Authors

  • Saodat Asatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44229

Keywords:

Paxta hosili unib chiqishi g‘o‘zaning o‘sishi rivojlanishi suspenziya qullash.

Abstract

Bugungi kunda Respublikamizda aholi sonining ko‘payishi hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi, kam xarajat qilib yuqori hosil olish va iqtisodiy samaraga erishish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aholini yetarlicha ta’minlash bilan birga paxtachilikda ertapishar, serhosil, tashqi stress omillarga, kasallik va zararkunandalarga bardoshli yuqori va sifatli tola yetishtirishda yangi o‘sishni sozlovchi moddalar bilan ishlov berish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda yangi o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llashning maqbul me’yorlari hamda muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish ham dolzarb hisoblanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

338

UDK.634.2

G‘O‘ZANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILIGA STIMULYATORLARNI

SUSPENZIYA USULIDA QO‘LLASH SAMARASI

Asatova Saodat Saidovna

Toshkent davlat agarar universiteti q.x.f.n., dotsenti.

saodat78@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925089

Annotatsiya. Bugungi kunda Respublikamizda aholi sonining ko‘payishi hamda oziq-

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi, kam xarajat qilib yuqori hosil olish va iqtisodiy
samaraga erishish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aholini yetarlicha ta’minlash bilan birga
paxtachilikda ertapishar, serhosil, tashqi stress omillarga, kasallik va zararkunandalarga
bardoshli yuqori va sifatli tola yetishtirishda yangi o‘sishni sozlovchi moddalar bilan ishlov berish
agrotexnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu asosda qishloq
xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda yangi o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llashning maqbul
me’yorlari hamda muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish ham dolzarb
hisoblanadi.

Kalit so’zlar: Paxta hosili unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi suspenziya

qullash.

EFFECTS OF DISCONTINUED USE OF STRIMULANTS ON GROWTH,

DEVELOPMENT AND YIELD OF COTTON

Abstract. Today, the increase in the number of the population and the increase in the

demand for food products in our Republic, obtaining a high yield at low cost and achieving
economic efficiency, as well as providing the population with enough food products, early, fertile,
and external stress factors in cotton cultivation. , the development of agrotechnologies of treatment
with new growth regulators in the cultivation of high and quality fiber resistant to diseases and
pests is one of the urgent issues. On this basis, it is also important to carry out scientific research
on the development of optimal norms and terms for the use of new growth regulators in the care
of agricultural crops.

Keywords. Cotton crop germination, stimulator effect, cotton growth, development,

suspension application.

ВЛИЯНИЕ ПРЕКРАЩЕНИЯ ПРИМЕНЕНИЯ СТРИМУЛАНТОВ НА РОСТ,

РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ ХЛОПКА

Аннотация. Сегодня рост численности населения и рост спроса на продукты

питания в нашей Республике позволяют получить высокий урожай при низких затратах и
достичь экономической эффективности, а также обеспечить население достаточным
количеством продуктов питания, ранних, плодородных, и внешних стрессовых факторов
при выращивании хлопка, разработка агротехнологий обработки новыми регуляторами
роста при выращивании высококачественного волокна, устойчивого к болезням и
вредителям, является одной из актуальных задач. На этой основе важно также
проведение научных исследований по разработке оптимальных норм и сроков применения
новых регуляторов роста при уходе за сельскохозяйственными культурами.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

Ключевые слова: Всхожесть хлопчатника, эффект стимулятора, рост

хлопчатника, развитие, применение суспензии.


Kirish.

Bugungi kunda

dunyoning iqlim global o‘zgarishi hamda yildan yilga ob-

havoning noqulay sharoitlarda o‘simliklarni parvarishlashda o‘sishni sozlovchi moddalarni ilmiy
asoslangan holda qo‘llash ijobiy natijalar bermoqda. Bunda, ob-havo noqulayliklari, suv
taqchilligi, zararkunandalar va turli kasalliklarning ko‘payishi uchragan mavsumda o‘sishni
sozlovchi moddalar bilan ishlov berishni ilmiy asoslash natijasida nihollarning unib chiqish hamda
o‘sish rivojlanishida fiziologik jarayonlarning tezlashishi, o‘simliklarning fotosintez
mahsuldorligi ortishi, tashqi stress omillarga, kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi oshishi,
ertagi, yuqori va sifatli hosil olish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ortib,
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Har xil stimulyatorlar g‘o‘zaga ishlatilganda yuqori sifatli hosil olish, bezarar, atrof

muhitga va o‘simlikka ta’sir qilmasligi, organik mahsulotlar yetishtirishda ulardan foydalanish
mumkinligi to‘g‘risida dunyo olimlari ko‘pgina tadqiqotlarida o‘z fikrlarini bayon qilishgan.

