ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
327
TA’LIM MUASSASALARIDAGI IJTIMOIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA
TARBIYAVIY KORREKSION FAOLIYATNING O`RNI
Xamidova Laylo Baxtiyor qizi
Navoiy viloyati yuridik texnikum psixologi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13830029
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida xulq atvorida og’ishish bor o’quvchilar
bilan tarbiyaviy korreksion faoliyat olib borish ahamiyati, o’quvchilarning psixologik holatlari
hamda tarbiyaviy korreksion faoliyat metodlari haqida bilim ko’nikmalar berilgan.
Kalit so‘zlar: iqtisodiy, ijtimoiy, globallashuv, korreksion, diagnostic, texnika-texnologiya,
moddiy ta`minot.
THE ROLE OF EDUCATIONAL CORRECTIONAL ACTIVITY IN SOLVING SOCIAL
PROBLEMS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Abstract. In this article, knowledge and skills are given about the importance of conducting
educational correctional activities with students who have deviations in behavior during the
educational process, psychological conditions of students, and methods of educational correctional
activities.
Key words: economic, social, globalization, correction, diagnostic, technique-technology,
material supply.
РОЛЬ УЧЕБНО-КОРРЕКЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РЕШЕНИИ
СОЦИАЛЬНЫХ ПРОБЛЕМ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
Аннотация. В данной статье приводятся знания о важности проведения учебно-
коррекционной деятельности с учащимися, имеющими отклонения в поведении в ходе
учебного процесса, психологическом состоянии обучающихся, методах учебно-коррекционной
деятельности.
Ключевые слова: экономическая, социальная, глобализация, коррекция, диагностика,
техника-технология, материальное обеспечение.
Butun dunyo xalqlari shiddat bilan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa omillar ta’sirida
globallashuv jarayonining ham ijobiy ham salbiy tomonlari ichida yashamoqda.
O’zgarishlar, yangiliklarni esa dastlab yoshlar sezishadi. Yangi O’zbekistonda yangicha
qarash va o’zgacha yondashuv har bir pallada o’z natijasini ko’rsatmoqda. Ilm fan, texnika-
texnologiya, ishlab chiqarish sohalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda insonlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar ham keskinlashayotganligini ko‘rish mumkin. Insonlar ayniqsa, yoshlar
ongiga ta`sirlar ko‘lami ko‘paymoqda. Bu esa, yosh avlod tarbiyasida va xulq –atvorida jiddiy
og‘ishishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bola jamiyatda avvalo oila bag‘rida so‘ng turli ta’lim muassasalari, mahalla muhitida
ijtimoiylashadi. Jamiyat tomonidan o‘rnatilgan hatti-harakatlar normasini qabul qiladi. Shunday
muhitda unib o‘sganligi uchun boshqa odamlardan ham shuni talab qiladi va kutadi. Ta’lim
muassasalarida turli ijtimoiy kelib chiqishga ega, turli tarbiya muhitida o‘sgan hamda o‘ziga xos
xarakter xususiyatlariga ega bolalar bo‘ladilar, ularda paydo bo‘lgan ijobiy fazilatlar yoki salbiy
illatlar aynan shu yerda ko‘rinadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
328
Bugun har bir oila yaxshi yashashga, moddiy ehtiyojlarini qondirishga uy-joy, mashina va
texnik qurilmalar bilan jihozlanishga harakat qilmoqda, shuningdek, uzoq masofadagi insonlar
bilan aloqa qilish uchun turli tuman ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Bular albatta yaxshi va biz busiz
hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Biroq asta-sekin oilada ayniqsa bolalar, yoshlar bilan
shaxslararo munosabatlar tizimiga putur yetmoqda.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra yoshlar o`rtasida sodir etilgan jinoyatlarni 60%ni oilada
sog’lom muhit mavjud bo`lmagan bolalar qilar ekan. Mutaxassislar ota-onaning farzand
axloqidagi salbiy o’zgarishlar, uning fe’l atvori, ta`lim tarbiyasiga e`tiborsiz bo’lishi bola kelajagi
uchun jiddiy xavf tug`diruvchi asosiy omil ekanligini takidlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki,
jinoyatga qo`l urayotgan bolalar asosan notinch, va nosog’lom oilalarda voyaga yetmoqda.
