30-Sentabr, 2024-Yil
284
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-
IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT
Vapayeva Fazilat Qurbonboyevna
Urganch davlat universiteti tyutori
https://doi.org/10.5281/zenodo.13859231
Annotatsiya.
Mazkur tezisda XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayot yoritib berilgan. Shuningdek, Buxoro amirligining yer maydoni va
ma’muriy-hududiy jihatdan bo’linishiga ham alohida to’xtalib o’tilgan. Tezis so’nggida xulosa va
takliflar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ma’muriy-hududiy bo’linish,
ma’muriy birlik.
SOCIO-ECONOMIC AND POLITICAL LIFE IN THE BUKHARA EMIRATE AT THE
END OF THE 19TH CENTURY AND THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY
Abstract.
In this thesis, the socio-economic and political life of the Bukhara Emirate at the
end of the 19th century and the beginning of the 20th century is highlighted. Also, the land area
and administrative-territorial division of the Bukhara Emirate was specifically discussed.
Conclusions and suggestions are given at the end of the thesis.
Key words:
socio-economic life in Bukhara Emirate, administrative-territorial division,
administrative unity.
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ И ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ В БУХАРСКОМ
ЭМИРАТЕ В КОНЦЕ XIX - НАЧАЛЕ XX ВЕКА
Аннотация.
В данной диссертации освещена социально-экономическая и
политическая жизнь Бухарского эмирата в конце XIX и начале XX века. Также конкретно
обсуждались земельная площадь и административно-территориальное деление
Бухарского эмирата. Выводы и предложения даются в конце диссертации.
Ключевые слова:
социально-экономическая жизнь Бухарского эмирата,
административно-территориальное деление, административная единица.
19-asrning 2-yarmida Buxoro amirligining hududi 200 ming kvadrat km bo‘lib, aholimi
tahminan 3 million kishiga yaqin edi. Asosan o‘zbeklar yashaydigan Zarafshon, Qashqadaryoning
unumdor vodiylari, tojiklar yashaydigan tog‘li Ko‘lob, Darvoz, Qorategin va Baljuvon viloyatlari,
shuningdek Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Chorjo‘y, Qarshi va Karki rayonlaridagi turkman
30-Sentabr, 2024-Yil
285
yerlari amirlik tasarrufiga kirar edi. Ma’muriy-hududiy jihatdan Buxoro amirligi 28 viloyat yoki
beklikka bo‘lingan edi.
Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va uning atrofidagi tumanlar alohida ma’muriy birlik
bo‘lib u qushbegi tomonidan boshqarilgan. Amirlik aholisining yarmidan ko‘pini o‘zbeklar tashkil
etgan, ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida yashaganlar. Ularning
asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan.
Amirlikdagi aholining 30 foizdan ko‘prog‘ini tojiklar tashkil etib, ular Sharqiy Buxoroda,
Ko‘lob, Qorategin, Darvoz, Qo‘rg‘ontepa, Baljuvon, Ro‘shon, Shug‘non va Vaxonda yashardilar.
O‘zbeklar singari tojiklar ham dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Davlatdagi
aholining 10 foizga yaqinini tashkil qilgan turkmanlar Amudaryoning o‘ng tomonida Chorjo‘y,
Qarshi va Karki rayonlarida yashardilar. Turkmanlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Buxoro qo‘shinlari Zirabuloqda chor qo‘shinlaridan yengilganidan keyin 1868 yil 2 iyunda
amir Muzaffar bilan Kaufman o‘rtasida sulh tuziladi. Bu sulhga binoan amirlik ustidan chor
Rossiyasi protektorati o‘rnatiladi. Buning natijasida Buxoroning mustaqilligi tugadi, u
chorizmning mustamlakasiga aylanib qoldi.
Protektorat o‘rnatilganidan keyin o‘tgan dastlabki yilalrda Buxoroning ichki hayoti eski
izdan bordi. Ammo 19-asrning 80-yillari oxiridan boshlab bu davlatga rus kapitali kirib kelishi
bilan unda kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. 1885 yilda Zakaspiy temir yo‘li
Ashxabodga yetkazildi. Chorjo‘y va Buxoro orqali Samarqandgacha qurilgan temir yo‘l uning
davomi bo‘ldi, bu yo‘l 1888 yilda qurib bitkazildi.
Temiryo‘llar amirlik hududidan o‘tgani uchun hakm Turkiston general-gubernatorligi
amirlikning ichki ishlariga tobora ko‘proq aralasha boshlaydi. Amirlik siyosiy va iqtisodiy jihatdan
Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi. Shu bilan birga amirlik hududlarida ham rus posyolkalari vujudga
kela boshladi. Dastlabki rus posyolkalarining o‘rnida Yangi Buxoro, Chorjo‘y, Termiz va Karki
singai kichik shaharlar vujudga keldi. Bu shaharlarga yoki shaharlarga yaqin yerlarga Turkiston
gubernatorligining harbiy qo‘shinlari keltirilib joylashtiriladi.
