Authors

  • Mexriniso Mahmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42094

Keywords:

diabetes blood glucose content insulin deficiency treatment plant food diagnosis.

Abstract

Information about diabetes mellitus, its causes, disorders and consequences of the functioning of the pancreas and its cells, types of the disease, and medicinal plants used in the treatment of the disease are presented.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


240

QANDLI DIABET KASSALLIGI VA UNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN

SHIFOBAXSH DORIVOR O`SIMLIKLAR

Mahmudova Mexriniso Ergashevna

Osiyo xalqaro universiteti, “Umumiy fanlar” kafedrasi assistant.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13839906

Annotatsiya. Qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, oshqozon osti bezi va

uning hujayralar faoliyatining buzilishi va oqibatlari, kasallikning turlari haqida va kasallikni

davolashda ishlatiladigan shifobaxish dorivor o`simliklar to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar: Qandli diabet,qon tarkibida glukoza miqdori, insulin yetishmasligi, davolash,

o`simlik, oziq ovqat, tashxislash.

MEDICINAL PLANTS USED IN DIABETES AND ITS TREATMENT

Abstract. Information about diabetes mellitus, its causes, disorders and consequences of the

functioning of the pancreas and its cells, types of the disease, and medicinal plants used in the

treatment of the disease are presented.

Key words: diabetes, blood glucose content, insulin deficiency, treatment, plant, food,

diagnosis.

ЛЕКАРСТВЕННЫЕ РАСТЕНИЯ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ДИАБЕТЕ И ЕГО

ЛЕЧЕНИИ

Аннотация.

Сахарный

диабет-глобальная

медико-социальная

проблема

современности, с которой столкнулась медицинская наука и здравоохранение практически

всех стран мира. Актуальность сахарного диабета определяется его прогрессирующей

заболеваемостью В последние десятилетия распространенность сахарного диабета

приобрела характер пандемии, которая охватила практически все государства, и

Узбекистан, в этом плане, не исключение. Изучение закономерностей эпидемиологического

процесса решение проблем, связанных с ростом распространенности этого заболевания.

Ключевые слова: синдром, cахарный диабет, глюкоза, инсулин, гармон.

Kirish

: Kiyingi yillarda insonlar orasida turli kasalliklarning avj olish holatlari

kuzatilayapti. Bunday kasalliklar orasida eng ko`p uchraydiganlari va yosh tanlamaydigan

kasallikllardan biri qandli diabetdir. Qandli diabet, qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi

va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq

tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor beradi. "Suv

qanday ichilgan boʻlsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning koʻp suv ichishi boshqa


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


241

kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga toʻxtab tabib: "Bemorga

sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab

ichir, yaʼni bemorni hoʻlla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi

tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi

ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chikib turadi

(tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi va

boshqalar alomatlar kuzatiladi.Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga

bogʻliq (diabetning 1turi) va insulinga bogʻliq boʻlmagan (diabetning 2turi) turi farq

qilinadi.Diabetning 1 turi koʻpincha oʻsmirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor organizmida meʼda

osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand miqdorini

pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qoʻllanadi.Qandli diabetning 2 turida meʼda osti bezi

orolcha hujayralaridan insulin ishlab chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin

miqdori meʼyorida yoki undan sal yuqoriroq boʻladi.Biroq, toʻqimalarning insulinga nisbatan

sezgirligi keskin pasayishi tufayli toʻqimalar tomonidan glyukozani oʻzlashtirish hamda

foydalanish kamayadi va u qon tarkibida toʻplanib qoladi, natijada qonda qand koʻpayib, siydik

bilan chiqib turadi, bemor juda semirib ketadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, oʻrta va keksa

yoshdagilar kasallanadilar. Kasallik asta-sekin, zimdan rivojlanadi, u boshlanishida ogʻiz qurishi,

chanqash, ozish kabi alomatlar yaqqol bilinmaydi. Bemorni koʻproq holsizlanish, toliqish,

tashnalik bezovta qiladi. Qon tarkibidagi glyukoza miqdori yuqori boʻlishiga qaramay, diabetning

2 turida qon tarkibida atseton modsasining ortishi va uning siydikda paydo boʻlishi juda kam

kuzatiladi. Bunday bemorlar insulin qabul qilmay yashashlari mumkin. Ularga parhez, jismoniy

mashqlar bilan shugʻullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshi naf beradi.

