Authors

  • Madina Umirzoqova
  • Umida Yoʻldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42507

Keywords:

methodology of teaching poetry in Uzbek literature expressive reading subject system of events stories fairy tales that is poetic works and lyrical poems.

Abstract

In this article, the technology of teaching poetry in Uzbek literature, the poem and its structure, and the teaching of lyric poetry are discussed.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

245

O‘ZBEK ADABIYOTIDA SHE’R O‘RGATISH TEXNOLOGIYASI

Umirzoqova Madina Sheraliyevna

Yoʻldosheva Umida Farxod qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13853634

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida she’r o‘rgatish texnologiyasi, she’r va

uning tuzilishi, lirik she’r o’rgatilishi xususida fikr-mulohaza bildirilgan.

Kalit so’zlar: o’zbek adabiyotida she’r o’rgatish metodikasi, ifodali o’qish, sujet, voqealar

tizimi, hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar.

TECHNOLOGY OF TEACHING POETRY IN UZBEK LITERATURE

Abstract. In this article, the technology of teaching poetry in Uzbek literature, the poem

and its structure, and the teaching of lyric poetry are discussed.

Keywords: methodology of teaching poetry in Uzbek literature, expressive reading,

subject, system of events, stories, fairy tales, that is, poetic works and lyrical poems.

ТЕХНОЛОГИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ПОЭЗИИ В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. B данной статье рассматривается технология преподавания поэзии в

узбекской литературе, стихотворение и его структура, а также преподавание лирической

поэзии.

Ключевые слова: методика преподавания поэзии в узбекской литературе,

выразительное чтение, предмет, система событий, рассказы, сказки, то есть

поэтические произведения и лирические поэмы.

She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga

kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari

ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya

(misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi

7

. She’rni o’qiganda kichik

yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari

muhim ahamiyatga ega. Adabiyot darslaridashe’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy

asarlar va lirik she’rlar o’qitiladi.

She’riy hikoya, she’riy ertaklarda sujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

246

Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va

tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la

hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.

She’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. O’quvchi

she’rning

asosiy mazmunini tushunsagina

, uni ifodali o’qiy oladi.She’riy hikoyani tahlil qilishda,

asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo’llangan ish turlaridan foydalanish mumkin. Lirik

she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda

she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan

bog’liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab

yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag’zini chaqa olmaydilar.

Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz

hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi. She’riy ohangni his qilmaslik, matn

so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg’ulotga aylantiradi.

Adabiyot darslarida ko’rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o’qish hisoblanadi.

Lirik she’rni ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim.

Shuning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r

o’quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi she’rni shunday ifodali

o’qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta’sir etsin.

So’ngra she’rni mustaqil o’qish topshiriladi. O’qish oddiy bo’lishi kerak. O’qiyotganda

tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga

yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda

ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.

Qish”

(Tursunboy Adashboev) she’rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda

hayvonlar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she’rni

o’qishdan oldin ham o’quvchilar bilan savol-javoblar o’tkaziladi. O’quvchilar barglari to’kilib,

sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko’rar ekan, shu holatni ifodalagan

“qor ko’rpasiga

o’rangan yalang’och daraxt”

yoki

“sovuqda mudrayotgan daraxt”

kabi iboralarni topishga

harakat qiladi, bu esa o’quvchilarning lug’at boyligining oshishiga xizmat qiladi.

She’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo, she’r mazmuni haqida

o’quvchilarga ko’p savol berish tavsiya etilmaydi. O’quvchilar she’rning asosiy mazmunini

tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o’zi kifoya. SHuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti,

ularning o’ziga xos fikrlari, his-tuyg’ulari, qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek, zamonamiz

qahramonlari, o’zbek xalqi, Vatan himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi she’rlar


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

247

mazmunini to’liqroq tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni o’qishga maxsus tayyorlaniladi:

she’r mazmuniga asos bo’lgan tarixiy voqea haqida qisqacha so’zlab beriladi yoki suhbat

o’tkaziladi.

Adabiyot darslarida o’rganiladigan ko’pgina she’rlarni

tahlil qilib

, ifodali o’qish mashq

qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi.

She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik his-tuyg’u uyg’otadi. Kichik yoshdagi

o’quvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor she’rlarni

bolalar tez va oson yodlab oladilar.

Kichik yoshdagi o’quvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi o’rgatiladi. Buning uchun

o’qituvchi o’quvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga bo’ladi. O’quvchilarga har bir satr

oxirida pauza (to’xtam) qilish, buning uchun satr oxirida tinish belgisi bo’lishi shart emasligi,

ritmik to’xtamda ovozni nuqtadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom

ettirishga imkon berishi tushuntiriladi va bo’lingan qismlar navbati bilan yodlatiladi.

Epik (voqeiy) she’rlar yoki she’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar hayotida yuz bergan

yoki yuz berishi mumkin bo’lgan biror voqeani umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga

o’xshaydi. Voqealarni ifoda etuvchi vositalarning ohang jihatdan tartibga solinishi, kichik

bo’laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanishi, misralarda ohangdosh so’zlarning qo’llanishi

bilan she’riy nutq sanaladi. SHu sababli bunday asarlarni o’rganishda she’r va hikoya ustida

ishlash metodikasidan foydalaniladi.

Epik she’rlarni o’qishga o’quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda etilgan voqealar yuz

bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi. Bunday she’rlarning mazmuni qay darajada

o’zlashtirilganligiga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda ta’limiy vositalar-rasmlardan

foydalanish yaxshi samara beradi. Asar matni ustida ishlashda uni qismlarga bo’lish, har bir

qismdagi asosiy fikrni aniqlash, reja tuzish va qayta hikoyalash, qahramonlarga tavsif berish va

tarbiyaviy xulosalar chiqarish kabi tahliliy ishlar amalga oshiriladi.

