Authors

  • Alisher Kurbanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43823

Keywords:

sintetik hisoblar analitik hisoblar budjet tashkiloti schotlar rejasi.

Abstract

Ushbu maqolada byujet tashkilotlarida sintetik va analitik hisob registrlarini yuritish, debitor-kreditorlar bilan hisoblashish, schotlar rejasiga rioya qilish, budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritishda balansning xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan.

background image



31-oktabr, 2024-Yil

282

BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJET MABLAG`LARI BO`YICHA TURLI

DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI HAMDA

NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Kurbanov Alisher Allanazarovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13911836

Annotatsiya. Ushbu maqolada byujet tashkilotlarida sintetik va analitik hisob registrlarini

yuritish, debitor-kreditorlar bilan hisoblashish, schotlar rejasiga rioya qilish, budjet tashkilotlari

buxgalteriya hisobini yuritishda balansning xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

sintetik hisoblar, analitik hisoblar, budjet tashkiloti, schotlar rejasi.

IMPROVING ACCOUNTING AND CONTROL OF ACCOUNTS WITH VARIOUS

DEBTORS AND CREDITORS ON BUDGET FUNDS IN BUDGET ORGANIZATIONS

Abstract. This article covers issues such as keeping synthetic and analytical account

registers in budget organizations, calculating with debtors-creditors, following the chart of

accounts, features of the balance sheet in accounting of budget organizations.

Key words: synthetic accounts, analytical accounts, budget organization, chart of

accounts.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И КОНТРОЛЯ РАСЧЕТОВ С РАЗЛИЧНЫМИ

ДОЛЖНИКАМИ И КРЕДИТОРАМИ ПО БЮДЖЕТНЫМ ФОНДАМ В

БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация. В данной статье рассматриваются такие вопросы, как ведение

синтетических и аналитических регистров учета в бюджетных организациях, расчеты с

дебиторами-кредиторами, следование плану счетов, особенности бухгалтерского баланса

в бухгалтерском учете бюджетных организаций.

Ключевые слова: синтетические счета, аналитические счета, бюджетная

организация, план счетов.

KIRISH

Budjet tashkilotlarida sintetik va analitik hisob registrlarining yuritilishi va hisobotlarni

shakllantirish qabul qilingan aniq qoidalarga rioya qilingan holda yuritiladi. Hujjatlar sanasi

bo‘yicha tartiblashtirilib tekshiriladi.

Hujjatlarni hisobga olish uchun doimiy raqamli memorial order jamlanma qaydnomalar

bilan rasmiylashtiriladi. Memorial orderlar quyidagicha tafsiflanadi:


background image



31-oktabr, 2024-Yil

283

1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

2-memorial order – budjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son

shakl;

3-memorial order – budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma,

381-son shakl;

5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi,

405-son shakl;

6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar

bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;

8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma,

386-son shakl;

9-memorial order – asosiy vositalarning joydan joyga ko‘chishi va hisobdan chiqarilishiga

doir 438-jamg‘arma qaydnoma;

11-memorial order – oziq-ovqatlar kirimiga doir 398-jamg‘arma qaydnoma;

12-memorial order – oziq-ovqatlar chiqimiga doir 411-jamg‘arma qaydnoma;

13-memorial order – tovar moddiy zaxiralarning chiqimiga doir 396- jamg‘arma

qaydnoma;

15-memorial order – bolani maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlaganlik uchun ota-

onalar badali hisobiga doir hisob-kitoblarga doir 406- jamg‘arma qaydnoma.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumot tashkilotning hisobot davri oxiriga

budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari

to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun shakllantiriladi.

«Debitor va kreditor qarzdorlik» qismida budjet tashkilotining barcha mavjud qarzlari

quyidagi qatorlarda aks ettiriladi [2].

ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar;

ish haqiga qo‘shimchalar;

kapital qo‘yilmalar;

boshqa xarajatlar;

xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami;

to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar (156-schot);

Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan hisoblash bo‘yicha (163- schot);


background image



31-oktabr, 2024-Yil

284

kamomadlarga doir hisob-kitoblar bo‘yicha (170-schot);

talabalar bilan to‘lov-shartnoma mablag‘lari yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha (175-

schot);

yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha debitor va

kreditorlik qarzlari;

«Hammasi» qatorida tashkilotning barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.

308-shakl bosh kitobdagi 112-subschot- ning debet va kredit aylanmalari, 261, 262-

subschotlarning yil boshi va hisobot davri oxiriga shakllanishidagi farqlar 294-shakldagi xarajat

moddalarida yig‘ilgan natijalar bir-biriga taqqoslanadi, tahlil qilingandan so‘ng

budjet

tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida

hisobot

shakllantiriladi.

