30-Sentabr, 2024-Yil
251
ERTAK VA MASAL JANRINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH
Imomova Gulnoza Hikmatovna
Sultonova Mashhura Bahron qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13853673
Annotatsiya. Ushbu maqolada ertak va masal janrini o‘qitishda yangi pedagogik
texnologiyadan foydalanish, badiiy janrlar metodikasi, har bir darsning mazmuni, ta’lim sifat
samaradorligi xususida fikr- mulohaza bildirilgan.
Kalit so‘zlar: o‘qitish, analiz, sintez, induksiya va deduksiya, dars maqsadi va metodlari,
ta’lim tizimi, yozma ishlar.
USE OF NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGY IN TEACHING FAIRY TALES AND
PARABLES
Abstract. In this article, the use of new pedagogical technology in the teaching of fairy
tales and parables, the methodology of artistic genres, the content of each lesson, and the quality
of education are discussed.
Key words: teaching, analysis, synthesis, induction and deduction, lesson goals and
methods, educational system, written works.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ
ОБУЧЕНИИ СКАЗКАМ И ПРИТЧИ
Аннотация. В данной статье рассматривается использование новых
педагогических технологий при преподавании сказок и притч, методика художественных
жанров, содержание каждого урока, качество образования.
Ключевые слова: обучение, анализ, синтез, индукция и дедукция, цели и методы
урока, образовательная система, письменные работы.
Ta’lim tizimidagi islohotlar munosabati bilan Oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan talablar ona tili
o‘qitishda pedagogik texnologiyaning rivojlantiruvchi, differensiatsiya, shaxsni muayyan
maqsadga yo‘naltirish, izlanish, muammoli o‘qitish, mustaqil ish usullaridan foydalanishni taqozo
etmoqda. Shuni hisobga olgan holda ona tili darslarini samarali tashkil etishga yordam beradigan,
o‘quvchining faolligini oshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammoli o‘qitish, analiz,
sintez, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalandik. Mazkur metodlarga mos metodik ish
30-Sentabr, 2024-Yil
252
usullarini ishlab chiqdik. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta'limiy o‘yin, turli ko‘rinishdagi
yozma ishlar, o‘z bilimini mustaqil tekshirish kabi usullarda uyushtirishga alohida e'tibor qaratildi.
Har bir darsning mazmuni va g‘oyasidan kelib chiqqan holda dars maqsadi va metodlarini
belgiladik. O‘qish darslarida turli janrdagi asarlarni o‘rganishda ham o‘quvchilarning badiiy asarni
chuqur o‘zlashtirishlarini, asarni tahlil qila olishlarini ta'minlashi kerakligini hisobga olgan holda
metod tanlashga e’tibor qaratildi. O‘qish darslarida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, yarim izlanishli,
reproduktiv metodlardan foydalanish mumkin. Izohli o‘qish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
yoshi va saviyasiga mos bo‘lgan, ularning asta-sekin o‘sishini ta'minlaydigan metod ekanligi uzoq
yillik tajribalarda sinaldi. Izohli o‘qish ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishga o‘rgatadi, u o‘qilayotgan
asar matni ustida o‘ylashga majbur qiladi, yozuvchi ifoda etayotgan voqea-hodisalarni his etishni,
asar mazmunini o‘zlashtirishni ta'minlaydi. Izohli o‘qishning tamoyillari, o‘qishni hayot bilan
bog‘lab tashkil etishni, o‘qishning ongli va ta'sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning hayot
tajribasiga, taassurotlariga asoslanishni, o‘qishni ko‘rgazmali tashkil etishni taqozo etadi.
Izohli o‘qish o‘quvchiga bilim berishdan tashqari ularni tarbiyalaydi, o‘qish malakalarini
takomillashtiradi. Izohli o‘qish darslarida o‘qitilayotgan asar mazmunini yoritish, lug‘at ustida
ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish usullaridan hisoblanadi. Izohli o‘qish tarixiy
mavzudagi asarlarni o‘rganishda, asardagi badiiy til vositalarining vazifalari va ma'nolarini
ochishda katta ahamiyat kasb etadi. Ijodiy o‘qish metodiga ham e'ibor qaratildi. Ijodiy o‘qish asar
o‘qib berilgach, o‘quvchilarda hosil bo‘lgan tasavvurni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan
suhbatda, hikoyalardagi lavhalarga sarlavha topishda, reja tuzishda, qayta hikoyalashda, asar
mazmuniga mos rasrnlar chizishda, asar yuzasidan ijodiy xarakterdagi yozma ish yozishda
o‘quvchilarni faollashtiradi. Izlanish metodidan ham foydalaniladi.