Qandli diabet — bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur. Toʻlatoʻkis

davolanmaydigan va qon tarkibidagi glyukoza miqdori uzoq vaqt yuqori saqlanadigan bemorlarda

Qandli diabetning tomir asoratlari — diabetga xos angiopatiyalar (makro va mikroangiopatiyalar)

namoyon boʻladi.Bu barcha aʼzolarning (teri, muskullar, nerv va hokazo) kapillyarlarini

shikastlaydi. Diabetga xos mikroangiopatiyalar buyrak, koʻz, oyoq va boshqalar aʼzolarda koʻproq

va ertaroq kuzatiladi.Qandli diabet ateroslerozning rivojlanishi, oʻz navbatida, yurakning ishemik

kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), miyada qon aylanishining buzilishi (bosh aylanishi,

miya insulti) va hokazoga olib keladi.Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy

maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini sogʻlom kishilardagi koʻrsatkichga yaqinlashtirish,

yaʼni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand miqdorini meʼyorida saqlab turishning

asosiy yoʻli qondagi glyukozani iloji boricha teztez aniklash; bunday nazorat Qandli diabetning

insulinga bogʻliq 1turida juda zarur. Uy sharoitida mustaqil holda qondagi glyukoza miqdorini


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


242

aniqlashda maxsus reaktiv qogʻozlardan foydalanish mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida

barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qogʻozga olinadi (qon qogʻozni bir chetidagi chiziqchalarga

tushiriladi). Bir daqiqadan soʻng qogʻozdagi qon paxta bilan artib tashlanadi va yana bir daqiqa

oʻtgach, reaktiv qogʻoz rangi shkala bilan solishtiriladi. Rangi eng yaqin boʻlgan shkala

koʻrsatkichi shu qondagi glyukoza miqdorini mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda

uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini ham bemorlarning oʻzlari mustaqil maxsus reaktiv

qogʻozlar yordamida aniqlashlari mumkin. Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland

boʻlsa, darhol tegishli davo muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana

vaznlarini ham haftada bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni oʻz boʻyi, yoshi va kasbiga mos

boʻlgan meʼyorda saqlab turishlari kerak.Qandli diabetda davo har bir bemorning umumiy ahvoli,

kasallik alomatlari, qon, siydik tahlili va boshqalarga qarab tayinlanadi, u bosqichmabosqich olib

boriladi. Davolanish muddati kasallikning ogʻirengilligi, oʻtkazib yuborilgan yoki yangiligi va

turiga bogʻliq. Hozir dunyo bo‘yicha 540 mln kishida qandli diabet bor. 1980−2014-yillarda diabet

bilan kasallanganlar soni 108 mlndan 422 mlngacha ko‘paygan. Xalqaro diabet federatsiyasi

prognoziga ko‘ra, 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 643 mln, 2045-yilda esa 783 mln kishiga

yetishi mumkin. Eng yomoni, har ikki bemordan biri o‘zida diabet borligidan bexabar.Kam va

o‘rta daromadli mamlakatlarda diabetning tarqalish sur’ati yuqori daromadli davlatlarga

qaraganda balandroq. Ya’ni, shunday tashxis qo‘yilgan har 4 katta odamdan 3 tasi O‘zbekiston

kabi kam va o‘rta daromadli mamlakatda istiqomat qiladi.O‘zbekiston aholisining 7 foizida qandli

diabetning birinchi va ikkinchi turi borligi ta’kidlanadi. Xalqaro diabet federatsiyasining

O‘zbekistondagi qandli diabetga doir 2021-yilgi ma’lumotida kattalarning 6,3 foizida diabet

borligi qayd etilgan. IDF Atlas ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda diabet tashxisi

qo‘yilmagan aholi soni 74 foizni tashkil qilgan. Bu — xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan

baho.O‘zbekistondagi rasmiy raqamlar esa ancha kamtarona. Xususan, Sog‘liqni saqlash

vazirligining 2019-yilgi ma’lumotida O‘zbekistonda 230 610 kishi diabet tashxisi bilan ro‘yxatga

olingan aytiladi (2021-yilda ular soni 245 mingdan oshgan — ya’ni, O‘zbekiston aholisining 1

foizi ham emas). Butun dunyoda ushbu kasallikka chalinish holatlari soni oshib borayotgan bir

vaqtda, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda qandli diabetning

ikkinchi turi bilan kasallanish (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 21,4 nafardan 2021-yilda 18,3

nafargacha kamayganini hisoblab chiqqan.Akademik Yolqin To‘raqulov nomidagi Respublika

ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan “Gazeta.uz”ga ma’lum

qilishlaricha, O‘zbekistonda 2022-yil davomida jami 48 711 kishi (ularning 616 nafari bolalar,

151 nafari o‘smirlar)da qandli diabet aniqlangan. 2023-yilning yarim yili davomida bemorlar soni

17 970 kishiga ko‘payib, jami 363 585 nafar (O‘zbekiston aholisining 0,99 foizi)ga yetgan;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


243

ularning 3206 nafari bolalar, 1175 nafari esa o‘smirlardir. Markazning qo‘shimcha qilishicha,

butun 2022-yil davomida O‘zbekistonda 10 778 kishi qandli diabet asoratlaridan vafot etgan.

