Authors

  • Marjona Shuhratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42084

Keywords:

folklore written literature work of art plots images motives style and visual means personal spirituality speech art.

Abstract

This article expresses an opinion about the creation and development of written folk literature, the mutual historical cooperation of folklore and literature, mutual and mutual influence.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

163

FOLKLOR VA ADABIYOTNING O’ZARO TARIXIY HAMKORLIGI, BIR-BIRIGA

TA’SIRI VA AKS TA’SIRI

Shuhratova Marjona Rustam qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13835109

Annotatsiya. Uushbu maqolada folklor yozma adabiyotning bunyodga kelishi va

rivojlanishi, folklor va adabiyotning o’zaro tarixiy hamkorligi, bir-biriga ta’siri va aks ta’siri

haqida fikr-mulohaza bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

Folklor, yozma adabiyot,badiiy asar,syujetlar, obrazlar, motivlar, uslub va

tasviriy vositalar, kishilik ma’naviyati, so’z san’ati.

MUTUAL HISTORICAL COOPERATION OF FOLKLORE AND LITERATURE,

INFLUENCE ON EACH OTHER AND REFUSAL INFLUENCE

Abstract. This article expresses an opinion about the creation and development of written

folk literature, the mutual historical cooperation of folklore and literature, mutual and mutual

influence.

Key words: folklore, written literature, work of art, plots, images, motives, style and

visual means, personal spirituality, speech art.

ВЗАИМИСТОРИЧЕСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО ФОЛЬКЛОРА И ЛИТЕРАТУРЫ,

ВЛИЯНИЕ ДРУГ НА ДРУГА И ОТКАЗ ВЛИЯНИЯ

Аннотация. B данной статье высказывается мнение о создании и развитии

письменной фольклорной литературы, взаимном историческом сотрудничестве

фольклора и литературы, взаимном и взаимном влиянии.

Ключевые слова: фольклор, письменная литература, художественное

произведение, сюжеты, образы, мотивы, стиль и изобразительные средства, духовность

личности, речевое искусство.

Folklor yozma adabiyotning bunyodga kelishi va rivojlanishiga genetik manba bo’lib

xizmat qiladi. Badiiy asar yozish sohasidagi ilk urinishlar folklor tajribasiga suyanish va uni ijodiy

o’zlashtirish negizida kechganligi, qolaversa, bunda folklorga xos syujetlar, obrazlar, motivlar,

uslub va tasviriy vositalardan ijodiy foydalanilganligi yoki stilizastiya qilinganligi hech kimda

shubha uyg`otmaydi Kishilik ma’naviyati tarixida bu beminnat sarchashmadan bahrayob

bo’lmagan biror so’z san’atkorini tasavvur qilish amri maholdir.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

164

Chindan ham «Shohnoma» xalqdan olib yozilgani tufayli Abdulqosim Firdavsiyga

mangulik baxsh etadi. Ulug` Alisher Navoiy ham xalqning serjilo og`zaki adabiyotidan ta’lim olib,

jahonshumul shuhrat qozongan «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» singari o’lmas asarlarini

yaratdi. Poshshoxo’ja «Gulzor» va «Miftohul-adl» asarlarini bevosita folklor ta’sirida yozgani

ma’lum, Muhammadsharif Gulxaniyning «Zarbulmasal»i folklordan ijodiy ilhomlanishning

ko’rkam namunasi sanaladi. Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Ali ibn Sino, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy,

Hofiz, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Bedil, Boborahim Mashrab, Fuzuliy va

boshqa sharq xalqlari adabiyotlarining mumtoz namoyandalari folklor an’analaridan ijodiy

foydalana olganliklari UCHUN o’lmas badiiy obidalar bunyod etdilar.

Xalq og`zaki ijodi yozma adabiyotning eng yirik namunalaridan sanaluvchi «Faust»,

«Baron Myunxauzenning boshidan kechirganlari», «Gargantyua va Pantagryuel», De-Kosterning

«Til Ulenshpigel», Shellining «Ozod qilingan Prometey» va boshqa ko’pgina asarlarning

yaratlishiga to’xtovsiz va ma’lum darajada ta’sir qilgan. Hatto A.S.Pushkining ulug`vorligi ham

xalq ijodidan samarali o’rganish va ilhomlanishi natijasi bo’lib, uning «Oltin baliq va baliqchi

haqida ertak», «Oltin xo’roz haqida ertak», «O’lik malika va etti bahodir», «Shoh Saltan, uning

azamat o’g`li Gvidon Sultonzoda ham Oqqush beka haqida ertak», «Ruslan va Lyudmila» singari

