ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
366
SOLIQ TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ORQALI
KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Uzaqov Aziz To’lqin o’g’li
TKTI, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’lim boshlig’i.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13926210
Annotatsiya. Ushbu maqolada soliq tizimida axborot texnologiyalari orqali
ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning turlari, soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar va ahamiyati,
yuridik va jismoniy shaxslarga foydasi va davlat budjetini takomillashtirishdagi o‘rni sо’z
yuritiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari soliq to‘lovchilarga qulay va tezkor xizmat
ko‘rsatish, soliq idoralari faoliyatini takomillashtirish va xatoliklarni kamaytirish uchun muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolada bu texnologiyalar yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning soliq
to‘lovchilarga va soliq idoralari faoliyatiga bo‘lgan ijobiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot
berilgan. Soliq tizimida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari xizmatlari orasida onlayn soliq
deklaratsiyalarini topshirish, elektron hisob-faktura tizimi, soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti va
boshqa interaktiv xizmatlar ajralib turadi. Ushbu texnologiyalar soliq to‘lovchilar uchun vaqt va
mablag‘ni tejash bilan birga, soliq organlariga real vaqtda ma'lumot olish va qayta ishlash
imkonini beradi. Maqolada axborot texnologiyalari xizmatlarining samaradorligi, ular orqali
qog‘ozsiz ishlash imkoniyatlari, va ma'lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalalari ham
muhokama qilingan.
Kalit soʻzlar: Soliq, axborot-komunikatsiya texnologiyalari, axborot texnologiyalari,
interaktiv xizmatlar, soliq xizmati, soliq organlari, soliq tizimi, Davlat soliq xizmati organlari,
Davlat soliq qoʻmitasi, elektron davlat xizmatlari.
SERVICES PROVIDED THROUGH INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE TAX
SYSTEM AND THEIR SIGNIFICANCE
Abstract. This article discusses the services provided in the tax system through information
technologies, their types, interactive services in the tax system and their importance, benefits to
legal entities and individuals, and their role in improving the state budget. Today, information
technologies are becoming important for providing convenient and fast service to taxpayers,
improving the activities of tax authorities and reducing errors.
The article provides detailed information about the services provided with the help of these
technologies, their positive impact on taxpayers and the activities of tax authorities. Among the
information technology services used in the tax system, online tax declaration submission,
electronic invoicing system, personal office of taxpayers and other interactive services are
distinguished. These technologies allow tax authorities to receive and process information in real
time, while saving time and money for taxpayers. The article also discusses the effectiveness of
information technology services, the possibilities of paperless work through them, and issues of
data security.
Keywords: Tax, information and communication technologies, information technologies,
interactive services, tax service, tax authorities, tax system, State tax service authorities, State tax
committee, electronic state services.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
367
УСЛУГИ, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫЕ С ПОМОЩЬЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ
Аннотация. В данной статье рассматриваются услуги, предоставляемые в
налоговой системе посредством информационных технологий, их виды, интерактивные
услуги и их значение в налоговой системе, льготы для юридических и физических лиц, а
также их роль в совершенствовании государственного бюджета. Сегодня
информационные технологии приобретают важное значение для обеспечения удобного и
быстрого обслуживания налогоплательщиков, улучшения деятельности налоговых
органов и снижения ошибок.
В статье представлена подробная информация об услугах, предоставляемых с
помощью этих технологий, их положительном влиянии на налогоплательщиков и
деятельность налоговых органов. Среди информационных технологий, используемых в
налоговой системе, выделяют онлайн-подачу налоговых деклараций, систему
электронного выставления счетов, личный кабинет налогоплательщиков и другие
интерактивные сервисы. Эти технологии позволяют налоговым органам получать и
обрабатывать информацию в режиме реального времени, экономя при этом время и
деньги налогоплательщиков. Также в статье рассматривается эффективность услуг
информационных технологий, возможности безбумажной работы через них, вопросы
безопасности данных.
Ключевые слова: Налоги, информационно-коммуникационные технологии,
информационные технологии, интерактивные услуги, налоговая служба, налоговые органы,
налоговая система, органы государственной налоговой службы, Государственный
налоговый комитет, электронные государственные услуги.
KIRISH
Bugungi kunda soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish soliq to‘lovchilarga soliq
majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar
profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq nazoratini amalga
oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, asosiysi, iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni
qisqartirish, shaffoflik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan
masalalarni hal etish uchun to‘langan soliqlar va yig‘imlar tushumi haqida ma’lumotlar
statistikasini ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida olib borish va tegishli organlarga uzatish,
tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy
ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishni
ta’minlashdan iborat.