Qo‘rqinch“Nega aynan men?”, “Endi bir umr shu kasallik bilan yashaymanmi?” — diabeti

borligidan xabar topgan aksar bemorlar shu kabi savollar girdobida qolib, shokka tushadi. Diabet

o‘ziga nisbatan bepisandlikni yoqtirmaydi — beparvomisan, tanadagi biror organ orqali o‘zining

borligini tezda bildiradi.

Qandli diabet tekshiruvi qanday bo‘ladi? Qandli diabet biokimyoviy diagnostikasi

bemorda yetarli miqdorda insulin mavjudligini aniqlashni o‘z ichiga oladi, bu klinik belgilar bilan

tasdiqlanadi. Shu maqsadda bir qator laboratoriya sinovlar o‘tkaziladi. Ular quyidagilardan iborat:

Glyukoza va kapillyar qonning normal darajasini aniqlash;Och qoringa va mashqdan keyin

glyukoza miqdorini aniqlash bilan glyukoza bardoshlik testi.Siydikdagi keton tanachalari

(atseton)ni tekshirish;

Glikirlangan gemoglobinni tahlil qilish;

Qonda S-peptid konsentratsiyasini aniqlash.Masalan, aholisining 8,5 mlnga yaqini

diabetga chalingan Germaniyada German Diabetes Aid nodavlat tashkiloti diabeti borlar, ularning

oilalari, tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislarni o‘z qanoti ostida birlashtiradi. Mamlakatda

Diabet assotsiatsiyasi, kasallik haqida bilim va maslahatlar beruvchi Association of Diabetes

Educating and Councilling Professions tashkiloti bor.AQShda butun O‘zbekiston aholisidan ham

ko‘proq — 37,3 mln kishi diabetga chalingan. Mamlakatda kasallikka chora ko‘rish va u bo‘yicha

ogohlikni oshirish yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi ko‘plab tashkilotlar bor. Amerika diabet

assotsiatsiyasi, Diabet advokatsiya birlashmasi, Diabet, ovqat hazm qilish va buyrak kasalliklari

milliy instituti shular jumlasidan. Unga qo‘shni Kanadada 11,7 mln kishi diabet yoki prediabet

bilan yashaydi. U yerda ham alohida Diabet assotsiatsiyasi, Diabet harakati, Diabetes Canada

tashkilotlari bor. Bu tashkilotlarning bari bemorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonga yaqinroq Turkiyada 20−79 yosh oralig‘idagi 7 mln kishi diabetdan aziyat

chekadi. Ularga Turk diabet jamiyati, Turk diabet vaqfi kabi jamoat tashkilotlari yordam berib

keladi. Qo‘shni Qozog‘istonda esa vaziyat O‘zbekistondagi o‘xshash — bemorlar soni rasman 431

mingdan ko‘proq, ammo aslida undan ko‘proq ekani taxmin qilinadi. O‘zbekistonda ham “Diabet

maktabi” kabi loyihalar, “Umid-D” kabi tashkilotlar bor. “Umid-D” Samarqand viloyatidagi

qandli diabet va boshqa imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam xayriya markazi bor Hozir

diabetga chalingan odamlarga yordam beruvchi Toshkentda ikkita (biri kattalar, ikkinchisi bolalar

uchun), Qo‘qon va Samarqandda bittadan (xususan, “Umid-D”) tashkilot bor. Ularning bari bemor

tashkilotlari (bemor tashkilotlar muayyan kasalligi bor kishilar tomonidan tuziladi — tahr.).

