Authors

  • Shodiya Hayitboyeva
  • Mohira Boyqobilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42418

Keywords:

parable poetic form figurative character ironic image Aesop's fables image plot.

Abstract

This article discusses the methodology of teaching the genre of parables in Uzbek literature, the genre and its features.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

239

O‘ZBEK ADABIYOTIDA MASAL JANRINI O‘RGATISH METODIKASI

Hayitboyeva Shodiya Bagandik qizi

Boyqobilova Mohira Erkin qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13853616

Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek adabiyotida masal janrini o‘rgatish metodikasi,

janr va uning xususiyatlari xususida fikr-mulohaza bildirilgan.

Kalit so’zlar: masal, she’riy shakl, majoziy xarakter, kinoyaviy obraz, Ezop masallari,

obraz, sujet.

METHODOLOGY OF TEACHING PROBLEM GENRE IN UZBEK LITERATURE

Abstract. This article discusses the methodology of teaching the genre of parables in Uzbek

literature, the genre and its features.

Key words: parable, poetic form, figurative character, ironic image, Aesop's fables, image,

plot.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРОБЛЕМНОГО ЖАНРА В УЗБЕКСКОЙ

ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. B данной статье рассматривается методика преподавания жанра

притчи в узбекской литературе, жанр и его особенности.

Ключевые слова: притча, поэтическая форма, образный персонаж, иронический

образ, басни Эзопа, образ, сюжет.

Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat

kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar

− hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda

bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha

masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.

Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy

xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda

asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.

Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo’lgan

kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la

oladi.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

240

«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan

(majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi

Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan».

Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-

ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda

yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi

I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri

Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan

Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.

O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy

an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar.

Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib

o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari

ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari

bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik

doirasini ham kengaytiradi.

Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor”

masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik,

qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.

Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga

kelgan

kunidan boshlab

, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga

ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada

kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-

muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar

paydo bo’ladi.

Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik,

yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich

sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida

masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda

qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni

to’ldiradi.

3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan

“Qaysar buzoqcha”

(O. Qo’chqorbekov) masali

oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

241

tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal

oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida

qoldirgan

“Bo’linganni bo’ri yer”

hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini

olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.

CHumoli va Tipratikan”

masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli

orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar,

so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar

Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday

holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.

Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi,

soddaligi

, o’tkirligi va

xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim

material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga

xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.

3-sinf “O’qish kitobi”da

“Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va

Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar”

kabi masallar joy olgan.

Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa,

chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib

chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib

qoladi. Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz

beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga

duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.

Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga

kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul

qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari

ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq

she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola

boshlaydilar.

Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir

maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan

o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.

Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok

etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan

tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

242

o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-

harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali

o’qishga tayyorlanishda uning

syujetini bilish bilan birga

, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.

4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan

“Baqa bilan Taqa”

(Aziz Abdurazzoq) masalida baqa

timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish

va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan

qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib

yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni

istaydi. U taqachining

“Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan

mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”,

“Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver”

deyishlariga quloq solmaydi. Bu

o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda

halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat

chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular

o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.

REFERENCES

1.

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE

EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK

PHRASEOLOGICAL UNITS.

Theoretical & Applied Science

, (6), 469-472.

2.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in

the poem.

ученый xxi века

,

11

, 75.

3.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных

проблем непрерывного образования.

Academy

, (5 (56)), 38-40.

4.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в

обществе.

Проблемы педагогики

, (1 (46)), 24-25.

5.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе

народных традиций.

Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар.

науч

, 118.

6.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы.

Вестник магистратуры

, (10-5 (97)), 48-49.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

243

7.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

Научный журнал

, (9 (54)),

32-34.

8.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6), 51.

9.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в

дошкольном возрасте.

Вестник магистратуры

, (1-5 (100)), 35-36.

10.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей

дошкольного возраста.

Вестник магистратуры

, (1-5), 39.

12.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of

wedding customs in the epic" Alpomish".

Middle European Scientific Bulletin

,

11

.

13.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA

AN’ANALAR.

Scientific progress.–2021

,

7

.

14.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir

xazinasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

15.

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D.

Scientific progress. 2021.№ 7.

URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-

sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12.

2021)

.

16.

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

7

.

17.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA

DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7),

1130-1134.

18.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе

образования.

Вестник магистратуры.–2019

, 4-3.

19.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

244

20.

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ

ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ.

Вестник науки и

образования

, (16-2 (119)), 106-108.

21.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI:

10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU,

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In

Научно-практическая конференция

(pp.

116-117).

22.

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova

Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

23.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования

национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в

семье.

Проблемы педагогики

, (3 (48)), 31-32.

24.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH.

DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR//Scientific progress

, (7).

25.

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ

ВОСПИТАННИКОВ

ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЙ.

Вестник магистратуры

, (3-3), 102.

26.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.

BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(2), 146-152.

27.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z

O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1114-1119.

28.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ

ЖЕНСКОГО

ЭСТЕТИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

31

(31).

29.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

30.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”

DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

, (7).

References

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in the poem. ученый xxi века, 11, 75.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных проблем непрерывного образования. Academy, (5 (56)), 38-40.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в обществе. Проблемы педагогики, (1 (46)), 24-25.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе народных традиций. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч, 118.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы. Вестник магистратуры, (10-5 (97)), 48-49.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». Научный журнал, (9 (54)), 32-34.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6), 51.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в дошкольном возрасте. Вестник магистратуры, (1-5 (100)), 35-36.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста. Вестник магистратуры, (1-5), 39.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish". Middle European Scientific Bulletin, 11.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress.–2021, 7.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D. Scientific progress. 2021.№ 7. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 7.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе образования. Вестник магистратуры.–2019, 4-3.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 106-108.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In Научно-практическая конференция (pp. 116-117).

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье. Проблемы педагогики, (3 (48)), 31-32.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH. DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR//Scientific progress, (7).

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ. Вестник магистратуры, (3-3), 102.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1114-1119.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 31(31).

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7).