Authors

  • Zahroxon Saydaxmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43541

Keywords:

muhandislik tizimi konstruksiya va qurilmalarini texnik ekspluatatsiya sanitar-texnik tizimlar me’yoriy temperature.

Abstract

Maqolada bino-inshootlarni qish masumiga tayyorlash rejasini tuzishda, birinchi navbatda issiqlik ta’minoti manbalari, issiqlik trassasini ta’mir qilishni hamda o‘tgan isitish mavsumida aniqlangan isitish tizimlaridagi, issiq va sovuq suv ta’minoti va boshqa muhandislik tizimlaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishi ko‘zda tutilgan.

background image



31-oktabr, 2024-Yil

90

BINO VA INSHOOTLARNING ISSIQLIK IZOLYATSIYA JARAYONLARINI

TAKOMILLASHTIRISH – QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH

Saydaxmedova Zahroxon Rustam qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13899868

Annotatsiya. Maqolada bino-inshootlarni qish masumiga tayyorlash rejasini tuzishda,

birinchi navbatda issiqlik ta’minoti manbalari, issiqlik trassasini ta’mir qilishni hamda o‘tgan

isitish mavsumida aniqlangan isitish tizimlaridagi, issiq va sovuq suv ta’minoti va boshqa

muhandislik tizimlaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishi ko‘zda tutilgan.

Kalit so‘zlar: muhandislik tizimi, konstruksiya va qurilmalarini, texnik ekspluatatsiya,

sanitar-texnik tizimlar, me’yoriy temperature.

IMPROVEMENT OF THERMAL INSULATION PROCESSES OF BUILDINGS AND

CONSTRUCTIONS - PREPARATION FOR THE WINTER SEASON

Abstract. In the article, when drawing up a plan for preparing buildings and structures for

the winter season, first of all, the repair of heat supply sources, heat lines, and the elimination of

deficiencies and defects in heating systems, hot and cold water supply, and other engineering

systems identified during the previous heating season. provided for.

Key words: engineering system, construction and devices, technical operation, sanitary-

technical systems, standard temperature.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ТЕПЛИЗОЛЯЦИИ ЗДАНИЙ И

СООРУЖЕНИЙ – ПОДГОТОВКА К ЗИМНЕМУ СЕЗОНУ

Аннотация. В статье при составлении плана подготовки зданий и сооружений к

зимнему сезону в первую очередь производится ремонт источников теплоснабжения,

теплотрасс, а также недостатков и дефектов систем отопления, горячего и холодного

водоснабжения и других. инженерные системы, выявленные в течение последнего

отопительного сезона, подлежат ликвидации.

Ключевые слова: инженерные системы, конструкции и устройства, техническая

эксплуатация, санитарно-технические системы, нормативная температура.

KIRISH

Binolarni qish mavsumida muhandislik tizimi, konstruksiya va qurilmalarini texnik

ekspluatatsiya qilish borasida anchagina murakkab davr xisoblanadi. Bu davrda sanitar-texnik

tizimlar eng yuqori zo‘riqish bilan ishlaydi. Binolarning to‘siq konstruksiyalari o‘zgaruvchan

ishorali temperatura ta’sirida bo‘ladi, past temperaturada kuchli shamol yuklari xonalarni jadallik


background image



31-oktabr, 2024-Yil

91

bilan sovushiga sharoit yaratadi. Bu esa ma’lum sharoitlarda xonalardagi me’yoriy temperatura

namlik rejimini buzilishga olib keladi.

Binolarni qish mavsumiga tayyorlash rejasini tuzishda, birinchi navbatda issiqlik ta’minoti

manbalari, issiqlik trassasini ta’mir qilishni hamda o‘tgan isitish mavsumida aniqlangan isitish

tizimlaridagi, issiq va sovuq suv ta’minoti va boshqa muhandislik tizimlaridagi kamchilik va

nuqsonlarni bartaraf etishi ko‘zda tutish lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Turar-joy ekspluatatsiyasi shirkatlarining dispercherlik xizmatlari va shartnoma asosida

bino unsurlarining texnik ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xizmatlar binoga

o‘rnatilgan muxandislik-texnik tizimlari va tuzulmalarining aniqlashtirilgan sxemalariga ega

bo‘lishlari lozim [2].