Bundan tashqari, O‘zbekiston endokrinologiya va diabet assotsiatsiyasi hamda


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


244

O‘zbekiston endokrinologlar milliy assotsiatsiyasi nomli shifokorlik tashkilotlari ham bor.Ayni

vaqtda, uni ba’zilarning o‘z salomatligiga nisbatan beparvoligi, bu masalaga jiddiy qaramasligi

ranjitadi. Tatinsyan xonimning fikricha, bu bemorlarning emin-erkin yashashi yo‘lidagi eng katta

to‘siqlardan biridir. Masalan, “ertaga oila qurolmay qoladi” deb farzandini endokrinologiya

markaziga hisobga qo‘ymaslik — ham mana shunday yomon misollardan.“Dori vositalari va

shifokor nazoratisiz qolgan diabetli inson ko‘pincha qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida

uning atrofidagilar o‘ylab ham ko‘rmaydi. “Kasallik bo‘lsa, uni inkor qilib bo‘lmaydi. Xastalik

bilan birga kishi hayotiga cheklovlar va uzoq umr ko‘rish uchun amal qilinishi zarur.U bemorlar

uchun hayotiga “Sizda diabet bor” so‘zi bilan kirib keladigan yangilikni qabul qilish va vaziyatni

idrok qilish uchun ham psixologik yordamni zarur.

Diabetning asosiy shifosi — insulin. Insulin — me’daosti bezi ishlab chiqaradigan,

qondagi qand miqdorini nazorat qiluvchi modda. U organizmdagi shakarni qayta ishlashga yordam

beradi. Qand miqdorining nazoratsiz qolishi hayot uchun xavfli. “Diabetni davolashda uning turi

ahamiyatga ega. Birinchi turni faqatgina insulin bilan davolash talab qilinadi. Ikkinchi turida esa

kasallik klinikasi, kechishiga qarab davo turlari tanlanadi.Uchinchi o`rincha shifobahish dorivor

o`simliklar bilan davolansa bo`ladi masalan: Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketadi,

shu bois u faqat in’eksiya orqali, ovqatlanish vaqtida beriladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat

ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlar (shakar, shirinlik va mevali sharbatlar) butunlay

chiqarib tashlanishi kerak. Shuningdek, qand miqdorini kamaytiradigan dorilarni qat’iy

belgilangan vaqtlarda olish, ularni o‘zboshimchalik bilan almashtirmaslik, dozasini

o‘zgartirmaslik kerak. Shifokor tavsiyasisiz dorilarni qbul qilish va bekor qilish mumkin emas.

Qandli diabetli insonlarni qanday muammolar qiynaydi? Bu savolga har kim o‘z hayotiy

tajribasidan kelib chiqib, turlicha javob beradi.“Diabeti bor yigit-qizlar turmush qurishdan oldin

hayotga tayyorlanishi kerak. Ko‘pincha, yosh yigitlar aspermiyaga duch keladi. Afsuski, bizda

ularga o‘z vaqtida yordam beradigan mutaxassis yo‘q. Bu muammo zamonaviy davolash usullari,

diabetni nazorat qilish va boshqa jihatlar bilan hal qilinishi lozim. “Insulinsiz diabetga chalingan

kishining ahvoli yomonlashishi mumkin. Birinchi navbatda ko‘z ishdan chiqadi. Keyin buyrak,

jigar ishdan chiqadi. Qandli diabetni davolashda dorivor shifobahish o`simliklarning turlaridan

foydalanib qandli diabetni davolasa bo`ladi.

Masalan:

Dolchin, dorchin

(Cinnamomum Cassia Blume) — lavrdoshlar oilasiga mansub

daraxt. Jan. Xitoy, Vyetnam, Laos, Shri Lanka, Indoneziya, Lotin Amerikasida ekiladi. Doim

yashil oʻsimlik. Bargi kalin, guli mayda. Yosh daraxtining poʻstlogʻini quritib, dolchin

tayyorlanadi. Tarkibida 75—90% dolchin aldegidi, 1 — 2% efir moyi, 2—3% oshlovchi moddalar,

1,35% kalsiy oksalat va siamanin borligi aniqlangan. Oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida,


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


245

farmatsevtikada va atir-upa i.ch.da (dolchin moyi) ishlatiladi.Dolchin – tabiiy antiseptik bo’lib,

mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashadi;u zamburug’larga qarshi kurashishga yordam beradi;

Oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilab, qorin dam bo’lishi va chanqoqlikdan xalos

etadi; jigar va o’t pufagini tozalab, organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi;diqqatni

yig’ishda yordam berib, xotira va ko’rish qobilyatini yaxshilaydi; bosh og’rig’ini qoldirib,

kayfiyatni ham yaxshilaydi; qon bosimini normallashtirib, yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi;

yomon xolesterinni chiqarib tashlaydi; qondagi shakar miqdorini kamaytiradi; moddalar

almashuvi jarayonini tezlashtirib, ozishga yordam beradi;organizm tonusini va immunitetni

ko’taradi.