Lekin, O‘zbekiston sharoitida g‘o‘zada stimulyatorlar qo‘llab organik paxta yetishtirish

bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ayniqsa, bunda ekologik toza mahsulot
yetishtirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan stimulyatorlardan foydalanib ularning maqbul
me’yorlarini va muddatlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqotlar PSUEAITI tajriba dalalarida o‘tkazilib (Toshkent viloyati Qibray tumani),

tajriba variantlari 4 qatorli, g‘o‘za qator orasi 80 sm, variantlar eni 2,6 m, bo‘yi 28 m, tajriba
maydoni 80 m

2

ni tashkil qilib, 3 qaytariqda, joylashtirildi. Tajribada g‘o‘zaning Andijon-37 navi

ekildi. Bioduks stimulyatori bilan chigitga ekish oldidan namlash davrida 2,0-3,0-4,0 ml/t
me’yorlarda ishlov berilib, g‘o‘zaning gullash davrida 3,0 ml/ga me’yorda qo‘l purkagichda
sepildi. Taqqoslash uchun etalon sifatida Gumimaks stimulyatori bilan chigitga 0,9 l/t va gullash
davrida 0,4 l/ga me’yorlarda ishlov berilgan hamda umumiy nazorat variantlari olindi

1-jadval

Tajriba variantlari

Chigitga ekish ishlov

berish vaqti

G‘o‘zaning gullashdan oldin

ishlov berish me’yori

1

Nazorat

Ishlov berilmaydi

2

Gumimaks

0,9 l/t

0,3 l/ga

3

Bioduks

4,0 ml/t

2,0 ml/ga

4

Bioduks

4,0 ml/t

2,0 ml/ga

5

Bioduks

5,0 ml/t

2,0 ml/ga


O‘tkazilgan tajribada chigitga ekish oldidan Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilganda,

chigitning dala unuvchanligi g‘o‘za navining biologik xususiyati va ob-havo sharoitiga bog‘liq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

holda turli ko‘rsatkichlarni namoyon qilgan. Dala sharoitida chigit unuvchanligini aniqlash
bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi kuzatuvda nazorat variantida unuvchanlik darajasi 45,4% ni tashkil
etgan bo‘lsa, Bioduks bilan ishlov berilgan variantlarda bu ko‘rsatkich 49,2-52,2% ekanligi
kuzatilgan.

Ta’kidlash lozimki, birinchi kuzatuvdayoq Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilgan

variantlarda unuvchanlik ko‘rsatkichi nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Shuning bilan birga Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilgan variantlarda chigit

unuvchanligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar keyingi muddatlarda o‘tkazilgan kuzatuvlarda

Tajribada Bioduks stimulyatorini g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ko‘rsatadigan

ta’sirini aniqlash maqsadida davriy ravishda o‘simlik holati biometrik kuzatuvlar orqali o‘rganilib
borildi. Bunda, chigitga hamda g‘o‘zaning rivojlanish davrida Bioduks stimulyatori bilan ishlov
berilgan variantlarda o‘simlikning o‘sishiga qulay sharoit yaratilishi sababli, uning ijobiy ta’siri
namoyon bo‘ldi deb hisoblaymiz

G‘o‘zaning gullash va hosil tugish davrlarida o‘tkazilgan kuzatuvlarda Bioduks bilan

chigitga va g‘o‘zaning o‘suv davrida turli me’yorlarda ishlov berilganda nazoratga nisbatan
o‘simlik bo‘yi va hosil elementlari to‘planishi maqbullashgani va yuqori ko‘rsatkichlar olingani
aniqlandi.