Oiladagi bunday muhitga moslashgan yoki moddiy ta`minotga muhtoj bolalar boshqalar
bilan ko’p janjallashadi, o’g’rilik, bezorilik kabi jinoyatlarga qo`l uradi. Bunday muommolari
bor bolalar ta’lim muassasasida ta`limni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar
bo‘lishiga qaramay, o‘zlashtirish va tarbiyasida oqsash ko‘zatiladi. Xulq-atvorida og‘ishishning
paydo bo‘lishi atrofdagi o‘quvchilarga ham salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Shu sabab ta’lim
muassasalarida tarbiyaviy korreksion va diagnostik faoliyatni tashkil etish muhimdir.
Korreksiyalash jarayoni bu yoshlarning ongiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etuvchi va turli
ijobiy qobiliyatlari hamda shaxsiy fazilatlarni shakllantiruvchi faoliyat turidir. Korreksiyalash
ta’sirida ularning g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga
nisbatan ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi va shu
bilan birgalikda tarbiyaviy masalalar amalga oshiriladi (Sh.Abdullayeva). Ta’lim muassasalarida
korreksion faoliyatni amalga oshirish orqali yoshlarda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy
talablariga muvofiq keladigan xulq-atvor malaka va odatlari hosil qilinadi.
Bunga erishishda yoshlarning ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan
tashhari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va
muntazam ta’sir etib boriladi.
Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonida tarbiyaviy korreksion faoliyatni samarali tashkil
etishda ikki asosiy jarayonga alohida e`tibor hamda ma`suliyat bilan qarash zarur, bular:
•
Pedagogik tashxis metodlar yordamida har bir tarbiyalanuvchu haqida ma`lumotlarni
to‘plash.
•
Tarbiyalanuvchilarning mavjud muammolarini bartaraf qilishga mos tarbiyaviy tadbirlarni
olib borish.
Mavjud muammolarni bartaraf etishda esa tarbiyalanuvchiga pedagogik-psixologik
yondashish kerak. Tarbiyaviy korreksion faoliyatni olib borishda quyidagi tarbiya metodlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq:
•
Tarbiyachining tarbiyalanuvchiga ishontirish, tushuntirish, o‘rgatish, talab qilish, buyurish,
jazolash, rag‘batlantirish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, iltimos, maslahat orqali ta`sir ko‘rsatish;
•
Tarbiyalanuvchining ma`lum vaziyatda o‘zini tutishi, hatti-harakatlarini amalga oshirishga
va munosabatni o‘zgartirishga majbur qiluvchi vaziyatlarni uyushtirish;
•
Tarbiyalanuvchi uchun referent guruh( sinfdoshlari, kursdoshlari), yoki uning uchun
nufuzli bo‘lgan kishilarning –ota-onasi, mutaxasis-olimlarning davlat arboblarining fikrlari;
•
Tarbiyalanuvchi va tarbiyachining birgalikdagi muloqot yoki tadbirdagi faoliyati;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
329
•
Oila a`zolari davrasida axloqiy ijtimoiy, yoki kasbiy masalar yuzasidan ma`lumot
almashish;
•
Milliy an`analar, urf-odatlarni bilishi va ularga rioya qilish
O’ylaymanki, ta`lim muassasalarida pedagog hamda psixolog har bir bola taqdiriga befarq
bo`lmasdan o’z o’rnida tarbiyaviy korreksion va diagnostik faoliyatni olib borsa, bola oilasi hamda
refrent guruhlar bilan ishlasa albatta, natijalar ijobiy bo`ladi. Hamda jamiyatga to’g’ri
integratsiyallashgan, o’zi, oilasi va vatani uchun foydasi tegadigan inson bo`lib shakllanadi.
REFERENCES
1.
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.
2.
Abdullayeva Sh. A. O‘quvchilarni pedagogik tashxislashda qo‘llaniladigan metodlar // Хalq
ta’lim i, 2003, №3. - B.40-45.
3.
Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2009.
4.
Yuldashev j.G’. Tarbiyaviy korreksion faoliyat- T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti,
2009.