2.Steviya

(Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon

oʻsimlik. Vatani — Paragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bolgariya vab. mamlakatlarda

oʻstiriladi. Boʻyi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4—7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli.

Qisqa kun oʻsimligi, kuzda gullaydi. Issiklikka va namga talabchan subtropik ekin. S.

bargida (6,0%—6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saharozaga nisbatan 150—

300 barobar yuqori boʻlgan kimmatbaho steviozid moddasi bor. Steviozid konditer sanoatida,

salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil shirinliklar va konservalar tayyorlashda shakar oʻrnida

keng miqyosda ishlatiladi, undan doridarmon sifatida, qand diabeti kasalligiga va modda

almashinuvi buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


246

TOPINAMBUR - "YER NOKI"

Bu murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik ildizmevali o‘simlik.

O‘simlik shiraliligi uchun “yer noki” deb ham yuritiladi. O‘zbekiston bozorlarida

o‘simlikning ildiz mevalari kuzda paydo bo‘ladi. Topinambur vitaminlar, kletchatka, inulin, pektin

va fruktoza, shuningdek, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, fosfor, sink va kremniyning mineral

tuzlariga boy.

Tugunakida mavjud bo‘lgan inulin qonda shakar miqdorini me’yorlashtiradi, oshqozon osti

beziga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Jigarni himoya qiladi va safro chiqishini kuchaytiradi. Jigar va o‘t

pufagida tosh va qum hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.

REFERENCES

1.

Адешара К.А., Бангар Н., Диван А.Г., Тупе Р.С. Аддукты гликирования плазмы и

различные изоформы RAGE тесно связаны с окислительным стрессом и маркерами

воспаления при диабете 2 типа. Метаб. диабета. Синдр. Клин. Рез. Ред. 2022:102441.

2.

Галисия-Гарсия У., Бенито-Висенте А., Джебари С., Ларреа-Себаль А., Сиддики Х.,

Урибе К.Б., Остолаза Х., Мартин К. Патофизиология сахарного диабета 2 типа.

Межд. Дж. Мол. наук. 2020; 21 :6275.

3.

Манукумар Х.М., Кумар Дж.С., Чандрасекхар Б., Рагхава С., Умеша С.

Доказательства

диабетической

и

инсулино-миметической

активности


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


247

лекарственных растений: современное состояние и перспективы на будущее. Крит.

Преподобный Food Sci. 2017 год; 57 : 2712–2729

4.

Менесес М.Дж., Сильва Б.М., Соуза М., Сар Р., Оливейра П.Ф., Алвес М.Г.

Противодиабетические препараты: механизмы действия и потенциальные

последствия для клеточного метаболизма. Курс. Фарм. Дез. 2015 г.; 21 : 3606–3620.

5.

Рехани П.Р., Ифтихар Х., Накадзима М., Танака Т., Джаббар З., Рехани Р.Н.

Безопасность и механизм действия лекарств от диабета по сравнению с 5-

аминолевулиновой кислотой (5-АЛК) J. Diabetes Res. 2019 год; 2019 : 4267357.

References

Адешара К.А., Бангар Н., Диван А.Г., Тупе Р.С. Аддукты гликирования плазмы и различные изоформы RAGE тесно связаны с окислительным стрессом и маркерами воспаления при диабете 2 типа. Метаб. диабета. Синдр. Клин. Рез. Ред. 2022:102441.

Галисия-Гарсия У., Бенито-Висенте А., Джебари С., Ларреа-Себаль А., Сиддики Х., Урибе К.Б., Остолаза Х., Мартин К. Патофизиология сахарного диабета 2 типа. Межд. Дж. Мол. наук. 2020; 21 :6275.

Манукумар Х.М., Кумар Дж.С., Чандрасекхар Б., Рагхава С., Умеша С. Доказательства диабетической и инсулино-миметической активности лекарственных растений: современное состояние и перспективы на будущее. Крит. Преподобный Food Sci. 2017 год; 57 : 2712–2729

Менесес М.Дж., Сильва Б.М., Соуза М., Сар Р., Оливейра П.Ф., Алвес М.Г. Противодиабетические препараты: механизмы действия и потенциальные последствия для клеточного метаболизма. Курс. Фарм. Дез. 2015 г.; 21 : 3606–3620.

Рехани П.Р., Ифтихар Х., Накадзима М., Танака Т., Джаббар З., Рехани Р.Н. Безопасность и механизм действия лекарств от диабета по сравнению с 5-аминолевулиновой кислотой (5-АЛК) J. Diabetes Res. 2019 год; 2019 : 4267357.