ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
69
BINOLAR YERTO‘LA DEVORLARINI ISSIQLIK IZOLYATSIYA QILISHNING
ENERGIYA SAMARADORLIGI
Saydaxmedova Zahroxon Rustam qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13899761
Annotatsiya.
Tezisda bugungi kunda qurilayotgan zamonaviy turar- joy binolarining
yerto‘la devorlari orqali issiqlikning yo‘qolishi, zamonaviy issiqlik izolyatsiya materialari,
yerto‘la devorlarini issiqlik izolyatsiyalash, yerto‘la devorlaridan yo‘qolayotgan issiqlikni
saqlash hisobiga energiya samaradorlikka erishish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqot ishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
tashqi to‘siq konstruksiyasi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik o‘zlashtirish.
ENERGY EFFICIENCY OF THERMAL INSULATION OF BASEMENT WALLS OF
BUILDINGS
Abstract.
The thesis deals with the issues of heat loss through the basement walls of modern
residential buildings being built today, modern heat insulation materials, heat insulation of the
basement walls, and achieving energy efficiency due to the storage of the heat lost from the
basement walls. scientific-research works are shown.
Key words:
external barrier construction, thermal conductivity, heat absorption.
ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕПЛИЗОЛЯЦИИ СТЕН ПОДВАЛА ЗДАНИЙ
Аннотация.
В диссертации рассмотрены теплопотери через подвальные стены
современных жилых домов, строящихся сегодня, современные теплоизоляционные
материалы, теплоизоляция подвальных стен, энергоэффективность за счет сохранения
тепла, теряемого из подвальных стен. и показаны исследовательские работы.
Ключевые
слова:
конструкция
внешнего
барьера,
теплопроводность,
теплопоглощение.
KIRISH
Yerto‘la devorlari − binoning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi hisoblanib, bevosita
binolar yerto‘lalarining tashqi to‘siq konstruksiyasi vazifasini ham bajaradi. Bugungi kunda uy-
joy qurilishi bozorida turar-joy binolariga bo‘lgan talabning ortishi binolarning sifat darajasi,
ularning ekspluatatsiya sharoitlari va binolarning energiya samaradorligiga bo‘lgan talabalarning
ortishiga sabab bo‘ldi.
ASOSIY QISM
Turar-joy binolarini yerto‘lali qilib qurish hisobiga qo‘shimcha (sport zali, avtoturargohlar
hamda jamoat binolarini) xonalarni joylashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Yerto‘la yoki sokol qavat
xonasida shinam mikroiqlim yaratish uchun uning tashqi to‘siq konstruksiyalari yetarli darajada
issiqlik izolyatsiya qilinishi zarur bo‘ladi.
Yer osti tashqi to‘siq konstruksiyalarini issiqlik izolyatsiya qatlami bilan himoyalashga
asosiy sabab, yer osti tashqi to‘siq konstruksiyalari orqali yo‘qolayotgan issiqlik miqdori, binodan
yo‘qolayotgan umumiy issiqlik miqdorining 20 % gacha bo‘lgan qismini tashkil etishidir [3].
Binoning yerto‘la devori grunt bilan hamda tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo‘lganda,
tashqi to‘siq konstruksiyaning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti λ va issiqlik o‘zlashtirish
koeffitsienti s muhim parametr hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
70
Ma’lumki, yerto‘laning devorlari og‘ir betondan tayyorlanadigan yig‘ma temirbeton
bloklar yoki monolit beton usulida barpo etiladi. Bu holatda to‘siq konstruksiya bir jinsli, bir
qatlamli to‘siq konstruksiya xisoblanadi. Bu esa yerto‘la devorlari orqali issiqlikning osongina
chiqib ketishiga imkon yaratadi. Quyida bir nechta materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanlik va
issiqlik o‘zlashtirish koeffitsientlarini taqqoslab ko‘ramiz [1].
