Authors

  • Parvez Qudratillayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.41870

Keywords:

Soviet power nationalism Uzbek spiritual and cultural dependence.

Abstract

This article talks about the oppression shown to the Uzbek nation during the Soviet era, what happened during the Soviet period as a result of the spiritual and cultural dependence of our nation and what is still happening now.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY-MADANIY QARAMLIGI

HAQIDA

Parvez Qudratillayev Kamol o‘g‘li

O'zbekiston milliy unversteti tarix fakulteti yo'nalish mamlakatlar va mintaqalar

ikkinchi kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13823477

Annotatsiya. Ushbu maqolada, o’zbek millatiga sovet davrida ko’rsatilgan zug’m, sovet

hokimyati davrida bizning millatning ma’naviy - madaniy qaramligi oqibatida nimalar
ro’y bergani va hozirda ham mavjudligi haqida so’z yurutilgan.

Kalit so’zlar: sovet, hokimiyat, millatchilik, o’zbek, ma’naviy-madaniy qaramlik.

ON SPIRITUAL-CULTURAL DEPENDENCE OF UZBEKISTAN DURING THE

SOVIET PERIOD

Abstract. This article talks about the oppression shown to the Uzbek nation during the

Soviet era, what happened during the Soviet period as a result of the spiritual and cultural
dependence of our nation and what is still happening now.

Key words: Soviet, power, nationalism, Uzbek, spiritual and cultural dependence.

О ДУХОВНО-КУЛЬТУРНОЙ ЗАВИСИМОСТИ УЗБЕКИСТАНА В СОВЕТСКИЙ

ПЕРИОД

Аннотация. В данной статье рассказывается о притеснениях, проявленных к

узбекскому народу в советский период, о том, что произошло и существует до сих пор в
результате духовной и культурной зависимости нашего народа в советский период.

Ключевые слова: Советский Союз, власть, национализм, узбек, духовная и

культурная зависимость.

Bizga ma’lumki, sovet davrida o’zbek millatimiz juda ko’p qiyinchiliklarni

boshidan o’tkazdi. Bu davrda millatimiz o’z ma’rifat o’chog’idan ajratildi, millatimizdan
o’z madaniyati tortib olindi, bu tadbirlar o’zbek millatining ko’z o’ngida

sodir

bo’lgan

bo’lsada millatimiz vakillari sho’rolar tuzumidan hadiksirashgan edi.

Sho’rolar tuzumi bizning millatga eng qabix jinoyatlarni ularning ko’z o’ngida sodir

etishdi, millatimiz fuqarolarining odobini qo’rqoqlikga yo’ydilar.

Sovet Sotsialistik Respublikalari ittifoqi,

SSSR,

Sovet Ittifoqi

sobiq Rossiya

imperiyasi hududlaning eng katta qismida 1922-91-yillarda mavjud boʻlgan musta bid
davlat. “SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida” deb atalgan shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning
tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda:

1.

Rossiya (RSFSR);

2.

Ukraina (USSR);

3.

Belarus (BSSR);

To’g’ri bu davrda sotqinlar, millat kushandalari ko’p foyda ko’rdilar. Sotsialistlar bizning

hududga kirib kelishganida, o’z g’oyalarini ilgari surib millat ma’rifatining o’chog’iga juda
qattiq zarba berishdi. Ularning bunday qilgan amallari

bizning

madaniyatimizga,

ma’naviyatimizga, ma’rifatimizga qattiq salbiy ta’sir o’tkazdi. Uning ta’siri hozirgacha
sezilib kelmoqda, chunki, millatimizning ba’zi sust ma’rifatlilari haligacha o’z ma’rifatini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

mukammal tushunib yeta olishmagan.

