ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
124
TURKIYANING GʼOʼZА EKILGАN MАYDONLАRIDА ILDIZ CHIRISH
KАSАLLIGINI QOʼZGʼАTUVCHI PАTOGEN ZАMBURUGʼLАRNI АNIQLАSH VА
ULАRGА QАRSHI FUNGITSIDLАRNI SАMАRАDORLIGINI OʼRGАNISH
Mamirov Shuxratjon Shavkatjon oʼgʼli
Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti, Oʼzbekiston.
Nux Boyraz
q.x.f.d., professor, Selchuk universiteti, Turkiya.
Xakimov Аlbert Аxmedovich
PhD, dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti, Oʼzbekiston.
Shomirzoyev Asliddin Avazovich
Mikrobiolog, “Agrolab O`HQ” MCHJ sinov laboratoriyasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13905864
Аnnotаtsiya.
Bu tajriba 2021 yil Turkiya Respublikasida paxta yetishtirish boʼyicha oldi
oʼrinlarda turuvchi Аydin viloyatining Soʼke tumanida ildiz chirish kasalligini qoʼzgʼatuvchi
zamburugʼ patogenlarini tarqalish darajalarini oʼrganish va bu patogenlarga qarshi bazi biologik
va kimyoviy preparatlarning dala iqlim sharoitida samaradorligini aniqlash maqsadida amalga
oshirildi. Kasallangan oʼsimlik namunalaridan amalga oshirilgan kulturalash natijasida
Rhizoctonia solani, Fusarium spp. Pythium spp. va Macrophomina phaseolina kabi patogenlar
ajratib olindi. Аjratib olingan patogenlar hududlar kesimida tarqalishi tadqiq qilinganda
Rhizoctonia solani, namuna olingan barcha dalalarda aniqlandi va 100% lik natija bilan eng koʼp
tarqalgan patogen ekanligi qayd etildi. Bu patogenlarga qarshi dala sharoitlarida 3 ta biologik
va 2 ta kimyoviy preparatlar sinab koʼrildi va eng yuqori samaradorlik Rizolex-T (75.17%),
Dynasty CST (68.21%), Subtilex Foliar (64.22%), T-22 Planter Box + ERS (61.56%) va T-22
Planter Box (60.71%) variantlaridan olingan.
Kalit soʼzlar:
gʼoʼza, biofungitsid, ildiz chirish, Trichoderma harzianum, Bacillus subtilis,
Glomus spp.
DETERMINATION OF PATHOGENIC FUNGI CAUSING ROOT ROT DISEASE IN
COTTON CULTIVATED AREAS OF TURKEY AND STUDYING THE
EFFECTIVENESS OF FUNGICIDES AGAINST THEM
Abstract.
This experiment was carried out in 2021 in order to study the prevalence levels
of fungal pathogens that cause root rot disease in Soke district of Aydin province, which is the
leading cotton producer in the Republic of Turkey, and to determine the effectiveness of some
biological and chemical preparations against these pathogens in field climate conditions.
Rhizoctonia solani, Fusarium spp. Pythium spp. and pathogens such as Macrophomina phaseolina
were isolated. When the distribution of the isolated pathogens was studied in the region,
Rhizoctonia solani was detected in all sampled fields and it was noted that it was the most common
pathogen with a 100% result. 3 biological and 2 chemical preparations were tested against these
pathogens under field conditions and the highest efficacy was Rizolex-T (75.17%), Dynasty CST
(68.21%), Subtilex Foliar (64.22%), T-22 Planter Box + ERS (61.56 %) and T-22 Planter Box
(60.71%) variants.
Key words:
cotton, biofungicide, root rot, Trichoderma harzianum, Bacillus subtilis,
Glomus spp.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
125
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПАТОГЕННЫХ ГРИБОВ, ВЫЗЫВАЮЩИХ КОРНЕВЫЕ ГНИЛИ
НА ХЛОПКОВЫХ ЗОНАХ ТУРЦИИ И ИЗУЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ФУНГИЦИДОВ ПРОТИВ НИХ
Аннотация.
Данный эксперимент был проведен в 2021 году в районе Соке провинции
Айдын, который является ведущим производителем хлопка в Турецкой Республике, с целью
изучения уровня распространенности грибковых возбудителей, вызывающих заболевания
корневых гнилей, и определения эффективности некоторых из них. биологические и
химические препараты против этих возбудителей в полевых климатических условиях.
