Authors

  • Akbar Boyqobilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43431

Keywords:

Yengil atletika qisqa masofa sportchilar O‘zbekiston chempionati mashg‘ulotlar jarayoni.

Abstract

Ushbu maqolada qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini boshqarish, pedagogik nazorat qilish xamda ular bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda yuklamalar taqsimotini optimallashtirish xaqida so‘z yuritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

УДК:796.012.415.5;015.15

QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI TALABA SPORTCHILARNING YILLIK

MASHG‘ULOT JARAYONLARIDA YUKLAMALARNI OPTIMALLASHTIRISH

Boyqobilov Akbar Panji o’g’li

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi.

Chirchiq shaxri, O‘zbekiston.

Muallif bilan bog‘lanish uchun:

akbarboyqobilov1502@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895226

Annotatsiya. Ushbu maqolada qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarning yillik

mashg‘ulot jarayonlarini boshqarish, pedagogik nazorat qilish xamda ular bilan olib borilayotgan
mashg‘ulotlarda yuklamalar taqsimotini optimallashtirish xaqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Yengil atletika, qisqa masofa, sportchilar, O‘zbekiston chempionati,

mashg‘ulotlar jarayoni.

OPTIMIZATION OF LOADS DURING ANNUAL TRAINING PROCESSES OF

SHORT-DISTANCE STUDENT ATHLETES

Abstract. This article provides information about the management of sports training in the

annual cycle of runners. Conducting pedagogical control and optimization of sports loads during
training.

Key words: Athletics, short distance, training group, athletes, training process.

ОПТИМИЗАЦИЯ НАГРУЗОК В ЕЖЕГОДНЫХ ТРЕНИРОВОЧНЫХ ПРОЦЕССАХ

СТУДЕНТОВ-СПОРТСМЕНОВ НА КРАТКИЕ ДИСТАНЦИИ

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы управления ежегодным

тренировочным процессом студентов-спортсменов, бегущих на короткие дистанции,
педагогического контроля, а также оптимизации распределения нагрузки в проводимых с
ними тренировках.

Ключевые слова: Легкая атлетика, короткая дистанция, спортсмены, Чемпионат

Узбекистана, тренировочный процесс.


Dolzarbligi.

Jahonda sport turlarini rivojlanib borishi iqtidorli, istiqbolli sportchilarni izlab

topish barobarida sportchilar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va optimal rejalashtirish
asosida ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish va maqsadli boshqarish
bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda dunyodagi sportchilarni tayyorlash tizimida turli
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo shunday bo‘lsa-da sportchilar tayyorlash tizimini to‘g‘ri
tashkil qilish va boshqarish masalalari kundan-kunga dolzarb vazifalardan biriga aylanib
bormoqda. Chunki jahon sport arenalarida o‘tkazib kelinayotgan musobaqalardagi
ko‘rsatilayotgan sport natijalarini tobora yuksalib borishi o‘tkaziladigan mashg‘ulot jarayonlarini
samarali boshqarish vazifasini talab etmoqda.

Yurtimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan

ishlarning ijobiy samarasi katta bo‘layotganini e’tirof etish lozim. Jumladan, sportchilar tayyorlash
va ayniqsa, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimini, turli innovatsion texnologiyalardan
foydalanish yordamida boshqarish juda ham keng miqyosda qo‘llanilib kelinmoqda. Turli xil sport
turlari bo‘yicha yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va Osiyo


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

o‘yinlarida yuksak sport natijalarga erishayotganligini O‘zbekistonning dunyoda sport sohasida
obro‘-e’tiborini yanada yuksalishiga xizmat qiladi, albatta.

Respublikamizning turli hududlarida jahon standartlariga mos zamonaviy sport inshoatlari

qurilmoqda, bu esa murabbiylarga katta ma’suliyatli vazifalarini belgilab beradi.

Jahon arenalarida yurtimiz sha’nini yanada yuqoriga ko‘tarish uchun ham ularning

mashg‘ulot jarayonlarini zamonaviy innovatsion texnologiyalardan optimal va eng samarali
darajada foydalangan holda boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerak-ki, jahonda raqobatbardosh, har tomonlama yaxshi

tayyorlangan, yuqori mahoratli sportchilarni saralab borish maqsadlari yo‘lida ko‘p yillik
tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish va tashkil etish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qisqa masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishda sportchilarning

jismoniy imkoniyatlari hamda individual xususiyatlarini inobatga olib qo‘llaniladigan vosita va
usullarning mashg‘ulot oldiga qo‘yiladigan aniq maqsad bilan bog‘liqligi yuqori malakali
sportchilarni tayyorlash imkoniyatini yanada oshiradi. Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilar
mahalliy musobaqalarda yaxshi natija ko‘rsatsalar-da, ammo jahonda o‘tkazilayotgan
musobaqalarda ishtirok etish uchun natijalar ustida ko‘proq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatmoqda.

