EFFECTIVENESS OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF RICE PLANTS

HAC
Google Scholar
To share
Asatova, S., & Kurbanxodjayeva, R. . (2023). EFFECTIVENESS OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF RICE PLANTS. Modern Science and Research, 2(10), 1169–1173. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24914
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Rice farming, like other areas of agriculture, cannot be imagined without modern technologies. Today in our republic, in-depth study of the characteristics of rice growth and development, height growth, development, dry mass accumulation and harvesting management of rice plants, advanced agrotechnical methods specified separately for each variety. measures to increase the weight of the cultivated crop, the requirement of rice varieties for mineral and organic fertilizers, the biological characteristics of the varieties, the impact on the environment, soil and climate conditions, and the importance of rice harvesting The in-depth analysis of the ongoing agrotechnical measures is mentioned in this article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1169

O‘DK:631.4

SHOLI O‘SIMLIGINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA MINERAL

O‘G‘ITLARNING SAMARADORLIGI

Asatova Saodat Saidovna

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

Kurbanxodjayeva Ruxsora Baxramovna

Toshkent viloyatiga qarashli 28 umumiy o’rta ta’lim maktabi raxbari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10071857

Annotatsiya.

Qishloq xo‘jaligidagi boshqa yo‘nalishlar kabi sholichilikni ham zamonaviy

texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Bugungi kunda respublikamizda sholini o‘sish va

rivojlanish xususiyatlarini chuqur o‘rganish, sholi o‘simligining bo‘yini o‘sishi, rivojlanishi,
quruq massa to‘plashi va hosil yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun alohida belgilangan ilg‘or
agrotexnik tadbirlar qo‘llab yetishtiriladigan hosilning salmog‘ini oshirish haqida, sholi navlarini
mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhitga
ta’siri, tuproq va iqlim sharoitini hisobga olgan holda sholining hosil yig‘ishida qo‘llanilayotgan
agrotexnik tadbirlarni chuqur tahlil qilinganligi ushbu maqolada keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘g‘itlar, sholi, azotli fosforli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar, mineral

oziqlantirish, nav, biologik xususiyat, agrotexnik tadbirlar.

EFFECTIVENESS OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GROWTH AND

DEVELOPMENT OF RICE PLANTS

Abstract.

Rice farming, like other areas of agriculture, cannot be imagined without modern

technologies. Today in our republic, in-depth study of the characteristics of rice growth and
development, height growth, development, dry mass accumulation and harvesting management of
rice plants, advanced agrotechnical methods specified separately for each variety. measures to
increase the weight of the cultivated crop, the requirement of rice varieties for mineral and organic
fertilizers, the biological characteristics of the varieties, the impact on the environment, soil and
climate conditions, and the importance of rice harvesting The in-depth analysis of the ongoing
agrotechnical measures is mentioned in this article.

Keywords:

rice, nitrogen fertilizers, phosphorus fertilizers, potassium fertilizers, mineral

nutrition, variety, biological properties, agrotechnical measures.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ В РОСТА И РАЗВИТИИ

РАСТЕНИЙ РИСА

Аннотация.

Рисоводство, как и другие отрасли сельского хозяйства, невозможно

представить без современных технологий. Сегодня в нашей республике углубленно
изучаются особенности роста и развития риса, высоты роста, развития, накопления
сухой массы и организации уборки растений риса, передовые агротехнические приемы,
уточняемые отдельно для каждого сорта. урожай, потребность сортов риса в
минеральных и органических удобрениях, биологические особенности сортов, влияние на
окружающую среду, почвенно-климатические условия, значение уборки риса. Углубленный
анализ проводимых агротехнических мероприятий упомянут в Эта статья.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1170

Ключевые слова:

удобрения, рис, азотно-фосфорные удобрения, калийные

удобрения, минеральное питание, сорт, биологические характеристики, агротехнические
мероприятия

Kirish.

Mineral o‘g‘itlar miqdorining sholini o‘suv davriga tasiri navning issiqlik va

namlik bilan ta’minlanganligi, mahalliy sharoitga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lib, oxir oqibat
navning maksimal yoki minimal darajada hosil berishini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan
hisoblanadi.

Sholining o‘suv davri navning tez, o‘rta yoki kechpisharligini belgilaydigan asosiy

ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, bu ayniqsa mineral o‘g‘itlar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur tajribalarni olib borgan yillarda o‘rganilayotgan ikki navda ham barcha

variantlarda bir xil agrotexnik tadbirlar qo‘llashimizga qaramasdan o‘suv davri davomida sezilarli
farqlar ko‘zga tashlandi.

