ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
310
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI IDIOMALAR VA O’XSHATMALAR TARJIMASIDA
ZOONIMLAR SEMANTIKASI
Xoʻjamurotova Feruza Ahmadovna
Abdulloyeva Shohida Odilovna
Guliston akademik litseyi ingliz tili fani o’qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13845916
Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tilidagi idiomalar va o’xshatmalar
tarjimasida zoonimlar semantikasi masalasiga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida qiyos
usulidan foydalanilgan holda ingliz va o’zbek tillarida misollar keltirilgan.
Kalit so’zlar: idiomalar va o’xshatmalar, zoonimlar semantikasi, tarjima muammolari,
jonivor nomlari.
SEMANTICS OF ZOONYMS IN THE TRANSLATION OF IDIOMS AND SIMILES IN
ENGLISH AND UZBEK
Abstract. This article focuses on the semantics of zoonyms in the translation of idioms and
similes in English and Uzbek. Throughout the article, examples are given in English and Uzbek
using the comparison method.
Key words: idioms and similes, semantics of zoonyms, translation problems, animal names.
СЕМАНТИКА ЗООНИМОВ В ПЕРЕВОДЕ ИДИОМ И СРАВНЕНИЙ НА
АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Аннотация. В данной статье рассматривается семантика зоонимов при переводе
идиом и сравнений на английском и узбекском языках. На протяжении всей статьи
приводятся примеры на английском и узбекском языках методом сравнения.
Ключевые слова: идиомы и сравнения, семантика зоонимов, проблемы перевода,
названия животных.
O’zbek xalqining kundalik hayotida jonivorlar juda katta ahamiyatga ega. Qadimgi turkiy
xalqlarda ham jonivorlarni muqaddas bilishgan, ularga e`tiqod qilishgan. Aynan shu sababdan
bo’lsa kerak, tilimizda hayvon nomlari bilan bog’liq bo’lgan iboralar, so’zlar ko’pchilikni tashkil
qiladi.
Qadimgi xalqlarda hayvonlarning turiga qarab, xalqning ijtimoiy ahvoli belgilangan.
Turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma obidalari sifatida qaraladigan O’rxun-Enasoy
obidalarida hayvon nomlarining ishlatilishi shu jihatdan katta ahamiyatga ega. Mazkur
bitiktoshlarda zoonimlar hajman ko’pchilikni tashkil etmasa-da, ular orqali anglashilayotgan
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
311
ma`nolar o’sha davr xalqi hayoti, ijtimoiy ahvolini yoritishda muhim hisoblanadi. Ba`zi o`rinlarda
bitiktoshlarda jonivorlar nomlari bugungi ma`nosiga aynan o’xshamaydi. Masalan, Kultegin va
Bilgaxoqon bitiktoshlarida “Tuğu baliq” degan iboralar ko’p qo’llangan. Ammo bu o’rinlarda
baliq so’zi hayvon nomi sifatida emas, balki shahar, qal`a ma`nolarida ishlatilgan. To’nyuquq
bitigtoshida ham bunday holatlar uchraydi, biroq To’nyuquq bitigtoshida hayvon nomlari nisbatan
xalqning ijtimoiy ahvoli, aholining ma`rifiy holatini ifodalash uchun qo’llanilgan [Mahmudov N.,
Rahmonov N. 2005, 131-132].
O‘zbek adabiyotida zoonimlar qadimgi bitiklarda qo‘llanganligini aytib o‘tdik. Sababi
o‘zbek xalqi qadimdan hayvonlarni xonakilashtirgan, chorvachilik bilan shug‘ullangan, qir-
adirlarda yilqi boqishgan. Chorvachilikda asosan qora mol, sigir qo‘y va sigir singari uy hayvonlari
kishilarning to‘q hayot kechirishlariga hizmat qilgan bo‘lsa, it uy-o‘choq qo‘riqchisi, tulki, bo‘ri
va shoqollar kishilarning halovatini o‘g‘irlagan. Shu kabi omillar zoonimlarning tilimiz va
adabiyotimizda keng qo‘llanishiga sabab bo‘lgan. Biz yuqorida ingliz tilidagi zoonim
frazeologizmlarni tahlil qilganimizda uch asosiy hayvon – it ot va mushuk bilan bog‘liq
frazeologizmlarning nisbatan ko‘p ekanligiga guvoh bo‘lgan edik. Dastlab o‘zbek tilidagi ana shu
uch zoonim bilan bog‘liq o‘xshatmalarni tahlilga tortsak:
1.
