Authors

  • Xanifa Shafqarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42072

Keywords:

Marketing service sector strategy marketing strategy economy of Uzbekistan.

Abstract

In the world economy, the service sector has been developing most actively, maintaining growth rates for many years. Modernization of the technological foundations of economic development, the emergence of new directions of management directly affect the growth of the services market. The thesis examines some views of the digital economy and the World Bank's efforts in this regard.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

124

JAHON BANKI TOMONIDAN RAQAMLI IQTISODIYOTNI QO’LLAB

QUVVATLASH YO’NALISHLARI

Shafqarova Xanifa Xudoyberdiyevna

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13831545

Annotatsiya. Jahon iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘p yillar davomida o‘sish

sur’atlarini saqlab, eng faol rivojlanmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirishning texnologik asoslarini

modernizatsiya qilish, boshqaruvning yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi xizmatlar bozorining

o‘sishiga bevosita ta’sir qiladi. Tezisda xizmat ko‘rsatish sohasining marketing strategiyasiga

qo‘yiladigan ba’zi raqamli iqtisodiyotga doir qarashlar hamda Jahon bankining bu boradagi

sa`y-harakatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: Marketing, xizmat ko‘rsatish sohasi, strategiya, marketing strategiyasi,

O‘zbekiston iqtisodiyot.

DIRECTIONS FOR SUPPORTING THE DIGITAL ECONOMY BY THE WORLD

BANK

Abstract. In the world economy, the service sector has been developing most actively,

maintaining growth rates for many years. Modernization of the technological foundations of

economic development, the emergence of new directions of management directly affect the growth

of the services market. The thesis examines some views of the digital economy and the World

Bank's efforts in this regard.

Keywords: Marketing, service sector, strategy, marketing strategy, economy of Uzbekistan.

НАПРАВЛЕНИЯ ПОДДЕРЖКИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ ВСЕМИРНЫМ

БАНКОМ

Аннотация. Сфера услуг в мировой экономике развивается наиболее активно,

сохраняя темпы роста на протяжении многих лет. Модернизация технологических основ

экономического развития, появление новых направлений управления напрямую влияют на

рост рынка услуг. В диссертации рассматриваются некоторые взгляды на цифровую

экономику и усилия Всемирного банка в этом отношении.

Ключевые слова: Маркетинг, сфера услуг, стратегия, маркетинговая стратегия,

экономика Узбекистана.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

125

KIRISH

Jahonda globallashuv jarayoni chuqurlashib va iqtisodiyotni raqamlashtirish tobora

kengayib borayotgan sharoitda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Jahon bankining ma`lumotlariga ko`ra «Jahon yalpi ichki mahsulot hajmida mazkur

sohaning salmog‘i o‘rtacha 65 foizni tashkil etgani holda, mazkur ko‘rsatkich AQShda 80 foizni,

Yevropa Ittifoqi davlatlarida 70-75 foizni tashkil etadi». AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya,

Yaponiya, Janubiy Koreya singari jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotiga ko‘ra, inson

salohiyati taraqqiyotiga istiqbol maqsadlardan biri sifatida yondashilgan investitsiyalash

sharoitida marketing strategiyalari samarali qo‘llanilmoqda. Bu o‘z navbatida, yuqori darajadagi

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash amaliyotida marketing faoliyati, ayniqsa marketing

strategiyalaridan keng ko‘lamda foydalanishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

ASOSIY QISM

Jahonda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish va xizmat

ko‘rsatish sohalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, ayniqsa xizmat ko‘rsatish faoliyatini

manzilli va differensial tamoyilli amalga oshirish borasida marketing strategiyalarini

takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga

oshirilayotgan tadqiqotlar tarkibida mahsulot turlari diversifikatsiyasini oshirish orqali

iste’molchilarning xizmat sifatidan qoniqish darajasini kuchaytirish, marketing yondashuvlarida

innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, xizmat turlarini diversifikatsiyalash hamda ularning

raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish ilmiy

tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

Xizmatlar sohasini, jumladan, xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning

ilmiy nazariy va metodologik muammolari xorijlik olimlardan Aaker D., Avanesova G.A., Ansoff

I., Baksht K., Balaeva O.N., Beredin I.S., Best R., Gembl P., Djordan M., Djanster P., Doyl P.,

Dixtl Ye., Kotler F., Keller K.L., Lavlok K., Lamben J.J., Minett S., Ouen R. va boshqalarning

ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.

Shuningdek, MDH mamlakatlari olimlaridan B.P.Gamayunov, Ye.P.Golubkov,

A.S.Morunov, M.Nedyakin, S.M.Perminov, O.N.Romanenkova, I.N. Sinyaeva va boshqalarning

ilmiy asarlarida o‘rganilgan.