308-shakl bosh kitobdagi 112- subschotning debet va kredit aylanmalari, 261, 262-

subschotlarning yil boshi va hisobot davri oxiriga shakllanishidagi farqlar 294-shakldagi xarajat

moddalarida yig‘ilgan natijalar bir- biriga taqqoslanadi, xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi 2-shakldagi

hisobotda rivojlantirish jamg‘armasiga budjet hisobidan o‘tkazilgan mablag‘lar tahlil qilingandan

so‘ng

tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida

hisoboti

shakllantiriladi [3].

Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-shartnoma shaklidan tushgan mablag‘lar

harakati to‘g‘risida hisobot

ni

tuzishdan avval o‘qitishning to‘lov-shartnoma shaklidan tushgan

mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligi, analitik

hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik (175, 251, 252) hisob ma’lumotlarga muvofiqligi, tegishli

hisob registrlari ma’lumotlarining to‘liq va to‘g‘ri yozilganligini ko‘rib chiqib, ushbu hisobot

moddalarini shakllantiramiz.

Hisob raqamlardan olingan ko‘chirmalar va boshqa tegishli hisob registrlari, budjetdan

tashqari mablag‘larning shakllanish manbalari va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning

to‘liqligi to‘liq tahlil qilingandan keyin boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar xarakati bo‘yicha

hisobot shakllantiriladi. Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobot tashkilotning hisobot

yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy

zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish

uchun tuziladi. Hisobot shaklini tuzishdan oldin budjet tashkilotlari [4]:

-

hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar

qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini);

-

yil mobaynida tashkilotga kirim bo‘lgan va tashkilotdan chiqim bo‘lgan barcha


background image



31-oktabr, 2024-Yil

285

nomoliyaviy aktivlarni byudjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda

hisob registrlarida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan

tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnomada, 296-son

shakldagi material qimmatliklarning miqdor- qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, Bosh jurnal

kitobida (308-shakl) va boshqa tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirib chiqadilar.

XULOSA VA MUNOZARA

Qator davlatlarda, masalan Vengriyada, katta bo‘lmagan budjet tashkilotlarida alohida

buxgalteriya hisobini yurituvchi bo‘linmalar umuman yo‘q. Ularning buxgalteriya hisoblarini

yuritish va xaridlarini amalga oshirish to‘laligicha mahalliy g‘aznachilikka yuklatilgan. Ya’ni, past

malakali ko‘plab buxgalterlar shtatlariga ehtiyoj bartaraf qilinib, yuqori malakali va ma’suliyatli

g‘azna xodimlari bir nechta budjet tashkilotlarining ishlarini yuritish uchun mas’uldirlar.

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda shu kabi xalqaro tajribalarni

o‘rganish va xalqaro tajribalarni joriy qilish imkonlarini topish ham buxgalteriya hisobini

yuritishda ijobiy samara berishi mumkin.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

tomonidan 2010 yil 22 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2169- sonli buyrug‘i bilan

tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma». //

http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=1714689.

2.

Ostonaqulov M. Budjet tashkilotlarida yangi buxgalteriya hisobi. – T.: «Yangi asr avlodi»,

2011.

3.

Mexmonov S.U. Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida buxgalteriya hisobini

takomillashtirish masalalari. / «Davlat moliyasini isloh qilishning dolzarb muammolari»

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T., 2019 yil 2 dekabr. –241–243-b.

4.

Medvedev M.Yu. Buxgalteriya nazariyasi. Darslik. - M.: "Omega", 2017 yil.

5.

Buxgalteriya hisobi. Darslik, 2-nashr, qayta ishlangan va kengaytirilgan. / Iqtisodiyot fanlari

doktori, prof. Sokolova Y.V. - M.: "Prospekt", 2012 yil.

References

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 22 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2169- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma». // http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=1714689.

Ostonaqulov M. Budjet tashkilotlarida yangi buxgalteriya hisobi. – T.: «Yangi asr avlodi», 2011.

Mexmonov S.U. Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari. / «Davlat moliyasini isloh qilishning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T., 2019 yil 2 dekabr. –241–243-b.

Medvedev M.Yu. Buxgalteriya nazariyasi. Darslik. - M.: "Omega", 2017 yil.

Buxgalteriya hisobi. Darslik, 2-nashr, qayta ishlangan va kengaytirilgan. / Iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Sokolova Y.V. - M.: "Prospekt", 2012 yil.