Sportchilarimiz tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichlar qiyosiy taqqoslanganda (o‘rtacha

0,8-1,0-1,1 soniyaga) ortda qolayotganini ko‘rish mumkin. Bu esa sohada mutaxassislar oldida
turgan muhim va dolzarb masalalardan hisoblanishini ko‘rsatadi.


0

0,02

0,04

0,06

0,08

0,1

0,12

0,14

0,16

0,135

0,128

0,152

0,14

0,155

0,141

0,156

0,145


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

2017 yilgi JChning 100 m.ga yugurish finalida sportchilarning start reaksiyasi

1-o‘rinni egallagan J.Gatlin 9,92 + (0,138 – 0,101) = 9,96s;
2-o‘rinni egallagan K.Koleman 9,94 + (0,123 – 0,101) = 9,97s.
4-o‘rinni egallagan Y.Bleykning natija 9,99 + (0,137 – 0,101) = 10,03s;
3-o‘rinni egallagan U.Boltning natija 9,95 + (0,183 – 0,101) = 10,04s;

O‘zbekistonlik sportchilarining mahalliy va xalqaro musobaqalarda ko‘rsatan start

reaksiyasining

Jadval:1

Musobaqa

Sportchi-lar

soni

Reaksiya vaqti

Natija

o‘rtacha

yuqori

past

O‘rtacha

2017 yil 2 ta musobaqa

n=24

0,321±0,093

0,201

0,406

11,72±0,85

n=16*

0,206±0,054

0,172

0,226

10,97±0,69

2018 yil 4 ta musobaqa

n=24*

0,312±0,092

0,195

0,371

11,76±0,86

n=16*

0,192±0,057

0,161

0,279

11,01±0,77

2019 yil 5 ta musobaqa

n=24*

0,212±0,073

0,199

0,264

11,59±0,87

n=16*

0,190±0,034

0,165

0,186

10,96±0,81

O‘rtacha ko‘rsatkich

n=24*

0,281±0,086

0,195

0,264

11,69±0,86

n=16*

0,196±0,048

0,161

0,186

10,98±0,76


* - ochiq yozgi maydonlarda A final– 8 nafar ishtirokchi B final – 8 nafar ishtirokchi

Tadqiqot maqsadi.

Qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarning yillik mashg‘ulot

jarayonlarida yuklamalar taqsimotini optimallashtirish.

Tadqiqot vazifalari.

Qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarning yillik

tayyorgarlik yiklida yuklamalarni rejalashtirish.

Qisqa masofaga yuguruvchilarni jismoniy tayyorgarligini mikrosikl mashg‘ulotlari orqali

oshirish uslubiyatini ishlab chiqish

.

0

0,05

0,1

0,15

0,2

0,25

0,224

0,152

0,183

0,123

0,141

0,137

0,138

0,145


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

Sportchi yuqori sport natijalarini ko‘rsatishi uchun murabbiy sportchining xar bir jihatini

inobatga olib borishi lozim. Jumladan, uning individual imkoniyatlarini, texnik, taktik, psixologik,
funksional, jismoniy va yosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha rivojlanish darajasini ham nazoratga
olishimiz zarurdir.

Bolalar va o‘smirlar sport maktabida beshta guruh mavjud bo‘lib, shug‘ullanuvchilarni

ushbu bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etib sinov testlari asosida keyingi bosqichlarga qabul
qilinadi. Zero, jismoniy tarbiyaning qonuni ham shu’ni talab etadi. Ya’ni organizmni asta-sekinlik
bilan jismoniy, mashqlarga ko‘niktirib borishni taqazo etadi.

Qisqa masofaga yuguruvchilarni tarbiyalash uchun shug‘ullanuvchilarni tana tuzulishiga

e’tibor berib borishimiz lozim. Buning uchun esa, o‘z navbatida sportchi-anatomiyasini yaxshi
bilishimiz va yengil atletika turlariga shu asosda tanlab olishimiz va yo‘naltirishimiz lozim.