Sotsialistlar – shunday insonlar bo’lishganki, aqlli, insonning ruhiy holatiga ta’sir qilgan

holda o’z g’oyalarini unga singdirish bilan bir qatorda, shu millatni ham yo’q qilishni oldilariga
maqsad qilguvchilar bo’lganlar. Ular nafaqat erkaklar, balki ayollarimizni iffatlarini ham yo’q
qilishga urunganlar, ular bizning islom dinimiz ustidan bizning ko’z oldimizda mazah
qilishgan, ammo, millatimizdagi ayrim ma’rifatparvar shaxslar bo’lishganki shunday qiyin
zamonda ham millatimizni saqlab qolishda jon berishgacha shay bo’lishgan, ana shu insonlar
biz hozirda tanib, ular haqida o’qib bilib kelgan Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burhon Habib,
Munavvar Qori Abdurashidhonov, Abdulla Rahimboyev va boshqa millat arboblari
edilar. Ular millatning saqlab qolish uchun ko’p harakatlar olib borishgan.

Ularni millatchilikda ayblab surgun, yoki otib o’ldirishlikga hukm qilishgan. Bu

shaxslar millatning yosh farzandlari uchun “Musulmon Xalq Dorilfununi” tashkil etgan
asoschilardan bo’lishgan, avvaliga bu ta’lim universiteti yaxshi davomiyikda bo’ldi, ammo
sho’ro tuzumidagi shaxslar buni ham turli cheklovlar bilan faoliyat yurutishdan to’xtatishga ko’p
urundilar. Ushbu ta’lim maskani Turkiston Xalq Universiteti tomonidan mablag’ bilan
ta’minlangani bois, iqtisodiy tomondan butunlay unga bo’ysungan edi. Tez orada Turkiston Xalq
Universiteti Boshqarmasi dorilmualliminda 1918-yil 15-avgustdan 1-sentyabrgacha o’qish
faoliyatini to’xtatilishi to’g’risida qaror qabul qiladi va ana shu

yilning kuz faslida

dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilotlardek butkul faoliyatdan chetlatiladi. O’sha davrda
milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan musulmon Xalq Dorilfununing
davriy faoliyati sho’rolar davri adabiyotlarida umumman qayd etilmagan, ta’lim maskasinda
dars bergan uch yuzga yaqin muallimlarning nomlari hozirgi kunlarga kelib tarixchilar
tomonidan aniqlangan.

Sotsialistlar o’zlaridan boshqa millat vakillarini mensishmagan, qolgan millat

vakillarini oyoq uchida ko’rishgan, ularni mazah qilishgan, ularni hech bir gapini nazarga
ilishmagan, bizni millatni qoloq deb bilishgan. Islom dinidagi barcha vakillarni o’z dinidan
kechishi uchun zimdan ish tutishgan, ular fuqarolar ko’z o’ngida ularni majburlashmagan,
ammo ularga shunday gaplarni aytishganki ular qanday qilib dindan chiqib ularga quloq
soluvchi mo’min-qobil inson bo’lib qolganlarini bilmay ham qolishgan. Islom dinida arab
alifbosini uning harflarini o’ta eski, va zamonaviy bo’lmagan qoloq ierogliflarga qiyoslashgan,
vaholanki arab harflari islom dining asosiy omillaridan, mana ularning aqlliligi salbiy
tomondan aniqlangan, ular aqllaridan salbiy yo’llarda foydalanishgan.

Milliy g’oyani yo’q qilishga urunishgan, va unga qisman erishishgan ham.
Sovet davrida mutaxassislar tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor miqdor darajasiga

qaratildi. Shu bilan bir qatorda, oliy va o’rta maxsus ta’lim sistemasida mafkuraviy
bosimlar ortdi, yo’nalish bo’yicha muhim fanlarni ta’limini rivojlantirish o’rniga barcha
oliy o’quv oligohlarida kommunistik mafkurani keltiruvchi KPSS tarixi, marksizmleninizm
falsafasi, siyosiy iqtisod fanlarini ta’lim berish faoliyati amalga oshirildi. O’quv davri
uchun asosiy bo’lgan demokratik va ijodiy jihatlar rad etildi.

