30-Sentabr, 2024-Yil
109
O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT PENSIYA JAMGʻARMALARINI TASHKIL ETISH
ZARURIYATI
Xamdamov Quvonchbek Komiljon o‘g‘li
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13824963
Annotatsiya. Ushbu tezisda nodavlat pensiya fondlarining rivojlanish xususiyatlari va
ahamiyati o‘rganilgan. Shu bilan birga tadqiqot natijalari asnosida O‘zbekistonda nodavlat
pensiya fondlarini tashkil etish zaruriyati va rivojlantirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab
chiqildi.
Kalit so‘zlar: Nodavlat pensiya fondlari, korporativ fond, individual fond, aksiya,
obligatsiya, investitsiya.
THE NECESSITY OF ORGANIZING NON-GOVERNMENT PENSION FUNDS
IN UZBEKISTAN
Abstract. This thesis examines the development characteristics and importance of non-
state pension funds. At the same time, based on the results of the research, suggestions and
recommendations were developed regarding the need for the establishment and development of
non-state pension funds in Uzbekistan.
Key words: Non-state pension funds, corporate fund, individual fund, share, bond,
investment.
НЕОБХОДИМОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ
ПЕНСИОННЫХ ФОНДОВ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. В данной диссертационной работе рассматриваются особенности
развития и значение негосударственных пенсионных фондов. При этом по результатам
исследования были выработаны предложения и рекомендации относительно
необходимости создания и развития негосударственных пенсионных фондов в
Узбекистане.
Ключевые слова: Негосударственные пенсионные фонды, корпоративный фонд,
индивидуальный фонд, пай, облигация, инвестиция.
KIRISH
Jahon Mamlakatlarida yuz berayotgan iqtisodiy va demografik o‘zgarishlarga bog‘liq
ravishda pensiya ta’minoti sohasida ham muhim islohotlar amalga shirilib kelinmoqda,
pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarib, takomillashtirilmoqda.
30-Sentabr, 2024-Yil
110
O‘z navbatida, pensiya ta’minoti tizimini tashkil qilish shakllari va moliyalashtirish
usullari bugungi kunga qadar ilmiy munozara maydonida bo‘lib kelmoqda, muhokamalar davom
etmoqda.
ASOSIY QISM
Pensiya ta’minoti tizimi ijtimoiy himoyaning bir bo‘g‘ini sifatida yuzaga keldi. Dastlab
pensiya ta’minoti davlat tomonidan to‘liq kafolatlangan bo‘lsada, keyinchalik iqtisodiyotning
transformatsiyalashuvi natijasida ushbu soha avlodlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash
vazifasini bajardi.
T.Yemelyanova pensiya ta’minotining shakllanishini quyidagi turlarga ajratadi [4]:
Birinchidan: mehnatga layoqatsiz aholi qatlamini yashash minimumi va moddiy jihatdan
ta’minlash, kambag‘allik oqibatlarini barataraf etish, mehnat qilish imkoniyatidan qat’i nazar
ijtimoiy tenglikni saqlab turish.
Ikkinchidan: aholining daromadlariga muvofiq pensiya ta’minotini amalga oshirilishida
pensionerning shaxsiy mehnat ulushini hisobga olish.
Uchinchidan: shaxsiy tashabbusga asoslangan pensiya ta’minoti.
A.Ijaeva pensiya ta’minoti tizimini guruxlashtirishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish
lozim, deb ta’kidlaydi:
➢
pensiya to‘lovlari va badallarini hisoblash metodi asosida;
➢
pensiya fondining funksional (taqsimlash va jamg‘armaviy) jihati asosida;
➢
son va shakl jihatidan, birinchidan – ijtimoiy pensiya, ikkinchidan, taqsimlash tizimi,
uchinchidan, jamg‘armaviy tizimi, to‘rtinchidan, ixtiyoriy jamg‘arma tizimi.
Pensiya ta’minoti tizimining bunday guruhlarga ajratishning sabablaridan biri – bu ijtimoiy
himoyani tashkil etish va uning funksiyalari bajarilishi yuzasidan vujudga kelgan. Boshqacha
aytganda, aholini ijtimoiy himoya qilishning Beverij va Bismark modellarining xususiyatlaridan
kelib chiqadi [2].