It – o‘zbek tilida ham ancha keng qo‘llaniluvchi zoonim hisoblanadi. Sababi
yuqoridagi boblarda aytganimizdek it doim o‘z egasiga vafodorlik bilan hizmat qilgan. SHu
sababdan tilimizda bu zoonim bilan bog‘liq: it vafo – xotin jafo maqoli paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab
emas. Ingliz tilida zoonimlarni frazeologizmlar qo‘llash orqali inson fe’l-atvoriga muqoyasa qilish
ko‘p uchrasa, o‘zbek adabiyotida to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash (-dek, -day) suffikslarini it
zoonimiga qo‘shish orqali yasalgan bu hayvonga xos bo‘lgan vafodorlik hislatini ulug‘lovchi
o‘xshatmalarni ko‘plab uchratish mumkin (
Eslatma*-
tahlillar uchun o’zbek adabiyotidan olingan
misollar -
“Низомиддин Маҳмудов. Ўзбек тили ўхшатмаларининг изоҳли луғати,
Тошкент, 2013”
kitobidan olindi):
Bu o‘rinda it zoonimi ijobiy muqoyasa vositasi bo‘lsa, ba’zi o‘xshatmalarda itning
fiziologiyasiga oid salbiy jihatlar vovullash, akkillash kabilar kishining fe’l-atvoriga qiyoslanaladi.
Bu kabi salbiy emotsional muqoyasalar nafaqat o‘zbek balki ingliz tilida ham mavjud. Quyida it –
dog zoonimining salbiy emotsiada qo‘llanishini qiyoslaymiz:
Ingliz tilida:
Dog eats dog
(It itni eydi)Itning qo‘pol, gapga ko‘nmaydigan fe’l atvoriga, bir biri bilan
urushib yuradigan kishilarga ishora.
- Barking dogs seldom bike
(Akkillagan it ba’zida qopar)
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
312
Frazeologizmlarda ishlatilgan eng faol zoonimlar uchligiga kiruvchi it o‘zbek va ingliz
tillaridagi ideoma va o‘xshatmalarda keng qo‘llanadi. Quyida ularning semantikasini qiyoslaymiz:
O‘zbek tilida:
Qopmoq, talamoq.
Qo‘pol, dag‘al gapirmok, jerkib gapirib, ko‘nglini og‘ritmok.
Zohid shoirtabiat ham emas, bu ayolning ko‘nglini ovlash niyati ham yo‘k. Bundan
tashqari, xonasiga kiruvchini
it kabi qopadigan
rahbaru rahbarchalarga azaldan tobu toqati yuk
(T. Malik. SHaytanat). Qiz bolaning yomoni tushib kolsa, yor-yor, yomon
itday
betingdan
qopib
olar,
yor-yor (Ok olma, kizil olma). Idora xodimlariga achinaman-da. Ba’zan duch kelganni
itday
qopadi
(T. Malik. SHaytanat). Echkisiga sal tekkanimga
itday taladi
(A. Obidjon. Serkaxonim).
Nohaq odam
itday akillasa
ham, maqsadiga erisha olmaydi (So‘zlashuvdan). Ana, Berdi
tajang
itday irillab,
nima bo‘ldi (N. Norkobilov. Tog‘ odami). Odamning tabiati qiziq bir-birini
ko‘rmasa sog‘inadi, ko‘rishganida
itdek irillaydi
(I. Zoyir. Qismat uchi). Arzimas bir jondorni deb
itday irillashmanglar!
Uyat buladi-ya! (N. Norkobilov. G‘animlar).
Yugurmoq.
Biror narsa umidida tinimsiz harakatda bulmoq
.
Ul kishim odamlar yillab
itdek yugurib
topgan boylikni mehmonxonasida o‘tirib, hisob-kitob bilan topadi (N. Kobul Buyuk
Turon amiri yohud aql va qilich). Besh ming so‘m uchun kinochilarning ketidan
itday
tilini
chiqarib,
yuguradigan
ahmoq yuk! Ana, yoshlar bor, ushalar qilsin! (M. M. Do‘st. Lolazor) Na
halol, na harom neligin bilmay, Ikkisin ortidai
itdek yugurdik
(A. Mahkam. Iymon deb...).
Izg‘imoq, sanqimoq, daydimoq, tentiramoq.
Har erda biron muntazamsizlik bilan kezmok.
Odam hakida.
