Authors

  • Dildora Salimova
  • Fazliddin Normurodov
  • Aziza Nizamova
  • Rayhona Muqumova
  • Abror Norboev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42096

Keywords:

Thyroid gland glandula thyreoidea diffuse nodular mixed goiter Thyroid tumors.

Abstract

The article analyzes the types of thyroid gland diseases. The causes of thyroid gland diseases are shown, and the methods of its treatment are briefly described.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


254

QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI

Salimova Dildora Erkinovna

Ilmiy raxbar.

Normurodov Fazliddin Qaxramonovich

Nizamova Aziza G'ayratovna

Muqumova Rayhona Bahadurovna

Norboev Abror Yo'ldoshevich

SamDTU talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13840017

Annotatsiya. Maqolada qalqonsimon bez kasalliklari turlari tahlil etilgan. Qalqonsimon

bez kasalliklari sabablari ko‘rsatib berilgan bo‘lib, uni davolash usullari qisqacha bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Qalqonsimon bez, glandula thyreoidea, diffuz, tugunli, aralash buqoq,

Qalqonsimon bez o’smalari.

DISEASES OF THE THYROID GLAND

Abstract. The article analyzes the types of thyroid gland diseases. The causes of thyroid

gland diseases are shown, and the methods of its treatment are briefly described.

Key words: Thyroid gland, glandula thyreoidea, diffuse, nodular, mixed goiter, Thyroid

tumors.

ЗАБОЛЕВАНИЯ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ

Аннотация. В статье проанализированы виды заболеваний щитовидной железы.

Показаны причины заболеваний щитовидной железы и кратко описаны методы ее лечения.

Ключевые слова: Щитовидная железа, железистая железа, диффузный, узловой,

смешанный зоб, опухоли щитовидной железы.

Jahon adabiyotida qalqonsimon bez xaqida qisqacha ma’lumot birlamchi Galen tomonidan

berilgan bo’lsa ham, uning anatomik tuzilishi xaqida batafsilroq ma’lumotlarni Vezaliy (1543 y.)

yozib qoldirgan. Bezning qalqonga o’xshashligiga qarab, Wharton 1656 yili unga qalqonsimon

bez deya nom berdi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatida uning tutgan o’rni va ahamiyati xaqidagi

taxminlar King ga (1836 y.) tegishli bo’lib, Baumann (1896 y.) bu bezda yod moddasining alohida

yig’ilishini ko’rsatgan. Qalqonsimon bezning inson organizmi uchun bo’lgan biologik ahamiyati,

o’tgan asrning ikkinchi yarmiga kelgandan keyingina oydinlashdi. Tireotoksik buqoq

jarrohligidagi ilk qadamlar, qalqonsimon bez subtotal subkapsulyar strumektomiyasini amalga

oshirish texnikasining O.V. Nikolaev (1951) tomonidan batafsil ishlab chiqilishi, bu sohadagi katta


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


255

yutuqlardan biri bo’ldi.

O’zbekistonning endemik buqoq o’chog’i ekanligi o’tgan asrlardan beri ma’lum edi, lekin

yurtimizda qalqonsimon bez kasalliklarini o’rganish, uni davolash jarayoni, profilaktikasi va

xirurgiyasining rivojlanishi XX asrning o’rtalaridan boshlandi. Uning rivojiga mamlakatimiz

tadqiqotchilaridan: M.S. Astrov, S.A. Ma’sumov, R.Q. Islombekov, Yo.X. Turakulov va

boshqalar katta hissa qo’shdilar. Jumladan, S.A. Ma’sumov bir qator ilm ahli bilan birgalikda,

O’zbekistonda buqoqning endemik o’choqlari bo’yicha qator ekspeditsiyalar uyushtirib, tadqiqot

ishlarini olib borgan, hamda buqoq kasalligi profilaktikasi va davosiga doir qator chora-tadbirlar

ishlab chiqqan. Jumladan, O.V. Nikolaev taklif etgan, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan – subtotal

strumektomiya operatsiya usulini takomillashtirgan. “Buqoq – qalqonsimon bezning mazkur

geografik muhit uchun xos bo’lgan kattalashuvidir”, – degan ta’rif ham S.A. Ma’sumovga

tegishlidir. Mamlakatimizda bugungi kunda 15 dan ziyod endemik o’choq bo’lib, aholining qariyb

