30-Sentabr, 2024-Yil
279
XIX ASR OXIRLARIDA XIVA XONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Vapayeva Fazilat Qurbonboyevna
Urganch davlat universiteti tyutori
https://doi.org/10.5281/zenodo.13859212
Annotatsiya.
Mazkur tezisda XIX asr oxirlarida Xiva xonligida ro’y bergan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar yoritib berilgan. Tezis davomida Xiva xonligi aholisining iqtisodiy
ahvoliga ham alohida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Xiva xonligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, Xiva xonligi aholisining
iqtisodiy ahvoli.
SOCIO-ECONOMIC LIFE IN THE KHANATE OF KHIVA AT THE END OF THE
19TH CENTURY
Abstract.
This thesis describes the socio-economic relations that took place in the Khiva
Khanate at the end of the 19th century. During the thesis, special attention was paid to the
economic situation of the Khiva Khanate population.
Key words:
Khiva Khanate, socio-economic relations, economic condition of Khiva
Khanate residents.
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ ХИВИНСКОГО ХАНСТВА В КОНЦЕ
XIX ВЕКА
Аннотация.
В данной диссертации освещены социально-экономические отношения,
которые имели место в Хивинском ханстве в конце XIX века. В ходе диссертации особое
внимание было уделено экономическому положению населения Хивинского ханства.
Ключевые слова:
Хивинское ханство, социально-экономические отношения,
экономическое положение жителей Хивинского ханства.
Xiva xonligida chor Rossiyasi protektorati o‘rnatilagnidan keyin xalq xo‘jaligida ma’lum
o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin Turkiston o‘lkasidagiga va Buxoro amirligidagiga qaraganda bu yerda
kapitalistik munosabatlar sekinlik bilan rivojlangan edi. 1873 yilda Chor Rossiyasining qo‘shinlari
Xiva xonligini bo‘ysundirdi. 1873 yil 12 avgustda Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida sulh
shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi haqiqatda Rossiya imperiyasining vassali bo‘lib qoldi.
Xonlik hududining Rossiyaga qo‘shilgan qismida 1873 yilda Amudaryo okrugi tashkil
qilindi. U 1874 yilda Amudaryo bo‘limi deb o‘zgartirildi. Rossiya zabt etishidan avval xonlikka
qarashli yerlarning kattaligi 130 590 kvadrat km edi. Protektorat o‘rnatilagnidan keyin 75 000
kvadrat km qismi (Amudaryo bo‘limi) Turkiston general-gubernatorligi qaramog‘iga o‘tdi. 19-
30-Sentabr, 2024-Yil
280
asrning 2-yarmida xonlikdagi aholining jami 500 ming kishiga yaqin bo‘lib, Amudaryo
bo‘limining aholisi 205 ming kishi edi. Xiva xonligida turli xalqlar: o‘zbeklar, turkmanlar,
qoraqalpoqlar, qozoqlar, eroniylar, arablar va boshqalar yashar edi. Son jihatdan o‘zbeklar
ko‘pchilikni (64,7 foiz) tashkil qilgan.
Xonlikda davlat tuzumining muhim tomoni shunda ediki, unda davlat apparati bir tizimga
solinmagan edi va u maxsus idoralarga ajratilmagan edi. Uning yana bir muhim xususiyati shunda
ediki, davlat apparatining yuqori va mahalliy organlaridagi amaldorlar xizmatlari uchun xonlik
tomonidan maosh olmas edi. Xon xazinasi uchun to‘plangan soliqlardan tashqari aholidan yig‘ib
olingan mablag‘lar bu amaldorlarning daromad manbai hisoblanar edi.
1873 yildan keyin xonlikda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan aytarli siljish bo‘lmadi. Faqat rus
kapitalining ta’siri ostida xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bir qadar rivojlandi. Aholining asosiy
tirikchiligi dehqonchilik edi. Sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘pi xon va amaldorlar qo‘lida
to‘plangan edi. Yirik yer egalari o‘z yerlarini kambag‘al dehqonlarga og‘ir shartlar bilan ijaraga
berardilar. Xonlik dehqonchiligida donli ekinlardan bug‘doy, jo‘xori, sholi, mosh, tariq, arpa va
boshqalar, moyli ekinlarodan kunjut, zig‘ir, texnika ekinlaridan ro‘yon va paxta, tamaki, sabzavot
va poliz ekinlari yetishtirilar edi.