Bo‘ylari baland, ozg‘in, mushak massasi kam bo‘lgan shug‘ullanuvchilarni o‘rta va uzoq

masofalarga yo‘naltirish kerak qisqa, masofaga yugurish uchun esa, aksincha mushaklar yaxshi
rivojlangan bo‘lishi zarur. Chunki, ularning qisqarib bo‘shashishi evaziga tezlikni yanada oshirish
imkoniyatiga sportchi ega bo‘ladi.

Ayniqsa, qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarning qo‘l, gavda, oyoq mushaklari yaxshi

rivojlangan bo‘lishi zarur.

Biz o‘z pedagogik tajribamizda gantel bilan bajariladigan mashqlarga alohida e’tibor

qaratdik. Zero, qisqa masofaga yugurishda qo‘llarning xarakati juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa yugurishda muvozanatni saqlash va tezlikni oshirishda qo‘llar xarakatining o‘rni

beqiyosdir.

- shtanga bilan bajariladigan mashqlar esa o‘z navbatida qo‘l mushaklari rivojlanishi uchun

bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, ularni turlicha yo‘nalishida bajarish esa turli mushak guruhlarini
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa sportchining qo‘l mushak massasi ortishi hamda mashg‘ulot
jarayonlarining turlicha bo‘lishiga xizmat qiladi.

Rezina ko‘ptogi bilan olib boriladigan yerdan itarilish bilan bajariladigan mashqlarini

qilish, polga tayangan holatda itarilish mashqlarini bajarish ham qo‘l mushaklarini rivojlantiradi.

Bu yerda, asosan qo‘lni; deltasimon mushak, biseps, triseps, hamda katta ko‘krak

muskullari ishlaydi.

Turnikda tortilish, hamda qo‘llarda galma-gal gantellar ko‘tarish ham samaralidir.
Bu mashqlar kompleksi bisepslar rivojlanishi uchun zarurdir. Qo‘lning ikki boshli hamda

uch boshli muskullarini rivojlanishi uchun ahamiyatlidir. Qo‘l va yelka deltasimon mushak guruhi,
triseps, yelkaning keng muskuli, yelkaning katta dumaloq mushaklari rivoji uchun xissa qo‘shadi.

Bu esa yugurish vaqtida mushaklar tez qisqarishi uchun yordam beradi.
Oldinga egilgan xolatda qo‘llarga gantellarni olish hamda ketma-ket ravishda qo‘llarni

bukib yozish mashqlari ham samaralidir. Bu yerda o‘z navbatida nafaqat qo‘l balki gavda oyoq
mashqlari ham ishtirok etadi.

Shu bois: gavdaning trapetsiyasimon muskuli yelkaning deltasimon muskuli, qorinning

to‘g‘ri muskuli, umurtqa pog‘onasini rostlovchi mushak guruhi qorinning ichki muskullari
bevosita ishtirok etadi

.

Bu mashq tashqi ko‘rinishi jihatidan huddi arra bilan ishlayotgan odamni

eslatadi. Tananing deltasimon hamda trapesiyasimon muskullarini yaxshi rivojlantirib borish esa
o‘z navbatida masofa bo‘ylab, yugurish vaqtida tanani, boshni va qo‘lni to‘g‘ri saqlashga yordam


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

beradi. Bu esa nafaqat masofa bo‘ylab yugurish balki o‘z navbatida sportchi oldiga qo‘yilgan
vazifani texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. Agar yuqorida berilgan mashqlar
kompleksi yetarlicha kuchga ega bo‘lsa, qisqa masofaga yugurish vaqtida, charchoqni oldini oladi
shuning bilan bir qatorda ma’lum bir yugurish bo‘laklarini yugurib o‘tishni osonlashtiradi.

Qisqa

masofaga yuguruvchilar shtanga bilan ko‘proq mashqlar bajarishlari qo‘l mushaklari uchun
foydalanadi. Bu mashqlarga qulochlarni keng yozib shtangani bel sohasiga ko‘tarish kabi mashqlar
kiradi.

Bunda asosiy muskullarni rivojlantirishga e’tibor berilib unda yordamchi muskullar esa

triseps hamda deltasimon mushaklarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Yuguruvchilarda eng ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri mushak massasi kamligi

(disbalans) hisoblanadi, ayniqsa sonning to‘rtboshli muskul, hamda tananing orqa qismi
muskullari o‘ng va chap oyoq muskullarida kuzatiladi. Gavda sohasida joylashgan mushaklarning
disbalansi ko‘pincha ahamiyatli emas deb hisoblashadi. Sababi; gavda muskullari natijalar uchun
ahamiyatga emas degan fikr ilgari suriladi.