Rhizoctonia solani, Fusarium spp. виды Pythium. и были выделены такие патогены, как
Macrophominaphaseolina. При изучении распространения выделенных возбудителей в
регионе на всех пробных полях была обнаружена Rhizoctonia solani и отмечено, что это
наиболее распространенный возбудитель со 100% результатом. Против этих
возбудителей в полевых условиях испытывали 3 биологических и 2 химических препарата,
наибольшую эффективность имели Ризолекс-Т (75,17%), Династия ЦСТ (68,21%),
Субтилекс Фолиар (64,22%), Т-22 Planter Box+ERS (61,56). %) и варианты «Ящик для
цветов Т-22» (60,71%).
Ключевые слова:
хлопок, биофунгицид, корневая гниль, Trichoderma harzianum,
Bacillus subtilis, Glomus spp.
Kirish.
Dunyoda gʼoʼza (
Gossypium hirsitum
L.) yetishtirish, 2020-yil maʼlumotlariga koʼra 34.8
mln ga ni tashkil etgan, tola yetishtirish miqdori esa 25.9 mln tonnaga yetganligi maʼlum
boʼlmoqda [17]. Paxta tolasi tekstil sanoatida, chigiti bilan moy sanoatida, ikkilamchi mahsulotlari
bilan chorvachilik sektorida, eksporti bilan esa tashqi savdoda juda ham muhim ahamiyatga ega
boʼlgan sanoat ekini hisoblanadi [16].
Turkiya milliy paxta kengashi (UPK-Ulusal Pamuk Konseyi) ning maʼlumotlariga koʼra
(2020), Turkiya 359.000 ming gektar paxta ekin maydoni bilan dunyoda ulushi boʼyicha 11-
oʼrinda, paxta xom ashyosi bilan esa (1 million 774 ming tonna paxta xom ashyosi, 751 ming tonna
paxta tolasi) 7-oʼrindan joy olgani qayd etilgan [17]. Turkiya Statistika boʼlimining (TÜİK)
maʼlumotlari (2020) oʼrganib chiqilganida, Turkiyada yetishtirilayotgan paxtaning 84% ini asosan
6 ta viloyat beradi va bu viloyatlar mos ravishda, Shanliurfa - 37%, Аydin - 11%, Diyarbakir -
11%, Xatay - 10%, Аdana - 9% va Izmir - 6% hisoblanadi. Uzoq yillardan beri paxta yetishtirib
kelinayotgan Аydin viloyatida 2021 yilgi paxta ekish maydonlari 47.687 gektarga yetgani
keltirilgan [4].
Gʼoʼzada bugungi kunga qadar bilingan jami 20 xil zamburugʼ va bakterial kasalliklar
mavjud [12]. Bulardan eng muximlari, sistemik harakterli gʼoʼza kasalliklari (Verticillium va
Fusarium) va dunyoda eng taxlikali kasallik sifatida bilingan ildiz chirish kasalligi
qoʼzgʼatuvchilari (
Rhizoctonia solani
,
Pythium
spp.,
Fusarium
spp.,
Thielaviopsis basicola
,
Alternaria
spp.,
Aspergillus
spp.) paxta yetishtirishda muxim ekonomik zararlarga sabab boʼlishi
bildirilgan [18].
Gʼoʼzada ildiz chirish kasalliklari birinchi marta 1892 yilida Аtkinson tarafidan aniqlangan
[7]. Dunyo miqyosida oʼrganilganda, kasallikga sabab boʼluvchi asosiy 4 qoʼzgʼatuvchi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
126
mavjudligi maʼlum boʼladi. Ular quyidagilardir:
Rhizoctonia solani
Kühn (teleomorph
Thanatephorus
cucumeris
(A.B. Frank) Donk),
Fusarium
spp.,
Pythium
spp. va
Thielaviopsis
basicola
[14, 2]. Аsosiysi
R. solani
paxta ekilgan har yerda unishdan keyingi ildiz chirish kasalligi
sifatida koʼp tarqalgan bir tuproq patogenidir [9].
Turkiyada amalga oshirilgan tajribalar oʼrganib chiqilganida, eng koʼp tarqalgan va
gʼoʼzadagi eng jiddiy zamburugʼ kasallik qoʼzgʼatuvchi
Rhizoctonia
spp. ekanligi aniqlangan,
qolgan qoʼzgʼatuvchilar esa tanlangan yer va yillarga koʼra oʼzgarib turadi va ular quyidagilardir:
Pythium
spp.,
Fusarium
spp.,
Alternaria
spp.,
Colletotrichum
spp.,
Thielaviopsis basicola
[10].
Gʼoʼzada ildiz chirish kasalliklarini oldini olish maqsadida soʼngi yillarda dunyoda va
Turkiyada juda koʼp izlanishlar amalga oshirilgan. Misol tariqasida, Gʼoʼzada ildiz chirish kasaligi
patogenlariga qarshi
Trichoderma harzianum
va
T. Hamatum
antagonistlaridan foydalangan holda
tajribalar amalga oshirilgan. Tajriba natijalariga koʼra, har ikki antagonist
Fusarium oxysporum
ga
oʼrtacha 78.8%;
Pythium debaryanum
ga esa yuqori samaradorlikni koʼrsatgan,
Bacillus
spp.
bakteriya kulturasi bilan ildiz chirish kasallik qoʼzgʼatuvchisi
R. solani
ga qarshi amalga oshirilgan
tajribada, nazorat variantida 5% miqdorda sogʼlom nihollar kuzatilgan.
Bacillus cereus
kulturasi
bilan ishlov berilgan chigitlar ekilganda esa 85% lik natija bilan sogʼlom nihollar qoʼlga kiritilgan
[11].
Oʼsimliklarni kimyoviy himoya qilishda Turkiyaning Soʼke tumanida amalga oshirilgan
tajribalarda, bir nechta fungitsid va fungitsid kombinatsiyalarini ildiz chirish kasalligi
qoʼzgʼatuvchilariga qarshi sinab koʼrilib, ularning samaradorligi oʼrganilgan. Tajriba natijasida,
kasallikga qarshi Fludioxinil + Metalxyl-M preparatidan eng yuqori natija olingan [13]. Xuddi shu
hududda amalga oshirilgan boshqa bir tajribada, ildiz chirish kasallik qoʼzgʼatuvchi patogenlariga
qarshi bir nechta kimyoviy va biologik preparatlarning taʼsiri oʼrganilgan. Dala sharoitida amalga
oshirilgan bu tajribada kasallik qoʼzgʼatuvchilariga qarshi taʼsir etuvchi moddasi Pyflufen boʼlgan
kimyoviy preparat eng samarali ekanligi maʼlum qilingan [3].
Аvvalgi tajribalarni ham hisobga olgan holda, Аydin viloyati Soʼke tumanining gʼoʼza ekin
maydonlarida uchraydigan ildiz chirish kasallik qoʼzgʼatuvchilarining tarqalish darajalarini
aniqlash va dala sharoitida kasallik qoʼzgʼatuvchilarga qarshi ayrim kimyoviy fungitsidlar bilan
bir qatorda biologik preparatlarning ham samaradorligini aniqlash maqsad qilib belgilandi.
Tadqiqot materiallari va usullari
Bu tajribadagi asosiy obʼekt Аydin viloyatining Soʼke tumanida 2021 yilida gʼoʼza ekinlari
ekilgan maydonlardagi kasallik belgilari qayd etilgan nihollar boʼldi.
Tajriba, Аydin viloyati Soʼke tumanining Oʼzbashi qishlogʼida uzoq vaqtlardan beri gʼoʼza
ekilib kelinayotgan va kasallik qoʼzgʼatuvchilari koʼp tarqalganligi qayd etilgan 9 gektarlik
maydonning 1 gektarida amalga oshirildi. Tajribada viloyatga mosligi aniqlangan va hosildorligi
yuqori boʼlgan Milet paxta navidan foydalanildi. Chigitning unuvchanligi: 86% va 1000 dona
chigit vazni 100 g deb belgilangan.
1-jadval.
Tajribada foydalanilgan preparatlar, taʼsir etuvchi moddalari va sarf meʼyorlari
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
127
Nomi
Ishlab
chiqaruvchi
Taʼsir etuvchi modda nomi va miqdori Form.
Sarf
meʼyori
(100 kg
chigitga)
Dynasty CST
Syngenta
Azoxystrobin 75 г/л + Metalaxyl-M 37.5
g/l +
Fludioxonil 12.5 g/l
SK
250 ml
Rizolex-T
Sumi Agro
Thiram 30% + Tolclofosmethyl 20%
NK
300-350
g
T-22 Planter
Box
Bioglobal
Trichoderma harzianum
Rifai KRL-AG2
NK
750 g
Subtilex
Foliar
Bioglobal
Bacillus subtilis
Strain MBI 600
SEK
25 g
ERS*
Bioglobal
Жами тирик организмлар:
1x104 khqb/g.
Glomus intraradices,
Glomus aggregatum, Glomus mosseage,
Glomus clarum, Glomus monosporus,
Glomus deserticola, Glomus brasilianum,
Glomus etunicatum, Gigaspora
margarita
SEK
250-500
g
Bu yerda: (*) ERS (Endo Roots Soluble)-Mikorizya zamburugʼlari, T-22 Planter Box va
Subtilex Foliar-biologik preparatlar, Dynasty CST va Rizolex-T-kimyoviy preparatlar; SK-suyuq
kontsentrat; NK-namlanuvchi kukun; SEK-suvda eruvchan kukun.
Аydin viloyati Soʼke tumanining avvalgi yillarda kasallik belgilarining koʼp qayd etilgan
9 ta hududida (Sarikamer, Gullubaxche, Sazlikoʼy, Аrgavli, Аkchakonak, Bagʼarasi, Oʼzbashi,
Serchin va Markaz) 2021-yilda tajriba usullaridan foydalanib, jami 100 ta kasal nihollar toʼplandi.
Toʼplangan namunalar Konya Selchuk universiteti Oʼsimliklarni himoya qilish kafedrasi
laboratoriyasiga olib kelinib, PDA (KDА) ozuqa muhitida kulturalash ishlari amalga oshirildi.
Аjratilgan patogenlarni hududlar kesimida mavjudligi va tarqalish darajalari aniqlandi.
Dala tajribalari
, 2021 yili Soʼke tumanidagi Oʼzbashi qishlogʼida 17 yildan buyon gʼoʼza
ekini ekib kelinayotgan, ob-havoning bulutli va seryogʼin boʼlgan yillarida ildiz chirish kasalligi
sabab, buzilib qaytadan ekish ishlari amalga oshirilgan bir konturda 29.04.2021 kunida qoʼyildi.
Dala tajribalari 6 variantli (3 ta biologik preparat, 2 ta kimyoviy preparat va 1 nazorat
varianti) va 4 qaytariq shaklda amalga oshirildi. Tajribada har bir variant uchun 480 dona chigit
hisob qilindi va jami 2.880 dona = 288 g chigit ekildi. Gʼoʼzadagi ildiz chirish kasalligi
patogenlariga qarshi biologik va kimyoviy preparatlarni samaradorligini aniqlash chigitni dorilash
usuli yordamida amalga oshirildi.
Ob havo maʼlumotlari:
Tajriba davomida, chigit ekilgan kundan boshlab 45 kun
mobaynida tuproqning 10-12 sm chuqurligidagi harorat, kunlik hisob boʼyicha eng past va eng
yuqori harorat darajalari oʼlchanib yozib borildi. 2021 yil Turkiya Gidrometeorologiya
markazidan olingan maʼlumotlarga koʼra, dala tajribalari qoʼyilgan kundan boshlab, gʼoʼzaning
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
128
45 kunlik davriga qadar boʼlgan muddatda kunlik oʼrtacha tuproq harorati 19-33ºC, eng past havo
xarorati 10.3-21.2ºC, eng yuqori havo xarorati esa 24.3-34ºC oraligʼida ekanligi keltirilgan.
Oʼrtacha havo harorati esa 18.5-29.3ºC oraligʼida boʼlgan.
Kasallangan nihollarni hisobga olish:
Unib chiqqan nihollar 2 marotaba (ekishdan keyin
15- va 30- kunlarida) hisobga olindi. Hisobga olish ishlari ekilgan chigitlarning unib chiqishi va
sogʼlom holatda rivojlanishini inobatga olgan holda amalga oshirildi.
Tajribalar natijasida olingan barcha maʼlumotlar IBM SPSS Statistics dasturidan (Version
26.0 Property of SPSS Inc., IPM Company. USA) foydalangan holda aniqlanadi. Natijalar bir
tomonlama Varyans analizi (ANOVA) usuli yordamida, oʼrtachalar orasidagi muhim farqliliklar
yaʼni EKF esa Duncan (p<0,05) taqqoslash testidan foydalanib taqqoslandi. Natijalar 0,95%
ishonchlilik oraligʼi bilan amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari. Аydin viloyati Soʼke tumanidagi muhim ahamiyatli gʼoʼza dalalaridan
toʼplangan kasallangan gʼoʼza nihollaridan nam kamera usuli orqali kulturalash natijasida
R.
solani, Fusarium
spp.,
Pythium
spp. va
Macrophomina phaseolinia
kabi zamburugʼ
qoʼzgʼatuvchilari ajratib olindi.
2-jadval.
Kulturalash natijasida ajratilgan kasallik qoʼzgʼatuvchi zamburugʼlarning hududlar
kesimida mavjudligi va tarqalish darajalari (%)
№
Namuna
olingan
hudud
Rhizoctonia
solani
Fusarium
spp.
Pythium
spp.
Mactophomina
phaseolina
1
Soʼke/Sarchin
+
+
2
Soʼke/Sarikemer
+
+
3
Soʼke/Gullubaxche
+
4
Soʼke/Oʼzbashi
+
+
5
Soʼke/Oʼzbashi *
+
+
+
6
Soʼke/Merkez
+
7
Soʼke/Sazlikoʼy
+
+
8
Soʼke/Аrgavli
+
+
9
Soʼke/Gullubahche
+
+
10
Soʼke/Gullubahche
+
+
11
Soʼke/Аkchakonak
+
+
12
Soʼke/Bagʼarasi
+
+
Tarqalish darajasi
(%)
100
66.67
16.67
8.33
(*) Urugʼlik (chigit) namunasi
3-jadval.
Kulturalash natijasida ajratib olingan kasallik qoʼzgʼatuvchi patogenlar va ularning
miqdori
№ Patogenlar
Patogenlar soni
Patogenlar miqdori (%)
1
Rhizoctonia solani
12
52.17
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
129
2
Fusarium
spp.
8
34.78
3
Pythium
spp.
2
8.69
4
Mactophomina phaseolina
1
4.34
Jami:
23
100
Kulturalash natijasida ajratilgan zamburugʼ qoʼzgʼatuvchilari hududlar kesimidagi
tarqalishi oʼrganilganda
R. solani
patogeni namuna olingan barcha dalalarda qayd etildi va 100%
lik natija bilan eng koʼp tarqalgan patogen eganligi aniqlandi.
R. solani
patogenidan soʼng tarqalish
boʼyicha, mos ravishda
Fusarium
spp. 66.67%,
Pythium
spp. 16.67% va
Macrophomina
phaseolina
esa 8.33% patogenlari namoyon etdi (2-jadval). Аjratib olingan kulturalarning
zichliklariga qarab oʼrganilganda esa barcha izolyatlarning 52.17% ini R
. solani,
34.78% ini
Fusarium
spp., 8.69% ini
Pythium
spp. va 4.34% ini esa
M. phaseolinia
patogen zamburugʼlari
tashkil etganligi aniqlandi (3-jadval).
2006 yili Soʼke tumanida amalga oshirilgan oʼxshash bir tajribada [3], kuzatish usuli orqali
kasallik belgilari qayd etilgan 42 ta gʼoʼza nihollari toʼplangan va patogenlarni ajratish ishlari
amalga oshirgan, natijada mos ravishda 80.95%
R. solani
, 4.76%
Fusarium
spp., 9.52%
Pythium
spp., 4.76%
Aspergillus
spp., patogenlari ajratib olingan. 2007 yilda ham takrorlangan xuddi shu
tajribada 42 ta kasallangan nihollarning 84.61%
R. solani
, 7.69%
Pythium
, 3.84%
Macrophomina
spp. va 3.84%
Fusarium
spp. patogenlari ekanligi maʼlum qilingan. Turkiyada amalga oshirilgan
boshqa tajribalar ham inobatga olinganda, eng koʼp tarqalgan va eng jiddiy zarar beruvchi ildiz
chirish kasalligi qoʼzgʼatuvchisi
R. solani
ekanligi qolgan patogenlarni esa ekilgan maydon va
yilga qarab oʼzgarishi maʼlum qilingan [5, 10, 15].
Soʼkeda qoʼyilgan dala tajribalarimizda ildiz qismi chirigan nihollarni sanash ishlari chigit
ekilgan kunidan keyin 15 va 30 - kunlarida har qaytariqda amalga oshirildi. Olingan maʼlumotlar
va statistika analizlari 4-jadvalda berilgan.
Hisobga olish natijalarini baholashda, unib chiqishdan oldingi ildiz chirishlar 1-hisobga
natijalariga qarab, sogʼlom oʼsimliklar soni esa 2-hisobga olish natijalariga qarab aniqlandi (5-
jadval).
Dala tajribalarining 1-hisobga olish natijalari statistik tahlil qilinganda, unib chiqishdan
oldingi ildiz chirishning eng yuqori koʼrsatkichi 44.49% ekanligi nazorat variantida qayd etilib, А
guruhidan joy oldi (5-jadval). Qolgan preparatlar navbati bilan T- 22 Planter Box (
Trichoderma
harzianum
Rifai KRL-AG2) + ERS (
Glomus
spp. va
Gigaspora
spp.) biologik aralashmasida
37.16% koʼrsatkich bilan AB guruhidan, T-22 Planter Box (
Trichoderma harzianum
Rifai KRL-
AG2) biologik preparatini bir oʼzini qoʼllanilgan variantida 36.25% va Subtilex Foliar (
Bacillus
subtilis
) Strain MBI 600) preparatida esa 33.77% koʼrsatkich bilan bir xil ABC guruhidan joy
olgani aniqlandi (5-jadval).
4-jadval.
Bazi kimyoviy va biologik fungitsidlarning ildiz chirish kasalliklariga qarshi
tasirchanliklari
Variantlar
Qaytariqlar
1-sanash
(13.05.2021)
2-sanash
(28.05.2021
)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
130
Jami
urug’
soni
Chiqmagan
o’simliklar
Chiqishdan
oldingi ildiz
cherish (%)
Sog’lom
o’simliklar
soni
Sog’lom
o’simliklar
(%)
Dynasty
CST
I
413
185
44.79
205
49.63
II
413
84
20.33
309
74.81
III
413
104
25.18
288
69.73
IV
413
67
16.22
325
78.69
O’rtacha
413
110
26.63
281.75
68.21
Rizolex-T
I
413
54
13.07
339
82.08
II
413
78
18.88
323
78.20
III
413
87
21.06
310
75.06
IV
413
127
30.75
270
65.37
O’rtacha
413
86.5
20.94
310.50
75.17
T-22
Planter Box
I
413
129
31.23
275
66.58
II
413
132
31.96
270
65.37
III
413
131
31.71
268
64.89
IV
413
207
50.12
190
46.00
O’rtacha
413
149.75
36.25
250.75
60.71
Subtilex
Foliar
I
413
140
33.89
260
62.95
II
413
116
28.08
293
70.94
III
413
123
29.78
287
69.49
IV
413
179
43.34
221
53.51
O’rtacha
413
139.5
33.77
265.25
64.22
T-22
Planter Box
+ ERS
I
413
158
38.25
249
60.29
II
413
200
48.42
209
50.60
III
413
93
22.51
314
76.02
IV
413
163
39.46
245
59.32
O’rtacha
413
153.5
37.16
254.25
61.56
Nazorat
varianti
I
413
129
31.23
252
61.01
II
413
187
45.27
200
48.42
III
413
202
48.91
184
44.55
IV
413
217
52.54
169
40.92
O’rtacha
413
183.75
44.49
201.25
48.72
5-jadval.
Dala tajribalarining unib chiqishdan avvalgi ildiz chirish kasalligini va sogʼlom
oʼsimliklarning taqqoslash (Duncan) tahlili natijalari
Variantlar *
Unib chiqishdan oldingi chirish
%
Sogʼlom oʼsimliklar
%
Dynasty CST
26.63
BC
68.21
A
Rizolex-T
20.94
C
75.17
A
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
131
T-22 Planter Box
36.25
ABC
60.71
AB
Subtilex Foliar
33.77
ABC
64.22
AB
T-22 Planter Box + ERS
37.16
AB
61.56
AB
Nazorat varianti
44.49
A
48.72
B
(*) Toʼrt qaytariq o’rtachasi. (p<0,05).
Dala tajribalarida sogʼlom oʼsimliklar miqdori oʼrganilganda eng koʼp sogʼlom oʼsimliklar
soni 75.17% koʼrsatkich bilan Rizolex T (Thiram 30% + Tolclofos-methyl 20%) kimyoviy
preparati qoʼllanilgan variantlarda qayd etildi. Dynasty CST (Azoxystrobin 75 g/l + Metalaxyl-M
37.5 g/l + Fludioxonil 12.5 g/l) kimyoviy preparati esa 68.21% koʼrsatkich bilan Rizolex T
preparatiga yaqin samaradorlik qayd etdi va bir guruxdan joy oldi. 5-jadvalga qaralganda, Subtilex
Foliar biologik preparati qoʼllanilgan variantda 64.22% sogʼlom nihollar qayd etilib, T-22 Planter
Box + ERS biologik preparati aralashmasida esa 61.56% miqdorda sogʼlom oʼsimlik mavjudligi
aniqlandi. T-22 Planter Box biologik preparatining faqat oʼzini qoʼllanilgan variantda esa bu
koʼrsatkich 60.71% ni tashkil etdi. Preparat qoʼllanilmagan nazorat variantida esa sogʼlom
oʼsimliklar miqdori 48.72% ga teng boʼldi (5-jadval).
Dunyoda gʼoʼzadagi ildiz chirish kasalliklariga qarshi bir nechta tajribalar amalga
oshirilgan. Misol uchun, Isroil davlatida amalga oshirilgan bir tajribada,
T. harzianum
antagonistini gʼoʼza ildiz chirish kasalligi patogenlariga qarshi urugʼni dorilash yoʼli orqali amalga
oshirilgan tajribasida
R. solani
patogeni miqdorini kamaytirgani aniqlangan [6]. Boshqa bir
tajribada,
T. harzianum
va
T. hamatum
zamburugʼlari gʼoʼzada ildiz chirish kasalligiga sabab
boʼluvchi
Fusarium oxysporum
patogeniga qarshi 78.8% samaradorlikni,
Pythium debaryanum
patogeniga qarshi esa yuqori darajada taʼsir koʼrsatganligi aniqlangan [1].
Ildiz chirish kasalligiga qarshi kimyoviy kurash boʼyicha Braziliyada amalga oshirilgan
tajribada, gʼoʼzada ildiz chirish kasalligiga sabab boʼluvchi
R. solani
patogeniga qarshi bir nechta
fungitsidlar sinab koʼrilgan. Natijada nihollar unib chiqishidan keyingi ildiz chirish kasalligiga
qarshi eng yaxshi natijalar Tolylfluanid + Pencycuron + Triadimenol va Azoxystrobin +
Fludioxonil + Mefenoxam variantlarida 88.5% gacha miqdorda sogʼlom oʼsimliklar olingan. Eng
past koʼrsatkich Carbendazim + Thiram variantlarida qayd etilib, 66.5% miqdorda sogʼlom
oʼsimliklar olingan [8].
Turkiyada gʼoʼzada ildiz chirish kasalliklariga qarshi ruxsat etilgan Azoxystrobin +
Metalaxyl-M + Fludioxonil (Dynasty CST), Fludioxonil + Metalaxyl-M (Maxim XL) va Carboxin
+ Thiram (Mitafax) kabi fungitsidlar bilan urugʼlarni dorilash tavsiya etilmoqda.
Xulosa
-
Turkiyada gʼoʼza ildiz chirish kasalliklariga qarshi biologik va kimyoviy preparatlarning
samaradorligini aniqlash hamda gʼoʼza oʼsimligining rivojlanishini kuzatib borish maqsadida
amalga oshirilgan dala tajribamizda ijobiy natijalar qayd etildi.
-
Gʼoʼza ekin maydonlarida amalga oshirilgan fenologik kuzatuvlar natijasida, nihol ildiz
chirish kasalliklari ichida eng jiddiy zarar beradigan patogenlar
R. solani
va
Fusarium
spp. ekanligi
maʼlum boʼldi. Shu bilan birga tumanda amalga oshirilgan boshqa tajribalarni ham hisobga olib,
Fusarium
spp. patogenini avvalgi yillarga qaraganda keskin koʼpayganligi aniqlandi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
132
-
Tajribada foydalanilgan biologik preparatlardan Subtilex Foliar (
Bacillus subtilis
Strain
MBI 600) nomli biofungitsid qolgan biofungitsidlarga qaraganda yuqori samaradorlikka ega
ekanligi va bu mavzuda yanada chuqurroq tadqiqotlar amalga oshirilishi lozimligi koʼzda tutildi.
-
Shuningdek, T-22 Planter Box (
Trichoderma harzianum
Rifai KRLAG2) biofungitsidini
faqat oʼzini emas, balki ERS (
Glomus
spp. va
Gigaspora
spp.) mikoriza zamburugʼlari bilan
birgalikda aralashtirib qoʼllanilganda, ularning samaradorligi yanada yuqoriroq boʼlganligini
koʼrsatdi. Bundan tashqari, bu mikoriza zamburugʼlari chigitlarning unuvchanligini orttirganligi
va yosh nihollarni rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatishi maʼlum boʼldi.
-
Dala tajribalarimizda foydalanilgan kimyoviy preparatlardan Rizolex-T (Thiram +
Tolclofos-methyl) va Dynasty CST (Azoxystrobin + Metalaxyl-M + Fludioxonil) preparatlarining
qolgan biologik preparatlarga nisbatan samaradorligi yuqoriroq ekanligi qayd etildi.
-
Shuni taʼkidlab oʼtish lozimki, tajribamiz natijalari asosida, urugʼni dorilashda
foydalanilgan biologik preparatlardan tuproq fitopatogen zamburugʼlariga qarshi ijobiy natijalar
olindi va kelajakda bu biologik fungitsidlar kimyoviy vositalarga muqfobil boʼla olishini koʼrsatdi.
REFERENCES
1.
Abo-Elyousr, K.A.M., Hashem, B.M., Ali, E.H. (2009). Integrated control of cotton root
rot disease by mixing fungal biocontrol agents ve resistance inducers. Crop Protection 28:
295-301.
2.
Agrios, G.N. (1998). Plant Pathology, Third Edition, Academic Pres inc., XVI+803 pp.,
San Diego.
3.
Akpınar, M.Ö. (2008). Pamukta Fide Kök Çürüklüğü Etmenlerine Karşı Bazı Biyolojik
Preparatların Etkinliğinin saptanması, Yüksek Lisans Tezi, Adnan Menderes Üniversitesi
(Basılmamış), 78s. Aydın.
4.
Anonim,
(2020b).
TUİK
Türkiye
İsatatistik
Kurumu.
https://biruni.tuik.gov.tr/medas/?kn=92&locale=tr. Foydalanilgan sana: 07.04.2021.
5.
Demir, G., Karcılıoğlu, A., Onan, E. (1999). Protection of cotton plants againts damping-
off disease with rhizobacteria.J. Turkish. Phytopath., 28(3), 111-118.
6.
Elad, Y., Chet, I., Katan, J. (1980).
Trichoderma harzianum
: A biocontrol agent effective
against
Sclerotium rolfsii
ve
Rhizoctonia solani
, The American Phytopathological Society
№ 2, 119-121.
7.
Fulton, N.D. Bollenbacher, K. (1958). Pathogenicity of Fungi Isolated from Diseases
Cotton Seedlings, Phytopathology 48: 343 (Abs).
8.
Goulart, A.C.P. (2008). Effect of cotton seed treatment with fungicides in the control of
Rhizoctonia solani
seedling damping-off under greenhouse conditions. Tropical Plant
Pathology, vol. 33, 5, 394-398.
9.
Hillocks, R.J. (1997). Cotton ve Tropical Fibresin Soilborne Diseases of Tropical Crops
eds R.J. Hillocks ve J.M. Waller, CAB International, 303-329.
10.
Karcılıoğlu, A. (1976). Gediz Havzasında Pamuklarda Çökerten Yapan Fungal Etmenler,
Zarar Derecesi ve Patojenisteleri Üzerinde Araştırmalar. Ege Üniversitesi, Ziraat Fakültesi
Doktora Tezi (Basılmamış), 76s., İzmir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
133
11.
Mohammad, A.K., Moawad R.O., Kamel A.A.E., Aly A.E. (2014). Bacillusbased
biological control of cotton seedling disease complex, J. of Plant Protection Research., №:
4, 340-348.
12.
Nemli, T., 2003. Pamuk Hastalıkları ve Savaşım Yöntemleri. Pamukta Eğitim Semineri, s.
103-111, İzmir.
13.
Nemli, T., Sayar, İ. (2002). Aydın Söke Yöresinde Pamuk Hastalıklarının Yaygınlığı,
Etmenlerinin ve Önleme Olanaklarının Araştırılması. Proje No: TARP-2535, V+57
TÜBİTAK-Ankara.
14.
Rothrock, C.S., Buchanan, M.S. (2017). The seedling disease complex on cotton. In: Seeds
ve Seedlings in Cotton.K. R. Reddy ve D.M. Oosterhuis, eds. Cotton Physiology Book
Series, National Cotton Council of America. (In press).
15.
Saydam, C., Qureshi, S.H. (1979). The Effect of Nutrition ve Inoculum Density of
Rhizoctonia solani Kuhn. On Damping off of Cotton Seedlings, J. Turkish Phytopathology
8: 2-3, 101-106.
16.
Temiz, M.G., Kurt, F., Öztürk, F. (2016). Combining Ability For Yield ve Fiber Quality
Properties In A 7×7 Half-Diallel Cotton (
Gossypium
ssp.) Population. FEB Fresenius
Environmental Bulletin, Vol 25-0: 12a p: 6120-6123.
17.
Tokel, D. (2021). Dünya Pamuk Tarımı ve Ekonomiye Katkısı, MANAS Sosyal
Araştırmalar Dergisi, 10(2), 1022-1037.
18.
Yılmaz, Ö. (2009). Pamuk Alanlarında Çökertene Yol Açan Patojenlere Karşı Bazı
İlaçların Etkinliğinin Saptanması. Ege Üniversitesi Fen Bilimleri Enstitüsü, Yüksek Lisans
Tezi (Basılmamış), İzmir.
19.
Khakimov A.A., Utaganov S.B., Omonlikov A.U. Current status and prospects of the use
of biofungicides against plant diseases. GSC Biological and Pharmaceutical Sciences,
2020, 13(03), 119-126
https://doi.org/10.30574/gscbps.2020.13.3.0403
20.
Khakimov A., Salakhutdinov I., Omolikov A., Utaganov S. Traditional and current-
prospective methods of agricultural plant diseases detection: A review. 3rd International
Conference on Agriculture and Bio-industry (ICAGRI 2021), Banda Aceh, Indonesia, 13-
14 October 2021. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2022, 951(1),
012002. doi:10.1088/1755-1315/951/1/012002
21.
Mamiev M.S., Khakimov A.A., Zuparov M.A., Rakhmonov U.N. Effectiveness of
different fungicides in controlling botrytis grey mould of tomato. 1st International
Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020” (ICECAE 2020), 14-
16 October 2020, Tashkent, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural
Mechanization Engineers (TIIAME).
22.
Zuparov M.A., Khakimov A.A., Mamiev M.S., Allayarov A.N. In vitro efficacy testing of
fungicides on Botrytis cinerea causing gray mold of tomato. International Journal on
Emerging Technologies, 2020, 11(5), pp. 50-55.
23.
Allayarov A.N., Abdurakhmonova S.B., Khakimov A.A. The spread of alternaria leaf spot
disease in cabbage vegetable plants, its damages and the efficacy of fungicides used against
them. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 2019, 4(2), pp.
118-122.
