "Turkish world tourism map", Hungary,
"Turkestan - the tourist capital of the Turkic world", "International year of sustainable and viable
tourism" resolution, "Samarkand Tourism Forum".
О СОТРУДНИЧЕСТВЕ ЧЕРЕЗ ПРИЗМУ ТУРЕЦКОГО МИРОВОГО ТУРИЗМА
Аннотация. В статье представлена информация о сотрудничестве в сфере
туризма в рамках Организации тюркских государств, результатах ежегодных встреч
министров туризма, вопросе о туристической столице тюркского мира, практической
значимости. - спросил ряд инициатив, выдвинутых Узбекистаном. При этом были
подробно изложены решения и планы на будущее, принятые на встречах министров
туризма, прошедших в городах Коканд, Самарканд и Туркестан.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
152
Ключевые слова: Организация тюркских государств, Узбекистан, Шавкат
Мирзиёев, туристическая концепция «Табаррук зиёрат», саммит в Бодруме, совместный
туристический пакетный проект «Современный Шелковый путь», город Кокан,
«Туристическая столица тюркского мира», «Туристическая карта турецкого мира». »,
Венгрия, «Туркестан – туристическая столица тюркского мира», резолюция
«Международный год устойчивого и жизнеспособного туризма», «Самаркандский
туристический форум».
Turkiy davlatlar tashkiloti turkiy tilli davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, fan, ta’lim,
transport va turizm sohalarida o‘zaro aloqalarini kengaytirish hamda rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan davlatlararo tashkilotdir.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida a’zo mamlakatlar uchun bir qator imtiyozlar mavjud.
Ushbu tashkilotning a’zolari o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turizm, ilmiy
rivojlanish, inson huquqlarini himoyalash va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga
moslashtirilgan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo boʻlgan 2019-yildan buyon Prezident
Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtgan davr ichida oʻttizdan ortiq savdo-iqtisodiy va
investitsiyaviy, transport, turizm, sogʻliqni saqlash, madaniy-gumanitar, ilm-fan, iqlim oʻzgarishi
va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim tashabbus hamda takliflar ilgari
surildi. O‘zbekiston tashkilotga bejiz qo‘shilmagani va yuksak ambitsiyalarga egaligini namoyon
etmoqda. Tashabbuslarning aksariyati bugungi kunda ham TDT doirasida, ham BMT doirasida
amaliy ifodasini topayotganini taʼkidlash lozim.
Turkiy dunyoning turizm salohiyatiga doir bo‘lgan “Turkiy davlatlar bilan turizm
sohasidagi
hamkorlikni
jadal
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-338-son qarori, unga asosan Turkiy dunyoda
“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasining yaratilganligi ham bu sohaga qaratilayotgan
e’tiborning yuqoriligiga dalildir.
Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo va kuzatuvchi davlatlar oʻrtasida turizm sohasidagi
hamkorlik rivojiga katta ahamiyat berib keladi. A’zo davlatlarning sayyohlik salohiyati TDT
doirasida yaratilgan ko‘p qirrali va chuqur hamkorlik jarayonida muhim o‘ringa ega. Shu
maqsadda TDT doirasida bugungacha 8 ta vazirlar darajasidagi va 18 ta Ishchi guruh yig‘ilishlari
o‘tkazilgan.
2014-yilda Bodrumda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 4-sammiti mavzusi
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
153
ham turizm sohasidagi hamkorlikka katta ahamiyat berilayotganidan dalolatdir. Bodrum
sammiti ortidan bu sohadagi hamkorlikni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar jadallik kasb etib,
asosan, tarixiy Buyuk Ipak yo‘lini jozibador sayyohlik maskaniga aylantirishga qaratildi.