Biz yuqoridagilarni inobatga olib qisqa masofaga yuguruvchilar uchun quyidagi mashqlar

majmuasini ishlab chiqdik;

-dastlabki holat egallanadi oyoqlar yelka kengligida ko‘tariladi, oyoqlar tizzasi ozroq

bukilgan, qo‘llarda gantellarni erkin ko‘tarish. Asta-sekinlik bilan gantellarni yuqoriga ko‘tarish
vaqtida bisepslarning cho‘zilishini xis qilasiz va keyingi qo‘l uchun ham bu holat takrorlanadi.

Ya’ni takroriy dam olish oraliqlari usulda qo‘llaniladi.
Yuqorida biz biseps hamda triseps mushaklarini rivojlantirish orasida balans bo‘lishi

lozimligini ko‘rib chiqdik. Triseps mushaklari uchun ekstenziya ya’ni ma’lum bir mushak guruhini
rivojlantirish zarur. Yotgan holatda shtangani bosh orqasidan ko‘tarish hamda ma’lum bir
sekundlar mobaynida statik holatni saqlash triseps mushaklarini rivojlantiradi. Ikki qo‘lda
gantellarni ushlab tanani oldinga egish va qo‘llarni orqaga yo‘naltirish.

Bu mashqlarni o‘z navbatida nafaqat triseps mushaklarini balki gavda hamda yelka

muskullari uchun ham zaruriy foyda beradi. Trenajyorda og‘irlikni pastga tortish kabi mashg‘ulot
ham triseps mushaklar uchun samaralidir. Qo‘llar harakati qisqa masofaga yuguruvchilar uchun
muhim element hisoblanib, ularni masofani bosib o‘tish vaqtida jadallik bilan ishlashi sportchi
uchun juda muhimdir. Bu jarayon esa asta-sekinlik bilan rivojlantirib borishimiz zarur. Har bir
mashg‘ulot o‘tqazish mobaynida biseps mushaklar hamda triseps mushaklarini rivojlantirishga
qaratilgan mashqlar kompleksini ishlab chiqdik.

Qisqa masofaga yuguruvchilar nafaqat tezkorlik, qolaversa boshqa jismoniy sifatlarni

rivojlantirish uchun birinchi navbatda, qisqa masofaga yuguruvchilar uchun birinchi navbatda
qisqa masofaga yuguruvchilar uchun tezkorlik sifatini rivojlantirish mashqlar kompleksini ishlab
chiqdik.

Pedagogik tajribadagi tajriba guruhi sinaluvchilari uchun yotgan holatda oyoqlarni orqaga

hamda oldinga itarish, 360℃ burulish ostida yugurish uchburchak hosil qilib yugurish, turli xil
sharoitlarda sportchilarni yugurtirish, turli iqlim sharoitida yugurish, rezina bilan bajariladigan
juftlik mashqlari, fishkalar oralig‘ida yugurish, zinalar orqali turli og‘irliklar bilan yuqoriga
ko‘tarilish, pastki startni rivojlantirishga qaratilgan kompleksini ishlab chiqildi. Ushbu mashqlar
turli xolatlardagi va Juftlik xolatida qo‘llarni almashtirgan holatda doira bo‘lib yugurish, rezina


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

amartizator yordamida oldinga yugurish mashqlari. Yuqorida berilgan mashqlar oyoq
muskullariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Hamda yugurish vaqtida masofada sportchining charchab
qolishini oldini oladi.

Kuch sifatini rivojlantirish uchun esa, gimnastika zinapoyasidan turib oyoqlarni ko‘tarish

yelkalarga tayanib yotgan holatda gimnastika zinapoyasida oyoqlarni galma-galdan zinapoyaga
ko‘tarish, qo‘shpoyada statik holat ushlab turish, arqonga chiqish, garizantal zinalardagi
harakatlarni bajarish, qumda bajariladigan to‘rt seriyadan iborat sakrash mashqlari, ikkita sportchi
bir-biriga yelka bilan turib, qo‘llarni mahkam ushlagan holatda bir biridan itarilishi kichik vaznli
gantellar bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llash sportchilarni kuch sifatlarini rivojlantirishga
imkon beradi.

Chidamlilikni oshirish maqsadida esa, turli xil tabiat sharoitlarda, adirlarda tepalik pastlik

bor joylarda turli yugurishlar shu jumladan krosslar kiradi yugurtirish, zinalar yordamida
bajariladigan takroriy mashqlar kompleksi, chigal yozdi mashqlarni bajarish vaqtida bir, ikki
hamda uch kilometr masofaga yugurtirish, kabi mashqlar qo‘llaniladi. Ushbu mashqlar
sportchilarni bir muddat qizib olishiga xizmat qiladi.