10-20% da qalqonsimon bezning kattalashuvi kuzatiladi. Bu birinchi galda, atrof muhit va suv

havzalaridagi ichimlik suv va ozuqa moddalarda yod moddasining tanqisligi oqibatida kelib

chiqishi isbotlab berilgan. Anatomik-fiziologik ma’lumotlar. Qalqonsimon bez (glandula

thyreoidea) degan nomni Wharton, uning qalqonga (thyreos – yunoncha qalqon) o’xshashligi

tufayli 1656 yilda bergan. Bez bo’yinning oldingi sathida, uzuksimon tog’aylarning I-IV traxeal

halqalari sohasida joylashgan bo’lib, ikkita bo’lak va ularni birlashtirib turuvchi – bo’yincha

qismidan tashkil topgan. Bezning vazni balog’atga etgan odamda normada ≈ 25-30 grammga etadi,

O’zbekistonda sharoitida esa, birmuncha kattalashgan bo’lib, ayniqsa endemik o’choqlarda ≈ 40-

50 grammgacha bo’lishi mumkin. Bez bo’yinning to’rtinchi fastsiyasi bilan qoplangan bo’lib,

ichki (yupqa) va tashqi (qalin) varaqalari orasida joylashgan, ular orasidan arteriya qon tomirlari

o’tadi

Qalqonsimon bezni asosan 4 ta arterial tomiri: tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlaridan juft –

yuqori qalqonsimon arteriyalar va o’mrov arteriyasidan keladigan juft – pastki qalqonsimon

arteriyalar qon bilan ta’minlab turadi. Ba’zan qon ta’minotida aorta ravog’i va nomsiz arteriyadan

tarmoqlanadigan beshinchi toq arteriya qatnashadi. Innervatsiya – simpatik va parasimpatik nerv

tolalarilari orqali amalga oshiriladi. Qalqonsimon bez yodlangan gormonlar – tiroksin,

triyodtironin (T3), tetrayodtironin (T4), shuningdek yodlanmagan tireokal, tireokaltsitonin

gormonlarini ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok etadi.

Gormonlar hosil bo’lishi uchun yod va tirozin aminokislotasi asosiy tarkibiy qismlar bo’lib

xizmat qiladi. Yod inson organizmiga ovqat, suv, havo bilan va organik, hamda noorganik

birikmalar tarkibida tushadi. Organizmda yod miqdori birmuncha o’zgarib turadi, uning ortiqcha

qismi siydik (98%) va o’t suyuqligi (2%) bilan ajralib chiqadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


256

Yod birikmalari qonda kaliy va natriy yodidlarini hosil qiladi, ular oksidlovchi fermentlar

(peroksidaza va tsitoxromoksidaza) ta’siri ostida oddiy yodga aylanishi mumkin. Qalqonsimon

bezda esa, yod moddasining oqsil bilan birikmalari hosil bo’ladi. Yod atomlari tirozin oqsili

(tirozin aminokislotasi qoldig’i) bilan gormonal aktivlikka ega bo’lmagan (yodlangan tirozinlar)

birikmalarini: monoyodtirozin (MYT) va diyodtirozin (DYT) hosil qiladi. Bular esa, o’z navbatida

aktiv tireoid gormonlar: tiroksin, tetrayodtironin (T4) va triyodtironin (T3) ga aylanishda, asosiy

substrat bo’lib xizmat qiladi.

Qalqonsimon bezdan tomir o’zaniga tushgan tiroksin qon zardobining oqsillari bilan

bog’lanadi, buning natijasida qonda bog’langan (proteinli) yod kontsentratsiyasi ortadi, uning

miqdorini aniqlash, qalqonsimon bez sekretor aktivligi ko’rsatkichi sifatida diagnostik ahamiyatga

ega bo’ladi.

