Authors

  • Shirin Xayrilloyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42339

Keywords:

New Uzbekistan development strategy Uzbek and world literature information library democratic society science education culture.

Abstract

This article describes the scientific ideas and information about the development of literary science of New Uzbekistan.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

207

YANGI O‘ZBEKISTON ADABIYOT ILMINI RIVOJLANTIRISH

Xayrilloyeva Shirin Furqatovna

Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13853356

Аnnоtаtsiyа. Mаzkur mаqоlаdа Yangi O‘zbekiston adabiyot ilmini rivojlantirish haqidagi

ilmiy fikrlar va ma’lumotlar bayon qilingan.

Kаlit sо‘zlаr: Yangi O‘zbekiston, taraqqiyot strategiyasi, zbek va jahon adabiyoti, zbek va

jahon adabiyoti, axborot-kutubxona, demokratik jamiyat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat.

DEVELOPMENT OF LITERARY SCIENCE OF NEW UZBEKISTAN

Abstract. This article describes the scientific ideas and information about the development

of literary science of New Uzbekistan.

Key words: New Uzbekistan, development strategy, Uzbek and world literature, Uzbek and

world literature, information library, democratic society, science, education, culture.

РАЗВИТИЕ ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. В данной статье представлены научные идеи и сведения о развитии

литературоведения Нового Узбекистана.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, стратегия развития, узбекская и мировая

литература, узбекская и мировая литература, информационная библиотека,

демократическое общество, наука, образование, культура.

«Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi»

Shavkat Mirziyoyev

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni ro‘yobga

chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli omillarni aniqlash va “O‘zbekiston — 2030”

strategiyasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda

kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadi

ko’zda tutilgan.

Zamonaviy o’qituvchi eng avval mas’uliyatli va namunali muomala odobiga ega bo’lishi

lozim. Shu bilan birga o’quvchilarini seva olishi, ya’ni bolajon bo’lishi, o’quvchisining tuyg’usini

his qila olish darajasida psixolog bo’lishi kerak. Barkamol va har tomonlama salohiyatli yoshlarni

tarbiyalash masalasi har bir ijodkor asarlarining bosh g’oyasi sanaladi. Bolaning shaxs sifatida

voyaga yetishi eng birinchi oilaga borib taqaladi. U asosan oila muhitida tarbiyalanib, inson


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

208

sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tayanchi sanaladi. Har bir yoshni shunday

tarbiyalash zarurki, toki u yaxshi o’qishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam

qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va

ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib

yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga

hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi

anglaymiz.

Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro

miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy

makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-

amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa,

hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan, biz ilgari duch

kelmagan g‘oyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish, shu

yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda, dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini

tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni

va mas’uliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo

etmoqda. Bu borada

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, ta’lim-

tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida

ilm va ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi

vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Adabiyot va san’at asarlari mustaqil

respublikamiz fuqarolari ma’naviy dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan

bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak badiiy, jozibali adabiyot va

san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy

voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda

tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish

muhim ahamiyatga egadir. Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va

tushunarliligida, kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir. Ma’naviy

barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish

muhimdir. Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning

ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

209

tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy,

Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon Nosir kabi

mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini

ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiyma’naviy

merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan ajralib turadi.

Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, birovning haqiga kо‘z

olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik,

iymonlilik, halol luqma bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy

xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan. Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil

Yoqubov, Sayd Ahmad, О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,

Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng foydalanish, badiiy

asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat,

munozara о‘tkazish katta samara beradi.

Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining ham roli, о‘rni

va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni

charxlangan shamshirga о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib

kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik,

jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi. Shо‘rolar davrida, avlod-

ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul

qoralandi, yomon otli qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz

о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’limtarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini

kо‘klarga kо‘tarib maqtab, targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib

qо‘ydik. Ana shu tufayli diniyaxloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-

tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho boyliklaridan judo bо‘la boshladik.

Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida

sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o`rinda o’zbek adabiyotining buyuk allomasi –

Avloniyning adabiyotga qilgan xizmati haqida biroz to`xtalsak. Shoir o’tmishda ma’rifat gulshani

bo’lgan yurtimizning jaholat botqog’iga botganidan afsuslar chekib, vatanimiz tobora vayronaga

aylanayotgani, ilm-ma’rifatga oshno qalblargina bunday balodan qutulishini ta’kidlaydi. Shu

ma’noda shoirning “Ilmga targ’ib”, “Jaholat”, “Istiqboldan orzularim”, “Millatga salom” she’rlari

millat farzandlariga xitob tarzida bitilgan. Umuman, A.Avloniy “Birinchi muallim” va “Ikkinchi

muallim” kitoblarida yosh kitobxonlar tafakkuriga mos ilm xosiyati va ilmsizlik oqibati to’g’risida

pandnoma tarzidagi satrlami bitgan bo’lsa, “Maktab gulistoni”dagi she’r, hikoya va masallarda


