Authors

  • I. Ixlasov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42071

Keywords:

language competence knowledge of grammar phonetics lexicology morphology.

Abstract

This article is about the development of students' oral and written communication skills, creative thinking skills, speaking culture.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

117

BOSHLANG’ICH SINF O‛QUVCHILARIGA ONA TILINI O‛RGATISHNING

LINGVISTIK ASOSLARI.

I.Ixlasov

o‛qituvchi

Q.R. “Pedagogik mahorat markazi”.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13831506

Annotatsiya. Bu maqolada o‛quvchilarda og’zaki va yozma nutq ko‛nikmasini, ijodiy

fikrlash malakasini, nutq madaniyatini rivojlantirish haqida so‛z etilgan.

Tayanch so‛zlar: lingvistik kompetensiya, grammatikaga oid bilimlar, fonetika,

leksikalogiya, morfologiya.

LINGUISTIC FOUNDATIONS OF TEACHING LEARNERS' NATIVE LANGUAGE.

Abstract. This article is about the development of students' oral and written communication

skills, creative thinking skills, speaking culture.

Key words: language competence, knowledge of grammar, phonetics, lexicology,

morphology.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ УЧАЩИХСЯ

Аннотация. В данной статье говорится о развитии у учащихся навыков устного и

письменного общения, навыков творческого мышления, культуры и разговорной речи.

Ключевые слова: языковая компетентность, знание грамматики, фонетики,

лексикологии, морфологии.

Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan

kuch bu-ilm-fan, ta’lim-tarbiya ekanligi

asl haqiqatdir.

Lingvistika. Ba'zan bu atama til kompetensiyasining sinonimi sifatida ishlatiladi,

ammo tushuncha yanada kengroqdir. Bu og'zaki va yozma nutqni - uning qonuniyatlarini,

qoidalarini, tuzilishini chuqurroq tushunishni o'z ichiga oladi.

Lingvistik kompetentsiya o‛quvchining kognitiv madaniyatini, mantiqiy fikrlash,

xotira, tasavvurni rivojlantirish, o'z-o'zini tahlil qilish va o'zini o'zi qadrlash ko'nikmalarini

egallashni ta'minlaydi.

Ma'lumki so'zlar va ularning qoidalari juda yaxshi iste'mol qilish, foydalanish talaffuz

me'yorlari, grammatik shakllar va konstruksiyalar, bir fikrni ifodalashning turli usullaridan

foydalana olishi, boshqacha aytganda, lingvistik va lingvistik jihatdan malakali bo‛lishi, lekin bu


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

118

bilim va ko‛nikmalarni real nutqiy vaziyatda yoki olimlar ta’kidlaganidek, kommunikativ

vaziyatda yetarlicha foydalana olmasligi. Boshqacha qilib aytganda, tilni bilish uchun muayyan

so'zlarni va grammatik tuzilmalarni muayyan muloqot yoki muloqot sharoitida ishlatish ko'nikma

va malakalari muhimdir.

Ona tilini o‛rganish jarayonida o‛quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish

masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o‛rgatishga asos bo‛ladigan material alohida qimmatga

ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy yo‛nalishi va badiiy ifodaliligi o‛quvchilarning

fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi,

tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‛quvchilarning umumiy taraqqiyoti

darajasini o‛stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir

ko‛rsatadi.

Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o‛rinni egallar ekan, har bir o‛quvchida ona tiliga

qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Ona tili fanining o‛quv dasturi o‛quvchilarda

kompetensiyalarni shakllantirishga yo‛naltirilgan davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib

tuzilgan. O‛quv dasturida o‛quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda

tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‛zda tutilgan.

Boshlang’ich ta’limda – o‛quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og’zaki va yozma

nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Nutqiy kompetensiya

(tinglab tushunish, so‛zlash, o‛qish, yozish): mavzu doirasida o‛qituvchi nutqini va sodda audio

(multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; ko‛rgan rasmlari va o‛qib

eshittirilgan matn yuzasidan o‛qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida

o‛zlashtirgan yangi so‛zlarni og’zaki nutqda qo‛llay oladi.

Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, matnni mazmunan bog’langan gaplardan tuzilishini

aytib bera oladi; kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‛ra

farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‛roq va undov belgilariga qarab o‛qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga

rioya qilgan holda ravon va ifodali o‛qiy oladi; gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladi, rasmlarga

qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda

harflarni bir-biriga ulab, ko‛chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga

javob yoza oladi, 15-20 so‛zli diktant yoza oladi.