Natijada oliy ta’lim sistemasida mas’uliyatsiz, loqayd, o’rtamiyona mutaxassislar

tayyorlash tizimi vujudga keldi. Shunday bo’lishiga qaramay O’zbekistonliklarni, xususan
o’zbeklarning ilmga chanqoqligi har qanday sun’iy to’siqlarni yenga boshladi. O’zbekistonda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib, fan nomzodlarini va
doktorlarini

tayyorlash

bo’yicha

sobiq

SSSRda

oldingi

qatorlarga

chiqdi.

Chor

mustamlakachiligi o’zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash
odamlari tanasida o’chmas dard-hasrat qoldirdi, ularning qalbi dilini pora-pora etib, beadad
mahrumliklarga giriftor qildi. U ajdodlarimizning qalb olamini azaldan bezab, ularni ma’nan
va ruhan qo’llab quvvatlab kelgan ne-ne asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptira borib,
ularning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg’ularini asta-sekin
sundirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog’ini qonga belagan chor zobitlaridan biri
bo’lgan general Skobelevning:

“Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini

yo’q qilsang bas tez orada o’zi tanazullga uchraydi”, deb aytgan behayo so’zlari bekorga
aytilmagan albatta. Bolsheviklar hokimiyati o’rnatilgach o’lka xalqlarining ma’naviy madaniy
hayotida xuddi shu qoidaga asoslanib, milliy o’tmishni unutgan, sovet tuzumini ardoqlaydigan,
fanatik sovet kishisini vujudga keltirish yo’lidan bordi. 20 yillarning oxiri 30 yillarning
boshidan madaniy hayotda

ma’muriy buyruqbozlik usullarining keng qo’llanilishi,

shuningdek qatag’onlar to’lqinining boshlanganligi, albatta milliy ma’naviyatimizga jiddiy
to’sik bo’ldi.

XX asrning 20-30 yillarida hukmron kommunistik partiyaning madaniy-qurilish

siyosati

asosan

«shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatini shakllantirishga

qaratildi. Shu bois bu yillarda o’zbek xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi moddiy va
ma’naviy madaniyati durdonalari, asoriatiqalariga, masjidu madrasalar, gumbazu maqbaralar
ko’rinishidagi noyob me’moriy obidalarga zo’r berib hujum uyushtirildi.

Hatto

ko’p

joylarda «Hudosizlar jamiyatlari» tuzilib, ular orqali diniy e’tiqod va

tasavvurlarga qarshi, uning pokdamon peshvolariga qarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot
va targ’ibot avj oldirildi. Bolshevistik siyosiy doiralar o’zgacha dinni, o’zgacha e’tiqodni
xalq ongiga singdirishga harakat qildi. Bu din marksizm g’oyasi edi.

Bu go’yani ommalashtirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Jamiyatga

asosiy mafkura sifatida marksizmning kiritilishi natijasida boshqa dunyoqarashlar batamom inkor
etildi. Marksizm g’oyasini qabul qilmagan har bir kishi “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi.

Sotsialistlar sababli, bizning barcha madaniyat nuqtalarimiz jabrlandi, masalan, ta’lim

olish madaniyati, kiyinish madaniyati, yurish-turish madaniyati, hayot tarsi madaniyati, yeb-
ichish madaniyati va yana bir qancha madaniyalarimiz zarar ko’rdi va hozirgacha
madaniyatimizdan yiroq bo’lganlar bizning

makonimizda,

o’lkamizda. Bizning millat

vakillari

o’z irodasiga ishondilar, o’zlarida kuch topa oldilar, sababi esa biz yoshlar

hech qanday to’siqlarsz ta’lim olishimiz edi. Ilk jadidlarimizning ko’rsatgan jasoratlarini
ta’riflashga til ojizlik qiladi, ammo ularni qancha ta’riflasak ham kam.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida keltirib o’tilgan sovet tuzumini