Shu bois, ushbu magistrlik dissertatsiya ishida soliq tizimida axborot-komunikatsiya
texnologiyalarining tutgan o‘rni, ularning bajaradigan vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari, soliq
tizimida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllashdagi imkoniyatlar
va muammolar atroflicha bayon etilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
368
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini
oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv
xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan muammolar va ularni
o’rganish masalalari ushbu magistrlik dissertatsiyada atroflicha tahlil qilingan va soliq tizimida
zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllashning istiqboldagi
yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Respublikamizda so‘ngi yillarda soliq islohotlariga alohida e‘tibor qaratilib, soliq organlari
faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik sub‘ektlarini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tendentsiyasi hamda soliq organlarining ishlarini axborot
texnologiyalari orqali bajarish muntazam amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan so‘ngi paytlarda qabul qilinayotgan
Farmon va qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani
rag‘batlantirish, soliq yukini kamaytirish, soliq xizmatlaini axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali amalga oshirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirishga
qaratilayotganligi alohida ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR SHARHI
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish,
malakali xodimlarni tayyorlash, kompyuter jihozlari, dasturiy mahsullar bilan ta`minlash hamda
zamon talabidan kelib chiqib, soliq idoralarida jamlangan hisobotlarni elektron ko‘rinishda quyi
soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo‘mitasiga uzatish, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
beriladigan operativ topshiriqlarni davlat soliq boshqarmalariga va davlat soliq inspeksiyalariga
to‘g`ridan – to‘g`ri uzatish masalalari, shu bilan birga soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy
shaxslarni ro‘yxatga olish, ularni davlat budjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi haqidagi
ma`lumotlarni yagona soliq to‘lovchilar bazasida saqlash va boshqa masalalar dolzarb masalaga
aylandi.
O‘zbekistonlik olimlar R.A. Dadabayeva, N. X. Shoaxmedova, L.T. Ibragimova, Sh.T.
Nasridinova, Sh.T. Ermatovlarning fikriga ko‘ra yuqoridagi masalalarni yechishda avvalo Davlat
soliq qo‘mitasi soliq xizmati idoralarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali bir-biri bilan
bog`lash va yagona axborotlar bazasini takomillashtirish maqsadida ma`lumotlarga ishlov
berishning yagona kompyuter tizimini ishlab chiqish va Davlat soliq qo‘mitasining barcha
bo‘linmalarida lokal axborot-hisoblash tarmoqlarini barpo etishni maqsad qilib qo‘ydi.
Shu bois Davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
axborot tizimini yaratishga asos solindi va uning huquqiy bazasi yaratildi.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-amaliy masalalari xorijlik
iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida keng tadqiq etilgan. Ulardan Jonas Blume, Maja Bott,
Vikram Chand, Svetislav Kostic, Ariene Reis, Guillermo Jimenez, Anton Kamenov, Aqib Aslam
va Alpa Shah va boshqa olimlarning ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Jonas Blume va Maja Bott soliq tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish bo‘yicha afzalliklari va kamchiliklari, ulardan foydalanish natijalari ko‘rib chiqilgan va
umumiy yondashuvni keltirishgan (1-rasm):
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
369
1-rasm. Soliq ma'muriyatining axborot texnologiya tizimida zarur bo‘lgan
funksionallik
1
Jonas Blume va Maja Bottning fikricha, soliq tizmidagi axborotlar oqimini boshqarish tez-
tez qo‘llaniladigan va mohiyatiga ko‘ra, barcha soliq tizimlarida bir xil ishlar, ya’ni soliq
to‘lovchilarni aniqlashlari, kimdan qarzdorligini bilishlari uchun ma'lumotlarni qayta ishlashlari
kerak. Soliq ma'muriyatining asosiy axborot texnologiya tizimlaridagi odatiy funksionallik soliq
ma'muriyatining axborot texnologiya tizimida zarur bo‘lgan funksionallikda namoyon bo‘ladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida soliq tizimida axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatilayotgan
xizmatlar va ularning ahamiyati bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Maqolani shakllantirish
jarayonida kuzatish va tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo’llanilgan xorijiy va milliy statistik rasmiy
manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy
etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir
xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni ta’minlash
hisoblanadi. Zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini jadallashtirish, soliq
inspektorlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri
yo‘q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan
foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini soliq
to‘lovchilarga o‘zning xizmlarini ko‘rsatib kelmoqda. “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi
1
Jonas Blume, Maja Bott "Information Technology in Tax Administration in Developing Countries", - M: KfW
Development Bank, 2021
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
370
(DUK)ning asosiy vazifasi soliq toʼlovchilarga ularning soliq majburiyatlarini bajarilishida xizmat
koʼrsatishdan iborat.
Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududlarida “Soliq-servis” DUKning soliq
toʼlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan koʼmaklashish, shuningdek,
hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish boʼyicha soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish
yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish yoʼnalishida hududiy markazlari
tashkil etilgan.
2
“Soliq-servis” DUK strukturasi markaziy apparatdan, 14 ta viloyat markazlaridan hamda
205 ta hududiy boʼlinmalardan tashkil topgan.
Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga
turli xil interaktiv xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining
«Elektron davlat xizmatlari - my.soliq.uz» portali orqali 76 turdagi elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatilmoqda (2-rasm):
2-rasm. Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari – my.soliq.uz»
portalidagi elektron xizmatlar
3
Bugungi kunda elektron davlat xizmatlaridan 25 tasi — axborot davlat xizmatlari, 20 tasi
– interaktiv, 31 tasi – test sinovdagi xizmatlari tarkibiga kiradi.
Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq
to‘lovchining «shaxsiy kabinet»lari joriy etilgan. O‘zlarining «shaxsiy kabinet»lariga kirib, Davlat
soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari – my.soliq.uz» portalidagi elektron xizmatlar
foydalanishlari mumkin (3-rasm):
2
Davlat soliq qo’mitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytidan olingan
3
Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari — my.soliq.uz» portalidan olindi: https://my.soliq.uz/
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
371
3-rasm. Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari – my.soliq.uz»
portalidagi yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq
to‘lovchining “shaxsiy kabinet”i
4
Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti»
yordamida murojaatlarni yo‘llash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida arizalarni jo‘natish, soliq
hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq
organlarida hisobda turganligi (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lganligi to‘g‘risida
va boshqa ma’lumotnomalarni olish mumkin.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchiga hisoblangan, u tomonidan to‘langan summalar, soliq
qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar hamda budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham Davlat soliq qo‘mitasining axborot resurslaridan
bevosita olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa soliq organi xodimi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi
munosabatlarni zamonaviy vositalar yordamida rivojlantirishga, soliq organlariga ortiqcha kelib-
ketishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Portalda jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida “shaxsiy
kabinet” ochilgan bo‘lib, ularga taalluqli xizmatlar maxsus bo‘limlarga joylashtirilgan. Portal
orqali soliqlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqarish, hisobot va soliq deklaratsiyalari,
murojaatlarni yuborish mumkin.
Portalda
14 turdagi elektron ma'lumotnomani mustaqil ravishda shakllantirib, chop etib
olsa bo‘ladi. Ular o‘zining unikal raqamiga ega bo‘lib, korxona va tashkilotlarga taqdim etilganda
soliq organlarining ma'lumotlar bazasidan haqiqiyligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirib olish
imkoniyati mavjud (4-rasm):
4
Soliq
organlarining
elektron
davlat
xizmatlari
portali
my.soliq.uz
rasmiy
veb-saytining
https://my.soliq.uz/main/statistics havolasidan olindi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
372
4-rasm. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron
xizmatlar
5
Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan muloqotsiz
ko‘rinishda 2022-yil boshidan my.soliq.uz portalidagi soliq to‘lovchilarning «shaxsiy
kabinet»lariga jami 783 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 13 mln. dan ortiq murojaatlar
bo‘lgan. «Shaxsiy kabinet»lar orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 7,5 trln. so‘m
miqdoridagi soliqlar elektron shaklda to‘landi.
Interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi bilan soliq to‘lovchilarga ancha qulayliklar yaratildi.