Sholining o‘suv fazalariga oziqlantirish miqdorining ta’siri

1 jadvalda keltirilgan.

Azotli o‘g‘it miqdorini oshib borishi tuplash fazasini kechikishiga olib keldi. Masalan,

2021 yil ma’lumotlari bo‘yicha kechpishar «Mustaqillik» navida nazorat variantiga nisbatan 60 kg
N berilgan 3 variantda 3 kunga, N 90 kg/ga berilganda (var. № 4) 5 kunga, N 120-150 kg/ga
berilganda 6-8 kunga kechikdi. Ushbu qonuniyat tajriba o‘tkazilgan barcha yillarda qaytarilib yil
ob-havosini kelishiga qarab bir yilda nazoratga nisbatan o‘rtacha 6-8 kunni 2018 yilda esa 7-9
kunni tashkil etdi. Kechpishar «Mustaqillik» navida oziqlantirsh me’yorini oshirilishi tuplash
fazasini sezilarli darajada ortishiga olib keldi. 60 kg/ga azot berilganda o‘rtacha uch yillikda 1-7,
90 kg/ga. da 2-9, 120 kg/ga. da 3-10 kunga, 150 kg/ga qo‘llanilganda 3-10 kunga uzayishi
kuzatildi. Ushbu holat ro‘vaklash fazasini boshlanishi va tugallanishida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

1-jadval

Sholining o‘suv fazalariga azotli oziqlantirish miqdorini ta’siri («Mustaqillik» navi)

Variantlar

Tuplas

h

Ro‘vaklash

Pishish

Amal

davri

boshlanishi

yakuni

boshlanis

hi

To‘liq

2021yil

1.

Nazorat

17 VII

13 VIII

21 VIII

20 IX

13 X

116

2.

R

120

K

150

17 VII

12 VIII

19 VIII

21 IX

13 X

116

3.

N

60

R

20

K

150

18 VII

12 VIII

20VIII

23 IX

18 X

120

4.

N

90

R

120

K

150

19 VII

14 VIII

24 VIII

25 IX

20 X

121

5.

N

120

R

120

K

150

20 VII

15 VIII

25 VIII

27 IX

23 X

123

6.

N

150

R

120

K

150

20 VII

16 VIII

27 VIII

3 X

25 X

126

2022 yil

1.

Nazorat

16 VII

11 VIII

19 VIII

20 IX

13 X

117

2.

R

120

K

150

16 VII

12 VIII

20 VIII

21 IX

13 X

117


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1171

3.

N

60

R

20

K

150

18 VII

12 VIII

20 VIII

23 IX

18 X

120

4.

N

90

R

120

K

150

19 VII

14 VIII

24 VIII

25 IX

20 X

121

5.

N

120

R

120

K

150

20 VII

15 VIII

25 VIII

27 IX

23 X

123

6.

N

150

R

120

K

150

20 VII

16 VIII

27 VIII

3 X

25 X

126

Mazkur holat sholining pishishini boshlanishi hamda to‘liq pishish davrida ham kuzatildi.

Pishishni boshlanishi nazorat variantiga nisbatan N 60 kg/ga azot o‘g‘iti berilganda «Mustaqillik»
navida o‘rtacha 3 kunga, N 90 kg/ga berilganda 5-7 kunga, N 120 kg/ga.da 7-8 kunga, N 150
kg/ga.da 11-13 kunga kech boshlandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, azotli o‘g‘it me’yorini ortib borishi sholini to‘liq pishib

yetilishini kechikishiga olib keldi. Nazorat variantiga nisbatan N 120-150 kg/ga qo‘llanilganda
pishib yetilish «Mustaqillik» navida o‘rtacha 10-15 kunga cho‘zildi. Demak, yuqori me’yorda
azotli o‘g‘it qo‘llanishi navning biologik xususiyatidan tashqari navning kech yetilib pishishiga
sabab bo‘ldi.

O‘suv davrining uzayishi asosan o‘g‘itlar miqdorini oshishi tufayli nazorat variantiga

nisbatan tuplanish koeffitsientini ortishi yon hosil shoxlarini ko‘p hosil bo‘lishi, hosil elementlarini
keskin ortishi va ularni asosiy poyadan keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga keldi.

Ko‘chat usuli bilan sholi yetishtirishda «Mustaqillik» navida mineral o‘g‘itlarning

variantlar bo‘yicha oshib borishi o‘suv davrining nazorat variantiga nisbatan 15 kungacha
uzayishiga olib keldi.