Markaziy nerv sistemasi, gipofiz va qalqonsimon bez orasida to’g’ridan- to’g’ri va aksari

bog’lanishlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez gormonlari sintezi, hamda uni ishlab chiqarilishi,

ular orqali boshqarib boriladi. Yod saqlovchi gormonlar miqdori ko’payganda gipofizning

tireotrop faoliyati pasayadi va aksincha, ular etishmaganda – ortadi. Tireotrop gormon

ishlanishining ortishi, nafaqat qalqonsimon bez faoliyatining ortishiga yoki pasayishiga, balki

bezning diffuz yoki tugunsimon giperplaziyasiga ham olib keladi.

Tiroksin va triyodtironin inson organizmida kechadigan oksidlanish jarayonlarini

rag’batlantiradi, xujayra va to’qimalarning normal o’sishi uchun zarur bo’lgan kislorod sarfini

kuchaytiradi, tuz va suv almashinuvida muhim o’rin tutadi, hamda oqsillar sintezini yaxshilaydi.

Ular glyukoza va galaktozaning ichaklarda so’rilishini, xujayralarda sarflanishini

kuchaytiradi, glikogen parchalanishini oshiradi, uning jigardagi miqdorini kamaytiradi, yog’

almashinuviga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni tireokaltsitonin –

paraqalqonsimon bezlar gormoni bilan birgalikda organizmda kaltsiy va fosfor moddalarining

almashinuvini bevosita idora qilib turadi. Tekshirish usullari

.

Qalqonsimon bezning shakli,

o’lchamlari, konsistentsiyasi va harakatchanligi to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni, uni ob’ektiv

ko’zdan kechirish va bezni paypaslab ko’rish orqali to’plash mumkin. Bezni ko’zdan kechirish

buqoq bor yoki yo’qligini, o’zgarishning joylashgan o’rnini (o’ng yoki chap bo’lagi, bo’yni,

«yashiringan» buqoq), yutish harakatlarida uning harakatchanligini, giperplaziya xarakterini

(tugunsimon, diffuz buqoq), bo’yin venalarining bo’rtib chiqqanligini va qalqonsimon bez

faoliyatining buzilishiga xos belgilarni (bemorning notinch hatti-harakatlari, ko’z simptomlari,

barmoqlar titrashi, astenizatsiya va boshqalar) aniqlash imkonini beradi

Paypaslab ko’rishni ikki usulda bajarish mumkin:


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


257

bemor vrachga orqasini o’girib, boshini oldinga va pastga bir oz engashtirib o’tirgan

holatda. Bu holatda bo’yin mushaklari bo’shashadi va beznitekshirish osonlashadi. Har bir

qo’lning to’rttala barmog’i bez ustida joylashadi, bosh barmoqlar esa bo’yinni orqa tomondan

egallaydi;

bemor vrachga yuzma-yuz qarab o’tiradi yoki tippatik turadi, bunda har bir qo’lning

to’rttala barmog’i bemor bo’ynining yon tomonlarida joylashadi, ikkala bosh barmoq bilan bez

paypaslab ko’riladi.

Bemorda bezni paypaslash vaqtida bemordan yutinish harakatlarini qilish, boshni

ko’tarish yoki engashtirish so’raladi. Chunki, shunday paypaslab ko’rilganda, bezning chegaralari,

uning to’sh ortida yoki yuqoriroqda joylashganligi to’g’risida muhim diagnostik ma’lumotlarni

olish mumkin

Asosiy modda almashinuv jarayonini o’zgarish darajasini aniqlash, qalqonsimon bez

faoliyatidagi buzilishlar diagnostikasida asosiy testlardan biri hisoblanadi. Bu usul, yutilgan

kislorod va karbonat angidrit (SO2) gazlari miqdorini hisoblashga asoslangan bo’lib, bilvosita

kalorimetriya yordamida asosiy modda almashinuv jarayoni darajasi aniqlanadi. Normada asosiy

modda almashinuv o’zgarishi ±10% ga teng bo’ladi. Oqsilga bog’langan yod (OBY) miqdorini

aniqlash, qalqonsimon bezning haqiqiy funktsional holatini aks ettiradi. Sog’lom odamda, odatda

OBY miqdori 3,5-7,5 mkg ni tashkil etadi.