Bu asar syujeti yuzasidan o‘quvchilarga savol tuzdirishda, qahramonlarga tasvir berishda
o‘z ifodasini topagi. Dars davomida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o‘qituvchi
dastlabki o‘qish darslarida o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchining aytmoqchi bo‘lgan
muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini tortib, uni aniqlab ko‘rsatadi, uni sarlavha shakliga keltiradi,
yozuvchi voqeani ifodalashda foydalangan so‘z, ibora, ifodalarni aniqlab ko‘rsatadi, ularga
yuklatilgan ma'noni o‘quvchilar bilan birga aniqlaydi. Bular o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma
vazifasini bajaradi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining yo‘llovchi savollari yordamida bu
vazifalarni o‘zlari bajaradilar. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi
faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi
ko‘rsatiladi. Hozirgi ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy vositalardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
30-Sentabr, 2024-Yil
253
Ona tili o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri bilimlarni sistemalashtirish, so‘zlar va
ularning grammatik formulasini aniqlash, savodli yozuv ko‘nikmasini hosil qilishdir. Bolalarning
savodxon bo‘lishiga erishish uchun birinchidan o‘quvchilar xotirasida so‘zlarning yorqin tasvirini
mustahkamlash, ikkinchidan so‘z tarkibi va gap bo‘laklarini hamda tez farqlash qobiliyatini
o‘stirish kerak. Bu vazifa morfologiyani o‘rganish jarayonida amalga oshiriladi. Barcha fan
o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq
foydalanmoqdalar. Pedagogik texnologiyani qo‘llash natijasida o‘qituvchilarni mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, sog‘lom muloqot, munozara, baxs olib
borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Texnologiyada interfaol usullar ko‘p turli
bo‘lib, ularning hammasiga ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, oqituvchidan
mashg‘ulot oldidan katta tayyorgatlik ko‘nikmasini talab qiladi. Shu mashg‘ulotlarni tashkil
qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini
ko‘rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o‘tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga
yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib
ketadi. Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni
maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy
yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi.
Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qaytaqayta
takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun
juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning
aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli boiadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan
iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan
qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka
uchraganidan qiivonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan,
“Halollik” ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot
kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, “Hiylagarning
jazosi” ertagida esa soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat
jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan
yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning hatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini
o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar
30-Sentabr, 2024-Yil
254
ertakni tahlil qilish jarayonida “Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)”, “Nima
uchun?”, “... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)”, “Nima uchun ertakdagi ba'zi
qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o‘giradi?)” kabi
savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Xulosa qilib aytganda, talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan
foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida,
keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib
tarbiyalashdan iboratdir.
REFERENCES
1.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.
BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 146-152.
2.
Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z
O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1114-1119.
3.
Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ
ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
31
(31).
4.
Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО
ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ
ПОКОЛЕНИЕ
К
СОВЕРШЕНСТВУ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
12
(12).
5.
Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
, (7).
6.
Sharipova,
M.
B.
(2021).
Xursand
Nuriddinovna
Mirzayeva
XALQIMIZ
MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
, (7).
7.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
8.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 168-168.
30-Sentabr, 2024-Yil
255
9.
Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK
FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1426-1430.
10.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6 (51)), 58-60.
11.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
12.
Sharipova, M. B. (2023). A Comparison of The Imagery of Ceremonies and Customs In
Versions of the Epic “Alpomish”.
Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture
,
4
(9), 125-127.
13.
Шарипова, М. Б. НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТРАДИЦИИ НА ПРИМЕРЕ ЭПОСА
«АЛПОМИШ».
ББК 74.48 Р 76
, 253.
14.
Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM
TIZIMIDA
ETNIK
MADANIY
TA’LIM
VA
UNING
TARIXIY
ILDIZLARI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 163-163.
15.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O
‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
16.
Шарипова, М. (2023). МАКТАБГАЧА ЙОШДАГИ БОЛАЛАРДА ИФОДАЛИ
НУТКНИНГ
ИЖТИМОЙ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ
ФУНКЦИЯЛАРИ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.uz)
,
32
(32).
17.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI
TASVIRI VA TALQINI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
18.
Sharipova, M. (2023). АYOLLАRNING OILА VА JАMIYATDАGI MАVQEYINI
YUKSАLTIRISH HАMDА MА’NАVIY-RUHIY DUNIYOSINI BOYITISHDА
QАHRАMONLIK EPOSINING OʼRNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
30
(30).
19.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA
TARBIYACHI
NUTQI
NAMUNA-O’RNAK
VOSITASI SIFATIDA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1288-1292.
30-Sentabr, 2024-Yil
256
20.
Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1130-1134.
21.
Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING
O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1139-
1144.
22.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1145-1148.
23.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
24.
Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.
Scientific progress
,
2
(7), 1109-1113.
25.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
26.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
27.
Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
,
2
(7), 1135-1138.
28.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
29.
Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
30.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
31.
Шарипова,
М.
Б.,
&
Хусаинова,
З.
Х.
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ОБРАЗОВАНИЯ.
ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп
, 106-
108.