Shu munosabat bilan,
Bodrum
sammitida
aʼzo
davlatlar
Prezidentlarining
topshirigʻiga koʻra, Kotibiyat tomonidan “Zamonaviy Ipak yo‘li” qoʻshma sayohat paketi
ishlab chiqildi. “Zamonaviy Ipak yoʻli” qoʻshma sayohat paketi loyihasi va uning aʼzo
davlatlarga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlarni taqdim etuvchi
noyob tur-paket sifatida amalga oshirilishi hamkorlikning ushbu bandi doirasida amalga
oshirilayotgan tadbirlarning asosini tashkil etadi. Turkiy tilli davlatlar o‘rtasida sayyohlar
oqimini ko‘paytirishda qo‘shma sayohat paketining istiqbolli roli va pirovardida ushbu
mamlakatlarga uchinchi tomonlarning turistik tashriflarini ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlashi
ushbu loyihaning muhim jihatini ko‘rsatadi.
Qo‘shma kasbiy ta’limni amalga oshirish a’zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasidagi
hamkorlikning asosini tashkil etadi. Bosh Kotibiyatning yordami bilan hozirga qadar 1000 dan
ortiq mutaxassislar tegishli vazirliklar va turizm assotsiatsiyalari bilan kelishilgan holda aʼzo
davlatlarning turizm xodimlari uchun xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha kasbiy taʼlim oldilar.
Ushbu salohiyatni oshirish tashabbusi BMTning bir nechta hisobotlarida eng yaxshi
amaliyot sifatida ko‘rib chiqilgan.
“Zamonaviy Ipak yoʻli” qoʻshma sayohat paketining yoʻnalishi aʼzo davlatlar orqali Buyuk
Ipak yoʻlining madaniy va tarixiy merosining diqqatga sazovor joylarini kuzatib borish uchun
moʻljallangan. 15 kunlik sayohat davomida sayyohlar o‘tmishning jonli guvohlari sari sarguzasht
uyushtirishadi. Dastur sayyohlarni anʼanaviy Ipak yoʻlining oʻziga xos madaniy, maʼnaviy, tarixiy
va gastronomik hayoti bilan birlashtirishga qaratilgan. Ushbu qo‘shma paket turkiy davlatlar
o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yo‘l ochadi, shuningdek, ushbu mamlakatlarga
uchinchi tomonlardan turistik tashriflarni kuchaytiradi. Kotibiyat Qo‘shma sayohat paketini ilgari
surishda davom etish barobarida Turkiy davlatlar tashkiloti delegatsiyalari ham jahonga mashhur
sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etmoqda. Qo‘shma tur paketi Barqaror rivojlanish maqsadlariga
(SDGs) erishish va “Janubdan-Janubgacha” hamkorligini rivojlantirish uchun eng yaxshi
amaliyot sifatida qaraladi. Bu bilan birga turkiy tilli davlatlar va butun dunyodan kelgan sayyohlar
tomonidan tajriba o‘tkazishga ham tayyor.
Kotibiyat tur-paketning veb-saytini ham yaratgan.
2021-yil 24-iyun kuni O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo
davlatlar turizm bo‘yicha vazirlarning 6-yig‘ilishi o‘tkazildi. Vazirlar yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra,
mintaqada turizmni rivojlantirish maqsadida “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” loyihasini ishga
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
154
tushirishga kelishib oldilar, bu loyihada a’zo davlatlar shaharlaridan biri har yili “Turkiy
dunyoning turizm poytaxti” etib belgilanishiga kelishildi. Yig‘ilish yakunida Qo‘qon shahri
Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm bo‘yicha navbatdagi vazirlar yig‘ilishiga qadar birinchi
“Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Qo‘qon shahrida a’zo
davlatlarning davlat va xusuiy sektori, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralari va boshqa tegishli
subyektlari ishtirokida shaharda turizmni rivojlantirish maqsadida xalqaro konferensiyalar va turli
tadbirlar o‘tkazildi. Turizmga mas’ul vazirlar tajriba, ma’lumot va pandemiya davrida turistlarning
xavfsiz sayohati uchun a’zo davlatlar tomonidan ko‘rilayotgan ehtiyot choralari to‘g‘risida fikr
almashdilar. A’zo davlatlar oʻrtasidagi turizm sohasidagi mavjud aloqalar va turizm sohasidagi
hamkorlikni rivojlantirish yoʻllari hamda pandemiyadan keyingi davrda istiqbolli rejalar ham
muhokama qilingan edi. Vazirlar “Tabarruk ziyorat” loyihasining tafsilotlari ustida ishlashga
kelishib oldilar va loyihaga tegishli davlatlarning muqaddas qadamjolarini jalb qilishga tayyor
ekanliklarini bildirdilar.
