ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
337
TABIIY FANNING RIVOJLANISHI VA BOSHLANG‘ICH
SINFLARDA FANGA OID AMALIY ISHLAR
Normurodova Hilola
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13879845
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tabiiy fanning rivojlanishi va boshlang‘ich sinflarda amaliy
darslarni tashkillashtirish haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so’zlar:
Genetika, evolyusion, yadro, Evolyusion ta’limot.
DEVELOPMENT AND BEGINNING OF NATURAL SCIENCE
PRACTICAL WORK ON SCIENCE IN CLASSROOMS
Abstract.
This article provides information about the development of natural science and
the organization of practical lessons in primary classes.
Key words:
Genetics, evolution, nuclear, Evolutionary theory.
РАЗВИТИЕ И НАЧАЛО ЕСТЕСТВЕНСТВЕННОЙ НАУКИ
ПРАКТИЧЕСКАЯ РАБОТА ПО НАУКЕ В КЛАССАХ
Аннотация.
В данной статье представлена информация о развитии
естествознания и организации практических занятий в начальных классах.
Ключевые слова:
Генетика, эволюция, ядерная, Эволюционная теория.
Tabiiy fanlarning o’rni bugungi ilm-fanning yuragi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki
tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta’limot, matematika, fizika, kimyo, o’simlik va
hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga qo’yilgan
muammolar tirik va o’lik tabiatni o’zaro munosabati masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat eng og’ir, yechimi mushkul muammo. Inson
faoliyati ta’sirida qurg’oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho’llanish, suv zahiralari kamayib,
tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi
aholisini to’rtdan bir bo’lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning
dolzarb muammolaridan ekanligi ko’pchilikka ma’lum. Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining
eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan biologiya, fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va
miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib, ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o’z
manfaatlarini amalga oshirish uchun safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o’tishga erishdi. Bu
fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi lozimligida
ko’radi:
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
338
1. Yer kurrasida sodir bo’layotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan
ko’payishidagi sifat o’zgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bog’liqligi.
2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xo’jaligida qo’llash muammosi va
ayniqsa idora qilish imkoni bo’lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish.
3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini
yaratish.
4. Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer kurrasining issiqlik
balansini o’rganish muammolari.
5. Yer kurrasida sodir bo’lishi kutilayotgan falokat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini
olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta mablag’
talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi lozim bo’ladi.
Mazkur fanning asl maqsadi tabiatshunoslik ilmi, uning predmeti, maqsadi, vazifasi o’qitish
uslublari, tabiat va tabiiy muhitda mavjud tirik mavjudotlarining o’zaro uyg’unlik qonuniyatlari,
koinotning planetar shaklda ko’rinishi, quyosh, oy va yer sayyorasi, ularning umumiy tavsifi; yer
kurrasining fizikaviy, kimyoviy tuzilishi, unda sodir bo’lgan va bo’layotgan global o’zgarishlar;
yerda hayotning paydo bo’lishi; yer kurrasi tirik va o’lik qismini o’zaro uyg’unligi; modda va
energiyaalmashinuvi qonuni; ularning tuzilishidagi uyg’unlik, unda sodir bo’ladigan fiziologik
jarayon, moslanish (adaptasiya) va o’zgaruvchanlik; yer kurrasi tirik mavjudotlari, ularning o’zaro
munosabati va bir butunligi (o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning o’zaro
uyg’unligi); O’simliklar va hayvonot olamining eng sodda turlaridan tortib, eng yuksak taraqqiy
etgan turlariga qadar tuzilishidagi umumiylik qonuniyatlari; viruslar, bakteriyalar, suvo’tlari va
quruqlikda tarqalgan o’simliklar va hayvonot olami; hozirgi zamon antropologiya, paleantologiya,
biorganik ximiya, molekulyar biologiya, biosfera haqidagi ta’limot; insonning tarixiy taraqqiyoti
jarayonida tabiat va jamiyatning o’zaro almashinuvida sodir bo’lgan va bo’layotgan o’zgarishlar;
antropogen ta’sir tufayli sodir bo’layotgan global o’zgarishlar va hokazolarni o’zida
mujassamlantiradi. Tabiiy fanlarning zamonaviy kosepsiyasi fani o’z xususiyatiga ko’ra kompleks
bilimlar majmuidan iborat. U organizmlarning tuzilishi, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari,
ularning ekologiyasi, genetika, biofizika, ximiya, evolyusion taraqqiyot tarixi mikrobiologiya va
immunologiya fanlarini o’zida mujassamlantiradi. Yer kurrasining o’lik qismi haqidagi fanlar
tuproqshunoslik, gidrologiya, geologiya, gidrosfera uning tirik qismi haqidagi ma’lumotlarga
tayangan va u bilan uzviy bog’liq holda ish ko’radi. Evolyusion ta’limot tarixi esa chog’ishtirma
morfologiya, paleontologiya va barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, tarqalishi va rivoj topishi
haqidagi fanlarga tayangan holda ish ko’radi. Insonlar qadim zamondan tabiatga, undagi
hodisalarga qiziqish bilan qarashgan. Tarixiy manablarning guvohlik berishicha ibtidoiy jamoa
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
339
davrida ham ular oddiy tabiiy hodisalarni yaxshi anglashgan. 2000 yillik rivojlanish tarixiga ega
bo’lgan bu fan elementlari qadimiy Misr, Xitoy, Movarounnahr, Hindiston singari mamlakatlarda
vujudga kelgan bo’lsada, u o’z xususiyatiga ko’ra keskin qarama-qarshiliklarga uchragan va uning
taraqqiy topishi uchun bir butun mifologik sistemalarni parchalanishiga sabab bo’lgan.
O’quvchilarning bo’lajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir
qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy
faoliyat tufayli qo’lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar
muhim rol o’ynab kelgan va kelmoqda. Ma’lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni
rang-barang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba
asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat
qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini
belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug’iladi va ularning
to’g’riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Bilim odamlar miyasida oz-ozidan
paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan
munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida, odamlarning o’zaro munosabnatlari tizimida,
ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab
chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Kulmuminov, U., & Mukhtarova, L. (2023). POSSIBILITIES OF CREATIVE
THINKING AND ITS MANIFESTATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Open
Access Repository, 4(02), 81-84.
2.
Kulmuminov, U. (2023). CREATIVE TEACHING IN THE DEVELOPMENT OF
CREATIVE EDUCATION. Open Access Repository, 4(2), 434-437.
3.
KULMOMINOV, O. (2023). ISSUES OF DEVELOPMENT OF STUDENT'S
CREATIVE SKILLS IN WORLD SCIENCE. World Bulletin of Social Sciences, 27, 54-
56.
4.
Kulmominov, O. (2023). TECHNOLOGY FOR DEVELOPMENT OF CREATIVE
THINKING SKILLS OF PRIMARY CLASS STUDENTS IN NATURAL SCIENCE
TEACHING. Open Access Repository, 9(10), 112-116.