ko’rsatgan qabixliklari, qo’ygan turli cheklovlari, ildizidan yo’q qilmoqchi bo’lgan millatlari hali
hamon tirik va rivojlanishda davom etib kelmoqda, ammo ana shu cheklovlarni qo’ygan, bir millat
mafkurasini yo’q qilmoqchi bo’lgan sovet tuzumi yaqin kelajakda hech qayerda nom-nishonsiz
qoladi. Ular bizning tariximizda, millatimiz vakillarining qalbida o’chmas, juda ham
qora

xotirali

izlarni qoldirishdi, haligacha ulardek hech qaysi millat vakillariga shunchalik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

249

qabihliklar ko’rsatilmadi. Sovet tuzumining murakkab va o’ta bosimli yillarida o’zbek mil
o’zligini, qadimiy milliy madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Lekin bu
oson bo’lmadi. Bu yo’lda o’ziga xos ziddiyatlar va yo’qotishlar sodir bo’ldi.

Kommunistik mafkura mahalliy xalqning milliy g’ururini sindirishga urindi.
Xalqni milliy ma’daniyatdan, milliy an’analardan chalg’itish uchun “kommunizm”

va “rivojlangan sotsializm” kabi hayoliy aqidalarni o’ylab topdi. Ularni xalq ommasi
ongiga singdirish uchun barcha choralardan, vositalardan va usullardan foydalandi.

Lekin o’zbek millati bularning barchasiga bardosh berdi. Chunki millat ijtimoiy-

siyosiy hayotda muqarrar o’zgarishlar sodir bo’lishiga ishonar edi.

Ularning baxtiga qarshi, bizning millat o’z madaniyatini, o’z mafkurasini, o’z

ma’naviyatini, o’z dinini saqlab qola oladi.

REFERENCES

1.

USMONOV, Q., & Sodiqov, M. (2008). O ‘ZBEKISTON TARIXI. Iqtisod-
moliya. Toshkent–2006 y. (Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burhonov. “History of
Uzbekistan”. Economics and Finance. Tashkent-2006).

2.

Sahobidinnova, M. (2020). QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT
VILOYATI MISOLIDA). Academic research in educational sciences

3.

Дониев, С. И. О. (2020). XX ASRNING 80-YILLARIDA QASHQADARYO
VILOYATIDAGI MADANIY JARAYONLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ

4.

Doniyev, S. I. O. G. L. (2020). O ‘zbekistonda «paxta ishi», «o ‘zbek ishi»
kampaniyalari boshlanishi va uning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishi. Science
and Education

5.

Юлдашева, Н. Н. (2021). СОБИҚ СОВЕТ ИТТИФОҚИНИНГ ҚАТАҒОНЛИК
СИЁСАТИНИ ЮРИТИШИДА “ГУЛАГ” НИНГ ЎРНИ. Scientific progress

6.

Hamrayev, M. (2021). O’ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U
YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI. Scientific progress.

References

USMONOV, Q., & Sodiqov, M. (2008). O ‘ZBEKISTON TARIXI. Iqtisod-moliya. Toshkent–2006 y. (Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burhonov. “History of Uzbekistan”. Economics and Finance. Tashkent-2006).

Sahobidinnova, M. (2020). QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA). Academic research in educational sciences

Дониев, С. И. О. (2020). XX ASRNING 80-YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDAGI MADANIY JARAYONLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ

Doniyev, S. I. O. G. L. (2020). O ‘zbekistonda «paxta ishi», «o ‘zbek ishi» kampaniyalari boshlanishi va uning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishi. Science and Education

Юлдашева, Н. Н. (2021). СОБИҚ СОВЕТ ИТТИФОҚИНИНГ ҚАТАҒОНЛИК СИЁСАТИНИ ЮРИТИШИДА “ГУЛАГ” НИНГ ЎРНИ. Scientific progress

Hamrayev, M. (2021). O’ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI. Scientific progress.