asarlari shunday izlanishlar asosida yuzaga kelgan edi. Ko’rinadiki, og`zaki va yozma

adabiyotlarning o’zaro ta’siri va hamkorligi barcha xalqlarning adabiyotlariga xos hodisa bo’lib,

o’sha adabiyotlarning shakllanishi va yuksalishini ta’minlashda, ularda xalqchil realistik

tasvirning tantana qilishida, yangi obrazlar, yangi mavzular, yangi motivlar, yangi shakllar va

xalqona ruhni ta’minlovchi obrazlilik va ifodaviy vositalar hisobiga to’lisha borishiga,

shuningdek, folklor va yozma adabiyotga xos janrlarning o’zaro sintezlashuvi asosida badiiy ertak

va uning xilma-xil ichki ko’rinishlari (ertak-drama, ertak-qissa, ertak-roman, ertak-opera)ning

yuzaga kelishida, barmoq she’r tizimining yozma adabiyot arsenaliga o’tib, barqarorlashuvida

muhim rol o’ynab kelmoqda.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, badiiy adabiyot ham asrlar davomidagi rivojlanishi

jarayonida folklorga samarali ta’sir ko’rstib, shaklan, mazmunan va ifodaviylik jihatidan yanada

takomil topishini chuqurlashtirayotir. Buni mumtoz adabiyot namunalarining baxshilar tomonidan

folklorga xos ravishda qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan «Malikai Dilorom», «Farhod va

Shirin», «Layli va Majnun», «Bahrom va Gulandom», «Yusuf va Zulayho», «Rustami doston»,

«Sayful-Malik», «Sanobar», «Zevarxon» singari kitobiy dostonlar misolida yanada yaqqolroq

ko’rish mumkin. Bu dostonlar el orasida xalq kitoblari nomi bilan mashhur va keng tarqalgandir.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

165

Badiiy adabiyotdan ijodiy o’zlashtirishning boshqa bir ko’rinishi- xalq dostonlaridagi

qahramonlar ruhiy-holatini ifodalashda hayajonbaxshlikni yanada kuchaytirish maqsadida

mumtoz she’riyat bitilgan aruz vazni imkoniyatlaridan, qolaversa g`azal va muxammasot

shakllaridan foydalanishdir. Chunonchi, Ergash Jumanbulbul o’g`li “Kuntug`mish” dostonida

Kuntug`mishning yori va bolalaridan ayrilib gangib qolganida, tasodifan uchragan cho’ponga

murojaatini Sobir Sayqaliyning «Bahrom va Gulandom» dostonidan ta’sirlanib bitgan:

Ey yori alam ko’rgan, qaydin kelasan, ayg`il,

Ko’p ranju sitam ko’rgan, qaydin kelasan, ayg`il.

Shu matla’li g`azal aslida Bahromning gado qiyofasida Gulandom qasri oldiga kelib

turganida, uning kimligini bilish uchun Gulandom kanizi Davlatdan berib yuborgan nomadir. Bu

noma g`azal shaklida. Ergash shoir uni birmuncha qayta ishlagan. Bunday hollar boshqa asarlardan

ijodiy foydalanishda ham ko’zga tashlanadi. Shu mulohazalarning o’ziyoq folklor va yozma

adabiyotning o’zaro ta’siri va hamkorligi ikki tomonlama bo’lib, ularning bir-birini boyitib,

rivojlanayotganini va bu folklorizm hodisasi sifatida qaror topib, badiiy adabiyotning xalqchillik

zaminini ta’minlaganini asoslash imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, ilib borayotgan urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, so‘zlarimiz

o‘z ifodasini topadi. Xalqning boy madaniy merosini saqlab qolish, ma’naviyat sarchashmalarini

bezavol avlodlarga yetkazishda, albatta, yozma adabiyotning ahamiyati beqiyos. Badiiy adabiyot

paydo bo‘libdiki, xalq og‘zaki ijodi bilan oziqlanadi, uning go‘zal namunalari qayta ishlanib,

sayqallashadi. Chunki yozuvchi kitobxonni o‘z ijodiga qiziqtirishi uchun unga tanish olam

manzaralarini ham sigdirishi lozim. Ana shunda kitobxon yozuvchining aytganlariga ishonadi,

asar syujetini maroq bilan o‘qiydi. Qaysiki ijodkor folklor an’analari ichida yashagan, uni o‘ziga

singdirgan bo‘lsa, o‘sha ijodkorning asari tili jihatdan ham ancha mukammal ekanligi kuzatiladi.

