Authors

  • Sh.A. Tosheva
  • M.B Norqobilova
  • M.A. Mansurova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42077

Keywords:

special clothing oil gas jacket strength trousers set factor requirements well drilling fabric with impregnation antistatic fabric harmful factors design working conditions.

Abstract

Taking into account the working conditions of workers in the oil and gas industry, positions of workers were organized. Based on the results of a social survey conducted among workers of an oil-producing enterprise, the issue of designing a new model of the range of special clothing was determined.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

137

NEFTCHILARNING MAXSUS KIYMINI LOYIHALASH MASALALARI

Tosheva Sh.A.

Student.

Norqobilova M.B

izlanuvchi.

Mansurova M.A.

Ilmiy rahbar: t.f.d.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13831756

Annotatsiya. Neft va gaz sanoati ishchilarining mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda,

ishchilarning ish o‘rinlari o‘rganildi. Neft ishlab chiqaradigan korxonasi ishchilari o‘rtasida

o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari asosida maxsus kiyimlar assortimentining yangi

namunasini loyihalash masalasi belgilab olindi.

Kalit so'zlar: maxsus kiyim, neft, gaz, kurtka, mustahkamlik, shim, komplekt, omil, talablar,

quduq burg'ulash, singdirilgan mato, antistatik mato, zararli omillar, dizayn, ish sharoitlari.

ISSUES OF DESIGNING SPECIAL CLOTHING FOR OILMEN

Abstract. Taking into account the working conditions of workers in the oil and gas industry,

positions of workers were organized. Based on the results of a social survey conducted among

workers of an oil-producing enterprise, the issue of designing a new model of the range of special

clothing was determined

Key words: special clothing, oil, gas, jacket, strength, trousers, set, factor, requirements,

well drilling, fabric with impregnation, antistatic fabric, harmful factors, design, working

conditions

ВОПРОСЫ ПРОЕКТИРОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ ОДЕЖДЫ ДЛЯ

НЕФТЯНИКОВ

Аннотация. С учетом условий труда работников нефтяной и газовой

промышленности были организованы должности рабочих. По результатам социального

опроса, проведенного среди работников нефтедобывающего предприятия, определен

вопрос проектирования новой модели ассортимента специальной одежды.

Ключевые слова: спецодежда, нефть, газ, куртка, прочность, брюки, комплект,

фактор, требования, бурение скважин, ткань с пропиткой, антистатическая ткань,

вредные факторы, конструкция, условия труда.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

138

Neft qazib olish murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir, shuning uchun katta investisiyalar

va mehnat sarflarini talab qiladigan bir necha o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga olgan kompleks

yondashuvni talab etadi. 100 mingdan ortiq ishchilar neft ishlab chiqarish ob’ektlariga jalb

qilingan. Ishchilarni qulay maxsus kiyim hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash neft

sanoatining oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi[1].

Neftchining xavfsizligi, qulayligi va psixologik holati to'g'ri tanlangan maxsus kiyim

komplektiga bog‘liq. O‘z navbatida, bu mehnat unumdorligiga ta'sir qiladi. Shuning uchun, ish

lavozimlariga qarab, neftchi o‘zining maxsus kiyimiga ega bo'lishi kerak.

Maxsus kiyimlarini loyihalashda neftchilarning fikrlarini o‘rganish alohida ahamiyatga

ega bo‘lib, maxsus kiyimlarini ishlab chiqarish korxonalariga funktsional bog‘liq holda,

iste'molchi talab qiladigan assortimentda va hajmda mahsulot ishlab chiqarishni belgilaydi.

Ijtimoiy tadqiqotlar natijalari asosida maxsus kiyimning qanday ko‘rinishda bo‘lishini

neftchilarning talablariga ko‘ra belgilanadi[2].

Neft va gaz sanoati o‘bektlardagi neftchilarning amaldagi maxsus kiyimining tahlili shuni

ko‘rsatdiki, korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maxsus kiyimlar ko‘pincha boshqa maqsadlar

uchun ishlatiladi, ular neft sohasi ishchilari uchun mo‘ljallanmagan (boshqa kasblarga tegishli),

ekspluatatsiya sharoitlariga mos kelmaydi. Maxsus kiyim tezda yaroqsiz holga keladi va

belgilangan ekspluatatsiya zo‘riqishlariga bardosh bera olmaydi[3,4]. Demak, neftchilar uchun

Maxsus kiyim assortimenti

Gazlama turi

20%

24%

42%

14%

Kombenizon va kurtka

Kurtka va shim

Kurtka, nimcha va shim

Kurtka va yarimkombenizon

30%

29%

16%

5%

20%

Propitkali

Antistatik

Olovbardoshli

Kislotaga bardoshli

Qoplangan matolar


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

139

maxsus kiyim nafaqat himoya vazifasini bajarishi, balki atrof-muhit va ish jarayonining barcha

o‘ziga xos jihatlarini, hamda respublikamizning issiq va quruq iqlim sharoitlarini e’tiborga olgan

holda, neftchilarning ish lavozimlariga ham mos bo‘lishi lozim. Neft korxonalarida burg‘ulovchi,

burg‘ulovchi yordamchisi, burg‘ulovchi-ta’mirlovchi, laborant-kollektor va dizelchi

vazifalaridagi ishchilar faoliyat olib borishadi[5].

