Authors

  • Rasuljon Baxromov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.41876

Keywords:

car road transport infrastructure foreign project standards private road.

Abstract

In this thesis, the information about the standard and normative legal requirements for highways in our country and the requirements for highways in developed countries is highlighted.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

113

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA AVTOMOBIL YO`LLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Baxromov Rasuljon A'zamjon o'g'li

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13824979

Annotatsiya. Mazkur tezisda mamlakatimizda avtomobil yo‘llariga ko‘yiladigan standart

va normativ-huquqiy talablar hamda rivojlangan davlatlardagi avtomobil yo‘llariga ko‘yiladigan

talablar xaqida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: avtomobil, yo‘l, transport, infratuzilmasi, xorijiy, loyiha, standartlarini,

xususiy yo‘l.

IMPROVEMENT OF AUTOMOBILE ROADS BASED ON PUBLIC-PRIVATE

PARTNERSHIP

Abstract. In this thesis, the information about the standard and normative legal

requirements for highways in our country and the requirements for highways in developed

countries is highlighted.

Key words: car, road, transport, infrastructure, foreign, project, standards, private road.

ЛУЧШЕНИЕ АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГ НА ОСНОВЕ ГОСУДАРСТВЕННО-

ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА

Аннотация. В данной дипломной работе выделена информация о нормативных и

законодательных требованиях к автомобильным дорогам в нашей стране и требованиях

к автомобильным дорогам в развитых странах.

Ключевые слова: автомобиль, дорога, транспорт, инфраструктура, зарубежный,

проект, стандарты, частная дорога.

KIRISH

Mamlakatimizni yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar

va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish asosida loyiha va yo‘l qurish ishlari sifatini yanada

oshirish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot

strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yo‘l qurish sohasida davlat boshqaruvi

tizimini kompleks takomillashtirilganligi maqsadlidir.

Ma’lumki, davlat iqtisodiyotining yildan-yilga faol o‘sishi avtomobil yo‘llarining sifati va

yo‘l tarmog‘i infratuzilmasi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Yo‘l tarmog‘i va transport

infratuzilmasining rivojlanishi iqtisodiy aloqalarning intensivligini belgilaydi va mamlakat


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

114

iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

ASOSIY QISM

So‘nggi yillarda respublikamizda yo‘l qurilishi sohasiga alohida e’tibor qaratilib, ko‘plab

normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Avtomobil yo‘llarini qurish va

ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 27 noyabrdagi PQ-4035-son va

«O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2019 yil

1 fevraldagi PQ-4143-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi «O‘zbekiston

Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini

ishlab chiqishni tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 425-son va 2022 yil 2 fevraldagi

«Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini

kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 49-son qarorlari bu sohadagi islohotlarni yanada

jadallashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Jumladan, «Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada

jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022

yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan «Shaffof

yo‘l» platformasi ishga tushirilishi, «Ochiq budjet» axborot portali orqali tuman (shahar)lar

budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar

jamoatchilik fikri asosida shakllangan ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilishi

belgilandi.

O‘tkazilgan kuzatuv va tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizda jumladan

Namangan viloyatining ba’zi tuman va shaharlari avtomobil ko‘chalari, avtomobil yurish

yo‘llariga o‘z boshimchalik bilan meva sabzavot va poliz mahsulotlari sotish holatlari mavjud

bo‘lmoqda. Bu jaranyo avtomobillarning tuxtashiga va yurishiga salbiy ta’sir etmoqda. Avtomobil

yo‘llaridan foydalanish qaniqarli darajada emasligi kishini bir oz tajublantiradi. Bu holatlarni

oldini olish va nazorat qilish yo‘l xaraqati xavfsizligi xodimlarining va har bir fuqaroning

insoniylik burchidir.

Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya

qilish va kapital ta’mirlash ishlari sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining «Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish sohasida ishlarni tashkil

etishning ilg‘or xorijiy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 27 noyabrdagi

PQ-4035-son qarori qoidalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

115

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2018 yildagi 990-sonli

«2018— 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash

konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qarorida

investorlar va tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida pullik magistral yo‘llar qurish uchun

yo‘l va yer uchastkalari berilishi belgilangan.

Amaldagi qonunchilik tahlili mamlakatimizda xususiy yo‘l qurilishini bevosita tartibga

solish uchun huquqiy asoslar yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, «Avtomobil yo‘llari

to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasida haq to‘lanadigan avtomobil yo‘llari sohasidagi

munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinishi belgilangan bo‘lsada, amaldagi qonunchilik

hujjatlarida mazkur munosabatlar tartibga solinmagan. Shuningdek, xususiy yo‘llar qurilishi

davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil etilishi sababli mazkur sohadagi umumiy

masalalar «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilansa-da, xususiy yo‘llar

qurilishini maxsus tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

Ma’lumotlarga e’tibor bersak umumiy foydalanishdagi yo‘llar 42654 km. Hozirgi kunda

avtomobil yo‘llarining 3993 km (9 foizi) xalqaro, 14 203 km (33 foizi) davlat hamda 24 673 km

(58 foizi) mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, xususiy yo‘llar tirbandliklarni oldini olishda, davlat budjetidan yo‘l

qurilishi uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishda, foydalanuvchilarga qulaylik yaratishda

muhim ahamiyatga ega. Shu sababli barcha davlatlarda bunday yo‘llarga bo‘lgan ehtiyoj ortib

bormoqda.

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi pulli yo‘llarning 70 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri

kelmoqda.

Xorijiy davlatlarda yo‘llarda xususiy sektor ishtirokining eng keng tarqalgan qonuniy

vositasi bu konsessiyadir. Konsessiya shartnomasiga ko‘ra, xususiy sektor firmasi yigirma yoki

o‘ttiz yil davomida yo‘lni quradi, unga texnik xizmat ko‘rsatadi, undan foydalanadi va

moliyalashtiradi. Hukumat xususiy firmaga yo‘l foydalanuvchilaridan to‘lov undirish huquqini

beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda ham konsessiya shartlari asosida xususiy

yo‘llar qurilishini bevosita tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va

qabul qilish taklif etilgan.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

116

REFERENCES

1.

http://arxiv.transport

2.

http://cuberleninka.ru.

3.

PQ-2580-son. 26.08.2016.LEX.UZ

4.

http://www.uzavtoyul.uz

References