Zero, milliy ong va tafakkurning shakllanishida badiiy asarning o‘rni beqiyos. Biz tadqiq

etayotgan folklorning ertak janri ham juda ko‘p ijodkorlar qalamini charxlashda muhim vosita

bo‘lib kelgan. Hattoki o‘zbek she’riyatining sultoni bo‘lgan A. Navoiy ham bir g‘azalida

cho‘pchak so‘zni qo‘llagan:

Habibim husni vosita uyla muhlikanglakim bo‘lg‘ay,

Qoshinda qissaii Yusuf bir uyqu keltirur cho‘pchak.

XX asr o‘zbek adbiyotining yirik darg‘alari H.Olimjon, M.Shayxzodalar ijodida ham

ertaklar syujetiga xos jihatlariga guvoh bolamiz. Masalan, H.Olimjon 1937-yilda yozilgan “Oygul

bilan Baxtiyor” ertakdostonida xalq ertaklarining jozibasini qayta jonlantirgan. Xalq ertaklarining

badiiy ijod namunalarida o‘z ifodasini topishi asarning yanada o‘qishli bo‘lishi va umriboqiyligini


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

166

ta’minlaydi.Ertaklar bola hayotida ajralmas narsadir. Ularning roli juda muhimdir. Ular nafaqat

bolani asir qilish vositasi, balki uni rivojlantirishga, tarbiyalashga va psixologik muammolarini hal

qilishga qodir. Ertakni o‘qish yoki tinglash orqali bolaning odob-axloqli qilish bilan birgalikda

unga dunyoning ko‘p qirraliligini va u bilan birligini his qilishga imkon beradi.

Xulosa qilib aytganda, folklor asarlarini o‘qish, mutolaasi esa kishida shunday chin

insoniy fazilatlarni shakllantiradi,kelajak avlodni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning

chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega.

Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari

taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy

manbaidir.

REFERENCES

1.

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE

EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK

PHRASEOLOGICAL UNITS.

Theoretical & Applied Science

, (6), 469-472.

2.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in

the poem.

ученый xxi века

,

11

, 75.

3.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных

проблем непрерывного образования.

Academy

, (5 (56)), 38-40.

4.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в

обществе.

Проблемы педагогики

, (1 (46)), 24-25.

5.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе

народных традиций.

Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар.

науч

, 118.

6.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы.

Вестник магистратуры

, (10-5 (97)), 48-49.

7.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

Научный журнал

, (9 (54)),

32-34.

8.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6), 51.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

167

9.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в

дошкольном возрасте.

Вестник магистратуры

, (1-5 (100)), 35-36.

10.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей

дошкольного возраста.

Вестник магистратуры

, (1-5), 39.

12.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of

wedding customs in the epic" Alpomish".

Middle European Scientific Bulletin

,

11

.

13.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA

AN’ANALAR.

Scientific progress.–2021

,

7

.

14.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir

xazinasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

15.

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D.

Scientific progress. 2021.№ 7.

URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-

sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12.

2021)

.

16.

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

7

.

17.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA

DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7),

1130-1134.

18.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе

образования.

Вестник магистратуры.–2019

, 4-3.

19.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

20.

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ

ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ.

Вестник науки и

образования

, (16-2 (119)), 106-108.

21.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI:

10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU,


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

168

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In

Научно-практическая конференция

(pp.

116-117).

22.

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova

Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

23.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования

национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в

семье.

Проблемы педагогики

, (3 (48)), 31-32.

24.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH.

DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR//Scientific progress

, (7).

25.

Turaeva, L. O. (2021). Artistic and compositional features of harvest songs.

ASIAN

JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH

,

10

(4), 629-634.

26.

Тўраева,

Л.

О.

(2024).

ЎЗБЕК

ДЕҲҚОНЧИЛИГИДА

ТАҚВИМ

РАМЗЛАРИ.

IMRAS

,

7

(1), 779-783.

27.

Тўраева, Л. О. (2023). ЎЗБЕК ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИДА ДЕҲҚОН

ОЛҚИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ИФОДАСИ.

O'ZBEKISTONDA FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(24), 22-25.

28.

Тўраева, Л. О. (2023). ДЕҲҚОНЧИЛИК ҚЎШИҚЛАРИ ЖАНРИНИ БЕЛГИЛАШДА

КАСБИЙ АТАМАЛАРНИНГ ЎРНИ.

MODELS AND METHODS FOR INCREASING

THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH

,

2

(22), 66-70.

29.

Тўраева, Л. О. (2022, June). Мақолларда деҳқонлар ҳаётининг бадиий талқини. In

E

Conference Zone

(pp. 71-73).

30.

