30-Sentabr, 2024-Yil
213
“IKKI ESHIK ORASI” ASARIDA LEKSIK-FRAZEOLOGIK VOSITALARNING
QO‘LLANISHI
Raxmatova Charosxon Ziyodullayevna
Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13853370
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’.Hoshimovning «Ikki eshik orasida» asarida so’zlar va
iboralardan foydalanishning o’ziga xosligi, yozuvchi mahorati, leksik-frazeologik vositalarning
qo‘llanishi kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar: yozuvchi tili, uslubi, personaj nutqi, muallif nutqi, munosabati va unda
emosionallik, ekpressivlik, modallik, obrazlilik, badiiy asar tili.
USE OF LEXICAL-PHRASEOLOGICAL TOOLS IN THE WORK "BETWEEN TWO
DOORS"
Abstract. In this article, O'Hoshimov's work «Ikki eshik orasida» discusses the uniqueness
of the use of words and phrases, writer's skill, and the use of lexical-phraseological tools.
Key words: writer's language, style, character's speech, author's speech, attitude and
emotionality, expressiveness, modality, imagery, artistic language.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЛЕКСИКО-ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ СРЕДСТВ В РАБОТЕ
«МЕЖДУ ДВУМЯ ДВЕРЯМИ»
Аннотация. В данной статье произведения У.Хошимова work «Икки эшик орасида»
рассматривается своеобразие употребления слов и словосочетаний, писательское
мастерство, использование лексико-фразеологических средств.
Ключевые слова: язык писателя, стиль, речь персонажа, авторская речь,
мироощущение и эмоциональность, выразительность, модальность, образность,
художественный язык.
O’zbek tilshunosligida badiiy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo’shgan shoir va
yozuvchilar tili va uslubi, ularning asarlaridagi personaj nutqi va uning muallif nutqiga
munosabati va unda emosionallik, ekpressivlik, modallik, obrazlilik kabi xususiyatlarning
namoyon bo’lishi kabi muammolar ancha keng tadqiqi etilgan. Buning uchun A.G’ulomov,
Sh.Rahmatullayev, R.Qo’ng’urov, A.Hojiyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov,
E.Qilichev, B.Yo’ldoshev, S.Karimov, M.Yo’ldoshev, T.Qurbonov kabi olimlarning badiiy asar
tili haqidagi ilmiy–nazariy qarashlarini eslash kifoya. Bu borada Navoiy asarlari tilini o’rganishga
30-Sentabr, 2024-Yil
214
bag’ishlangan ishlar jumlasiga
G’.Abdurahmonov, A.Rustamov,
X.Doniyorov, Z.Hamidov,
B.Bafoyevlarning ishlarini kiritish mumkin. X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, E.Begmatov,
N.Shukurov, G.Imomova, B.Yo’ldoshev, F.Bobojonov, Z.Pardayev, G.Muhammadjonova,
B.Ro’zimuhammad, Y.Solijonov, P.Qodirov va boshqalarning ishlarida badiiy asar tilini o’rganish
bilan bog’liq ilmiy-nazariy muammolar to’g’risida so’z yuritilgan.
Asar tili o’ziga xos bo’lib, unda yozuvchi voqealar tafsilotiga berilmaydi, balki voqealar
rivojini o’z holiga qo’yadi. Shunisi xarakterliki, asarda voqealar muallif ishtirokisiz kechadi,
qahramonlarning qanday shaxs ekanligi, ularning voqealar tizimida tutgan o’rni kitobni o’qish
jarayonida asta-sekinlik bilan oydinlashib boradi.Ularni tanishtirish vazifasi personajlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Asar tili shu davrda yaratilgan boshqa asarlar tilidan keskin farq qiladi. Ilgari biz o’qigan
asarlarda asar muallifi qahramonlar xarakter-xususiyatlarni ta’riflash orqali kitobxonni o’zi
tasvirlayotgan voqeaga ruhan hozirlar, ularda asar qahramonlariga nisbatan munosabat
uyg’otishga erishar edilar. Bu holat asarning boshdan oxiriga qadar davom etar edi.
«Ikki eshik orasi» romanining o’ziga xosligi shundaki, unda bo’limlarga bo’lib
tasvirlangan voqealarda alohida tugallik sezilmaydi, balki voqealar bir-biriga bog’lanib ketadi.
Asardagi personajlar yoshi, kasbi turlicha shaxslardir.Shunday alohida mustaqil ekan,
ularning til birliklaridan foydalanishlari ham o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Personajlarning
nutqi, til vositalaridan foydalanishi asardagi voqealar bilan uyg’unlashib ketadi va haqqoniylik
tusini oladi. Asarda tasvirlangan voqealar front ortidagi xalqimiz hayotiga bag’ishlangani bois
unda ishtirok etuvchi kishilar ham qishloq kishilari. Muallif bir voqeani tasvirlar ekan, birgina
personaj nutqi bilan kifoyalanib qolmaydi. Voqea ikki- uch kishi tomonidan hikoya qilinadi va
kitobxon ularning fikrlarini umumlashtirib, bir xulosaga keladi va voqeaga o’z bahosini beradi.