Lingvistik kompetensiya: o‛zbek tilida nutq tovushlarini to‛g’ri talaffuz qila oladi, so‛zlarni

talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‛g’inlab ko‛chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga

oid so‛zlarni og’zaki va yozma nutqda qo‛llay oladi, tinish belgilarini to‛g’ri qo‛llay oladi.

Boshlang’ich sinflarda grammatik tushunchani o‛zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

119

yoshdagi o‛quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko‛ra, o‛qituvchi boshlang’ich

sinflarda tushunchani o‛zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‛rganiladigan tushunchaning

lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‛zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini,

o‛quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur.

Boshlang’ich sinflarda ona tili va o‛qish savodxonligi fanida o‛quvchilarni og’zaki va

yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan

bog’langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‛liq o‛rganishga tayyorlaydi. Bu

jarayonda o‛quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin

hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‛quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‛rgatish

katta samara beradi. O‛zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni

ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,

ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va

fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko‛zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o‛zgarishlarning bosh

maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday

mashaqqatli murakkab yo‛lda bizga doimo aniq bo‛ladigan, yo‛limizni charog’on yoritib turadigan

ta’lim va tarbiyadir. K. D. Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga

katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan

ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki,

ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning

yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir,- deydi u.

Shu bilan birga, oʼquvchilarning tayanch hayotiy va fanga oid kompetentsiyalarini

tashxislashning modifikatsion metodikalarini ishlab chiqish, oʼquvchilarda hayotiy

kompetentsiyalarini rivojlantirishning STEAM taʼlimga asoslangan texnologiyalarini

takomillashtirish muhim dolzarblik kasb etadi. Respublikamizda “Boshlangʼich taʼlim

kontseptsiyasi”, “Milliy oʼquv dasturi” hamda boshlangʼich taʼlim uchun oʼquv-metodik

majmualarda oʼquvchilarning tayanch hayotiy va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish

imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Аyniqsa, xalqaro baholash dasturlari

asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarida hayotiy kompetentsiyalarini rivojlantirishning didaktik

tizimini ishlab chiqish, oʼqituvchilarni oʼquvchilarda hayotiy koʼnikmalarni tarkib toptirishga

tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida “yosh

avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʼllabquvvatlash hamda roʼyobga chiqarish” kabi


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

120

muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa, ona tili va o‛qish savodxonligi darslarida boshlangʼich

sinf oʼquvchilarida tayanch hayotiy kompetentsiyalarni shakllantirishning didaktik

imkoniyatlarini aniqlashtirish, tayanch hayotiy kompetentsiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy-

pedagogik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.

Ta’limda ona tili kompetensiyalarining psixologik nuqtai nazardan ikki asosiy tarkibiy

qismdan tashkil topgan deb qaraladi. Birinchisi-shaxsning aloqa-aralashuv va faoliyat jarayonida

toʻplagan nutqiy tajriba ma’lumotlari; ikkinchisi ta’lim muassasalarida maxsus oʻqitish jarayonida

olgan til haqidagi bilimlari. Nutqiy tajriba ona tilini amaliy bilish, oilada, koʻcha-koʻyda, jamoat

joylarida boshqalardan eshitish orqali maydonga keladi. Imo-ishora, mimika singari paralingvistik

vositalar ham nutqiy tajriba asosida oʻzlashtiriladi. Nutqiy kompetensiya nutqiy tajriba va til

haqidagi bilim munosabati bir butunligi asosida shakllanadi. Shunday ekan, oʻqituvchi

oʻquvchilarning nutqiy kompe-tensiyasini shakllantirish jarayonida bu ikki tomonning oʻzaro

munosabatini hisobga olishi katta ahamiyatga ega. Nutqiy jarayonda nutq oqimi bilan birgalikda

unga qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladigan soʻzlovchining yuz, koʻz, lab harakatlari, ovozning

balandpastligi singari turli xil paralingvistik vosi-talardan foydalanish malaka va koʻnikmasi

bolalarda nutqiy muhitni bevosita kuzatish asosida “oʻz dasturi boʻyicha” shakllanadi va nutq

oqimini toʻgʻri ishga sola oladi. Nutqiy kompetensiya (kommunikativ kompetensiya)-

oʻquvchining notanish matnni ifodali oʻqiy olish, oʻzgalar fikrini va matn mazmunini anglash

hamda uni ogʻzaki qayta bayon qila olish, fikrni yozma ravishda izchil ifodalay olish darajasi

hisoblanadi.