19-asr oxirida xonlikning jami ekin maydoni 2 005 520 desyatina bo‘lib, shundan
sug‘oriladigan ekin yerlari 324 000 desyatina edi. Sug‘oriladigan ekin yerlarining 90 foizga yaqini
xonlikning janubida edi. Xonlikning Xiva, Xonqa, Xazorasp, Yangi Urganch, Ambar Manoq,
Ko‘xna Urganch, Toshovuz, Pitnak, Ilyali, gurlan, Mang‘it, Porsu va boshqa rayonlaridan iborat
janubiy qismi xonlikning eng unumdor qismi bo‘lib, davlatdagi barcha dehqonchilik
mahsulotining 80 foizi shu yerlarda yetishtirilar edi. Xonlik aholisining 60 foizga yaqini shu
janubiy hududda yashardi. Xonlikning janubiy qismida asosan don yetishtirilsada, paxtachilik,
pillachilikva qorako‘lchilik ham kattagina o‘rin tutar edi.
Xiva xonligida dehqonchilik Buxoroga qaraganda ko‘p darajada yuqori turgan. Qishloq
xo‘jalik ekinlarini almashlab ekish usuli Xiva xonligida qadimdan ma’lum edi. Ammo
dehqonchilik texnikasi juda qoloq bo‘lgan. Bu yerda asosan omoch, yog‘och mola, ketmon,
belkurak bilan dehqonchilik qilingan.
Xonlikdagi yerlarni sug‘orish uchun Amudaryodan suv olingan. Xonlikda Shohobod,
Yormish, G‘azovot, Polvonyob, Qilich Niyozboy, Lovdon va boshqa kanallar qazilgan. Yerlarni
sug‘orida chig‘irdan ham foydalanilgan. Xiva xonligidagi chor ma’murlari yangi kanallar qurishga
va eskilarini yaxshilashga harakat qilganlar. Shu maqsadda 90-yillarda injener Gelman loyixasi
30-Sentabr, 2024-Yil
281
asosida xonliknipng janubida yangi kanal qurila boshladi, u 100 ming desyatina yangi yerlarni
sug‘orish imkonini berardi. Loyixa asosida 1894 yil boshlangan ishlar 1900 yilgacha davom etdi.
Shu davr ichida mo‘ljallangan ishlarning faqat bir qismi bajarildi xolos. Mo‘ljaldagi 100
ming desyatina o‘rniga faqat 1065 desyatina yangi yerga suv chiqarildi xolos.
19-asrning oxirida xonlik ekin maydonlarining 44,2 foiziga don ekinlari, 32 foiziga texnika
ekinlari ekildi. Shu davrlardan e’tiboran paxtachilik tez rivojlana boshladi. Xonlikda paxtachilikka
ixtisoslagan rayonlar vujudga kela boshladi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan xonlikda
amalda bo‘lgan natura solig‘i dahyak o‘rniga pul bilan soliq olina boshladi.
19-asrning oxirlarida xonlikdagi ekin ekiladigan yerlarning yarmidan ko‘pi xon va uning
amaldorlari qo‘lida edi. Xonlikdagi hunarmandlar va dehqonlar nihoyatda og‘ir ahvolda qolgan
edi. Aholining bu qatlami soliq va majburiyatlarning og‘irligidan azob chekardi. Ular ayrim
hollarda soliqlarni to‘lashdan oshkora bosh tortardilar. 19-asrning oxirlarida katta yer egalari
qo‘lida 1000 tanobdan 5000 tanobgacha yerlar bo‘lgan. XX asr boshlarida katta feodallar
dehqonlarning yerlarini, chorvadorlarning yaylovlarini zo‘rlik bilan tortib ola boshlaydilar.
Buning ustiga xon o‘z atrofiga sodiq kishilarni to‘plash uchun katta-katta yerlarni o‘z
odamlariga in’om qilib, ularni soliqlardan ozod qila boshlaydi. 19-asrning 80-yillarida 1800 dan
ortiq mulkdorlar soliqlardan ozod qilinganlik haqida yorliq olganlar. Bunday yorliqlarning ko‘pi
sayyidlar, xo‘jalar va boshqalarga berildi. 19-asr oxirlarida 4 mingga yaqin ruhoniylar
o‘lponlardan ozod qilindi. Ularning har birining yeri 10 tanobdan 400 tanobgacha borar edi. Bu
shundan dalolat beradiki, protektorat amalda bo‘lgan davrda yerlar katta feodallar qo‘lida to‘plana
borgan. Shu bilan birga yersiz dehqonlar soni tobora ko‘payib bordi. Xon va boshqa yer
egalarining qo‘lida ko‘plab koranda dehqonlar ishlar edi.
Manbalarga ko‘ra, 19-asr oxirida Xiva xonligida 25ga yaqin turli soliq va majburiyatlar
bo‘lgan. Bu soliq va majburiyatlar xon va amaldorlarning istagi bilan joriy etilar edi. Soliq va
majburiyatlarning ko‘pligidan ayrim paytlarda oddiy aholi xonlik tuzumiga qarshi qo‘zg‘olonlar
ko‘tarib turgan. Bunday xalq chiqishlari xonnning jazo qo‘shinlari toimonidan bostirilardi.