Radioaktiv moddalar (I131 va b.) bilan tekshirish yod almashinuvi jarayonining noorganik

va organik bosqichlarini o’rganish, yod va gormonlar ishlab chiqarilishining periferik bosqichi

to’g’risida xulosa chiqarishga imkon yaratadi. Normada qalqonsimon bezda I131 yig’ilishi 2

soatdan keyin 5-10% ni tashkil etsa, 24 soatdan keyin 20-30% ni tashkil etadi. Qalqonsimon bez

faoliyati oshganda, bu ko’rsatkichning miqdori birmuncha yuqori bo’ladi. Stsintigrafiya

qalqonsimon bez chegaralari va o’lchamlarini aniqlash, o’smasimon tuzilmalar, metastazlar yoki

aberrant bez to’qimasi borligini aniqlash imkonini beradi. Jumladan: tugunli buqoqda I131 ni

qalqonsimon bezning ma’lum bo’lagida ko’p miqdorda yig’ilishi (“issik tugun”) – uning

funktsional giperaktivligidan dalolat beradi, to’qimada preparat singmagan o’choqlarning (“sovuq

tugun”) bo’lishi – ko’pincha uning xavfli tabiatidan yoki kista, kaltsifikat, qon quyilishi yoki fibroz

o’zgarishlar borligidan darak beradi.

T3 va T4 gormonlarini radioimmun usullar yordamida tekshiriladi. Ularning nisbatini va

tireotrop gormonni tekshirish gipofiz va qalqonsimon bez faoliyati orasidagi bog’lanishni

aniqlashga yordam beradi.

Qalqonsimon bezni ultratovush yordamida tekshirish (skanerlash), noinvaziv tekshirish


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


258

usullaridan biri bo’lib, unda qalqonsimon bez giperplaziyasi darajasi, chegaralari, o’lchamlari,

tugunlar borligi, zichligi, boshqa a’zolar bilan nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. Odatda, I131

bilan radioaktiv tekshiruv o’tkazib bo’lmaganda (preparat yo’qligi, bez yod saqlovchi preparatlar

bilan blokada qilinganda), bu usulning qimmati yanada oshadi.

Kompyuter tomografiya tekshiruv usuli eng yangi usullardan hisoblanib, qalqonsimon bez

chegaralarini va uning tarkibini aniq va ravshan ko’rsatib beradi. Bu usul, ayniqsa bezning ko’ks

ortida joylashgan turlarida, uning chegaralari va boshqa to’qimalarga munosabatini aniq

ko’rsatadi. Qalqonsimon bez saratoniga (rak) shubha qilinganda yoki har qanday tugunli buqoqda,

bez to’qimasidan namuna olish (biopsiya), bizga qo’shimcha ma’lumot beradi. Uni operatsiyaga

qadar yoki operatsiya vaqtida bajarish lozim, chunki bu ma’lumotlarga (biopsiya natijalari)

tayanish, operatsiya hajmini kengaytirilishiga yoki davolashning keyingi bosqichi darajasini

belgilashga zamin yaratadi.

Laringoskopiya, buqoq kasalligi bor bo’lgan barcha bemorda, hatto tovush o’zgarmagan

taqdirda ham, o’tkazilishi lozim bo’lgan tekshiruv usulidir. Bunda patologik jarayonga, qaytuvchi

nervlarning bez giperplaziyasiga aloqasini qay darajada ekanligini, bog’liq holda yuzaga keladigan

tovush bog’lamlarining yashirin falajini aniqlash imkoniyatlarini beradi.

Qalqonsimon bez o’smalari. Qalqonsimon bez o’smalarini quyidagi klinik-morfologik

turlash (klassifikatsiya) qabul qilingan.

