ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
442
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA
TAYYORGARLIK KO‘RISHDA DASTUR VA DARSLIKLARNING O‘RNI
Alimqulova Dilfuza Alijon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13856912
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf
o’quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotga tayyorlash masalalari haqida ma’lumotlar va
shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar ham ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar: PIRLS xalqaro baholash dasturi, xorijiy tajribalar, ta’lim sifatini baholash,
o’qituvchi, o’quvchi.
THE ROLE OF PROGRAMS AND TEXTBOOKS IN PREPARING FOR THE PEARLS
INTERNATIONAL STUDIES IN PRIMARY EDUCATION
Abstract. This article provides information on the issues of preparation of Primary School
students of general secondary schools for PIRLS international research and also the work that
should be done in this regard.
Keywords: PIRLS International Assessment Program Evaluation of the quality of
education of foreign experiments teacher reader.
РОЛЬ ПРОГРАММ И УЧЕБНИКОВ В ПОДГОТОВКЕ К МЕЖДУНАРОДНОМУ
ОБРАЗОВАНИЮ «ЖЕМЧУЖИНА» В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация. В данной статье представлена информация по вопросам подготовки
учащихся начальных классов к международным исследованиям PIRLS, а также о работе,
которую предстоит провести в этом направлении.
Ключевые слова: международная программа оценки PIRLS, зарубежный опыт,
оценка качества образования, преподаватель, студент.
KIRISH.
So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va
yetuk mutaxassilarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan o’quvchilarimizning
darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim- tarbiyaga
e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy
davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar
talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA
Respublikamizda qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g’risida hukumat qarorining qabul
qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International
Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik
aloqalarining yo’lga qo’yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
IEA(Talim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tashkiloti tomonidan
olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o’quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
443
nechta fanlardan yoki fanlararo uyg’unlik asosida baholashni o’z ichiga oladi, bu esa dunyo
bo’yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam
beradi.
O’quvchilarning erishgan yutuqlarini o’rganishda barcha o’quvchilardan emas, balki ushbu
qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o’quvchilardan obyektiv testlarni o’tkazish orqali
baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o’qituvchilar, o’quvchilar, hattoki ota-onalardan
so’rovnomalar o’tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, jumladan, maktab
resurslari, o’quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o’qitish usullari hamda uy sharoitida
o’quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo’llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli
ma’lumotlar to’planadi.
Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o’tkaziladi. Shuningdek,
o’rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv
kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.
Ushbu dasturning ko’p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-
yilda 20 yil to’ladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang’ich
4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini. baholash uchun; Boshqacha qilib
aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmalarini qay darajada
rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o’qish
va o’qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim
etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Shuningdek, PIRLS, yosh o’quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida
ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va
undan foydalanish ko’nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda
o’zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.
Bunga misol sifatida, 2021-yilda o’tkaziladigan tadqiqotda o’quvchilarga birinchi marta
raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o’rinlidir. Raqamli
formatga o’tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o’qishni
kompyuterda baholash kabi o’zgarishlar ham ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi VM ning 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 997-
sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspektsiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga
oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. [2].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-
5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta
ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy
yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo’naltirilgan ta’lim sifatini
baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. [1].
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
444
Jamiyatda, o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilar orasida o’qish savodxonligi bilan
shug’ullanishning qadr-qimmatini tan olinishi, maktabda va oilalarda o’qishga bo’lgan yuqori
motivatsiya, maktabgacha tayyorgarlikning yaxshi darajasi, ota-onalarning o’qishni o’rganishga
tayyorgarlik ko’rishdagi ishtiroki, umumiy boshlang’ich ta’limning Federal davlat asosiy
standartlarida (ФГОС НОО) belgilab qo’yilgan ta’lim jarayonidagi prinsipial o’zgarishlar: “badiiy
o’qish” va metapredmet natijalari bo’yicha umumiy ta’limni tashkil etish va natijalarga
erishish,boshlang’ich ta’limning sifatli dasturlari, darsliklar, o’qishni o’rgatishning chuqur
o’ylangan metodikasi, o’qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o’quvchilar bilan muvaffaqiyatli
ishlash kabi omillar PIRLSda boshlang’ich sinf o’quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga
ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida o’rganilgan .
Har bir sinfda ta’limni differensiyalashga kuchli e’tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat
birinchi sinf o’quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarga ega
bo’lmagan maktablarga alohida e’tibor berilishi lozim.
Yana ikkita muammolarni yodda tutish kerak:
1) Eng kuchli o’quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko’maklashish.
2) O’g’il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan ko’ra
yomonroq degan fikrlarni ko’rib chiqib aynan mana shu vazifalarni boshlang’ich sinf
o’quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o’sish nuqtalari deb belgilangan. [3]
Boshlang’ich ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta’lim jarayonida turli xil
matnlardan foydalanishni ta’minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo’lmagan, murakkab (ko’plik), turli xil
matnlarni o’qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o’qishni shakllantirish va
baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog’oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar
qo’yilgan.
Respublikamizning xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish
savodxonligini baholash Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan
metodik qo’llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o’ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov
materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS
tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning
baholash mezonlari keltirilgan.
Shuningdek 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash bo’yicha
o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rish uchun PIRLSda berilgan
matnlarning har biriga alohida mashq daftarlari ishlab chiqilgan. Mazkur ish daftari
o’quvchilarning o’qish savodxonligini oshirish, o’qiganlarini tahlil qilish, talqin qilish hamda
to’g’ri xulosa chiqara olish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun qo’shimcha didaktik material
hisoblanadi. Ushbu daftarni tayyorlashda PIRLS (Progress In International Reading And Literacy
Study) tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan. [6].
XULOSA:
Ushbu tadqiqot sinovi har 5 yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib,
2021-yil uchun mo’ljallangan tadqiqotlarda O’zbekistonning boshlang’ich sinf o’quvchilari ham
ishtirok etishi o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish
o’qituvchidan ta’limga yangicha yondashuvni va faollikni talab etadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
445
O’quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o’qish darsi
jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o’quvchi o’zi mustaqil ravishda ushbu
matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi qo’yilsa, har bir bolaning berilgan matnni qay
darajada o’zlashtirganligini uning tuzgan savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o’quvchining
dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi.
Dars jarayonida bola to’g’ri yoki noto’g’ri fikrini tinglab, to’g’ri xulosani hayotiy faktlar
orqali chiqarishga o’rganib boradi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ‘O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida’gi
PF-5712-sonli farmoni.
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018-
yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
3.
“Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish omilidir” mavzusidagi
xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limni
rivojlantirish strategiyasi instituti, ta’lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi,
pedogogika fanlari nomzodi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru
4.
“ PIRLS 2021 xalqaro solishtirma tadqiqoti doirasida o’qish savodxonligini
shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari” nomli taqdimot. Kuznetsova Marina Ivanovna,
Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Boshlang’ich
ta’lim markazi yetakchi ilmiy xodimi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt
www.centeroko.ru
5.
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga
oshirish
milliy
markazi
saytlari.
E-mail:
markaz@tdi.uz
Veb-sayt:
http://www.markaz.tdi.uz/ Telegram: https://t.me/milliymarkaz
6.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash
(Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik
qo’llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil. 92 b.