Isitish mavsumi tamom bo‘lishi bilan kapital ta’mirlash talab qilmaydigan mahalliy

o‘txona va isitish tizimlari konservatsiya qilinishi lozim. Konservatsiya qiliishidan avval qozon

qurilmalarini yangi isitish mavsumida me’yoriy eksplutatsiya qilishini ta’minlovchi joriy

ta’mirlash bo‘yicha barcha ishlari bajarilishi lozim.

Shular bilan birga o‘txona va isitish tizimlarini konservatsiyadan chiqarish (isitish

mavsumi boshlanishiga ikki hafta qolganida) grafigi tasdiqlanadi. Gaz bilan ishlovchi

o‘txonalarning konservatsiyadan chiqarilish grafigi gaz xo‘jaligini eksplutatsiya qiluvchi

tashkilotlar bilan kelishiladi.

Ob’ektlarni qish mavsumiga tayyorlash grafiklarini tuzishda binolarni qish mavsumida

ekspluatatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rishning birinchi kunlaridanoq kuch va ashyoviy resurslarni

mas’uliyatliroq ish uchastkalariga ko‘proq diqqat markazida bo‘lishi uchun tayyorgarlik davrining

boshidayoq murakkab va og‘irroq tadbirlarni bajarilishi ko‘zda tutiladi.

Rejalarda shahar kommunikatsiyalari va issiqlik, gaz, suv ta’minotini tayyorlash

muddatini butun shahar ho‘jaligini tayyorligini hisobga olgan holda belgilangan muddatlarda

bo‘lishini ko‘rsatishi lozim. Bino barcha ta’mir-qurilish ishlari tugallangan hamda issiqlik, gaz va

suv ta’minoti manbalarini qish sharoitida ekspluatatsiya qilishni tayyorgarligi tugaganligidan

so‘ng qishga tayyor deb hisoblanadi [3].

Binoning qish mavsumiga tayyorlashda issiqlikdan samaralik bilan foydalanishni

ta’minlovchi isitish bo‘yicha chora tadbirlar, hamda issiq, sovuq suv va elektr quvvatini

tejamkorlik bilan sarflashni ko‘zda tutuvchi tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni bajarishda issiqlikning katta qismi binoning chordoq

qismida yo‘qotishlishini nazarda tutish lozim. Binolarni kuz-qish mavsumida ekspluatatsiya qilish


background image



31-oktabr, 2024-Yil

92

amaliyoti chordoq qismiga harorat va tashqi haroratning ayirmasi 20

o

S dan oshmasa, u holda

qorning erishi sodir bo‘lmaydi hamda muzlash va sumalak hosil bo‘lmaydi.

Tashqi havo va chordoq ichidagi havoning ayirmasi 20

o

S dan ko‘proq bo‘lgan holda

chordoq qismiga issiqlik berilishi manbaini, masalan chordoq orayopmasining issiqlik

izolyatsiyasi yetarli emasligi yoki yomon bo‘lishi; chordoq qismida joylashgan quvur

o‘tkazgichlar, havo yig‘uvchilar, kengaytiriluvchi baklar, shamollatish va kanalizatsiya ustunlari

va boshqalarni aniqlash zarur.

Bundan tashqari chordoq qismi shamollatilmasligi ham mumkin.

Isitishning qalinligini me’yoriy talabgacha oshirish; qo‘shimcha isitgich yengil keramzit,

meneral paxta, meneral tola va boshqalar tavsiya etiladi; qo‘shimcha og‘ir isitgich, masalan,

toshqolni,

loyiha

tashkiloti

tomonidan

tasdiqlangan

chordoq

orayopmasining

yuk

ko‘taruvchanligini

oldindan

hisoblamasdan

qo‘llashga

tavsiya

etilmaydi;

rulonli

gidroizolyatsiyaga almashtirish mumkin emas, chunki bunda orayopmaning shamollatilishi

buziladi. O‘tirib qolgan to‘kma isitgichni havolashtirish kerak (5 yilda bir marta). Zinapoya

xonasidan chordoq qismiga issiqlik o‘tmasligi uchun, uni izolyatsiya qilish lozim [4].

