ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
305
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI: TA‘LIM TARBIYA VA PEDAGOGIK
FIKRLAR
Qalandarova Madina Jo’rabek qizi
Denov Tadbirkorlik va pedagogika institute 3-bosqich talabasi.
e-mail:
qalandarovam05@gmail.com
Jumayev Abdimo‘min Fayziyevich
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi.
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.13845889
Annotatsiya. Har bir jamiyatdagi katta-kichik o‘zgarishlar o‘z davrining tarixiy
sharoitidan kelib chiqqan holda namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarda tarixiy shaxslarning,
jumladan, ziyolilarning o‘rni katta bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ilg‘or g‘oyalarni ilgari
suradi. Ushbu maqolada Turkiston jadidlarining pedagogik fikrlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan jadidlar nafaqat o‘zining siyosiy harakatlari, balki
ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlari bilan tarixga kirdi. Shuningdek, jadidlar asarlarda o‘zbek
xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan
pedagoglar edi.
Kalit so‘z: Jadid, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, usuli jadid, Turon teatri.
JADIDISM MOVEMENT IN TURKESTAN: EDUCATION AND PEDAGOGICAL
IDEAS
Abstract. Major and minor changes in every society appear based on the historical
conditions of their time. Historical figures, including intellectuals, have a great role in these
changes, and each of them puts forward unique advanced ideas. In this article, the pedagogical
ideas of Turkestan moderns are discussed. Jadids, who left an indelible mark in the history of our
country, entered history not only with their political actions, but also with their educational and
pedagogical ideas. Also, Jadids were pedagogues who reflected the best traditions of the Uzbek
people in their works, and important life issues related to education.
Key words: Jadid, Abdulla Avloni, Mahmudhoja Behbudi, Usuli Jadid, Turan Theater.
ДЖАДИДИСТСКОЕ ДВИЖЕНИЕ В ТУРКЕСТАНЕ: ОБРАЗОВАНИЕ И
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ИДЕИ
Аннотация. Большие и малые изменения в каждом обществе возникают исходя из
исторических условий своего времени. В этих изменениях велика роль исторических
деятелей, в том числе интеллектуалов, и каждый из них выдвигает уникальные передовые
идеи. В данной статье рассматриваются педагогические идеи туркестанских
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
306
современников. Джадиды, оставившие неизгладимый след в истории нашей страны, вошли
в историю не только своими политическими действиями, но и своими просветительскими
и педагогическими идеями. Также джадиды были педагогами, отразившими в своих
произведениях лучшие традиции узбекского народа, важные жизненные вопросы,
связанные с образованием.
Ключевые слова: Джадид, Абдулла Авлони, Махмудходжа Бехбуди, Усули Джадид,
Театр «Туран».
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti,
Turkiston, protektoratga aylantirilgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ro‘y berdi. XIX
asrning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o‘z xalqlarini ma’rifatli qilish va
ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar. Turkiston o‘lkasida
millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari –
hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi.
XIX asrning o'rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’lumot beradigan maktab
hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Qishloq maktablarining
ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda
machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o‘qitish eng
oddiy diniy vazifalarni o'rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o'qishni o‘rgatish, har
bir musulmon uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalami bildirish bilan cheklanardi.
XIX asming boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon rahoniylari va ziyolilari
orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish
fikri paydo bo‘la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari
deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha “jadid” so‘zidan olingan bo‘lib “yangi” degan ma’noni
bildiradi). o‘sha davrlardan boshlab bir-biriga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o‘rta
asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo‘lgan kishilami esa qadimchilar deb atay boshladilar. XIX asr
boshlarida bir qancha ma’rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh
qilish g‘oyasi bilan chiqdilar. Yurtimiz tarixiga o‘z nomini qoldirgan jadidlar bugungi kunda ham
e’tirof markazidadir. Jadid bobolarimizning pedagogik mahoratlari tahsinga loyiq desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur bo‘lgan
o‘zbekning yagona jo‘g‘rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug‘ pedagog
va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning
Baxshitepa qishiog‘ida ruhoniy oilasida tavallud topdi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
307
Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonunqoidalari, maktabda o‘tiladigan
darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar
kerakligi, muallimlarning vazifalari, ulaming ta’minot masaialari va boshqa ko‘p jihatlarini
G‘aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o‘rgandi. Shular asosida Turkistonda “usuli
jadid” maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu
maktablami kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shahar
qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur pedagog Abdulqodir
Shukuriyning yangi usuldagi maktabini o‘z hovlisiga ko‘chirib keldi. “Usuli jadid” maktablarida
hamma o‘qish huquqiga ega bo‘lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi
maktablarni biron ayb topib darhol bekittirib qo‘yar edi. Chunki, podsho hukumati “begona
xalq”ning qisman bo‘Isa ham ilm-ma’rifatli bo‘lishini, dunyoviy bilimlami o'rganishini istamasdi.
Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar, eski
maktabning muallimlari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari “islom diniga rahna
soladi”, “bu maktablarning muallimlari “kofir”, deb tashviqot yuritar edilar.
Bunday qarash va to‘siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning maslakdoshlari “usuli jadid”
maktablarida Turkiston farzandlarini o‘qitish ishlarini jadal suratda olib borardilar.
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa
qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim
hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Abdulla Avloniy xalq orasida ilg‘or fikrlami
tarqatishda, ilm va ma’rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g‘oyat katta ekanligini
yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi.
Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib,
“Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘i kunlarni
yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, himmat g‘oyalari”ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz
yashamog‘i mumkin bo‘lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog‘i mumkin emasligini
uqtiradi. XX asr boshlarida О‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikxlaming
rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin egalladi, butun faoliyati davrida u o‘z xalqiga xizmat
qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berdi.
Abdulla Avloniy o‘zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq
ta’limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli
pedagogdir. Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini
professional teatrga aylantirish uchun 1913-yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil
qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor
hukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
308
ko‘rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda
bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pyesalarni
sahnalashtirishi uning xalq ma’rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi.
Ma’naviyatimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag‘on qurboni
bo‘lib, jismonan oramizda bo'lmasa ham u hamisha tirik. Qismati og‘ir bo‘lgan ulug‘ siymolar
qatori Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag‘ishladi. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yili
Buxoro shahrida tug‘iladi. “Fitrat” Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z “tug‘ma tabiat”,
“tug‘ma iste’dod” degan ma’noni anglatadi. Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Abdurahmon
Jomiy va Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, o‘zbek va tojik tillarida birday mukammal
asarlar yarata oldi. Fitratning “Rahbari najot” asari to‘la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga
bag‘ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga
bag'ishlangan bo‘lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir. Fitrat ota-
onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch
tarbiyaga:
1.Jismoniy tarbiya salomatlik,
2.Aqliy tarbiya sog'lom fikrlilik,
3.Axloqiy tarbiya axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining yoyilishi bu davrdagi mustamlakachi hukumat
va uning amaldorlari hamda mahalliy mutaassib va johil ruhoniylarning qarshiligiga uchradi.
Shunga qaramay, jadidlar matbuot, noshirlik va teatr sohalarida faoliyatlarini davom
ettirdilar. 1898-yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi. 1899-yili
Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochib, ko‘plab
o‘quvchilarning yangi usulda ta’lim olishlariga erishdilar. Jadidlar ta’lim tarbiya borasida nafaqat
maktablar tashkil etish, balki yosh avlodni ongini rivojlantirish uchun chet elda tahsil olish
zarurligini ham anglab yetishgan edi.
Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni
egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-
quvvatladilar. Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda
mablag‘ ajratgan. 1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid, Hamidxo‘ja
Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi»)
jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga
yuborganlar.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
309
Jadidlar asarlarda o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim
hayotiy masalani aks ettirgan pedagoglar edi. Bugungi kunda jadidlarimizning ilg‘or fikrlari hali
hamon biz uchun dasturulamal bo‘lib kelmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
REFERENCES
1.
R.A.Mavlonova “Umumiy Pedagogika”. Toshkent-2018.
2.
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” T-1993.
3.
R. Mavlonova, N.Raxmonqulov, N.Vohidova “Pedagogika nazariyasi va tarixi” T-2010.
4.
Z. Ismoilova “Pedagogika” T-2007.
5.
S.Tillaboyev, A.Zamonov “O‘zbekiston tarixi”. T-2019.