Xulosa.

Ilmiy adabiyotlarni tahlili natijalari hamda pedogagik kuzatuvlar natijlari quyidagi

xulosalarga kelish imkonini berdi.

-qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarimizni jumladan, bolalar o‘smirlar sport maktabi

tarbiyalanuvchilari, ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktablari hamda talabalar (ya’ni
yengil atletika sport turi bilan shug‘ullanuvchilar)ni mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishning yillik
optimal metodikalarini qaytadan ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi. Respublikamiz hududida
bu masala 25-30 yildan beri takomillashmayapti. Ya’ni UJT hamda MJT nisbatlarining to‘g‘ri
taqsimlanishi nazoratga olinmagan.

-sport maktablarida hamda boshqa ta’lim muassasalarida o‘quv dasturni yangidan tuzish

ehtiyojlari mavjud.

-eng muhimi esa trenirovka jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish. Ya’ni hamma murabbiy

o‘ziga qulay usulda emas balki, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, yangi pedogagik texnologiyalardan
foydalanilgan hamda jahon standartlariga mos ravishda taqsimlangan UJT hamda MJT foizlari
aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Har bir davrga alohida e’tibor bilan yondashish lozim ya’ni
tayyorgarlik davri, musobaqa oldi davri hamda musobaqa va undan keying davrlarda mashg‘ulot
jarayonida to‘g‘ri vositalar orqali olib borilishining ahamiyatini yanada takomillashtirishga ehtiyoj
mavjud.

-sportchilarning

yillik

tayyorgarlik

mashg‘ulotlarini

boshqarish

jarayonida

mashg‘ulotlarning korellyatsion o‘zaro bog‘liqligiga ahamiyat berilishi kerak. Dastaavval esa aniq
maqsadga yo‘naltirib kunlik rejani aniq bajarishga e’tibor qaratilishi lozim. Mashqlar bir-biriga
ma’lum vazifani bajarishda ko‘makchi bo‘lishi, natijalarni yanada yaxshilashga qaratilgan
kompleks tartibda tanlash yaxshi samara berar ekan.

-qisqa masofaga yuguruvchilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishda

yuklamalarning to‘g‘ri taqsimlanishi hamda ko‘proq maxsus mashqlar to‘plamini yuqori shiddat
zonasida bajarib, shiddatni nisbatan kamaytirib, hajmni oshirish kerakligini pedagagik kuzatuvlar
ko‘rsatdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

28

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–5368–sonli Farmoni Lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekistonda 2017–2021 yillar
uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturi. – Toshkent, 2017. Lex.uz

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida
(Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII

yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga

O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi PQ-5281-sonli qarori.

4.

Abdullaev A., Xankeldiev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. O‘zDJTI nashriyoti.
T.: 2005. - 231 b.

5.

Abramova T.F., Nikitina T.M., Kochetkova X.X. Morfologicheskie kriterii – pokazateli
prigodnosti, obщey fizicheskoy podgotovlennosti i kontrolya tekuщey i dolgovremennoy
adaptatsii k trenirovochnыm nagruzkam: Uchebno-metodicheskoe posobie // – M.: TVT
Divizion. 2010. – 104s.

6.

Ayrapetyans L.R. Pedagogicheskie osnovы planirovaniya i kontrolya sorevnovatelnoy i
trenirovochnoy deyatelnosti v sportivnыx igrax // avtoref. dis. ... d-ra ped. nauk. – M.: 1992.
– 40 s.

7.

To‘xtaboev N.T., Shakirjanova K.T., Soliev I.R. Qisqa masofaga yugurish. O‘quv qo‘llanma.
– T.: 2017 yil. 186 b.

8.

Umarov A.A., Tyupa V.V. Sovershenstvovanie texniki bega s maksimalnoy skorostyu po
viraju // Nauchnыy atleticheskiy vestnik. 2000. - 2. - T. 2. - S 45-50.

9.

Usmanxodjaev T. S., Umarov D. X. Sport pedagogik mahoratni oshirish. ITA-PRESS
nashriyoti. – T.: 2018. – 270 b.

10.

Tillyaxodjayev A., Boyqobilov A. MARKETING STRATEGIYASINI BAHOLASHNING
MEZON VA USULLARI //Economics and Innovative Technologies. – 2024. – Т. 12. – №.
1. – С. 176-184.