Tomonlar Turk dunyosidagi asosiy tarixiy, madaniy va turistik yo‘nalishlari
ro‘yxatini tuzish uchun “Turk dunyosi turizm xaritasi”ni tayyorlashga rozi bo‘ldilar, bu esa a’zo
davlatlarning asosiy turistik yo‘nalishlarini belgilashda namunaviy loyiha bo‘lib xizmat qilishi
shubhasiz.
“Turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishda Qo‘qon xonligining
o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Turkiy davlatlar tashkiloti hamda
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan O‘zbekistonning qator
oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikda 2022-yil 8 - 10-iyun kunlari Qo‘qon shahrida,
Qo‘qon universiteti mezbonlik qilgan tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tomonidan Turkiston sammitida ilgari surilgan “Tabarruk ziyorat” tashabbusi hamda Qo‘qon
shahrining “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil
etildi. Ochilish sessiyasi Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan to‘rtta mavzuli sessiya bilan
davom etib, unda olimlar o‘z ilmiy tahlil va xulosalarini taqdim etdilar hamda siyosiy, iqtisodiy
va madaniy hayotning turli jabhalari bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazdilar.
2022-yilning 3 - 4-oktabr kunlari Turkistonda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida
“Tabarruk Ziyorat” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Turizm forumi ham shu doirasidagi tadbir
bo‘ldi. Forumda Qozog‘iston va O‘zbekistondan turizm, bojxona, migratsiya nazorati va
chegaralarni qo‘riqlash masalalariga mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sayyohlik
kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga Turkiston, Toshkent, Samarqand va
Buxoroning turizm salohiyati haqida ma’lumot berildi hamda ziyorat turizmini rivojlantirishning
bugungi holati va istiqbollari, “Tabarruk ziyorat” loyihasini samarali amalga oshirishdagi mavjud
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
155
to‘siqlar haqida fikr almashildi. Forum Turkiston va Samarqand viloyatlari maʼmuriyatlarining
turizm boʻlimlari, ikki davlat turoperatorlari hamda Turkiston xalqaro turizm va mehmondoʻstlik
universiteti oʻrtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bilan davom etdi.
2022-yilning 23 - 24-may kunlari Ozarbayjonning Shamaxi shahrida Turkiy davlatlar
tashkiloti Turizmga mas’ul vazirlarning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar uchrashuvi yakunlariga
koʻra, Ipak yo‘lining sayyohlik salohiyatini aniqlash, bilim va tajriba almashish, “Zamonaviy Ipak
yo‘li bo‘ylab qo‘shma tur”, qishki turizm, golf turizmi sohalaridagi hamkorliklar muhokama
qilindi. Shu bilan birga tomonlar ushbu dasturning umumiy asosi bo‘lgan “Turkiy dunyoning
turizm poytaxti” toʻgʻrisidagi nizomni qabul qildilar va Shamaxi shahrini 2023-yilda Turkiy
dunyoning turizm poytaxti deya e’lon qildilar. Shamaxida tadbirlar, anjumanlar, festivallar va
boshqa loyihalar amalga oshirilishi belgilandi. Tomonlar aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning yirik
shaharlari oʻrtasida parvozlar sonini koʻpaytirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Turizm
vazirliklari, Transport vazirliklari va boshqa manfaatdor tomonlardan iborat maxsus ishchi guruh
tuzishga ham kelishib oldilar. Delegatsiyalar rahbarlari a’zo va kuzatuvchi davlatlarda istiqbolli
loyihalarni tizimli va belgilangan muddatda amalga oshirish maqsadida, turizm sohalariga hissa
qo‘shish maqsadida turli tadbir, ko‘rgazma, festival, tanlov, o‘yin, o‘quv qo‘llanma, turistik
sayohat va dasturlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma yo‘l xaritasini qabul qildilar.