Shayboniyning navkarlari
itday izg‘ishib
yuribdi (Oysuluv). Etim koldim yoshligimda
men xam otamdan, Odamlarnshi eshigida
sanqidim
itday
(A. Oripov. Jannatga yul). Har kuchada
it kabi Daydishimnnng
sababi - Izlaringni sog‘indim (U. Hamdam. Sabo va Samandar). SHaharga
borib ukiyapman, deb barchani aldab, bozorda
itdek sang‘ib yurish
sharmandalik emasmi? (Ch.
Aytmatov. Bolaligim). Indamagin kalga - o‘zi kelar holga, deydilar. Otangizga rahmat. Ana,
ko‘chada
itday tentirab
koldi (T. Murod. Ot kishnagan oqshom). Sirasini aytganda, cho‘lda
itday
izg‘ish
unga umuman yoqmaydi (N. Norkobilov. Fanimlar).
Ergashmoq.
Birovning ortidan astoydil, ammo anchayin beqadr holatda doimo yurmok.
Faqat sen kolgan eding, mana, sen ham menikisan, endi tamomsan, ortimdan
itday
ergashib
yuraverasan, endi o‘z holingcha kun kechirolmaysan (B. M. Ali. Ko‘kto‘nlilar). Mana
yarim yildirki,
itdek
uning orqasidan
ergashib
yuribdi (N. Qobul. Buyuk Turon amiri yohud aql
va qilich). Bir munkir u zotni taklif etib, uyiga qadar olib boradi. Eshigiga etgach: «Tomog‘ing
uchun bir
itdek
menga
ergashib
kelding, uyimda hech vaqo yuk», deb hakorat! qila-qila haydadi
(T. Malik. Kelinlar daftariga). Yuk, yanglishding, men SHosalim emasman! Senga
itdek ergashib
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
313
yurgan, bir paytlari obruyingni saqlab qolish uchun tuni bilan mijja qoqmagan, sadoqat bilan
hizmatingni kilib, oxir-okibat qadri-qimmati toptalgan soyaman (F. Tilovat. Qora quzgun).
Ishlamoq, mehnat qilmoq, xizmat qilmoq.
Ular-kolariga Qaramay ishlamok, butun
kuchini bermok, har kanday ishni minnatsiz bajarmok. Savil
qog‘ur chorak bug‘doyni o‘n baravar
kilib qaytardim, o‘n yildan beri
itday ishlab
ham berdim, yana gunox, menda ekan-da, Taqsir! (M.
Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha). Bu johil, omi
qavmg
a Yaratgan ko‘mak etmasa, o‘zi
itdek
ishlamasa,
mening elib yugurganimdan foyda yo‘k derdi har gapida (N. Qobul. Buyuk To‘ron
amiri yohud akl va qilich).
Itdek mehnat qilib,
obro‘- e’tibor qozonib yurgan paytingda kimniigdir
g‘alamisligi, hasadgo‘yligi, ko‘ngli qoraligi tufayli ozor chekib... yurganingda birdan... ishiig
yurishib ketsa, bu orziqib kutilgan ulkan
baxtni
yuragingga sig‘dirib ololmaysan, kishi
(N.
Karimov. Mirtemir). Ko‘ngling bo‘lsa, uylan shunga. Yaxshi narsa lekin,
(uy
qolgan-u, bo‘y
qizlarga bo‘y bermaydi. Uylan,
itday xizmatingni. qiladi
(M. M. Do‘st. Lolazor).
Charchamoq, o‘ynalmoq.
O‘lar xolatga keladigan darajada xorimok, o‘ta mushkul
ahvolga tushmoq.
Kurmaysizmi, chaqalok tinchimayapti. O‘zim
itday charchaganman
(U. Hoshimov.
Urushning so‘nggi qurboni). Bultur o‘zimni ham
itday qiynaldik,
bola-chaqamiz ham bo‘lganicha
bo‘ldi (M. Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha).
Itday charchaganmi
uchun yumshoq; o‘ringa tappa
tashlagimiz kelardi (X. Sulton. Boburiynoma). Ko‘ksaroydan
itday charchab
qaytgan amir Sultoi
Jondor to‘shakka kirib, endi ko‘zi ilingan ham edi, kimdir elkasidan sekin turtdi (O. Yokubov.
Uluhbek hazinasi).
Quturish..
Haddan ortiq jahlga minmoq, juda ham haddi dan oshmoq.
Avaz xali bundan beshbattar achchiq; she’rlar bitishini, bu she’rlari xonni, xon valiahdini,
arkoni davlatni bexalovt etib,
itdek quturtirib
qo‘yishiii bilmaydi (S. Siyoev. Yorug‘lik). Qonga
tashna
itday quturib,
Uchraganga changal soladi (T. Jo‘ra. SHamol).
Yashamoq, turmush kechirmoq.