Nodavlat pensiya fondlari moliyaviy bozorning professional ishtirokchilari bo‘lgan
boshqaruvchi kompaniyalar orqali aktivlarining barchasini yoki katta qismini riskli vositalarga
joylashtiradilar. Ular odatda, investitsiyalarning yuqori foydaliligini ta’minlaydilar. Harbir
boshqaruvchi kompaniya ularga jamg‘armalar tomonidan ishonchli boshqarish uchun berilgan
mablag‘larning saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi va o‘zining butun mol-mulki
bilan ular uchun javob beradi. Boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar
to‘g‘risidagi axborotlar ixtisoslashtirilgan depozitariylarga beriladi, ular esa o‘z navbatida
jamg‘armalarga tegishli qimmatbaho qog‘ozlarning hisobini amalga oshiradi va boshqaruvchi
30-Sentabr, 2024-Yil
111
kompaniyalar va jamg‘armalar tomonidan pensiya zahiralarini joylashtirish bo‘yicha o‘rnatilgan
qoidalarga rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Nodavlat boshqaruv kompaniyalarining
investitsiya qilish bo‘yicha imkoniyatlari davlat boshqaruv kompaniyalarinikiga nisbatan
anchagina kengdir – ular bir necha klass aktivlariga investitsiya qilishlari mumkin, ularning
tarkibida aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, mintaqaviy hukumatlarni qimmatbaho qog‘ozlari,
kredit tashkilotlaridagi depozitlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Qonun chiqaruvchining bunday
qarorga kelishini tushunish mumkin, chunki gap o‘z mablag‘ini professional boshqaruvchiga
ishonib topshirgan fuqaroning ongli tanlovi bilan bog‘liq.
Individual pensiya tizimi esa korporativ pensiya tizimidan farq qilib, unda ishtirokchilar
individual asosda va o‘z xoxishiga binoan ishtirok etadi va bu jamg‘armani turli tashkilotlar orqali
boshqarilishi mumkin. Mamlakatimizda aholi farovonligini, xususan, katta yoshdagi aholi
farovonligini oshirish va hayot tarzini yanada yaxshilash maqsadida nodavlat pensiya fondlari
faoliyatini bank muassasalari orqali mamlakatimizga tadbiq qilish mumkin. Boshqa tizimlar orqali
ham bu tizimni tashkil etish mumkin, masalan sug‘urta korxonalari yoki maxsus fond tashkil qilib
nodavlat pensiya tizimini tadbiq qiladigan bo‘lsak bunda ayrim muammolar yuzaga kelishi
mumkin. Masalan, maxsus fond orqali tashkil qilish kredit resurslarini izlab topish muammosini
yuzaga keltirishi mumkin. Sug‘urta korxonalar tashkil etish orqali ham mamlakatimizda nodavlat
pensiya tizimini joriy qilish yaxshi samara bergan bo‘lardi, lekin mamlakatimizdagi sug‘urta
korxonalari bank tizimichalik rivojlanmaganligi sababli bank tizimi orqali tashkil etish eng maqbul
variant hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Vahobov A.V. Milliy pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini taminlash mexanizmi va
amalga oshirish dastaklari / “O‘zbekiston respublikasida pensiya taminoti tizimining dolzarb
muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi materiallari to‘plami. T.:
Iqtisod-moliya.2017.
2.
Vahobov A.V. Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taminlash muammolari /
“Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taminlash va samaradorligini oshirish”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi materiallari to‘plami. T.: Universitet
2017.
3.
Vahabov A.V, Majidov N.M., “Jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasining
O‘zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirishdagi roli” Monografiya. Toshkent
30-Sentabr, 2024-Yil
112
“Universitet” 2017.
4.
Emelyanova T.V. Evropa Ittifoqi mamlakatlari va Rossiyada pensiya tizimlarini moliyaviy
qo'llab-quvvatlash // Moliya. - Moskva, 2008 yil.
5.
Pension-Markets-in-Focus-2017.
6.
Rajabov Sh. U. “Nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirish va investitsion faollikni
oshirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Rhd) dissertatsiyasi
avtorefarati. Toshkent – 2018.
7.
Rajabov Sh.U. “Pensiya tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari”
mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2021.