1. Xavfsiz o’smalar: - epitelial – embrional, keloid, papillyar;

- noepitelial – fibroma, angioma, limfoma, nevrinoma, xemodektoma.

2. Xavfli o’smalar: - epitelial – papillyar adenokartsinoma, follikulyar adenokartsinoma,

Langxans o’smasi, solid rak, yassi hujayrali va taxassuslashmagan rak;

- noepitelial o’smalar – sarkoma, neyrosarkoma, limforetikulosarkoma.

Qalkonsimon bez raki (saratoni) – hamma xavfli o’smalarning 0,4-1% da uchraydi. Odatda,

bez faoliyati normal yoki pasaygan tugunli buqoqdan rivojlanadi, diffuz toksik buqoq kamdan-

kam rakka o’tadi. Ayollarda qalqonsimon bez raki erkaklarga nisbatan 3-4 marta ko’proq uchraydi.

Qalqonsimon bez raki rivojlanishiga imkon beradigan omillarga jarohatlar, surunkali

yallig’lanish jarayonlari, qalqonsimon bez sohasini rentgenda nurlantirishlar, radioaktiv yod yoki

tireostatik preparatlar bilan uzoq muddat davolash kiradi. Qalqonsimon bezning xavfsiz o’smalari

kamdan-kam kuzatiladi.

Qalqonsimon bezi rakining klinik bosqichlari:

I bosqichi – qalqonsimon bezda yakka o’sma bo’lib, uning shakli o’zgarmagan,

kapsulasiga o’sib kirmagan va harakatchanligi chegaralanib qolmagan.

IIA bosqichi – qalqonsimon bezning yakka yoki ko’p sonli o’smalari, uning shaklini


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


259

o’zgartirgan, biroq kapsulasiga o’sib kirmagan va harakatchanligini chegaralab qo’ymagan.

Regional va boshqa a’zolarga metastazlari yo’q.

IIB bosqichi – qalqonsimon bezning yakka yoki ko’p sonli o’smalari, o’sib kirmagan va

harakatchanligi yo’qolmagan, biroq bo’ynining zararlangan tomonidagi yaqin limfa tugunlarida

metastazlari bor.

III bosqichi – o’sma qalqonsimon bez kapsulasidan tashqariga tarqalgan va atrof to’qimalar

bilan bog’langan yoki qo’shni a’zolarni bosib turadi. O’smaning harakatchanligi chegaralangan,

yaqin limfatik tugunlarga metastazlar bergan.

IV bosqichi – o’sma atrofidagi strukturalar va a’zolarga o’sib kiradi, qalqonsimon bez

mutlaqo surilmaydi, limfatik tugunlarda metastazlar ko’riladi. Bo’yin va ko’ks oralig’ining

limfatik tugunlariga metastazlar bergan, boshqa a’zolarga ham metastazlar bergan. Chuqur bo’yin,

xiqildoq oldi, pre- va paratraxeal limfatik tugunlarga regionar limfogen metastazlanish bo’ladi.

Uzoqda joylashgan a’zolarga gematogen metastazlar berish kuzatiladi, bunda aksariyat

o’pka va suyaklar zararlanadi.

Klinikasi va diagnostikasi. Erta klinik simptomlari – buqoq yoki normal qalqonsimon

bezning tez kattalashuvi, zichligining ortishi, konturlari o’zgarishi. Bez g’adir-budir, kam

harakatchan bo’lib qoladi, bo’yin regionar limfatik tugunlari paypaslanadi. O’smaning

harakatsizligi va zichlashganligi nafas olish va yutish uchun mexanik to’siq bo’lib qoladi. Yutinish

qiyinlashadi, bo’g’ilish va tovushning o’zgarishi sodir bo’ladi, bu tovush boylamlari pareziga

aloqador bo’ladi. Birmuncha kech muddatlarda o’smaning metastazlanishiga bog’liq belgilar qayd

etiladi. Ko’pincha bemorlar quloq va ensa sohasida og’riq borligiga shikoyat kiladilar.