Dehqonlarning o‘z yerlarini tashlab Amudaryo bo‘limi hududiga o‘tib ketishlari sodir
bo‘lib turgan.
Xiva xonligida natura xo‘jaligi ham birmuncha saqlanib qolgan edi. Xonlikda uy
hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlanib bordi. Deyarli har bir dehqon uyida hunarmandchilik
ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha daromad manbai bo‘lar edi. Masalan,
dehqon xo‘jaliklari ip yigirish, to‘quvchilik, kiyim-kechak, poyafzal, gilam, sholcha, kigiz va
boshqa narsalar tayyorlash bilan shug‘ullanardi. Bundan tashqari har bir qishloqlarda
30-Sentabr, 2024-Yil
282
hunarmandlar – temirchilar, ko‘nchilar, bo‘zchilar, elakchilar, kulollar, yog‘och ustalari,
bo‘yoqchilar, juvozkash va boshqalar bor edi. Qishloq hunarmandlarining shahar
hunarmandlaridan farqi shunda ediki, ular turli sexlarga uyushmagan bo‘lib, shahar
hunarmandlariga qaraganda bozor bilan kam aloqada bo‘lganlar. Ya’ni ular asosan o‘zlari va
qishlog‘i uchun mahsulot tayyorlaganlar.
Metall ashyolar ishlaydigan katta ustaxonalar Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Xazorasp
shaharlarida bor edi. Ular qishloq xo‘jalik asboblari ishlab chiqarganlar. Ko‘nchilik ustaxonalari
Xiva, Xonqa, Yangi Urganch, Xo‘jayli va boshqa shaharlarda bor edi. Xiva shahridagi
hunarmandlarning mahsulotlari ichki bozorlardagina sotilmay, qo‘shni davlatlar – Buxoro va
boshqalarga ham chiqarilgan.
Rossiya protektorati o‘rnatilganidan keyin tovar-pul munosabatlari va Rossiya bilan savdo-
sotiqning rivojlanishi natijasida hunarmandchilikda keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Rossiyadan
gazlamalar, bo‘yoqlar va boshqa narsalar ko‘proq keltirila boshladi. Buning natijasida mahalliy
hunarmandchilikning ba’zi bir turlari tanazzulga uchradi. Oddiy hunarmandlarning ahvoli tobora
yomonlashib bordi.
19-asrning oxirida Xiva xonligining Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdosi ham o‘sib bordi.
Xiva xonligidan Rossiyaga paxta, jun, qorako‘l, terilar, ipak, ko‘n, gilamlar, choponlar,
guruch, baliq, quruq mevalar ko‘p miqdorda olib ketilar edi. Rossiyadan Xivaga asosan sanoat
mollari – metal ashyolar (qozonlar, idishlar), gazlamalar, poyafzallar, tayyor kiyim-kechak, qand,
choy va boshqa mahsulotlar olib kelingan.
Buxorodan Xivaga tamaki, mayiz, oshlangan teri, shohi va ip gazlamalar, kalava ip,
ko‘rpalar, temir, qog‘oz, ranglar va boshqa mollar olib kelib sotilgan. Afg‘oniston va Erondan
pilla, qo‘y ichaklari, choy, qo‘rg‘oshin, mis va cho‘yan qozonlar keltirilgan. Ulgurji savdo asosan
Yangi Urganch, Xiva, o‘jayli, Xonqa va boshqa shaharlarda bo‘lar edi.
Xiva savdogarlari ham o‘z mollarini Rossiyaning ichki shaharlariga olib borganlar.
Masalan, 1880 yilda Xivaning katta savdogarlaridan 7 tasi xonlikdan Rossiyaga 9900 pud paxta,
1210 pud chorva mahsulotlari va 240 pud hunarmandchilik mahsulotlarini olib borganlar.
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo-sotiq, eksport-import ishlari XX asr
boshlariga qadar Rossiyaning “Nobel”, “Moskva savdo sanoat jamiyati” firmalari va katta
savdogarlardan Donov, aka-uka Maniulovlar, Sozonov, Novikov, Chernikov, aka-uka Safarovlar,
Petrosov, Sarkisovlarning qo‘lida bo‘lgan.
30-Sentabr, 2024-Yil
283
19-asrning 90-yillarida Xiva xonligidan Rossiyaga chiqarilgan mahsulotlar o‘rta hisobda
278 166 pudni, Rossiyadan xonlikka keltirilgan mollar 238 800 pudni tashkil etdi. 19-asrning
so‘nggi o‘n yilligida Rossiyadan 7 923 600 so‘mlik 230 905 pud miqdorida mol keltirilgan bo‘lsa,
Xivadan Rossiyaga 3 924 600 so‘mlik 482 750 pud miqdorida mahsulot chiqarildi.
REFRENCES
1.
O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T.”Sharq”, 2000.
2.
O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
3.
O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.
4.
5.