Nihoyatda nochor, qiyin, aftoda ahvolda umrguzaronlik
qilmoq. Bu erda na ilmu fanni, na san’atni, na qo‘shiqni tushunishadi; hammalari ota-bobolaridan
qolgan kataklarda
itday turmush kechirishadi
(N. Eshonqul. Momoqo‘shiq).
Ichmoq.
Orqa-oldiga qaramay, me’yoridan juda ortiq; darajada, ko‘p spirtli ichimlik
iste’mol qilmoq.
Bir kuni
itdek ichib
kelganida, cholim rahmatli kattiq koyi-di, juda qattiq koyidi (X.
Sultonov. Ajoyib kunlarning birida). Oldin unaqa emasdi, hozir
itdek ichadi
(U.
Xoshimov
Dunyoning ishlari). Azonlab borib Mansur akadan uzr so‘radim: «Men ushanda ahmoqlik qilgan
ekanman.
Itday ichib,
nima deganimni bilmabman...» (S. Siyoev. Oy borib, omon keling). Oxo,
bu kishini qarang-a?..
Itday ichib olib,
tuhmat qiladi. Endi shunisi etmay turgan edi (A. Juraev.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
314
Qaytim).
Demak, it zoonimi o‘zbek tilidagi olam milliy manzarasida quyidagicha konseptual
manzara xosil qiladi:
1.Insonga bo‘lgan munosabati:
sadoqat, do‘stlik, holis xizmat
, ergashish, vafodorlik;
2. Fe’li:
yuvvosh,
quturmoq, qopmoq, akkillamoq, irillamoq, to‘satdan tashlanmoq;
3. Yashash tarzi:
chor nochor kun kechirmoq
,
qiynalmoq;
4. Harakati:
charchamoq,
izg‘imoq, sanqimoq, daydimoq, tentiramoq, bo‘kib ichmoq;
Keyingi ikki tilda ham uchrovchi zoonim bu mushuk bo’lib, Mushuk ingliz tilida asosan
sinchkovlik, qiziquvchanlik kabi hislatlari uchun frazeologizmlarda keng qo‘llaniladi:
- Care killed a cat
(tashvish mushukni o’ldirdi)
- A cat has nine lives
(mushukni 9 ta joni bor)
- Curiosity killed the cat
- (sinchkovlik, qiziquvchanlik mushukni xam o’ldiradi)
- To live cat and dog life
– (it mushuk bo’lib yashash)
Ma‘lumki, it va mushuklar sevimli uy jonivorlari hisoblanib, har bir etnos lisoniy tasvirida
it va mushuk antitetik (antitetika yunoncha antitetikos so‘zidan olingan bo‘lib, qarama-qarshilik
ma‘nosini anglatadi) leksik birlik sifatida frazeologik iboralarda, paremalarda polisemik maydonni
hosil qiladi [Baxronova 2015, 92]. Bu hayvonlar iboralarda o‘z belgi va xususiyatlaridan
uzoqlashib, nafaqat to‘rt oyoqli sut emizuvchilar guruhini, balki boshqa sinfga kiruvchi konkret
ob‘ektlarni, hattoki insonlarni ifodalab keladi. Mushuk zoonimining epchil va chaqqonligi o‘zbek
tilidagi badiiy asarlarda ham uchraydi: Akbarali
mushukdek sapchib
yulakka borib koldi. Orkasiga
burilib karadi (S. Ahmad. Qirq besh kun). Bunga sabab, yoshlik chog‘larida, xali «karate», «ushu»
degan gaplar yuk paytida Kesak
mushtlashguday bulsa
mushukday sapchib,
uch-to‘rt davangilga
bas kela olardi (T. Malik. Shaytanat). Yana bir ayol jon
achchig‘i
da
mushukdek sapchib,
boshka
mug‘ulning tomog‘iga yopishdi. (Mirmuhsin. Temur Malik). So‘ng taraqlab ochildi eshik, Burun
tiqdi uyga avtomat. So‘ng bir
sakrab misoli mushuk,
Ichkariga
kirdi uch
soldat (H.Sharipov. Bir
savol). Ikkimiz bir vaktda Mushukday olmaga
tashlanamiz
(A. Ko‘chimov. Bir juft olma).
Mushukning
sharpasiz, tovushsiz, pisib yurishi va ehtiyotkorligi
ham odamning hatti
harakatiga (so‘z birikmasi tarzida) muqoyasa qilinadi:
Hovli betida yurgan Abdushukur maxdum ko‘cha eshigi tagidagi oyok; sharpasini sezib,
maxsy-kalishda
mushukday tovushsiz
qadam bosib kelib, eshikni ochdi (Y. Sulaymon. Armon).