Qalqonsimon bez o’smalarini differentsial diagnozi uchun, o’sma punktatini tsitologik va

gistologik tekshirish ma’lumotlari asosiy ahamiyat kasb etadi. Ular kasallik diagnozini aniqlash

va o’smaning morfologik turini belgilashga imkon beradi.

Davolash. Qalqonsimon bezi rakini davolashning asosiy usuli – operatsiyadir. Rakning

papillyar va follikulyar turlarida (I-II bosqich) ekstrakapsulyar subtotal tireoidektomiya qilinib,

limfatik tugunlar taftish etiladi va metastazlar aniqlanganda, ular olib tashlanadi. Kasallikning III

bosqichida qo’shma muolaja o’tkaziladi. Operatsiyadan oldingi gamma-terapiya, so’ngra esa

subtotal yoki total tireoidektomiya qilinib, kletchatka ikkala tomondan pay g’ilofi bilan birga

kesiladi. Rakning III-IV bosqichlarida, agar operatsiyadan oldin nurlash muolajasi o’tkazilmagan

bo’lsa, operatsiyadan keyin nurlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Rakning taxassuslashgan

turlarida, metastazlarga gumon tutilgan limfa tugunlariga yoki a’zolarga ta’sir etish uchun

radioaktiv yod tayinlanadi. Qalqonsimon bezi rakining follikulyar va papillyar turlarida davo

natijalari birmuncha yaxshi. Rakning taxassuslashmagan solid turlarida esa, hatto nisbatan barvaqt


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


260

operatsiya qilinishiga qaramay o’ta jiddiy.

Paraqalqonsimon bezlar kasalliklari. Paraqalqonsimon yoki qalqonsimon bez ortidagi

bezlar (glandula parathyreoidea) – ichki sekretsiya bezlaridir. Ular qalqonsimon bezning orqa

sathida, uning kapsulasidan tashqarida, aksariyat har tomonida ikkitadan ya’ni juft bo’lib

joylashgan. Ularning katta-kichikligi va miqdori birmuncha o’zgarib turadi. Bezlarning ichki

sekretor faoliyatining mahsuloti paratgormon hisoblanib, u tireokaltsitonin bilan birga kaltsiy-

fosfor almashinuvida asosiy o’rin tutadi.

Paraqalqonsimon bezlar kaltsiy-fosfor almashinuvida ishtirok etadigan uchta a’zo:

suyaklar, buyraklar va ichaklarga ta’sir qiladigan gormon vositasida, qonda kaltsiyning doimiy

miqdorini saqlab turadi. Paratgormon osteoblastlarni aktivlashtirib, osteoklastlarga o’tishini

ta’minlaydi va suyaklar rezorbtsiyasini, skelet suyaklari mineralsizlanishini kuchaytiradi. Natijada

qonga katta miqdorda kaltsiy tushadi va giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriya shu bilan izohlanadi.

Giperkaltsiemiyada paratgormon ta’siri ostida buyrak kanalchalarida reabsorbtsiya

jarayoni to’xtaydi va organizmdan ortiqcha kaltsiy siydik orqali chiqariladi. Paratgormon buyrak

kanalchalarining proksimal bo’limlarida fosfor reabsorbtsiyasini to’xtatadi va distal bo’limlarda

uning ekstraktsiyasini kuchaytiradi. U shuningdek ichakda kaltsiy rezorbtsiyasini kuchaytiradi.

Uning ta’siri vitamin D ta’siriga qarama-qarshi bo’lib, ichak devori orqali kaltsiy ionlari

o’tishiga imkon beradi. Shunday qilib, paratgormon etishmovchiligi gipokaltsiemiya,

giperfosfatemiya va siydikda kaltsiy hamda fosfor kamayishiga sabab bo’ladi. Gormon

gipersekretsiyasi mineral almashinuvining og’ir buzilishilarini, so’ngra esa suyaklar va buyraklar

zararlanishini keltirib chiqaradi.