G‘o‘zaning o‘suv davri oxirida 2 sentabrda o‘tkazilgan kuzatuvda Bioduks stimulyatori

bilan chigitga 4,0 ml/t va gullash davrida 3,0 ml/ga me’yorda ishlov berilgan variantda o‘simlik
bo‘yi 98,2 sm, hosil shoxlari

15,0 dona, ko‘saklar soni 12,6 dona bo‘lgani holda bu ko‘rsatkichlar nazorat variantida

mos ravishda 89,5 sm, 15,8 va 8,9 donani tashkil etib, Bioduks ta’sirida g‘o‘zaning bo‘yi 8,1sm,
hosil shoxlar soni 1,4 donaga va ko‘saklar soni 1,9 donaga ko‘proq bo‘lganligi kuzatildi.

Paxta terimi oldidan 19 sentabrda o‘tkazilgan kuzatuvda ko‘saklarning ochilish darajasi

aniqlandi. Bunda nazorat variantida ochilgan ko‘saklar soni 3,7 donani yoki 36,4% ni tashkil etgan
bo‘lsa, Bioduks stimulyatori bilan turli me’yorlarda ishlov berilgan variantlarda 4,8-5,5 dona yoki
44,1-48,1% ga teng ekanligi hamda nazorat variantiga nisbatan ko‘saklarning ochilish darajasi 8,1-
1,7% ga tezlashgani kuzatildi.

Tadqiqot natijalari

Toshkent viloyati sharoitida chigitni ertagi va sog‘lom undirib olish,

kasalliklardan himoya qilish, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini avjlantirish, yuqori va sifatli
paxta hosili yetishtirish uchun Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va Zamin-M
stimulyatorlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari va muddatlari ishlab chiqilgan. G‘o‘za
parvarishida yangi stimulyatorlarning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib
borilgan tadqiqot natijalari o’rganilgan.

Mamlakatimizda chigitga o‘stiruvchi moddalar bilan ishlov berish borasida ko‘plab ilmiy

tadqiqotlar o‘tkazilgan, ularni qo‘llash me’yorlari va muddatlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan,
quyida ularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

T.Abduraxmonov, A.Normuxammedovlar [54; 10 b.] ta’kidlashicha, Oksigumat

stimulyatori qo‘llanilganda ekstremal sharoitlar: issiq va past haroratda, suv taqchil
qurg‘oqchilikda va sho‘rlangan tuproqlarda, nitrat va zaharli ximikatlar to‘plangan joylarda hamda
har xil kasalliklarning o‘simliklarga nojo‘ya ta’sirini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega
hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

341

B.Muxammadiev, Sh.Abdualimovlar [81; 10 b.] tomonidan Xorazm viloyati sharoitida

o‘tkazilgan tadqiqotlarda urug‘lik chigitni ekish oldidan o‘stiruvchi moddalar: Vitavaks 200 FF,
T-86, GMK bilan ishlov berilganda, chigitning unib chiqishi tezlashgan, g‘o‘zaning o‘sish-
rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilgan hamda 1,7-2,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan. B.Muxammadiev,
Sh.Abdualimovlar [80; 396-398 b.] ning ilmiy manbalarida keltirilishicha o‘tloqi allyuvial
tuproqlar sharoitida chigitga turli stimulyatorlar bilan ishlov berilganda nihollarning unib chiqishi
tezlashib, g‘o‘zaning o‘sib rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilgan.

K.M.Tadjievning [98; 256-258 b.] tajribalarida chigitga Vitaros, Bronopol va P-4

preparatlari bilan ishlov berilganda, yosh nihollarni ildiz chirish va gommoz kasalliklaridan
himoya qilish bilan birgalikda o‘sishi va rivojlanishini tezlashib, mo‘l va sifatli hosil olish
imkonini bergan.

K.M.Tadjiev [95; 258-261 b.] ning ilmiy tadqiqotlarida Surxondaryo viloyati sharoitida

kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekilgan g‘o‘zaga Oksigumat stimulyatori shonalash
va gullash davrlarida 0,5 l/ga qo‘llanilganda, ko‘sakdagi paxta vazni va hosildorlik oshganligi
keltirilgan. Hozirgi kunda paxtachilikda ko‘plab innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va
amaliyotda keng joriy etilmoqda. Ma’lumki, har bir yangi ilmiy ishlanma iqtisodiy samara
bersagina, keng joriy etishga tavsiya etiladi. Shu sababli ilmiy tadqiqotlarda va ishlab chiqarish
sharoitida o‘tkazilgan tajribalar natijalari asosida Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va
Zamin-M kabi kimyoviy va mikrobiologik asosli yangi stimulyatorlarni paxtachilikda
qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Hisoblashlar natijalariga ko‘ra, Natriy gumat,
Obereg’ va Fitovak stimulyatorlari qo‘llanilgan tajribaning nazorat variantida o‘rtacha 3 yilda
olingan paxta hosili 29,1 s/ga ni tashkil etib, yil davomida agrotexnik tadbirlarga gektariga
4500000,0 so‘m sarflangan holda, yetishtirilgan va samaradorlikka erishilgan.