Yarim soatlardan so‘ng xujraga
mushukday sharpasiz, sassiz
kirib bordim (N. Eshonkul.
Qora kitob). Oldinda chirok; tutgan onasi, orqasida charm paltosining o‘ng cho‘ntagiga qo‘l sol-
gan,
mushukdek
ehtiyotkorlik bilan qadam bosayotgan shapkali... (O‘ .Hoshimov. Tushda
kechgan umrlar). Aksariy amirlar ila sizning otingizdan so‘zlashib, ishni bitirib kuyg‘onmen, -
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
315
dedi
mushukdek pusib
Berdibekning oldiga etib borganda Tug‘libiy
(N. Kobu
l. Buyuk To‘ron
amiri yoxud akl va kilich). Jamshid?
-
Asa
dbek
shunday deb qaddini sal ko‘tardi. - Nega
mushukka o‘xshab pisib yuribsan?
(T. Malik. Shaytanat). To‘raqul butalar
tagi
da
mushukdek
sharpasiz yurar,
mevalarni ko‘llari va xatto lablari bilan uzib olardi (A. Kuchimov. Baland tog‘lar
ostida). Mushukning yalab yulqab suykalishi esa ko‘pincha adabiyotimizda ibosiz ayollarning
o‘zini tutishiga ham muqoyasa qilinadi:
Demak, yuqoridagi misollar asnosida mushuk zoonimi o‘zbek tilidagi olam milliy
manzarasida quyidagicha konseptosfera xosil qiladi:
1.Insonga bo‘lgan munosabati:
ijobiy, yoqimtoy,
2. Fe’li:
muloyim, bezovta,
3. Yashash tarzi:
uy, hovli, ko‘cha, ombor ;
4. Harakati
: sapchimoq, sakramoq, pisib yurmoq, sharpasiz yurmoq, suykaladi, sichqon
tutadi,
5. Odamning mushukka munosabati: erkalaydi, boqadi, silaydi;
Ingliz tilida mushuk zoonimi qo‘llangan idiomalarni ko‘rib chiqamiz:
as conceited barber’s cat
– sartaroshning erka(o’ziga ishongan) mushugidek. My friend
became as conceited as a barber’s cat after she won at school – mak tabda sovrindor bo’lgandan
keyin dugonam sartaroshning erka mushugiga aylandi.
as weak as a kitten
– mushuk bolasidek
nimjon – The girl was as weaken as kitten cannot carry the books;
a cat nap
– mizg’ib olish. Kun
davomidagi qisqa uyqu- (uzb. Qush uyqusi) I had cat nap during the afternoon so I would feel
refreshed in the evening.
cat burglar
– devordan tushib o’g’rlikka kiradigan o’g’ri. A cat burglar
entered our apartment and stole our television. Mushuk o’gri uyimizga devordan oshib tushib
televizorimizni o’girlabdi.
cat gets one’s tongue
– tiliga mushuk kirib qolmoq. Uyalganidan
gapira olmaslik. The cat got the woman’s tongue and she could not say anything at all. - Ayolning
og’ziga mushuk kirib olgandek hech narsa gapira olmadi. Shu o’rinda o’zbek tiliga tarjima
jarayonida “og’ziga talqon solib olgandek”.
a cat on hot tin roof
– temir shipdagi mushuk. O’ta
aktiv harakat qilish. A boy was jumping around like a cat on a hot tin roof and we could not make
– bola temir tomdagi mushukday sakrayotga edi.
a copycat
- birovning ishidan ko’chiruvchi kishi.
The boy is a copycat and copies the other student’s work. Bola ko’chirmachi u
talabalarning ishidan nusxa ko’chiradi.
grin like a Cheshire cat –
Gheshir mushugiga o’xshab
shaqshayish. The little boy was grinning like a Cheshire cat when he entered the room;
let the cat
out of the bag –
sir saqlanadigan narsani aytib qo’ymoq. O’qituvchi maktabni yopish rejasini
aytdi;
look like something the cat dragged in –
mushuk tirnab tashlagan narsaga o’xshan qolmoq.
I was very tired and looked like the cat dragged in- juda charchaganimdan huddi mushuk tirnab
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
316
tashlaganga o’xshab qolgan edim.
look like the cat that swallowed the canary - to’tiqushni
yutrgan mushukdek.
Bir narsadan mamnun qiyofada bo’lish. You look like a cat swallowed
canary.
to the put cat among the pigeons – mushukni kabutarlar orasiga qo’yib yuborish
Kimnidir noxush holatga quyish.