Lingvistik kompetensiya – maktab oʻquvchisining lingvistik kompetensiyasi deganda til

sistemasi haqidagi bilimga, lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarda bilim va koʻnikmalarini

mustaqil qoʻllash tajribasiga ega boʻlgan oʻquvchining shaxsiy xislatlari tushuniladi. Boshqacha

qilib aytganda, lingvistik kompetensiya ijtimoiy hodisa va belgilar sistemasi sifatida til haqida,

tilning qurilishi va funksiyalashishi haqidagi oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmasi hamda

bulardan turli vaziyatlarda mahorati anglashiladi. Lingvistik kompetensiya oʻquvchining ona tili

fanining fonetika, leksika, frazeologiya, morfologiya, sintaksis, orfografiya, punktuatsiya singari

boʻlimlari haqidagi bilimlari, bu bilimlardan turli xil vaziyatlarda foydalanish malaka va

koʻnikmasidir. Ona tili va adabiyotni oʻqitishga kompetensiyaviy yondashuv bu oʻqituvchi

shaxsining yoshlarni til haqidagi bilimlarini oshirish bilan birgalikda, muammoli vaziyatlarda bu

bilimlardan oʻrinli va maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish qobiliyatiga ega shaxs sifatida

tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyishdan iboratdir. Shuning uchun ham ona tili va adabiyot

oʻqituvchisining bosh vazifasi faqat bilimga ega yoshlarni tarbiyalash bilan cheklanmay, balki bu


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

121

bilimlarga ega boʻlish bilan birgalikda yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda oʻrinli foydalana

oladigan, malaka va koʻnikmasi rivojlangan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.

Demak, ta’limning barcha turlarida, xususan, tilga oid ta’limda kompetensiyaviylikni

rivojlantirishga e’tibor qaratish barkamol avlodni tarbiyalashning tayanch nuqtasi boʻlib xizmat

qiladi. Zamonamizning rivojlanishi, fan-texnika asrining jadal sur’atda takomillashishi bilan

ijtimoiy-siyosiy hayotda oʻqituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, bilimlilik salohiyatiga

hamda kasbiy mahoratiga jiddiy talablar qoʻyilmoqda. Xususan, ona tili va adabiyot fani

oʻqituvchilari, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari quyidagi davlat talablarini bilmogʻi maqsadimizga

muvofiqdir.

-“Davlat tili” haqidagi qonunni bilishi;

-yangi tahrirdagi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlarining oldingi dastur va

DTSdan farqini aniq bilishi;

-ta’limga oid me’yoriy hujjatlardagi yangiliklarni mavzular mazmuniga singdirib oʻqitish

metodikasini bilishi;

-ona tili va adabiyot fanidan yaratilgan yangi muqobil darsliklarni tahlil qila olishivaular

bilan ishlashi;

-ona tili boʻyicha ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib boorish talablarini bilishi

amaliyotga tadbiq eta olishi;

-ona tili darslarida til va nutq koʻnikmalarini nazorat qilish, yozma ishlarni oʻtkazish,

murakkab mavzular boʻyicha testlar tuzish hamda ularni qoʻllash metodikasini bilishi;

- ona tili boʻyicha yetuk mutafakkirlarning ma’naviy va ma’rifiy, madaniy meroslarini

bilishi va ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish malakasiga ega boʻlishi;

- ona tili yoʻnalishidagi ilgʻor ish tajribalarni bilishi va ulardan oʻz faoliyatida foydalanish

malakasiga ega boʻlishi;

-ona tili fanidan iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim

berish metodikasini bilish;

- ona tili boʻyicha muammolar, yangiliklar, kashfiyotlar, ilmiy izlanishlar, milliy va jahon

pedagogikasi taraqqiyotidagi tadqiqotlar haqida ma’lumotga ega boʻlishi;

-ona tili darslarida foydalanishga moʻljallangan qomus va oʻquv lugʻatlarini bilish va

amaliy foydalanishga ega boʻlish;

- ona tili va adabiyot fanini oʻqitish boʻyicha tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni

ommalashtirish yoʻllarini bilishi va hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari bilan tanish boʻlishi.