Epik she’rlarning nasriy asarlar kabi tuguni, kulьminatsion nuqtasi, yechimi mavjud

bo’ladi. SHu sababli asar mazmuni savol-topshiriqlar orqali tahlil qilinadi. Savol-topshiriqlar

o’quvchilar tomonidan ham tuzilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bunday she’rlarni tahlil qilish asar voqealari jarayonida qahramon

holatlarini o’quvchi ko’z oldida yaqqol gavdalantirish imkonini beradi. Bunda ayrim epizodlarga

rasmlar ham chizdirish mumkin. Epik she’rlarning badiiy til vositalari ma’nolarini ochish,

ohangdosh so’zlarni aniqlash, band va misralar, bo’g’inlar sonini belgilash, ifodali o’qish, ayrim

epizodlarni yod oldirish kabi ish turlari qo’llansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

248

REFERENCES

1.

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE

EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK

PHRASEOLOGICAL UNITS.

Theoretical & Applied Science

, (6), 469-472.

2.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in

the poem.

ученый xxi века

,

11

, 75.

3.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных

проблем непрерывного образования.

Academy

, (5 (56)), 38-40.

4.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в

обществе.

Проблемы педагогики

, (1 (46)), 24-25.

5.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе народных

традиций.

Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч

, 118.

6.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы.

Вестник магистратуры

, (10-5 (97)), 48-49.

7.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

Научный журнал

, (9 (54)),

32-34.

8.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6), 51.

9.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в дошкольном

возрасте.

Вестник магистратуры

, (1-5 (100)), 35-36.

10.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей

дошкольного возраста.

Вестник магистратуры

, (1-5), 39.

12.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of

wedding customs in the epic" Alpomish".

Middle European Scientific Bulletin

,

11

.

13.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA

AN’ANALAR.

Scientific progress.–2021

,

7

.

14.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir

xazinasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

249

15.

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D.

Scientific progress. 2021.№ 7.

URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-

sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12.

2021)

.

16.

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

7

.

17.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA

DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1130-

1134.

18.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе

образования.

Вестник магистратуры.–2019

, 4-3.

19.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ,

ВЕДУЩИЙ

ПОКОЛЕНИЕ

К

СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

20.

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ

ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ.

Вестник науки и

образования

, (16-2 (119)), 106-108.

21.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI

BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17.

14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi

o’qituvchisi. In

Научно-практическая конференция

(pp. 116-117).

22.

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova

Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

23.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования

национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в

семье.

Проблемы педагогики

, (3 (48)), 31-32.

24.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH.

DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR//Scientific progress

, (7).

25.

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ

ВОСПИТАННИКОВ

ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЙ.

Вестник магистратуры

, (3-3), 102.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

250

26.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.

BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(2), 146-152.

27.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z

O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1114-1119.

28.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ

ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

31

(31).

29.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО

ВОСПИТАНИЯ,

ВЕДУЩИЙ

ПОКОЛЕНИЕ

К

СОВЕРШЕНСТВУ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

12

(12).

30.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”

DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

, (7).

References

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

Sharipova, M. B., & Nizomova, S. S. (2018). The artistic image of the image of" water" in the poem. ученый xxi века, 11, 75.

Рахимов, Ф. Б., & Шарипова, М. Б. (2020). Место инноваций в решении современных проблем непрерывного образования. Academy, (5 (56)), 38-40.

Шарипова, М. Б., & Садуллоева, М. Б. К. (2020). Профессия «учитель» и её роль в обществе. Проблемы педагогики, (1 (46)), 24-25.

Ахмедова, М. Ш., & Шарипова, М. Б. (2016). Воспитание ребенка на основе народных традиций. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч, 118.

Шарипова, М. Б., & Мустакимова, Г. А. (2019). Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы. Вестник магистратуры, (10-5 (97)), 48-49.

Шарипова, М. Б., & Муродова, Ш. Ш. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». Научный журнал, (9 (54)), 32-34.

Шарипова, М. Б. (2020). Саьдуллаева МБК РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6), 51.

Шарипова, М. Б., & Ашурова, Ф. А. (2020). Межличностные отношения в дошкольном возрасте. Вестник магистратуры, (1-5 (100)), 35-36.

Sharipova, M. (2020). " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Шарипова, М. Б., & Истамова, З. (2020). Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста. Вестник магистратуры, (1-5), 39.

Baxshilloyevna, M. S., & Shuhratovna, M. S. (2021). Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish". Middle European Scientific Bulletin, 11.

Ravshanova, S. M. G. F. Q., & XOSLIGI, Q. D. O. Z. (2021). MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress.–2021, 7.

Sharipova, M. (2020). O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova, X. A. L. Q., & IFODASI, D. Scientific progress. 2021.№ 7. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

Sharipova, M. B. (2021). Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 7.

Sharipova, M. B., Muslimova, L. M. Q., & XALQ, D. O. R. A. A. (2021). HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. (2019). Модульное обучение в системе образования. Вестник магистратуры.–2019, 4-3.

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. (2021). ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 106-108.

Sharipova, M. (2021, September). YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. In Научно-практическая конференция (pp. 116-117).

MA’NAVIY YARVA, O. R. D. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

Шарипова, М. Б., & Саидова, Д. Х. К. (2020). Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье. Проблемы педагогики, (3 (48)), 31-32.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). ALPOMISH. DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR//Scientific progress, (7).

Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ. Вестник магистратуры, (3-3), 102.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152.

Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1114-1119.

Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 31(31).

Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 12(12).

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7).