–
Sending young supervisor among angry workers was like
putting the cat amoung pigeons. Yosh raxbarni jaxli chiqqan ishchilarning oldiga yuborish,
kabutarlarning orasiga mushukni qo’yib yuborgandek.
Demak, mushuk zoonimi ingliz tilidagi olam milliy manzarasida quyidagicha
konseptosfera xosil qiladi:
1. Insonga bo‘lgan munosabati: suykalmoq (rubbing); shaqshaymoq (griin)
2. Fe’li:
ayyor (copy cat); uy qushlari uchun havfli:
3. Yashash tarzi: uy, shift, xona;
4. Harakati: o’g’rlamoq
cat burglar
, tirnamoq (
dragg);
5. Odamning mushukka munosabati: erkalatadi (barber’s cat
);
Ingliz idiomalari orasida ba’zi birlari
cat gets one’s tongue
– tiliga mushuk kirib qolmoq
tarjima jarayonida ekvivalentga almashtirilgani ma’qul. Sababi o’zbek olam milliy manzarasi
uchun biroz yot bo’lgan bu iboraning tilimizda mum tishlagan, og’ziga talqon solib olgan degan
ekivivalentlari mavjudki ularni, qo’llash o’quvching matn mazmunini teranroq tushunishiga
yordam beradi.
Uchinchi har ikkala tilda keng qo‘llaniluvchi zoonim bu
– ot (horse)
bo‘lib, quyida ot
tabiatiga xos ba’zi xislatlarning kishi fe’l-atvoriga ko‘chishi holatlarini kuzatamiz.
O t g a
o ‘ x s h a b : Pishqirmoq,
g‘ayriodatiy ovoz chiqarmok, baqirib, baland ovozda gapirmoq.
Yuvinayotganingizda har doim
otga
o‘xshab
pishqirasiz.
Karang, kuylagimni jiqqa suv qilib
yubordingiz, - dedi Muyascap xo‘l bo‘lgan etaklarini ko‘rsatib (U. Hoshimov. Dehqonning bir
kuni). Qorong‘ida Azizxon
otga o‘xshab pishqirib
javob qildi (S. Axmad. Qirq besh kun).
Nazarovning burun kataklari kerilib, bezovta
otday pishqirdi
(A. Ko‘chimov. Ok kaptarlar
oroli). U tinimsiz chayqalar, goh-gohda otga o‘xshab
pishsirardi
(S. Ahmad. Ufq). Tursunboy
tushundi. Tushindi-yu, yuragi o‘rtanib ketganini bildirish uchun otga o‘xshab pishqirib ho‘rsindi.
(S.Ahmad.)
Sog‘lom; tamoman sog‘aymok, kasallikdan butunlay forug‘ bo‘lmok;. Odam haqida.
«Qalay, ota, sog‘ligingiz yaxshimi?»-dedi. «Xudoga shukr, «otdayman, xali do‘xtirga ishimiz
tushgani yuk», - dedim (S.Siyoev, Oy borib, omon keling). Ko‘rib turibsan-ku, otdayman! Sherzod
qo‘llarini yozdi. - Redaksiyada nima yangiliklar? (O‘. Hoshimov. Hyp borki, soya bor). YUring,
o‘g‘lim, - dedi Mahkam )Eshon Tursunaliga, - dard chekindi, erta-indin otday bo‘lib ketadi (J.
Abdullaxonov. Tarki dunyo). Mana bu kishilar biladilar, o‘sha bemor otdek bo‘lib ketuvdi,
to‘g‘rimi? (E. A’zam SHovqin). Chinor to‘rtgami - beshgami kirdi, chol bo‘lsa xali otday (A.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
317
Kuchimov. Kayta tug‘ilgan bola). artib-koidaga buy bermaydigan, ujar, chapdast; noodatiy,
nome’yoriy shiddatli harakatlar kilmok.
Bu
minilmagan
asov otdek
yigit qanday adolat
qidirayotganini o‘zi bilmasdi (S. Ahmad. Qirq besh kun). Och yulba
rsday
na’ra tortib kelishing
bor!
Asov otday
telbalanib elishiig bor! (Cho‘lpon. Norin daryo)
. Asov otday
erkaklarning borar
eri - sen (X,. Xudoyberdieva
.
Mukaddas ayol).
O t n i n g k a l l a s i d a y .