1-jadval
Materialningnomi
Materialning
zichligi γ,
kg/m
3
Materialningissiqlik
o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti
λ, vt/m
0
S
Materialning issiqlik
o‘zlashtirish koeffitsienti S,
vt/m
20
S
A
B
A
B
1. Temirbeton
2500
1.92
2.04
17.98
18.95
2. Keramzitbeton
1800
0.8
0.92
10.5
12.33
3. Silikat g‘isht
1800
0.76
0.87
9.77
10.9
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, temirbeton konstruksiyalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik va
issiqlik o‘zlashtirish koeffitsientlari yaxshi emas. Shu sababli, yangi qurilayotgan hamda
ekspluatatsiya qilinayotgan binolarningerto‘la devorlari vaqt o‘tishi bilan yer osti suvlari va atrof-
muhitning agressiv ta’siri hisobiga namligi ortib ketadi va issiqlik yo‘qolishi ortadi. Ayniqsa,
sokol qavatda joylashgan hamda tashqi to‘siq konstruksiyasi tashqi muhit bilan bevosita aloqada
bo‘lgan xonalarning ichki sirtida namlikning ortishi natijasida sanitar-gigienik talablar ham
buziladi.
Bugungi kunda issiqlik izolyatsiya materiallarining juda ko‘plab turlari ishlab
chiqarilmoqda.
Yerto‘la devorlarini issiqlik izolyatsiyalashda esa ko‘p hollarda kengaytirilgan polistirolga
asoslangan materiallardan hamda biroz tolali materiallardan foydalanib amalga oshirilmoqda.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, bu kabi materiallarning samarasi pastroq. Bunga sabab
sifatida qo‘llanilayotgan issiqlik izolyatsiya materialining suv shimuvchanligi, o‘rnatishning
murakkabligi, ekspluatatsiya muddatining qisqaligini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Yerto‘la devorlarini issiqlik izolyatsiya qilishda qo‘llanilayotgan materiallar quyidagi
talablarni bajaradigan bo‘lsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin:
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerto‘la yoki sokol qavatning issiqlik izolyatsiyasi vazifasini bajarsa;
-
yerto‘la yoki sokol qavat tashqi devorlarini namlikdan himoya qilsa;
-
gidroizolyatsiyani mexanik shikastlanishlardan himoya qilsa [2].
Issiqlik izolyatsiya materialiga qo‘yiladigan talablardan yana biri grunt bosimiga chidamli
bo‘lishi talab etiladi. Turar-joy yerto‘la yoki sokol qavatning tashqi devorlarini grunt va grunt
suvlari bilan doimiy o‘zaro ta’sirda bo‘lish natijasida yuzaga kelgan ekstremal ish sharoitlarini,
shuningdek, sovuqdan gruntni muzlashi tufayli hosil bo‘ladigan va grunt bosimi tufayli yuzaga
keladigan mexanik yuklarni hisobga olgan holda, binolarning yer osti qismi konstruksiyalarini
issiqlik izolyatsiya qilish uchunekstrudirovka qilingan polistirol URSA XPS (PENOPLEX)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
71
plitalari eng samaralisi hisoblanadi.
XULOSA VA MUNOZARA
Dastlabki kuzatishlar natijasiga ko‘ra, qo‘llanilgan issiqlik izolyatsiya plitalari, qolgan
kengaytirilgan penopolistirol va tolali materiallarga nisbatan energiya samaradorlik ko‘rsatkichlari
yaxshi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tajriba-tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar davriy ravishda,
oldindan tuzilgan maxsus jadvallarda qayd etilib, statistik tahlil qilinib, umumlashtirilib
borilmoqda. Yerto‘la tashqi to‘siq konstruksiyasining qatlamlaridagi harorat o‘zgarishlari va
tajriba-tadqiqot sinov ishlari yoz va qish sharoitiga mo‘ljallangan bo‘lib, kuzatish ishlari hamda
sanoq ishlari davom etmoqda.
REFERENCES
1.
QMQ 2.01.04-18. Qurilish issiqlik texnikasi. Qurilish me’yorlari va qoidalari / O‘zR
Qurilish vazirligi; - Toshkent: 2018. – 30 b.
2.
E.S.Tulakov. Binolarning energiya samaradorlik injeneringi. O‘quv qo‘llanma. 2020 y.
3.
A.S.Qurbonov. “Turar-joy binolarining yer ostki qismining energiya tejamkorligini
oshirishning samarali yechimlari”«Nauka i obrazovanie v sovremennom mire:vыzovы XXI
veka»VIII Mejdunarodnoy nauchno- prakticheskoy konferensii; - Qozog‘iston 2021 y.
4.
www.ziyonet.uz