Giperparatireoidizm. Birlamchi giperparatireoidizm (Reklingauzen kasalligi yoki

generalizatsiyalangan fibrokistoz distrofiya) osteoporoz, kistalar, suyak shakli buzilishi va

patologik sinishi, buyrakda tosh va kaltsinoz paydo bo’lishi bilan ta’riflanadi. Kasallik odatda 30

yoshdan keyin boshlanadi, asosan ayollar kasallanadilar. Giperparatireoidizmning morfologik

substrati, bezning yakka adenomasi yoki giperplaziyaga uchrashi hisoblanadi.

Klinikasi va diagnostika. Kasallikning klinik manzarasi turli-tuman. Ko’proq buyraklar,

suyaklar va me’da-ichak yo’li tomonidan belgilar kuzatiladi.

Uning klinik turlari: buyrakka, suyakka tegishli, aralash, vistseropatik va o’tkir

giperparatireoz.

Buyrak turida belgilari siydik-tosh kasalligiga o’xshash bo’ladi. Bemorni buyrak sanchig’i,

gematuriya, poliuriya bezovta qiladi. Infektsiya qo’shilib kelishi va buyrak parenximasidagi

degenerativ o’zgarishlar pielonefrit, urosepsis, azotemiya va uremiyaga olib keladi.

Kasallikning suyak turi uchun bo’g’im, suyak, umurtka pog’onasidagi og’riqlar xos, ular


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


261

hatto tinch turganda ham bosilmaydi. Panja barmoqlari falangalarida suyak qobiq qavatining suyak

usti pardasi emirilishi, III falanga distal qismining parchalanishi (bu suyaklarning boshqa

kasalliklarida kuzatilmaydi) erta diagnostik belgilar hisoblanadi. Ko’krak va bel umurtqalarining

to’liq yoki yassilanishi bilan o’tadigan kuchli osteoporoz kuzatiladi. Vistseropatik turida

giperparatireoidizm me’da, o’n ikki barmoqli ichak yarasi bilan birga uchraydi.

Giperparatireoidizm diagnozi anamnez, ob’ektiv ko’rik, belgilar, rentgenologik tekshiruv

va gipokaltsiemiya, giperfosfatemiya va giperkaltsiuriyaning laboratoriya ko’rsatkichlari

ma’lumotlari asosida qo’yiladi. Qalqonsimon bez orti bezlarini Co57 yordamida stsintigrafiya

qilish, bezning joyini va undagi morfologik o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.

Davolash. Birdan bir davolash usuli paratireod adenomalarni olib tashlashdan iborat.

Gipoparatireoz. Paratgormon etishmovchiligiga bog’liq bo’lgan kasallik yoki holat.

Gipoparatireoz sabablari paraqalkonsimon bezlarning yallig’lanish kasalliklari,

shikastlanish vaqtida qon quyilishi, qalqonsimon bezning tug’ma kamchiligi, uni tasodifan olib

tashlash yoki shikastlab qo’yish.

Klinikasi va diagnostikasi. Gipoparatireoz – talvasa xurujlari bilan o’tadi. Talvasalar

klonik xususiyatga ega bo’lib, aksariyat yuz mushaklarida paydo bo’ladi va simmetrik mushak

guruhlarini qamrab oladi. Talvasa qorin devori mushaklari va ichdagi silliq mushaklar spazmiga

bog’liq holda qorinda og’riq bilan o’tadi. Laringospazm bilan asfiksiya paydo bo’lish ehtimoli

bo’ladi. Unga Xvostek va Trusso simptomlari xos. Xvostek simptomi – yuz nervi proektsiyasi

sohasida quloq yumshog’i oldida barmoq yoki perkussion bolg’a bilan urib ko’rilganda, burun

parragi va og’iz burchi sohasidagi mushaklar qisqaradi. Trusso simptomi – qo’ltiqdagi nervqon

tomirlar tutami sohasi bosilganda, qo’l kaftining “doya qo’li” belgisi ko’rinishida tonik qotib

qolishi, farq qilib turadigan belgisi hisoblanadi. Epilepsiya xurujlari bilan tafovutlanishi lozim.