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

210

ijtimoiy dolzarb muammolami ham qamrab olishi oydinlashadi. Ayniqsa, ”Saxiylik” va “Baxillik”

nomli hikoyalari maktabda tahsil olayotgan bolalar duyoqarashida katta ta’sir ko’rsatadi. Birinchi

hikoyada Said ismli bolaning maktab yo’lida bir faqir kishini uchratib qolganligi va yoshgina

bolaning bag’ri kengligi hikoya qilinadi. Bu voqeadan xabar topgan otasi Saidni mukofotlaydi. Bu

o’rinda bola tarbiyasida saxiylik va bag’rikenglik g’oyalari tarannum etiladi. Ikkinchi hikoyada

esa baxillikning yomon oqibatlari bir badavlat kishi misolida talqin etiladi, uning baxilligi,

ziqnaligi va pastkashligi qoralanadi. Bunday asarlar orqali yosh avlodni ma’rifatga da’vat etish

bilan birga, ularni vatanparvar, o’z millatiga, yurtiga sadoqatli qilib tarbiyalash maqsadi yetakchi

o’rin egallaydi. Umuman olib qaraganda, adabiyot pedagogika fani bilan uzviy bog’liq.

Adabiyotda yozilgan har qanday asar mazmunida kelajak avlod tarbiyasi yotadi.

Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi.

Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha

imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni

tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.

REFERENCES

1.

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE

EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK

PHRASEOLOGICAL UNITS.

Theoretical & Applied Science

, (6), 469-472.

2.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in

the poem.

ученый xxi века

,

11

, 75.

3.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных

проблем непрерывного образования.

Academy

, (5 (56)), 38-40.

4.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в

обществе.

Проблемы педагогики

, (1 (46)), 24-25.

5.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе

народных традиций.

Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар.

науч

, 118.

6.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы.

Вестник магистратуры

, (10-5 (97)), 48-49.

7.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

Научный журнал

, (9 (54)),

32-34.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

211

8.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6), 51.

9.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в

дошкольном возрасте.

Вестник магистратуры

, (1-5 (100)), 35-36.

10.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей

дошкольного возраста.

Вестник магистратуры

, (1-5), 39.

12.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of

wedding customs in the epic" Alpomish".

Middle European Scientific Bulletin

,

11

.

13.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA

AN’ANALAR.

Scientific progress.–2021

,

7

.

14.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir

xazinasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

15.

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D.

Scientific progress. 2021.№ 7.

URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-

sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12.

2021)

.

16.

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

7

.

17.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA

DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7),

1130-1134.

18.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе

образования.

Вестник магистратуры.–2019

, 4-3.

19.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

20.

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ

ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ.

Вестник науки и

образования

, (16-2 (119)), 106-108.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

212

21.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI:

10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU,

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In

Научно-практическая конференция

(pp.

116-117).

22.

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova

Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

23.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования

национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в

семье.

Проблемы педагогики

, (3 (48)), 31-32.

24.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH.

DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR//Scientific progress

, (7).

25.

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ

ВОСПИТАННИКОВ

ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЙ.

Вестник магистратуры

, (3-3), 102.

26.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.

BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(2), 146-152.

27.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z

O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1114-1119.

28.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ

ЖЕНСКОГО

ЭСТЕТИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

31

(31).

29.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

30.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”

DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

, (7).

References

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in the poem. ученый xxi века, 11, 75.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных проблем непрерывного образования. Academy, (5 (56)), 38-40.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в обществе. Проблемы педагогики, (1 (46)), 24-25.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе народных традиций. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч, 118.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы. Вестник магистратуры, (10-5 (97)), 48-49.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». Научный журнал, (9 (54)), 32-34.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6), 51.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в дошкольном возрасте. Вестник магистратуры, (1-5 (100)), 35-36.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста. Вестник магистратуры, (1-5), 39.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish". Middle European Scientific Bulletin, 11.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress.–2021, 7.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D. Scientific progress. 2021.№ 7. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 7.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе образования. Вестник магистратуры.–2019, 4-3.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 106-108.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In Научно-практическая конференция (pp. 116-117).

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье. Проблемы педагогики, (3 (48)), 31-32.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH. DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR//Scientific progress, (7).

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ. Вестник магистратуры, (3-3), 102.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1114-1119.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 31(31).

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7).