Xulosa.

G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirish, paxtaning erta pishib yetilishini

ta’minlash va yuqori hosil yetishtirishda Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va Zamin-M
kabi kimyoviy va biologik asosli yangi stimulyatorlarni chigitga ekish oldidan va g‘o‘zaning o‘suv
davrida qo‘llashning ilmiy va amaliy ahamiyati aniqlangan. G‘o‘zaning Navro‘z va Andijon-37
navlari chigitiga ekish oldidan va shonalash-gullash davrlarida Natriy gumat, Obereg’, Fitovak,
Bioduks va Zamin-M stimulyatorlari bilan ishlov berilganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bo‘yi 3,6-10,7 sm balandroq, hosil shoxlar soni 0,9-2,6 donaga va ko‘saklar
soni 0,4-1,9 donaga ko‘proq bo‘lgani holda ko‘saklarning ochilish darajasi 4,5-13,7% tezlashgan.
Shuning bilan birgalikda Zamin-M qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosil elementlari to‘kilishi 5,2-
11,9% gacha kamaygani aniqlangan.

REFERENCES

1.

Abduraxmonov T., Normuxammedov A. Oksigumat “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali.
Toshkent. 2007. № 6. B.10.

2.

Muxammadiev B., Abdualimov Sh. “Vitovaks-200 FF qo‘llanilganda chigitning unib chiqishi
va g‘o‘za hosildorligi”. Fermer xo‘jaliklarida Paxtachilik va g‘allachilikni rivojlantirishning
ilmiy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami.
Toshkent. 2006 y. 396-398 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

342

3.

Tadjiev K.M. “Biostimulyatorni qo‘llab takroriy ekilgan g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil
yetishtirish”. O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining 80 yilligiga bag‘ishlangan
“Paxtachilikdagi dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2009 y. 258-
261 betlar. Shamsiddinov F.R., Abdualimov.Sh.H. Namangan viloyati sharoitida Gumimaks
stimulyatorining g‘o‘zadagi samaradorligi. G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni
parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. Respublika ilmiy-amaliy anjumani
ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. O‘zPITI. -Toshkent, 2013. -B.169-172.

4.

F.А.Аbdullaev (2012) taʼkidlashicha, Gumimaks bilan chigitga 0,6-1,0 l/t shonalash va gullash
davrlarida 0,3 l/ga meʼyorda ishlov berilganda tola chiqishi 0,5- 1,5 %, 1000 chig it vazni esa
0,5-8,0 g, uzilish kuchi 0,6-1,3 gk/teks yuqori boʼlgani aniqlangan.

References

Abduraxmonov T., Normuxammedov A. Oksigumat “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali. Toshkent. 2007. № 6. B.10.

Muxammadiev B., Abdualimov Sh. “Vitovaks-200 FF qo‘llanilganda chigitning unib chiqishi va g‘o‘za hosildorligi”. Fermer xo‘jaliklarida Paxtachilik va g‘allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2006 y. 396-398 b.

Tadjiev K.M. “Biostimulyatorni qo‘llab takroriy ekilgan g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirish”. O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Paxtachilikdagi dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2009 y. 258-261 betlar. Shamsiddinov F.R., Abdualimov.Sh.H. Namangan viloyati sharoitida Gumimaks stimulyatorining g‘o‘zadagi samaradorligi. G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. O‘zPITI. -Toshkent, 2013. -B.169-172.

F.А.Аbdullaev (2012) taʼkidlashicha, Gumimaks bilan chigitga 0,6-1,0 l/t shonalash va gullash davrlarida 0,3 l/ga meʼyorda ishlov berilganda tola chiqishi 0,5- 1,5 %, 1000 chig it vazni esa 0,5-8,0 g, uzilish kuchi 0,6-1,3 gk/teks yuqori boʼlgani aniqlangan.