2022-yilgi Samarqand sammiti chogʻida davlat rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi
tomonidan 2022-yilda “Turkiy dunyoning birinchi turizm poytaxti” Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan
tadbirlarni yuqori baholadilar. “Tabarruk ziyorat”, “Turkiy davlatlarning eng yaxshi turistik
qishloqlari” loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek, aʼzo va kuzatuvchi davlatlarda
golf va qishki turizmini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini keng
muhokama qildilar. Aʼzo davlatlarning tegishli organlariga “Ipak yoʻlining jahon merosi” turkumi
va transmilliy nominatsiyasi boʻyicha qoʻshma nomzodlik ishlarini tuzish, shuningdek, milliy va
xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalari, “Turkiy davlatlarning zamonaviy Ipak yoʻli qoʻshma sayohatini
tashkil etish loyihasi”ni zarur vositalar bilan targʻib qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini
muvofiqlashtirish topshirildi.
2023-yilning 7 - 12-may kunlari Vengriyada Turkiy davlatlar tashkilotining turizm
boʻyicha kadrlar tayyorlash dasturi aʼzo davlatlarning davlat va xususiy sektori vakillari
ishtirokida tashkil etildi. Dastur Vengriya turizm agentligi tomonidan mezbonlik qilgan TDT
turizm masalalari bo‘yicha vazirlarning 7-yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar asosida o‘tkazildi.
Dastur davomida aʼzo davlatlarning turizm boʻyicha mutaxassislari Vengriyaning
Budapesht, Vesprem, Balatonfured, Sumeg, Keshtheli va Xeviz shaharlariga tashrif buyurib,
venger rasmiylarining ilgʻor tajriba va ishlanmalar haqida maʼlumot olishdi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
156
2023-yilning 11-oktabrida Qozog‘istonning Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti
turizm vazirlarining VII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilishda aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning yirik
shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni koʻpaytirish, “Turkiy dunyoning turizm
poytaxti” va “Tabarruk ziyorat” loyihalarini amalga oshirish, “Jibek yoʻli” (Turkiston viloyatidagi
qishloq) sayyohlik salohiyatini oshirish, shuningdek, o‘zaro turizm industriyasini ham jadal
rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qozog‘iston tomonining taklifiga binoan
tomonlar Turkiston shahrini 2024-yil uchun “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilishdi
va Turkistonda turli anjumanlar, festivallar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni
ma’qullashdi. Shu bilan birga, yig‘ilish doirasida “Turkiston – turkiy dunyoning turistik
poytaxti” xalqaro turizm forumi ham tashkil etildi.
Tomonlar, shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkilotining turizm vazirlarining IX
yig‘ilishini 2024-yilda Qirg‘izistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.
O‘zbekistonning yirik tashabbuslaridan biri bo‘lgan “Xalqaro barqaror va yashovchan
turizm yili” rezolyutsiyasi ham muhim ahamiyatga ega. 2024-yilning 26-fevral kuni Nyu-
Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida “2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”
rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu
rezolyutsiyaga dunyoning 80 dan ortiq a’zo mamlakatlari hammualliflik qilishgan.
Qayd qilinishicha, hujjat matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiya,
Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Misr, Braziliya, Argentina kabi davlatlarning ekspertlari ham ishtirok etgan.