O‘rganilayotgan variantlarga bir xil miqdorda o‘g‘it berilishiga qaramasdan navlarning

o‘suv davridagi farq «Mustaqillik» navida o‘rtacha uch yilda nazorat variantida 117 kunni N 120-
150 kg/ga qo‘llanilganda 124-127 kunni tashkil etdi.

Tajribalarda o‘rganilayotgan navning azot o‘g‘iti miqdorini oshib borishini sholi

o‘simliklarining yotib qolishiga ta’siri ham bevosita o‘rganildi. «Mustaqillik» navi ko‘chat usulida
takroriy ekin sifatida ekilganda azot o‘g‘iti 150 kilogramm miqdorda berilganda yotib qolish
darajasi 15-20%ni tashkil etdi. Lekin, optimal me’yor hisoblangan «Mustaqillik» navida N 120
kg/ga qo‘llanilganda o‘simliklarni yotib qolish holati kuzatilmadi.

O‘suv davrlarida o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga tasir qiladigan asosiy omillardan

biri mineral o‘g‘itlarning miqdori hisoblanib, bu ko‘rsatkich sholini o‘sishi va rivojlanishiga, sifat
va miqdor ko‘rsatkichlari va yer ustki qismining quruq massa to‘plashiga turlicha ta’sir qildi.
O‘simliklarning o‘suv davri davomida to‘planib borayotgan asosiy ko‘rsatkichlarga sholining
tuplanish koeffitsienti, o‘suv fazalaridagi o‘simlik bo‘yi, bo‘g‘im oralig‘ini o‘sish tezligidagi farq,
o‘suv davridagi yer ustki qismi massasini oshib borishi kiradi.

Yuqori hosil yetishtirishga ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri ko‘chat qalinligi bo‘lib,

bu asosan ekilgan urug‘ning miqdori, uni sifatiga va dala unuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘chat
usuli bilan sholi yetishtirish agrotexnikasida ham ushbu qonuniyat saqlanib qoldi, ammo bu usulda
sholi yetishtirishda hosildorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, ko‘chatning tuplanish darajasi
hisoblanib, uni koeffitsienti qancha yuqori bo‘lsa, hosildorlik shunga mos ravishda yuqori bo‘lishi
namoyon bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1172

Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida sholi urug‘ining dala unuvchanligi boshqa g‘alla

ekinlarining dala unuvchanligiga nisbatan pastligi ma’lum. Ammo, sholining boshqa g‘alla donli
ekinlaridan alohida ajralib turadigan hislati bu ko‘chat soni kam bo‘lishiga qaramasdan tuplanish
darajasini yuqoriligidir. Lekin, bu xususiyat to‘g‘ridan - to‘g‘ri tuproqning unumdorligiga,
navning biologik tavsifiga va mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liqligi kuzatildi.

Ma’lumki, maydon birligidagi poyalar soni sholi o‘simligi bo‘yining o‘sishiga va

hosildorlikka ma’lum darajada ta’sir qiladi.

Bizning tajribamizda sholi ko‘chati dalaga o‘tkazilgandan 20 kundan so‘ng va o‘rimdan

oldin ko‘chatlar va poyalar soni hisoblab chiqilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ekilgan
ko‘chatning o‘rimgacha saqlanishi, hosildor poyalar soni, bevosita o‘rganilayotgan navlarning
biologik xususiyatiga va berilayotgan mineral o‘g‘itlarning miqdoriga bevosita bog‘liqligi
kuzatildi.

2-jadval

Ko‘chatlar sonini saqlanishi va hosildor poyalar soniga oziqlantirishning ta’siri (o‘rtacha 3
yillik).

№ Variant

O‘simliklar

Soni,

Dona/1m

2

.

Ko‘chatni
O‘rimgacha
Saqlanishi, %

Tuplash
Koef-
Fitsienti

Mahsuldor
Poyalar
Soni Dona,
M

2

Ko‘chat
O‘tqazish
Davrida

O‘rimdan
Oldin

«

Mustaqillik» Navi

1

Nazorat
(O‘g‘itsiz)

44

40

90

4.0

160

2 N

0

R

120

k

150

44

40

90

4.4

176

3 N

60

r

120

k

150

44

41

93

4.4

183

4 N

90

r

120

k

150

44

42

95

5.0

210

5 N

120

r

120

k

150

44

44

100

5.5

243

6 N

150

r

120

k

150

44

43

97

5.3

236


Olib borilgan izlanishlardan malum bo‘ldiki, mineral o‘g‘itlar miqdorini oshib borishi 1

m

2

kvadratdagi ko‘chat soniga, hamda ko‘chatning o‘rimgacha 10 % gacha kamayishiga olib keldi.