Masalan, asarda xiyonat voqeasi Ra’no, uni shu yo’lga boshlagan Umar zakunchi, Robiya
tilidan hikoya qilinadi, ya’ni bir hodisa uch personaj tomonidan uch xil talqin etiladi. Bu hol bir
tomondan asarga badiiy jihatdan o’ziga xos polifonik xususiyat bag’ishlasa, ikkinchi tomondan
asar tilining emosional-ekspressivligini ta’minlashga xizmat qilgan.
O’tkir Hoshimov asosiy qahramonlar, xususan, Muzaffar, uning tuqqan onasi Ra’no,
boqqan onasi Robiya, otasi Shomurod, sevgilisi Munavvar, Umar zakunchi, «Qora amma», Husan
duma, Orif oqsoqol, Bashoratxon, Komil tabib kabi bir qator obrazlarni tasvirlash orqali xalq
ijtimoiy hayotini, urush qiyinchiliklari tinch hayot kechirayotgan kishilar boshiga qanchalik
tashvish keltirganligini, ularning ichki olamini, eng nozik his-tuyg’ularini emosional-ekspressiv
30-Sentabr, 2024-Yil
215
so’zlar, frazeologizmlar, turli ifoda-tasvir vositalari yordamida batafsil tasvirlashga harakat qiladi
va buning uddasidan chiqadi.
«Ikki eshik orasi» asari odamlar taqdirining badiiy ifodasi deyish mumkin. O’tkir
Hoshimov asardagi personajlar taqdiri haqida fikr yuritar ekan, romandagi bosh g’oyadan, ya’ni
qahramonlar qismatida urush bilan aloqador tomonlarning namoyon bo’lishiga ahamiyat beradi.
Asarda munosabat ifodalovchi til birliklari vositasida Umar zakunchi va qolgan barcha
personajlar xarakterlarining o’ziga xos tomonlari asta-sekinlik bilan ochila boradi. O’tkir
Hoshimov ijodkor sifatida e’tiborini ko’p o’rinlarda qahramonlarning o’ta og’ir, insoniy
munosabatlar ancha murakkab, chigallashgan, ziddiyatli o’rinlardagi ichki kechinmalarini, ruhiy
holatlarini tildagi mavjud leksik va frazeologik vositalar yordamida o’quvchiga yetkazib beradi.
Ayniqsa, romanda jangda yarador holda yurtiga qaytgan Shomurodning o’zi vafodor deb
o’ylagan sevikli xotinining xiyonatidan xabardor bo’lgach, chekkan ruhiy azoblari, halollik va
harom, vafo va xiyonat chorrahasida turgan Ra’noning yengil hayot yo’lini tanlashi, xiyonat
tufayli tortgan afsus va pushaymonlarini tasvirlovchi o’rinlar muallif tomonidan qo’llanilgan
bo’yoqdor va ta’sirchan so’zlar, frazeologizmlar vositasida yaqqol o’z aksini topgan.
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani o’zbek badiiy adabiyotida voqealarni
bayon qilish uslubi, xalqchilligi, personajlar nutqining o’ziga xos va original tarzda yuzaga
chiqishi bilan xarakterlanadi. Asardagi yangiliklar unda qo’llanilgan til birliklarining qo’llanish
imkoniyatlari dastavval ularning ma’lum bir personaj nutqi uchun xoslanganligida, shuningdek,
asardagi ifoda uslubining, badiiy nutq shakllarining bir tekis emasligida namoyon bo’ladi.
So’zlashuv uslubiga xos xususiyatlarning personajlar nutqida bo’rtib turishi, dialektizmlar,
vulgarizmlar, varvarizmlarning faol qo’llanishi, o’rni bilan muallif va personaj ovozlarining
o’zaro uyg’unligi asar tilining asosiy belgilari sifatida taassurot qoldiradi. Keyingi vaqtlarda
ijodkorlar, tilshunoslarning asosiy e’tibori badiiy asarda lisoniy vositalarning namoyon bo’lishini
inson omiliga bog’liq ekanligini o’rganishga qaratilmoqda. Darhaqiqat, badiiy asar tilida, undagi
har personaj nutqida muallif uslubi ma’lum darajada o’z aksini topadi. Personajlar nutqi badiiy
asar tili va uslubini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik
orasi” romanida uslubiy sinonimlar salmoqli o’rin tutadi.” Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi
ijobiy yoki salbiy bo’yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo’ladi, ayni shu uslubiy semalar
sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq,
irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no –
"ovoz chiqarmay miyig’ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no
jilmaymoq
30-Sentabr, 2024-Yil
216
leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo’yoq bilan qoplangan, bu
salbiy bo’yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yanada ortib boradi.”