Quvur o‘tkazgich va shamollatish shaxtalarining issiqlik izolyatsiyasi atrof- muhitga

bo‘ladigan issiqlik yo‘qotilishini yo‘q qilish kerak.

Chordoq qismidan o‘tuvchi markaziy isitish va issiq suv ta’minoti quvur o‘tkazgichlarini

tekshirish yo‘li ko‘rik orqali amalga oshiriladi. Issiqlik izolyatsiyasida ochilib qolgan uchastkalar

va darzlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kengaytiruv baklari, havo to‘plagichlar, isitish tizimining

ochqichlari va boshqa shu kabilar ham izolyatsiya qilinishi kerak. Chordoq qismidan o‘tuvchi

kanalizatsiya ustunchalari quvurlarda hosil bo‘luvchi kondensat choklar orqali orayopmalarga

tushmasligi uchun kengaygan uchlari yuqoriga qaratilishi kerak va albatta qalinligi 6-7 sm bo‘lgan

mineral paxtadan iborat yengcha yoki qalinligi 10-15 sm toshqol solingan yog‘och o‘rama bilan

isitilishi kerak.

XULOSA VA MUNOZARA

Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ekpluatatsiya qilish, joriy ta’mirlash tizimlarini

tahlil qilib chiqdim. Ushbu tizimlar binolarni ishchi holatda ushlab turish uchun hayotiy zarur

bo‘lib, ular binolardagi aholini yashash sharoitini belgilaydigan, ularga har tomonlama qulayliklar

yaratadigan omillardan biridir. Yuqorida keltirilgan qulayliklar binolarni loyihalash davridayoq

hisobga olinib, eng yangi fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak.


background image



31-oktabr, 2024-Yil

93

REFERENCES

1.

Rahimov A. M. va boshqalar. Prefabrik temir-beton buyumlar ishlab chiqarishda betonning

qattiqlashishini tezlashtirish // Konferentsiya. – 2022. – B. 20-22.

2.

Razzoqov S. J., Xolmirzayev S. A., Ugli B. M. Quruq, issiq iqlim sharoitida siqilgan temir-

beton elementlarning yoriq hosil qilish kuchlarini hisoblash // Fan ramzi. – 2015. – Yoʻq. 3.

– 57-60-betlar.

3.

Mo‘minov K. K. va boshqalar. Quruq-issiq iqlim sharoitida beton-beton natijasidagi fizik

jarayonlar //International Journal of Human Computing Studies. – T. 3. – №. 2. – S. 1-6.

4.

Saidmamatov A. T. va boshqalar. Bir qator omillarni hisobga olgan holda optimallashtirish

muammosining matematik modeli //Evropa tadqiqotlarini rivojlantirish va barqarorlik

jurnali. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 1-2.

References

Rahimov A. M. va boshqalar. Prefabrik temir-beton buyumlar ishlab chiqarishda betonning qattiqlashishini tezlashtirish // Konferentsiya. – 2022. – B. 20-22.

Razzoqov S. J., Xolmirzayev S. A., Ugli B. M. Quruq, issiq iqlim sharoitida siqilgan temir-beton elementlarning yoriq hosil qilish kuchlarini hisoblash // Fan ramzi. – 2015. – Yoʻq. 3. – 57-60-betlar.

Mo‘minov K. K. va boshqalar. Quruq-issiq iqlim sharoitida beton-beton natijasidagi fizik jarayonlar //International Journal of Human Computing Studies. – T. 3. – №. 2. – S. 1-6.

Saidmamatov A. T. va boshqalar. Bir qator omillarni hisobga olgan holda optimallashtirish muammosining matematik modeli //Evropa tadqiqotlarini rivojlantirish va barqarorlik jurnali. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 1-2.