2-rasm Ijtimoiy so‘rovnoma natijalarining tadqiqi

Amaldagi maxsus kiyimlarni holatini tahlil qilish va neft sohasi ishchilarining mehnat

sharoitlarini o'rganish metodologiyasi adabiyotlarda etarlicha batafsil tavsiflangan. Ushbu ishda

kuzatish usullari va ijtimoiy usullar ham qo'llanilgan. Tadqiqot ishlari Surxandaryo viloyatining

“Petromaruz Uzbekistan” neft va gaz ishlab chiqarish MCHJ xorijiy korxonasidagi ishchilar

o‘rtasida olib borildi. So‘rovnomada kamida 3 yillik ish stajiga ega va oliy toifali ishchilar jalb

etildi. Maxsus anketa-so‘rovnomasi ishlab chiqilgan. Anketa-so‘rovnomadagi savollar maxsus

kiyimni eskirish muddatini, mavjud kiyimning nuqsonlari va kamchiliklarini, neftchilarning

fikrlari, maxsus kiyimning rangi, dizayni, material turi, kelajakdagi modellarning issiq iqlimga

bardoshliligi va boshqalar bo‘yicha afzalliklarini aniqlashga imkon berdi.

Chidamliligi

Xavfli va zararli ishlab

chiqarish omillari

28%

7%

19%

5%

40%

Yirtilishi

Kirishishi

Yuvilishi

Kimyoviy ishlov berish(ximchistka)

Umumiy kirlanishi

77%

7%

6%

3%

6%

1%

Neft
Olov
Portlash
Aylanayotgan va harakatlanayotgan mexanizmlar
Bug'dab zaxarlanish
Shovqin va tebranish


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

140

Surxondaryo viloyatida joylashgan “Petromaruz Uzbekistan” neft va gaz ishlab chiqarish

MChJ xorijiy korxonasining 100 ga yaqin ishchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ijtimoiy

tadqiqotlari natijalari shuni ko'rsatdiki, ishchilarning aksariyati maxsus kiyim komplektida kurtka,

nimcha va shim-42% bo‘lishi kerakligini taklif etishdi. Maxsus kiyimning himoyalovchi

xususiyatlarga ega bo‘lishi chidamlilik darajasi umumiy kirlanishi bo‘yicha-40% ni, propitkali

gazlama-30% ni, ishchilar hayoti uchun xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan 77% ni neft

tashkil qilishi kerakligini belgilashdi[6].

Xulosa.

Korxona ishchilarining xohishini inobatga olgan holda maxsus kiyim ish

lavozimiga, mehnat vazifalariga, chidamliligi yuqoriligiga va tashkilotning imidjiga mos bo‘lishi

kerakligi belgilandi va real ish sharoitlariga dosh beruvchi maxsus kiyimlarni loyihalash zarurligi

aniqlandi.

REFERENCES

1.

Сурженко Е.Я. Теоретические основы и методическое обеспечение эргономического

проектирования специальной одежды: автореф. .докт. техн. наук: 05.19.04. - Санкт-

Петербург: СПГУТД, 2001.- 49 с.

2.

Oystein Nordrum Wiggen, Sirgi Heen, Hilde Faerevik, Randi Eidsmo Reinertsen. Effect of

Cold Conditions on Manual Performance while Wearing Petroleum Industry Protective

Clothing //Industrial Health. - 2011. - №49. - P. 443451.

3.

Ulkanbayeva,G., Bobodjanov,S., Mansurova,M., Nigmatova, F.Calculation of the strength of

a shock-compensating vest made of high-strength material in an inflatable state

AIP

Conference Proceedings

, 2023, 2789, 040016

4.

Ганиева Г.А. Разработка методики проектирования специальной одежды для рабочих

нефтьяной отрасли: дис. докт. фил. (PhD): 6D072600. –Алматы: АТУ. - 2017.-30 с.

5.

Chorieva M.M. “Neft-gaz sanoat ishchilari uchun maxsus kiyimni loyihalash usullarini

takomillashtirish” (PhD) 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”

dissertatsiya ishi Buxoro-2023y.

6.

Baratova U.M. Ekspluatatsion xususiyati oshirilgan matolardan neft-gaz sanoati ishchilari

uchun maxsus kiyim ishlab chiqish: magistr dissertatsiya-2023y-77b.

References

Сурженко Е.Я. Теоретические основы и методическое обеспечение эргономического проектирования специальной одежды: автореф. .докт. техн. наук: 05.19.04. - Санкт-Петербург: СПГУТД, 2001.- 49 с.

Oystein Nordrum Wiggen, Sirgi Heen, Hilde Faerevik, Randi Eidsmo Reinertsen. Effect of Cold Conditions on Manual Performance while Wearing Petroleum Industry Protective Clothing //Industrial Health. - 2011. - №49. - P. 443¬451.

Ulkanbayeva,G., Bobodjanov,S., Mansurova,M., Nigmatova, F.Calculation of the strength of a shock-compensating vest made of high-strength material in an inflatable state AIP Conference Proceedings, 2023, 2789, 040016

Ганиева Г.А. Разработка методики проектирования специальной одежды для рабочих нефтьяной отрасли: дис. докт. фил. (PhD): 6D072600. –Алматы: АТУ. - 2017.-30 с.

Chorieva M.M. “Neft-gaz sanoat ishchilari uchun maxsus kiyimni loyihalash usullarini takomillashtirish” (PhD) 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” dissertatsiya ishi Buxoro-2023y.

Baratova U.M. Ekspluatatsion xususiyati oshirilgan matolardan neft-gaz sanoati ishchilari uchun maxsus kiyim ishlab chiqish: magistr dissertatsiya-2023y-77b.