Ammo, tuplanish darajasi hamda hosildor poyalar sonini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Sholining hosildorligi maydondagi ko‘chatning soni bilan emas, balki shu maydondagi

ko‘chatda hosil bo‘lgan mahsuldor poyalar soni bilan belgilanadi. Shuning uchun xam g‘alla don
o‘simliklar orasida sholining tuplash darajasining yuqoriligi sababli maydondagi hosildor poyalar
hisobidan kerakli, rejalashtirilgan hosil yetishtirishni boshqarish imkoniyati mavjud. Ma’lumki,
sholini urug‘idan hamda ko‘chat usulida ekilganda ham, hosildor poyalar soni o‘simlikning o‘sishi
va rivojlanishi, hosildorligiga ta’sir qiladigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Navlarning tuplash darajasiga va hosildor poyalar soniga mineral o‘g‘itlar miqdorining

ta’siri turlicha bo‘lishi qayd etilib, «Mustaqillik» navining nazorat variantida 1 m

2

maydonda

hosildor poyalar soni o‘rtacha 160, faqat fosfor, kaliy 100% berilgan variantda 176, azot, fosfor,
kaliy berilgan variantda 183, N

120

, R

120

, K

150

berilgan variantda 243 donani tashkil qildi. Bu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1173

nazorat variantiga nisbatan 1 m

2

da 83 dona, yoki bir gektar maydon hisobiga 830 ming dona

hosildor poya ko‘p demakdir.

Tajriba maydonida ko‘chat usulida sholi yetishtirishda ikki navga ham bir xil agrotexnika

qo‘llanishiga qaramasdan, «Mustaqillik» navida bir kvadrat metr maydonda variantlar bo‘yicha
32-49 dona hosildor poyalar ko‘p shakllandi. Taxlillarimizni ko‘rsatishicha, bu faqat navning
biologik xususiyatiga xos bo‘lgan ko‘rsatkichdir. «Mustaqillik» navi seleksiya nuqtai nazaridan
va mahsulotning texnologik bahosidan kelib chiqqan holda, bir necha ko‘rsatkichlari bo‘yicha
afzalliklarga ega.

Demak, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga tuplash koeffitsienti «Mustaqillik» navida 1,5

gacha hosildor poyalar sonini ta’lluqli ravishda 83-62 taga oshirilishiga erishildi. Sholi navlarining
tuplash darajasi asosan navning biologik xususiyatiga bog‘liq bo‘lsada, lekin bu ko‘rsatkichni
oziqlantirish hamda ekish usuli bilan ham boshqarish mumkinligi isbotlandi.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joyizki, Sholio‘simligini o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini

chuqur o‘rganish, tushunib yetish orqali bo‘yini o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va
hosil yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun alohida belgilangan ilg‘or agrotexnik tadbirlar qo‘llab
yetishtiriladigan hosilning salmog‘ini oshirish mumkin. Sholi navlarini mineral va organik
o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhit ta’siri, tuproq va iqlim
sharoiti kabi omillarni o‘z ichiga oladi

.

REFERENCES

1.

Djumanov. Z. N va boshqalar. O‘ zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatma. Toshkent.
M-1998 y.

2.

Ibragimov A. Sholichilik resurslari samaradorligi. // J.O‘zbekiston q/x.-Toshkent, 2006.-
№10.-12-13 b.

3.

Agrokimyo Musaev.B Toshkent, nashriyoti 2001 257-259-b

4.

Saimnazarov.Yu.B, Djumanov Z.N va boshqalar “O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatma” // Toshkent. 2009. 3-31-b.

5.

O‘razmetov Q.K “Kechpishar sholi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining
ta’siri” Toshkent. 2017. 15-17-b. 45-b.

References

Djumanov. Z. N va boshqalar. O‘ zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatma. Toshkent. M-1998 y.

Ibragimov A. Sholichilik resurslari samaradorligi. // J.O‘zbekiston q/x.-Toshkent, 2006.-№10.-12-13 b.

Agrokimyo Musaev.B Toshkent, nashriyoti 2001 257-259-b

Saimnazarov.Yu.B, Djumanov Z.N va boshqalar “O‘zbekistonda sholi yetishtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” // Toshkent. 2009. 3-31-b.

O‘razmetov Q.K “Kechpishar sholi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri” Toshkent. 2017. 15-17-b. 45-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов