Authors

  • Alisher Kurbanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43784

Abstract

The thesis examines some basic concepts of the organization of accounting of budget organizations and its management.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJET MABLAG`LARI AYLANMASINING

MOHIYATI

Kurbanov Alisher Allanazarovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13905912

Annotatsiya.

Tezisda byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish, uni

yuritishga doir ayrim asosiy tushunchalar ko`rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Balans, byudjet tashkilot, metod, buxgalteriya.

ESSENCE OF CIRCULATION OF BUDGET FUNDS IN BUDGET ORGANIZATIONS

Abstract.

The thesis examines some basic concepts of the organization of accounting of

budget organizations and its management.

Key words:

Balance, budget organization, method, accounting.

СУЩНОСТЬ ОБРАЩЕНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В БЮДЖЕТНЫХ

ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация.

В диссертации рассматриваются некоторые основные понятия,

связанные с организацией бухгалтерского учета бюджетных организаций и управлением
им.

Ключевые слова:

Баланс, бюджетная организация, метод, бухгалтерский учет.


KIRISH

Byudjet tashkiloti - bu zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog`liq; bo`lgan

o`z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag` ajratishni nazarda tutilgan va
bu mablag`ni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan davlat tashkilotidir. Byudjet
tashkilotlariga davlat tashkilotlari, oliy o`quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, maktablar,
maktab-internatlar, kollejlar, litseylar, shifoxonalar, poliklinikalar, bolalar bog`chalari, bolalar
yaslilari va boshqalar kiradi.

ASOSIY QISM

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to`la, aniq va

o`z vaqtida moliyaviy va boshqa buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati
va harakati, mulkiy huquqlari va majburiyatlarining holati tugrisidagi tula va anik ma’lumotlarni
shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
hamda moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari bo`lib: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama

yozish usulida yuritish; uzluksizlik; xo`jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda
baholanishi; ishonchlilik; hisoblash; ehtiyotkorlik (oldindan muvofiq bilish); mazmunning
shakldan ustunligi; ko`rsatkichlarning qiyosiyligi; hisobotning betarafligi; hisobot davri
daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning xaqiqiy baholanishi
hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozish usuli

bilan yuritish prinsipi byudjet

tashkilotlarida xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish asosida
ro`yxatga olib borish kerakligini bildiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Ikki yoqlama yozish tizimi aynan bir operatsiyaning summasini bir vaqtning o`zida

buxgalteriya hisobining ikki schotida - birining debetida va boshqasining kreditida aks
ettirilishidan iborat bo`ladi.

Buxgalteriya hisobining uzluksizlik prinsipi

byudjet tashkiloti doimiy faoliyat

ko`rsatadigan va noma’lum uzoq muddatgacha o`z faoliyatini davom ettiradigan bo`lishini xamda
buxgalteriya hisobini yuritish muddati byudjet tashkilotining faoliyat ko`rsatish muddatiga mos
kelishi kerakligini bildiradi.

Buxgalteriya hiisobining ishonchlilik prinsipi

axborot, qachonki unda jiddiy yoki

oldindan o`ylab kiritilgan xatolar bo`lmasa hamda foydalanuvchilar unga ishonsalar, ishonchli
hisoblanishini bildiradi. Xo`jalik operatsiyalari yoki hodisalar ishonchli boshlang`ich hisob
hujjatlari bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak.

Hisoblash prinsipi aktivlar, passivlar, daromadlar, xarajatlar, xo`jalik operatsiyalari va

hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida aks ettirilishini bildiradi. Buxgalteriya
yozuvlari hisobda hisoblash prinsipidan foydalanilgan holda xo`jalik operatsiyalari sodir bo`lgan
vaqtda amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotining raxbari: tashkilotda buxgalteriya hisobini tugri yuritilishi uchun

zarur shart-sharoitlarni yaratishga; xujjatlarni rasmiylashtirish, xujjatlarni va ma’lumotlarni
hisobga olish uchun takdim etish masalalari bo`yicha bosh buxgalterning talablarini hisobga
aloqasi bo`lgan tashkilotning barcha tarkibiy bo`linmalari va xodimlari tomonidan bajarilishini
ta’minlashga mas’uldir.

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

me’yoriy hujjatlarida belgilangan yagona uslubiyatni qo`llab yagona tizim bo`yicha tashkil
qilinadi.

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha xarajatlar smetalarining ijrosi

buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozish tizimi bo`yicha olib boriladi. Byudjet tashkilotlarining
katta-kichikligi, xarajatlar smetalarining hajmi, operatsiyalar soni va ma’lumotlarni ishlash
vositalaridan foydalanilishiga qarab hisobning turli shakllari (memorial order, jurnal-order, bosh-
jurnal va boshqalar) qo`llaniladi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar va registrlar soni qisqaradi; analitik

hisob sintetik hisob bilan yaqinlashtiriladi; ko`pgina hisobot ko`rsatkichlarini joriy hisob
registrlaridan to`g`ridan-to`g`ri olish imkoniyati paydo bo`ladi, bu esa hisobot tuzishni
osonlashtnradi va tezlashtiradi hamda hisobning analitik sifatini yuqori ko`taradi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklining kamchiliklari ayrim jurnal-orderlarning

tuzilishini murakkabligi va beso`naqayligi, buxgalteriya hisobida shaxsiy kompyuterlar
qo`llanilgan hollarda jurnal-orderlarni qo`llashning qiyinligi hisoblanadi.

Byudjet tashkiloti xarajatlar smetalarini ijrosi bo`yicha balansining passivida: byudjetdan

moliyalashtirish; maxsus daromadlar; asosiy vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlardagi fond; ish haqi bo`yicha xodimlar bilan tugallanmagan hisob-kitoblar; kreditorlar
bilan hisob-kitoblar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi nizomga ega bo`lmagan yordamchi
xo`jaliklarning daromadlari va foydalari va boshqalar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Yangi moliya yilining 15 yanvarigacha byudjet tashkilotining bankdagi talab qilib olgunga

qadar depozit hisobvarag`iga yoki hududiy g`aznachilik hisobvarag`iga byudjet mablag`lari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

158

hisobidan paydo bo`lgan byudjet tashkilotining debitor qarzlari kelib tushganda, ular byudjet
mablag`lari bo`yicha kassa xarajatlarini kamaytirishga va byudjet tashkilotining rivojlantirish
fondiga (agar o``tgan moliya yili bo`yicha kreditor qarzlar to`laligicha to`lab bo`lingan bo`lsa)
yo`naltiriladi.

Byudjet tashkilotlari tomonidan o`tgan moliya yili uchun «Xarajatlar smetasi ijrosining

balansi» (1-shakl), «Byudjet bo`yicha xarajatlar smetasining ijrosi tugrisidagi hisobot» (2-shakl),
«Rivojlantirish fondi mablag`larining tushumi va xarajat kilinishi tugrisidagi hisobot» (2-rj-shakl)
va «Tibbiyot muassasasini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish fondi bo`yicha daromad va
xarajat turlari ijrosi tugrisida hisobot» (2-TMMRRJ - shakl) yangi moliya yilining 1 yanvar
holatiga qo`shimcha davr ichida amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda tuziladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2010 yil 22 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2169- sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma». //
http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=1714689.

2.

Ostonaqulov M. Budjet tashkilotlarida yangi buxgalteriya hisobi. – T.: «Yangi asr avlodi»,
2011.

3.

Mexmonov S.U. Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirish
masalalari. / «Davlat moliyasini isloh qilishning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari. T., 2019 yil 2 dekabr. –241–243-b.

4.

Medvedev M.Yu. Buxgalteriya nazariyasi. Darslik. - M.: "Omega", 2017 yil.

5.

Buxgalteriya hisobi. Darslik, 2-nashr, qayta ishlangan va kengaytirilgan. / Iqtisodiyot fanlari
doktori, prof. Sokolova Y.V. - M.: "Prospekt", 2012 yil.

References

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 22 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2169- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma». // http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=1714689.

Ostonaqulov M. Budjet tashkilotlarida yangi buxgalteriya hisobi. – T.: «Yangi asr avlodi», 2011.

Mexmonov S.U. Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari. / «Davlat moliyasini isloh qilishning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T., 2019 yil 2 dekabr. –241–243-b.

Medvedev M.Yu. Buxgalteriya nazariyasi. Darslik. - M.: "Omega", 2017 yil.

Buxgalteriya hisobi. Darslik, 2-nashr, qayta ishlangan va kengaytirilgan. / Iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Sokolova Y.V. - M.: "Prospekt", 2012 yil.