Buxoro chor Rossiyasining iqtisodiy hayotiga tortilagnligi bois, 1895 yilda amirlik rus
bojxona doirasiga qo‘shildi. Buxoroga karvon yo‘llari orqali Afg‘onistondan va qisman Hindiston,
Erondan tovarlar kelib turar edi. Rossiyaga yuborilgan Buxoro tovarlari va bu yerga keltiriladigan
rus tovarlari rus bojxonalarida tekshirilar edi. 1892 yili Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi
o‘rtasida imzolangan bitim amirlikni mustaqil savdo siyosati yuritishdan mahrum qilib qo‘ydi va
haqiqatda amirlik Rossiyaning ichki bozoriga aylanib qoldi. Amirlikka Rossiyadan keltirilayotgan
tovarlardan va Rossiyaga olib ketilayotgan tovarlardan asosan rus savdogarlari, qisman buxorolik
30-Sentabr, 2024-Yil
286
katta savdogarlar katta daromad ko‘rardilar. Amirlikka rus kapitalining kirib kelishi esa amirlik
tangalari qiymatining tushib ketishiga sabab bo‘lardi. Bundan esa oddiy hunarmandlar va
dehqonlar katta zarar ko‘rardilar. Umumiy holda amirlik tangasi rus pulining 15 tiyiniga teng
bo‘lib qolgan edi.
XX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari yanada kuchaydi.
Buxordan Rossiyaga asosan paxta olib borilar edi. XX asr boshlvarida Buxorodan 1200 ming pud
paxta eksport qilindi. 1-Jahon urushi arafasida Rossiyaga paxta chiqarish Buxoro amirligi
eksportining 40 foizini tashkil qildi. Rossiyaning Buxoro bilan olib borgan savdo ishlari 10 ta
vositachi kontora va 50 savdo korxonalari qo‘lida to‘plangan edi. Bu kontoralar Rossiya savdo
sanoat egalariga va mahalliy boylarga xizmat qilar edi. Buxoro xonligining iqtisodiy hayotiga
kapitalning kirib kelishi xomashyoga dastlabki ishlov beradigan sanoat korxonalarining paydo
bo‘lishiga olib keldi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Buxoro amirligida paxta tozalash sanoati
vujudga keladi. 1905 yilda amirlik hududida 9 ta paxta tozalash zavodi bor edi. Birinchi jahon
urushi arafasida Buxoro amirligida kapitalistik tipdagi 60 ga yaqin korxona bor edi. Shu jumladan
26 ta paxta zavodi, 4 ta yog‘ zavodi, 1 ta jun tozalash zavodi, 3 ta aroq-vino zavodi va 10 ta g‘isht
zavodi, 3 ta ichpak-chavoq va 2 ta papiros korxonasi, 1 ta gugurt fabrikasi, Yevropa tipidagi 3 ta
tegirmon, 1 ta temiryo‘l ishxonasi, Amudaryo flotiliyasi korxonalari va tosh bosmaxona bor edi.
Buxoro xonligida tabiiy boyliklar ko‘p edi. Darboz bekligida kvars jinslari ichidan oltin
olinardi. Panj, Yaxsuv va Vaxsh daryolari xavzalarida sochma oltin konlar bor edi. Darboz va
Xisor bekliklarida mis va temir konlari bo‘lgan. Kalif va Sherobodda oltingugurt, Darband, Nurota
va Xisorda marmar, Boysun, Xisor va Qo‘rg‘ontepa bekliklarida toshko‘mir koni va neft zapaslari
bo‘lgan. Lekin bu tabiiy boyliklarning ko‘pidan deyarli foydalanilmagan. Rus va mahalliy
burjuaziya vakillari kon boyliklarini qazib olishga mablag‘ sarflashni befoyda deb hisoblar edi.
Ularni ko‘proq savdo-sudxo‘rlik ishlari qiziqtirgan, ular sanoat soxasida faqat paxta tozalash
bilangina shug‘ullangan. Rus kapitalistlari Buxoro amirligida temiryo‘llarning qurilishidan
manfaatdor edilar. Rus kapitalining Buxoroga kirib kelishi natijasida 1894 yilda Buxoroda davlat
bankining bo‘limi ochilib uning kapitali 1914 yilda 90 million so‘mga yetdi.
REFERENCES
1.
O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.
2.
O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
30-Sentabr, 2024-Yil
287
3.
O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T.,
“Universitet”, 1999.
4.
5.