Katta. Asosan, odam
yuragining botirligi, kurkmasligi, baquvvatligining mubolag‘ali ifodasi uchun; shuningdek,
odatdagidan katta qulfga nisbatan; ba’zan boshka ayrim narsalar kattaligining mubolag‘ali ifodasi
uchun ham qo‘llanadi.
Otning kallasiday
yuraging bor ekan, bola, - dedi uning elkasiga qo‘lini
tashlab (E. Samandar. Sulton Jaloliddin). |1)|SH1 ingam
otning kallasiday
bor ekan, Anvar, - dedi
Sharo
fat
(M. Xazratkulov. Ta’til kunlari). Bu Salohiddin zargarning do‘konlari
bo‘lib,
ular ham
berk, har bir eshikda
otning kallasiday
qulf (O Yoqubov. Ulug‘bek hazinasi). Barot Isroil oyog‘ini
qo‘liga olib podvalga yugurib borsa, ko‘radiki,
otning kallasidek
Qulf osilgan (N. Karimov.
To‘rg‘ay). U og‘zini ochishga ulgurmay
garaj
ilgagiga
otning kallasidek
kulfni solib sharak-
shuruk qulfladimda, chorrahadagi do‘konga qarab chopdim (U. Xoshimov. daftar hoshiyasidagi
bitiklar).
Ma’lum, tanilgan.
Barchaga ma’lum bo‘lgan odam, fe’l-atvor, narsa va shu kabilar hakida;
kuchli salbiy munosabat ifodalanadi. Kaysi bir sud majlisida «yolg‘on guvox,»ga hojat ko‘rilsa
Obrezkora tayyor. Uning bu xislati ham hammaga
otning qashqasiday ma’lum
(Cho‘lpon. Kecha
va kunduz). Ammo kasb-kor tufayli xammaga
otning qashkasndek tanilgantri
kam, boshka bir
tomondan xam nom chiqarish kerak (O. Muxtor. Egilgan bosh). Bu - kishlok, notanish kimsa
otning kashqasidek ma’lum
(I. Zoyir. Kis mat uchi). Ikki kishi katta ariq ustidagi ko‘prikdan o‘tib,
tug‘riga ketdi. Saidg‘ozi ularning bichimiga karab darrov tanidi: davangirday qaqqaygani - butun
rayonga
otning qashqasiday tanish
To‘lamat mo‘ylov (S. Anorboev. Oksoy).
Demak, ot zoonimi o‘zbek tilidagi olam milliy manzarasida quyidagicha konseptosfera
xosil qiladi:
1. Insonga bo’lgan munosabati:
hizmatinini qiladi, do’st, sodiq, hamrox;
2. Fe’li:
favqulotda o’zgaruvchan;
3. Yashash tarzi:
dala, yaylov, otxona;
4. Harakati:
soglom (otday)pishqiradi, yuguradi, sakraydi,
5. Odamning otga munosabati: boqadi, yuvib taraydi, yaxshi ko’radi;
Otning asosan xatti-harakatlari, boshi, pishqirishi va bosh qismidagi qashqasi metaforik ko‘chim
sifatida inson fe’li hamda tashqi ko‘rinishiga qiyoslansa, ingliz tilidagi ot bilan bog‘liq idiomalarda uning
poygada g‘olib bo‘lishi, undan foydalanish kabilar o‘xshatish ob’ekti bo‘lib xizmat qilgan: (as)strong as a
horse/ox
- very strong otday kuchli, The man was as strong as an ox and easily helped us move
the sofa.
back the wrong horse
– yomon otga qaytish. Biror bir muvaffaqiyatga erishmagan
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
318
kishiga ishonch bildirish. We backed the wrong horse when we supported the candidate for
manager.
beat a dead horse
– allaqachon galaba qozonilgan jangda mag’lubni urishda davom
etish. I was beating a dead horse when I was arguing with my boss.
bet on the wrong horse
- to
misread the future, to not choose the winning person or solution The man is betting on the wrong
horse if he supports the other city in their bid for the Olympic games.
change horses in midstream
– otni oqim vaqtida almashtirish – to make new plans or choose a new leader in an activity that
has already begun – allaqachon boshlanib ketgan ish uchun rejalar tuzmoq. They have decided to
change lawyers but I told them that they should not change horses in midstream Ular
xuquqshunosni almashtirmoqchi bo’ldilar ammo men ularga oqim vaqti otni almashtirmasliklarini
aytdim.
a dark horse
- a candidate who is little known to the general public. Ommaga noma’lum
nomzod. The candidate for mayor was a dark horse until he gave some good speeches on TV.
Mayyorlikka nomzod televideniyeda interviyu bermaguniga qadar hammaga noma’lum edi.