Davolash. Xurujlar vena tomiriga kaltsiy xlorid eritmalarini yuborib to’xtatiladi.

Xurujlarining oldini olish uchun bemorlar muttasil kaltsiy preparatlari, vitamin D,

paratireoidin qabul qilib turadilar. Xirurgik davo usullari orasida gipoparatireozni davolashda,

qorinning teri osti kletchatkasiga har 2 yilda «bulon suyakcha» tikib qo’yish usuli ma’lum. Bu usul

hozircha keng yoyilgani yo’q.

REFERENCES

1.

Абдуллаев Д.С. Опыт хирургического лечения язвенной болезни желуд-ка и

двенадцатиперстной кишки. Хирургия № 8. 1999. с. 19-22.

2.

Агзамходжаев С.М., Фрейтаг В.И. Печень и водно-солевой обмен. Ташкент, Изд-во

им. Ибн Сины, 1991. 72 с.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


262

3.

Асраров А.А. Хирургические и эндоваскулярные методы профилактики и лечения

гнойно-септических осложнений и полиорганной недостаточ-ности у больных

разлитым гнойным перитонитом. Дисс. докт. мед. наук. Ташкент, 1994.

4.

Бабалич А. К. Хирургической лечение больных язвенной болезнью

двенадцатиперстной кишки. Хирургия № 7. 1999. с. 19-22.

5.

Байбеков М.М., Хорошаев В.А., Калиш Ю.И. и др. Функциональная морфология

брюшины в норме, при перитоните, спайкообразовании и лазерных воздействиях.,

Ташкент, 1996.

6.

Балдина Е.А. Заболевания щитовидной железы. Москва, 2001.

7.

Бежан Л., Зитти Е. Гр. Резекция легких. Анатомические основы и хирургическая

методика. Бухарест, 1981.

8.

Бейтс Б. и др. Энциклопедия клинического обследования больного. Перевод с

английского. Гэотар. Москва, 1997.

9.

Белов Ю.В. Руководство по сосудистой хирургии с атласом оператив- ной хирургии.

Москва, 1999.

10.

Береснев А.В., Сипливый В.А, Бублик В.В., Бышенко В.В. Наложение дистального

спленоренального анастомоза у больных с циррозом печени. Клиническая

хирургия.-1993.- N 11. – С.23-25.

References

Абдуллаев Д.С. Опыт хирургического лечения язвенной болезни желуд-ка и двенадцатиперстной кишки. Хирургия № 8. 1999. с. 19-22.

Агзамходжаев С.М., Фрейтаг В.И. Печень и водно-солевой обмен. Ташкент, Изд-во им. Ибн Сины, 1991. 72 с.

Асраров А.А. Хирургические и эндоваскулярные методы профилактики и лечения гнойно-септических осложнений и полиорганной недостаточ-ности у больных разлитым гнойным перитонитом. Дисс. докт. мед. наук. Ташкент, 1994.

Бабалич А. К. Хирургической лечение больных язвенной болезнью двенадцатиперстной кишки. Хирургия № 7. 1999. с. 19-22.

Байбеков М.М., Хорошаев В.А., Калиш Ю.И. и др. Функциональная морфология брюшины в норме, при перитоните, спайкообразовании и лазерных воздействиях., Ташкент, 1996.

Балдина Е.А. Заболевания щитовидной железы. Москва, 2001.

Бежан Л., Зитти Е. Гр. Резекция легких. Анатомические основы и хирургическая методика. Бухарест, 1981.

Бейтс Б. и др. Энциклопедия клинического обследования больного. Перевод с английского. Гэотар. Москва, 1997.

Белов Ю.В. Руководство по сосудистой хирургии с атласом оператив- ной хирургии. Москва, 1999.

Береснев А.В., Сипливый В.А, Бублик В.В., Бышенко В.В. Наложение дистального спленоренального анастомоза у больных с циррозом печени. Клиническая хирургия.-1993.- N 11. – С.23-25.