Agarda mamlakatimiz Yevroosiyo iqtisodiy jamiyatiga qo‘shilaman desa, tashqaridagi

korxona va tadbirkorlar bilan raqobat qilishni ham o‘ylashlari kerak. Bu holatda differensiya

strategiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Uni amalga oshirishning quyidagi prinsiplariga rioya qilishni lozim, deb topadi:


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

126

har qanday differensiatsiya xaridor uchun «qiymat»ga ega bo‘lishi kerak;

ushbu qiymat foydalanish samarasini oshirish (kuchli qoniqish) va iste’mol xarajatlarini

kamaytirishdan iborat bo‘lishi lozim;

ushbu qiymat shu darajada yuqori bo‘lishi kerakki, xaridor uning uchun ko‘proq narxni

to‘lashga rozi bo‘lishi kerak;

korxona o‘z differensiatsiya elementini raqiblar undan darhol nusxa ko‘chirib olmasligi

uchun himoya qila olishi kerak;

xaridorga maqbul narxning ko‘tarilishi korxona differensiatsiya elementini ishlab

chiqarishga yoki xizmat ko‘rsatishga sarflagan harajatlarning ortishidan ko‘proq bo‘lishi kerak;

nihoyat, agar differensiatsiya elementi sezilarsiz bo‘lsa va bozor uni tan olmagan bo‘lsa,

firma uni ommalashtirish uchun signallarni vujudga keltirishi lozim.

Aksariyat korxonalarning strategiyasi o‘sish maqsadlari: savdo hajmi, bozor ulushi,

korxona daromadi yoki o‘lchamning o‘sishini nazarda tutadi. Shu sababdan tadqiqotlarimiz

keyingi bosqichlarida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, uning marketing strategiyasini ishlab

chiqish, bu orqali iste’molchilar xohish-istaklarini o‘zlarining daromadlariga aylantirish tajribasini

tahlil qilishga harakat qilamiz.

Marketing strategiyasining har xil turlarining mazmunini hisobga olgan holda, tadqiqotlar

shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli strategik konsepsiya ulardan birini to‘g‘ri tanlash natijasi emas,

balki bir vaqtning o‘zida ko‘plab strategik tarkibiy qismlarning yagona to‘plamini ishlab

chiqishdir.

Ya’ni, har bir korxona, strategik tarmoqda taklif qilingan ko‘plab strategiyalardan biri yoki

bir nechta strategiyalarining majburiy ishtiroki bilan, korxona imkoniyatlari va maqsadlariga javob

beradigan faqat bitta o‘ziga xos strategik yo‘nalishni shakllantirishi kerak.

Muayyan marketing strategiyasini tanlash ko‘plab omillarga va parametrlarga bog‘liq

bo‘lib, ular orasida eng muhimi raqobatchilarning harakatlari va mahsulotning hayotiy siklining

bosqichidir. Korxonaning marketing maqsadlari mahsulot bir bosqichdan ikkinchi bosqichga

o‘tishi bilan o‘zgaradi va marketing strategiyasini qayta shakllantirish lozim bo‘ladi.

Shunday qilib, amalga oshirish bosqichida korxonaning barcha harakatlari ommaboplikni

ta’minlashga va iste’molchini xarid qilishga undashga qaratilgan. O‘sish va yetuklik bosqichida

sa’y-harakatlar raqobatbardoshlikni yaratishga yoki ma’lum bir tovar belgisi uchun

iste’molchilarning foydasini his qilishni saqlashga yo‘naltirilishi mumkin.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

127

1.

Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirishda har bir xizmat ko‘rsatuvchi korxona

yoki tadbirkor amalga oshirayotgan faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasiga tayangan

holda iste’molchining xohish va istaklarini qondirishga e’tibor qaratishi hamda jahon banki

qo`llovida xizmatlar sifatini oshirib borishi lozim.

2.

Xizmatlar sohasini rivojlanishining qonuniyatlari va xususiyatlari, adabiyot va

amaliyot faoliyati tahlil qilinib, ushbu sohaga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirildi. Ishda

xizmatlar ishlab chiqarishning YaIM ulushi aniqlanib, asosiy e’tiborni qaysi yo‘nalishlarga

qaratilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

3.

Xizmat va tovar o‘rtasidagi asosiy farqlar o‘rganilib, korxona va tadbirkorlarning

qanday marketing strategiyasini ishlab chiqilishi masalasi hal etildi. Raqamli iqtisodiyot

talablari sharoitida AKT va ta’lim xizmatlarini saqlash va kelajakka o‘tkazish imkoniyati

asoslab berilgan. Mumtoz marketologlar agar 4 ta farqni ifodalagan bo‘lsa, tadqiqotlar natijasida

ba’zi xizmatlar turini saqlash imkoniyati mavjudligi isbotlandi. Masalan, intellektual mulk

nasldan-naslga o‘tishi, axborot texnologiyalarida katta massiv ma’lumotlarni saqlay olish

imkoniyati borligi bizning tezisimiz dalilidir.

REFERENCES

1.

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi – 20.01.2020 yil

3.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng

muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

4.

Gulyamov S.S. va boshqalar.Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. T.: “Iqtisod

Molia” nashriyoti, 2019.

5.

Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. Rakamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish

istikbollari. –T: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018

6.

Info@texnoman.uz

7.

http://tsue.uz/uz/raqamli-iqtisodiyot-yangi-ozbekiston-taraqqiyotining-yangi-davri/

8.

https://mininnovation.uz/oz/news/raqamli-iqtisodiyot-muammolar-va-imkoniyatlar


References

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – 20.01.2020 yil

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

Gulyamov S.S. va boshqalar.Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. T.: “Iqtisod Molia” nashriyoti, 2019.

Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. Rakamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istikbollari. –T: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018

Info@texnoman.uz