Bir soʻz bilan aytganda, hozirgi zamon oʻqituvchisi dars oʻtish jarayonida yuqorida sanab


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

122

oʻtganimiz oʻqituvchining zimmasiga qoʻyilgan talablarni bilishi ketadi. Oʻqituvchi ana shunday

kuchli bilimga ega boʻlgan shaxs boʻlmogʻi va intilmogʻi kerak. Toʻgʻri, har qanday shaxs ham

bir kun yoki bir muddat davomida dunyo ilmlarini egallay qolmaydi, oʻqituvchi ham oʻqituvchi

boʻlishgacha boʻlgan davrda shu bilan birgalikda, dars oʻtish jarayonida, hayotiy tajribalarida oʻz

bilimini oshirib boradi. Tayanch kompetensiyalarni oʻrganishdagi maktablar tajribasi shuni

koʻrsatadiki, oʻquvchilar uchun eng koʻp qoʻllanadigan kompetensiya turi bu -kommunikativ

kompetensiyadir. Bu kompetensiyaning turi biror fan yoki yoʻnalishni tanlamaydi u ta’limning

barcha sohasida keng qoʻllanadigan kompetensiyaning turidir. Boshlangích sinf oʻquvchilarida

tayanch kompetensiyalaridan biri boʻlgan kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muhimdir.

Ma’lumki, har bir ta’limning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi.

Chunki har bir inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon,

vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda

ilmiy adabiyotning oʻrnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr

almashuv, insonning yuzi va koʻziga qarab turib aytiladigan ma’noli soʻzlar va hissiyotning oʻrni

beqiyosdir. Inson koʻziga qarab aytilgan ma’lumot va shu ma’lumotga mos yuz harakatlari ya’ni

mimikasi, koʻzning boqishi, samimiyat fikrni tushuntira olish va uqtirish uchun yaxshi xizmat

qiladi. Bunday muloqot, albatta, samarali boʻladi. Shu bois oʻqituvchi-oʻquvchi, oʻquvchi-

oʻquvchi va ota- ona-oʻquvchi oʻrtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyat kasb

etadi. Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bogʻliqdir. Bola

jumlalarining mazmuni va shaklidagi o‛zgarish uning muloqot shakllari o‛zgarishi bilan bog’liq

bo‛ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga

yo‛naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o‛tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir

talablarni qo‛yadi. Bu talablar bola nutqining yangiyangi tomonlarini, turli kommunikativ

masalalarni hal qilishi uchun zarur bo‛lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bola nutqining

rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat.

REFERENCES

1.

O‛zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. “O‛zbekiston nashriyoti” Toshkent-2021.

2.

Axmedova G.M. O‛zbek tili darslarida o‛quvchilar nutqini yasama so‛zlar bilan

boyitishning metodik asoslari: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2007. 3. Haydarova M.E.

va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – Toshkent.: Fan va texnologiya, 2009.

3.

M. A. Kenjayeva. 5-6-sinf o‛quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

123

metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Toshkent, 2021.

4.

Ona tili va adabiyot fanini o‛qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar o‛quv

moduli. - Toshkent. 2017. -110-b.

5.

Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‛qitish metodikasi:

ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2009. – 140-b.

6.

Yusupova G. Bo‛lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda

aralash ta’limdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Urganch. 2020.

7.

Yusupova Sh. Hozirgi o‛zbek dabiy tili darslarida o‛quvchilar tafakkurini o‛stirishning

ilmiy-metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped.fan.dok. … diss. – Toshkent,

2005. – 279-b.

8.

Мaйeнoвa М.Р. Лингвистические принципы адаптирования художественного текста.

Автореф.дис. канд. пед. наук. – Москва, 2005.–212 с. Маслова В.А.

Лингвокультурология [Текст]. – Москва: Изд. центр

References

O‛zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “O‛zbekiston nashriyoti” Toshkent-2021.

Axmedova G.M. O‛zbek tili darslarida o‛quvchilar nutqini yasama so‛zlar bilan boyitishning metodik asoslari: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2007. 3. Haydarova M.E. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – Toshkent.: Fan va texnologiya, 2009.

M. A. Kenjayeva. 5-6-sinf o‛quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Toshkent, 2021.

Ona tili va adabiyot fanini o‛qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar o‛quv moduli. - Toshkent. 2017. -110-b.

Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‛qitish metodikasi: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2009. – 140-b.

Yusupova G. Bo‛lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Urganch. 2020.

Yusupova Sh. Hozirgi o‛zbek dabiy tili darslarida o‛quvchilar tafakkurini o‛stirishning ilmiy-metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped.fan.dok. … diss. – Toshkent, 2005. – 279-b.

Мaйeнoвa М.Р. Лингвистические принципы адаптирования художественного текста. Автореф.дис. канд. пед. наук. – Москва, 2005.–212 с. Маслова В.А. Лингвокультурология [Текст]. – Москва: Изд. центр