11.

Балтаева И. Т. и др. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING //MODERN SCIENCE AND RESEARCH.

– 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.

12.

Jumayev U. X., Kazoqov R. T., Abdusalomov I. K. QUANTITATIVE EVALUATION OF
QUALITY INDICATORS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 229-
240.

13.

Qutlimurotov I. X. et al. THE PROCESS OF ORGANIZING EDUCATIONAL ACTIVITIES
OF STUDENTS AND MASTERING PERSONAL PROFESSIONAL KNOWLEDGE
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 869-879.

14.

Солиев И. Р. и др. МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ВА АНТРОПОГЕНЕТИК ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРГА КЎРА ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ИШЧАНЛИК НАТИЖАЛАРИНИ
БАШОРАТ ҚИЛИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

15.

Тажибаев С. С. и др. ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИ 2022 ЙИЛГИ ФУТБОЛЧИЛАР
АНТРОПОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ
КОРРЕЛЯЦИЯНИ ЎРГАНИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

29

16.

Тажибаев С. С. и др. 13-14 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК
ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ САМАРАДОРЛИГИ //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

17.

Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF
INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE
PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.

18.

Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN TABLE
TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.

19.

Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT ON
THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –
№. 5. – С. 63-70.

20.

Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.

21.

Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND
POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES RELATED
TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т.
3. – №. 5. – С. 1115-1123.

22.

Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.

23.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS
COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024.
– Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

24.

Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF PRIMARY
CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.

25.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES
IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

26.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS
COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024.
– Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

27.

Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING
THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.

28.

Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING
TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. –
С. 99-105.


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368–sonli Farmoni Lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekistonda 2017–2021 yillar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturi. – Toshkent, 2017. Lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi PQ-5281-sonli qarori.

Abdullaev A., Xankeldiev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. O‘zDJTI nashriyoti. T.: 2005. - 231 b.

Abramova T.F., Nikitina T.M., Kochetkova X.X. Morfologicheskie kriterii – pokazateli prigodnosti, obщey fizicheskoy podgotovlennosti i kontrolya tekuщey i dolgovremennoy adaptatsii k trenirovochnыm nagruzkam: Uchebno-metodicheskoe posobie // – M.: TVT Divizion. 2010. – 104s.

Ayrapetyans L.R. Pedagogicheskie osnovы planirovaniya i kontrolya sorevnovatelnoy i trenirovochnoy deyatelnosti v sportivnыx igrax // avtoref. dis. ... d-ra ped. nauk. – M.: 1992. – 40 s.

To‘xtaboev N.T., Shakirjanova K.T., Soliev I.R. Qisqa masofaga yugurish. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2017 yil. 186 b.

Umarov A.A., Tyupa V.V. Sovershenstvovanie texniki bega s maksimalnoy skorostyu po viraju // Nauchnыy atleticheskiy vestnik. 2000. - 2. - T. 2. - S 45-50.

Usmanxodjaev T. S., Umarov D. X. Sport pedagogik mahoratni oshirish. ITA-PRESS nashriyoti. – T.: 2018. – 270 b.

Tillyaxodjayev A., Boyqobilov A. MARKETING STRATEGIYASINI BAHOLASHNING MEZON VA USULLARI //Economics and Innovative Technologies. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 176-184.

Балтаева И. Т. и др. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL TRAINING //MODERN SCIENCE AND RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.

Jumayev U. X., Kazoqov R. T., Abdusalomov I. K. QUANTITATIVE EVALUATION OF QUALITY INDICATORS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 229-240.

Qutlimurotov I. X. et al. THE PROCESS OF ORGANIZING EDUCATIONAL ACTIVITIES OF STUDENTS AND MASTERING PERSONAL PROFESSIONAL KNOWLEDGE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 869-879.

Солиев И. Р. и др. МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ВА АНТРОПОГЕНЕТИК ТАДҚИҚОТ НАТИЖАЛАРГА КЎРА ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ИШЧАНЛИК НАТИЖАЛАРИНИ БАШОРАТ ҚИЛИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Тажибаев С. С. и др. ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИ 2022 ЙИЛГИ ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕЛЯЦИЯНИ ЎРГАНИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Тажибаев С. С. и др. 13-14 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ САМАРАДОРЛИГИ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.

Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN TABLE TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.

Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT ON THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 63-70.

Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.

Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES RELATED TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1115-1123.

Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.

Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 99-105.

Most read articles by the same author(s)