Romandagi ayollardan Robiya va Xolpash o’rtasida bo’lib o’tgan dialogik muloqotda
kulgini ifodalovchi shunday holatlar kuzatiladi:
Fotima kelin ko’ylakdan quruq qolmasligiga ko’zi yetib mamnun
iljaydi.
-
Hozir sho’ttaydi. Yurgandir.
-
Man so’roqlamasam o’zingni esingga ham kelmaydi-a!
-
Xolpash xola boshini ta’na bilan chayqadi.
-
Sendaqa onani mushuk yesin! Fotima kelin o’g’ilchasini bag’riga bosgancha darvozaga
yugurdi.
-
Oypopuk – u! Qayoqdasan. Ha sendaqa daydi qizni mushuk yesin!
Xolpash xola Zuxra kelin ikkalamizni ayvon burchagiga turg’azib qo’yib, gazi bilan galma-
galdan bo’y-bastimizni o’lchay boshladi.
-
Qomating Zo’ramday bo’p qopti, Robi! – dedi
kulib.
-
Ikkalangga bir qolipda tiksam bo’laverarkan.
-
Tap-tayyor kelin-da!
Bir qo’lida o’g’ilchasini ko’targancha, bir qo’lida saqich chaynayotgan besh yashar
qizchasini yetaklagan Fotima kelin ayvonga yaqin kelib qah-qah urib kuldi.(293 bet)
Xulosa qilib aytganda, O’tkir Hoshimov badiiy uslubga xos usul va vositalar yordamida
o’z qahramonlarining badiiy portretini chizar ekan, ularga to’g’ridan to’g’ri o’z munosabatini
oshkor etmaydi, munosabat ifodalovchi so’z va iboralarni qo’llashdan tiyiladi. Asardagi bir qator
personajlarning turmush tarzi, atrofdagilarga munosabati, dunyoqarashi, fikr ifodalashda til
birliklarini qo’llashida o’zbekona milliy ruh, o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyatlar o’z badiiy
ifodasini topgan.
REFERENCES
1.
Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE
EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK
PHRASEOLOGICAL UNITS.
Theoretical & Applied Science
, (6), 469-472.
2.
Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in
the poem.
ученый xxi века
,
11
, 75.
3.
Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных
проблем непрерывного образования.
Academy
, (5 (56)), 38-40.
30-Sentabr, 2024-Yil
217
4.
Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в
обществе.
Проблемы педагогики
, (1 (46)), 24-25.
5.
Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе
народных традиций.
Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар.
науч
, 118.
6.
Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом
воспитании учащихся начальной школы.
Вестник магистратуры
, (10-5 (97)), 48-49.
7.
Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».
Научный журнал
, (9 (54)),
32-34.
8.
Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6), 51.
9.
Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в
дошкольном возрасте.
Вестник магистратуры
, (1-5 (100)), 35-36.
10.
Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
11.
Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей
дошкольного возраста.
Вестник магистратуры
, (1-5), 39.
12.
Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of
wedding customs in the epic" Alpomish".
Middle European Scientific Bulletin
,
11
.
13.
Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA
AN’ANALAR.
Scientific progress.–2021
,
7
.
14.
Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir
xazinasi.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
15.
Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D.
Scientific progress. 2021.№ 7.
URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-
sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12.
2021)
.
16.
Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
7
.
30-Sentabr, 2024-Yil
218
17.
Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA
DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7),
1130-1134.
18.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе
образования.
Вестник магистратуры.–2019
, 4-3.
19.
Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО
ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
12
(12).
20.
Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ
ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ.
Вестник науки и
образования
, (16-2 (119)), 106-108.
21.
Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI:
10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU,
Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In
Научно-практическая конференция
(pp.
116-117).
22.
MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova
Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
23.
Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования
национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в
семье.
Проблемы педагогики
, (3 (48)), 31-32.
24.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH.
DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR//Scientific progress
, (7).
25.
Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ
ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЙ.
Вестник магистратуры
, (3-3), 102.
26.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.
BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 146-152.
27.
Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z
O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1114-1119.
30-Sentabr, 2024-Yil
219
28.
Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ
ЖЕНСКОГО
ЭСТЕТИЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
31
(31).
29.
Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО
ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
12
(12).
30.
Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
, (7).
31.
Sharipova,
M.
B.
(2021).
Xursand
Nuriddinovna
Mirzayeva
XALQIMIZ
MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
, (7).
32.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
33.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 168-
168.
34.
Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK
FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1426-1430.
35.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6 (51)), 58-60.