To'rayeva, L. (2021). ЎЗБЕК ЗИРОАТШИЛИГИДА МОШГА МУНОСАБАТНИНГ

ФОЛЬКЛОРДАГИ БАДИИЙ ТАЛҚИНЛАРИ ХУСУСИДА.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

7

(7).

31.

Omonovna T. L. Artistic understanding of peasant life in proverbs //Eurasian Journal of

Humanities and Social Sciences. – 2022. – T. 9. – S. 47-49.

32.

TORAYEVA, L. (2023). ЎРИМ ҚЎШИҚЛАРИНИНГ ОБРАЗЛАР ТАРКИБИ ВА

БАДИИЙ-КОМПОЗИЦИОН

ХУСУСИЯТЛАРИ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

42

(42).

33.

Omonovna, T. R. L. (2024). A Hymn of Divine Ideas in the Wisdoms of

Yassavi.

International Journal of Formal Education

,

3

(4), 34-39.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

169

34.

Omonovna, T. L. (2024). A PECULIAR EXPRESSION OF PEASANT APPLAUSE IN

FOLKLORE.

THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF

PEDAGOGY

,

2

(20), 199-204.

35.

To‘rayeva, L. (2024). O’ZBEK XALQ O’YINLARIDA “BOBODEHQON” KULTIGA

OID QARASHLAR TALQINI.

THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN

THE FIELD OF PEDAGOGY

,

2

(20), 234-241.

36.

To‘rayeva, L. (2024, May). Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida

hayotsevarlik g ‘oyalari. In

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF

SCIENCE IN THE MODERN WORLD

(Vol. 1, No. 4, pp. 250-259).

References

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in the poem. ученый xxi века, 11, 75.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных проблем непрерывного образования. Academy, (5 (56)), 38-40.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в обществе. Проблемы педагогики, (1 (46)), 24-25.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе народных традиций. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч, 118.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы. Вестник магистратуры, (10-5 (97)), 48-49.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». Научный журнал, (9 (54)), 32-34.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6), 51.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в дошкольном возрасте. Вестник магистратуры, (1-5 (100)), 35-36.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста. Вестник магистратуры, (1-5), 39.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish". Middle European Scientific Bulletin, 11.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress.–2021, 7.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D. Scientific progress. 2021.№ 7. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 7.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе образования. Вестник магистратуры.–2019, 4-3.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 106-108.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In Научно-практическая конференция (pp. 116-117).

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье. Проблемы педагогики, (3 (48)), 31-32.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH. DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR//Scientific progress, (7).

Turaeva, L. O. (2021). Artistic and compositional features of harvest songs. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 629-634.

Тўраева, Л. О. (2024). ЎЗБЕК ДЕҲҚОНЧИЛИГИДА ТАҚВИМ РАМЗЛАРИ. IMRAS, 7(1), 779-783.

Тўраева, Л. О. (2023). ЎЗБЕК ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИДА ДЕҲҚОН ОЛҚИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ИФОДАСИ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(24), 22-25.

Тўраева, Л. О. (2023). ДЕҲҚОНЧИЛИК ҚЎШИҚЛАРИ ЖАНРИНИ БЕЛГИЛАШДА КАСБИЙ АТАМАЛАРНИНГ ЎРНИ. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 2(22), 66-70.

Тўраева, Л. О. (2022, June). Мақолларда деҳқонлар ҳаётининг бадиий талқини. In E Conference Zone (pp. 71-73).

To'rayeva, L. (2021). ЎЗБЕК ЗИРОАТШИЛИГИДА МОШГА МУНОСАБАТНИНГ ФОЛЬКЛОРДАГИ БАДИИЙ ТАЛҚИНЛАРИ ХУСУСИДА. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).

Omonovna T. L. Artistic understanding of peasant life in proverbs //Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. – 2022. – T. 9. – S. 47-49.

TORAYEVA, L. (2023). ЎРИМ ҚЎШИҚЛАРИНИНГ ОБРАЗЛАР ТАРКИБИ ВА БАДИИЙ-КОМПОЗИЦИОН ХУСУСИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

Omonovna, T. R. L. (2024). A Hymn of Divine Ideas in the Wisdoms of Yassavi. International Journal of Formal Education, 3(4), 34-39.

Omonovna, T. L. (2024). A PECULIAR EXPRESSION OF PEASANT APPLAUSE IN FOLKLORE. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(20), 199-204.

To‘rayeva, L. (2024). O’ZBEK XALQ O’YINLARIDA “BOBODEHQON” KULTIGA OID QARASHLAR TALQINI. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(20), 234-241.

To‘rayeva, L. (2024, May). Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida hayotsevarlik g ‘oyalari. In CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD (Vol. 1, No. 4, pp. 250-259).