Har bir zoonimning lingvogeografik hususiyatlarini o‘rganib chiqilsa, har bir millat
adabiyotida ma’lum zoonimlarning keng qo‘llanishida tabiiy sharoit inson va hayvon o‘rtasidagi
jonli muloqot sabab ekanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biz yuqorida mushuk va itni o‘zi
yashab turgan uyida saqlaydigan, unga alohida mehr bergan inglizlar haqida so‘z yuritdik. Ingliz
va o‘zbek frazeologizmlarida bu ikki zoonimga xos ham ijobiy ham salbiy xislatlar muqoyasasini
kuzatish mumkin. Ammo o‘zbek xalqi uchun yanada yaqin bir zoonim borki bu qora mol. Molning
ijobiy xislatlari bilan birga talaygina salbiy fe’l-atvori borki, bu xislatlar adabiyotda ba’zi
kishilarning salbiy illatlariga qiyoslanadi.
Yigitning hamxonalarini mensimaganday bamaylixotir kirishi, o‘zidan katta juvonga
odobsiz tikilishi Nusratbek- yoqmadi:
«Molday befahm
ekan» (S. Nurov. Narvon).
U o‘zi – alllaqanday tovlamachi, birovning baxtini ko‘rolmaydigan ichi qora, gulni bosgan
molday befahm,
ko‘ringan ayolmi-qizmi orqasidan ergashib, sevgi izhor etadigan suyukoyok yo
betavfiq qiyofasiga kirayotganday xis qilib, ot ustida kelgan uyqusini qochirmoqchi bo‘lgan
aravakashday boshini silk
idi
(Y. Sulaymon. Armon).
Ba’zan bu zoonimning mehnatsevarligi ham qiyosga asos bo‘lishi mumkin – Ishlamoq.
Juda qattik, butun kuchini sarflab, foyda- zararini o‘ylamay mehnat qilmoq.
Eshak-aravada yantoq tashiganing tashigan edi. O‘zing ham
moldek ishlading
(S. Ahmad.
Jimjitlik). O‘lik sahroda, badbo‘y
ertulalarda, kunduzi
molday ishlab,
kechasi tosh kotib
uxlaydigan
odamlarda go‘zal xisga balo bormi? (A. Muxtor. Bo‘ronlarda bordek halovat).
Molning ko‘p suv ichib ko‘p ovqat eyishi ham ichkilikka mukkasidan ketgan kishilarning
fe’liga qiyoslanishi mumkin:
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
319
«Keyingi kunlarda
molday ichyapti,
bunga bir balo bo‘lgan»,
deb
o‘ylab, Kesakpolvonga
qattiq; tikildi (T. Malik. SHaytanat).
Bularga
tayyori kerak! Birov naqdlab qo‘ysa-da, bular
moldek bo‘kib,
eb yotaversa (U. Hoshimov. Nur borki, soya bor). Shunaqayam
ichasanmi molga
o‘xshab?
Shu shaytonni suvini tashlayman deb necha marta so‘z berganman o‘zimga (B.
Ismoilzoda. Shirin va armonli kunlar).
Bundan shundan xulosaga kelamizki, frazeologizmlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima
qilishda, uning tarkibidagi barcha komponentlar ham to’g’ridan-to’g’ri yoki so’zma-soz tarjima
qilinmaydi, chunki frazeologizmlarning ma’nosi ular tarkibidagi komponentlarning ma’nosiga
bog’liq emas, ya’ni, frazeologizmlarning tarkibidagi komponentlar aksariyat hollarda ko‘chma
ma’noga ega.
REFERENCES
1.
Salimova B. Ingliz tilida hayvon nomlarining qo’llanishi bilan kelgan frazeologik birliklarning
qo’llanishiga doir/ Замонавий филология ва лингводидактика масалалари. Илмий
мақолалар тўплами 2-қисм. –Самарқанд: 2015,- Б.214-215.
2.
Langacker, Ronald. W: ―An introduction to Cognitive Grammar‖, Cognitive Science 10, 1986,
P. 1- 40.
3.
Rooth, Anna Birgitta: ―Domestic animals and wild animals as symbol and referents in the
proverbs, Proverbium. Yearbook of International Proverb Scholarship 2, 1968, – P. 286-288.
4.
Fillmore, Charles: ―Frame semantics, en The Linguistic Society of Korea (ed.): Korea:
Banshin
5.
Publishing Company, 1982, – P. 113-137.Langacker, Ronald W.: Foundations of Cognitive
Grammar. Volume II: Descriptive Application, Stanford: Stanford University Press. 1991, – P.
4.