Hujjatning bosh maqsadi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil
oktabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi
sessiyasida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va
moslashuvchanligi borasida bildirilgan fikrlariga asoslangan.
O‘zbekiston rahbari tomonidan turizmning turli sivilizatsiyalar boy madaniy merosini
asrashda, tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashda, xalqlarning qadriyatlarini hurmat qilishda
muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida bayon etilgan tamoyillar ushbu rezolyutsiyada mustahkamlangan.
Hujjatda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash va atmosferaning ifloslanishini kamaytirish
yo‘lida “yashil” turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Rezolyutsiyada barqaror turizmni, jumladan, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish,
iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni ta’minlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va qishloq
aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi ekoturizmni rivojlantirish
muhimligi ta’kidlanadi. Rezolyutsiya barcha manfaatdor tomonlarga barqaror va yashovchan
turizmni kambag‘allikni bartaraf etish, ayollar, yoshlar, keksalar va nogironlarning ishtirokini
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
157
rag‘batlantirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda munosib ish joylari va daromad
manbalarini yaratishning muhim vositasi sifatida faol ilgari surishni tavsiya etadi.
Bundan tashqari 2024-yilning 9-10-fevral kunlarida Samarqandda STF’24 – “Samarkand
Tourism Forum” turizm xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik tadbir o‘tkazildi.
To‘rtinchi bor tashkillashtirilgan
forumning asosiy maqsadi tajriba almashish va hamkorlik
qilish uchun yuqori sifatli platformani ta’minlash va sanoat ishtirokchilarining umumiy
platformalarda uchrashishiga yordam berishdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, TDT doirasida turizm hamkorligi kun tartibining bosh
masalasidir. Tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning o‘zaro manfaatli aloqalari natijasida
ushbu hududlarga sayyoh sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga o‘sib bormoqda. Shu
munosabat bilan davlat rahbarlari darjasidagi sammitlardan tortib quyi rahbarlar yig‘ilishlarigacha
bo‘lgan har bir anjuman bosh rejasida turkiy dunyo birligi, aholi farovonligi va jahon
hamjamiyatida muhim o‘rin egallashga intilish maqsadi yotadi.
Turkiy dunyo doirasida aviaqatnovlarning ko‘paytirilishi, bir davlat fuqarosining ikkinchi
bir davlat hududida vizasiz bo‘lish muddatini bir necha oyga uzaytirish takliflarini jiddiy qo‘llash
davri keldi. Bu orqali yaqin kelajakda turkiy dunyo chegaralari birlashib Yevropa Ittifoqiga
o‘xshagan o‘ziga xos, hech bir chegaraga ega bo‘lmagan Turkiy dunyo Ittifoqini ko‘rish ehtimoli
yuqori. Albatta qolgani vaqt hukmidagi masaladir.
REFERENCES
1.
“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zR Prezidentining 29.07.2022 yildagi PQ-338-son qarori.
https://lex.uz/uz/docs/-6137065
2.
Туркий
дунё
доирасида
“Табаррук
зиёрат”
туризм
концепцияси.
https://lex.uz/uz/docs/6137065#6138181
3.
Yüzyilin parlayan yildizi: Türk Devletleri Teşkilati. İstanbul: Cumhurbaşkanlığı İletişim
Başkanlığı yayınları.
4.
4.Turkic Council Modern Silk Road Joint Tour Package, Brochure.
https://www.turkicstates.org/assets/pdf/yayinlar/turk-konseyi-modern-ipekyolu-ortak-tur-
paketi-tanitim-brosuru-2-en.pdf
5.
Department
of
Economic
and
Social
Affairs
Sustainable
Development.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
158
6.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm vazirlari VI yig‘ilishi o‘z ishini
boshladi. 24.06.2021.
7.
Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi. 24.06.2021.
8.
Qardosh xalqlarning birdamligi va hamkorligi. // E.Ernazarov. 24.102.2022.