Quyidagi jadvalda soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar bilan tanishishimiz mumkin (1-jadval):
1-jadval
Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar ro‘yxati
6
5
Soliq
organlarining
elektron
davlat
xizmatlari
portali
my.soliq.uz
rasmiy
veb-saytining
https://my.soliq.uz/main/statistics havolasidan olindi
6
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi soliq.uz rasmiy veb-saytining
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
373
Interaktiv xizmatlar
1 Soliqlarni toʻlash
2 Shaxsiy kabinet orqali elektron oʻzaro munosabatlar
3 Yuridik shaxslarning hisobotlarini yuborish
4 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobotlarini yuborish
5 Soliq deklaratsiyalarini yuborish
6 Ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish
7 Rezidentlik sertifikati
8 Nazorat-kassa mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish
9 Murojaatlarni yuborish
10 Qabulga yozilish
11 Xodimlarni mol-mulk soligʻini toʻlash
12 Elektron hisob-fakturalar
13 Ijara shartnomalarni hisobga qoʻyish
14 Nafaqaxoʻrni ishga olish va boʻshatish
15 Yollangan xodimlarni roʻyxatda oʻtkazish
16 Onlayn NKM va virtual kassa maʼlumotlari
17 Rezyume yuborish
18 QQSning oʻrni qoplash lozim boʻlgan summasini qaytarish
19 Tadbirkorga koʻmak berish boʻyicha soʻrovnoma
20 Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat
21 Elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish
Endilikda soliq to‘lovchilar va soliq xizmati organlari o‘rtasidagi elektron shaklda amalga
oshirilmayotgan jarayonlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish yuzasidan ham amaliy ishlar olib
borilmoqda:
•
Hozirda butun respublikada elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda
rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilayotgan bo‘lib, uning natijalari
bo‘yicha mazkur mexanizmni butun mamlakat bo‘ylab tizimli ravishda amalga oshirish;
•
jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, soliq solish ob’yekti vujudga
kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish;
•
mamlaktimiz soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik va jismoniy
shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati
organiga hisob ma’lumotlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida ma’lum qilish;
•
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan kameral nazorat jarayonida soliq
hisobotini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisoboti va davlat
soliq xizmati organlari ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan ziddiyatlar bo‘yicha tegishli tuzatishlar
kiritish bo‘yicha xabardor qilish;
•
ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish
asosida hisobga olinganda, soliq to‘lovchiga bu haqda xabarnoma berish;
•
soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish bo‘yicha talabnoma berish;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
374
•
undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizalarni yuborish;
•
soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan qarzdorning debitorlari «shaxsiy
kabineti»ga elektron bildirishnomalar yuborishni va boshqa muloqotlarni elektron shaklga
o‘tkazish va soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali amalga oshirilgan.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo‘lsak, soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir
xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar asosida tartib solish orqali soliq tizimini boshqarish bo‘lib
qolmoqda. Soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda bir
qancha to‘siqlar mavjud bo‘lganda, ya’ni agar elektr quvvati va barqaror internet aloqasi kabi
qattiq infratuzilma yoʻq boʻlsa yoki axborot texnologiyalari eng yuqori vaqtlarda to‘siqqa uchrab
qolsa yoki ishdan chiqsa yoki faqat vaqti-vaqti bilan ishlasa, bu holda soliq organlari tomonidan
internetdan foydalanish imkoniyati cheklangan soliq toʻlovchilarga oddiy telefonlar yordamida
oflayn deklaratsiya va toʻlovlarni hal qilish kabi murakkabroq texnologiyalardan foydalanishni
taklif qilish orqali soliq orgalari xizmatlaridan unumli foydalanish imkoniyalriga erishishlari
mumkin.
Yangi axborot texnologiyalarini qo‘llashda, soliq ma'muriyatlari soliq to‘lovchilar
qonunchiligiga rioya qilishni yaxshilashdan iborat asosiy maqsadlarini yodda tutishlari va yangi
texnologiyalarni joriy etishlari kerak. Ularning biznes yo‘nalishi va muvofiqlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlaydigan tizimli usullardan foydalanishlari kerak.
Bundan ko‘zlangan maqsad – soliq tizimiga yordam beradigan mustahkam muvofiqlik
dasturini yaratish, soliq to‘lovchilarning muvofiqligini maksimal darajada oshirish va tegishli
texnologiya
bilan
samarali
qo‘llab-quvvatlangan
holda,
muvofiqlik
xarajatlarini
minimallashtirishdan iborat.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”, 2020
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son farmoni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni savaraliamalga oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 6 oktyabrdagi PF-
6079 sonli Farmoni
4.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining "Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida"gi 359-sonli qarori
5.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-
sonli qarori, 2012 yil 21 mart
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi “Sun’iy intellekt
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risi”dagi PQ-4996-sonli qarori
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
375
7.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi O‘RQ-455-sonli qonuni, 2017 yil 18 dekabr
8.
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni
ta’minlash to‘g’risida”gi O‘RQ-443-sonli qonuni, 2017 yil 7 sentyabr
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida
telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori,
2019 yil 22 may
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2018 yil 20 fevral
11.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 7 fevral
12.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi- Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot uyi
2020.- 640
b.
13.
Jonas Blume, Maja Bott "Information Technology in Tax Administration in Developing
Countries", - M: KfW Development Bank, 2021
14.
Vikram Chand, Svetislav Kostic and Ariene Reis "Taxing Artificial Intelligence and Robots",
- M: IBFD, 2021
15.
Guillermo Jimenez, Niall Mac an tSionnaigh, and Anton Kamenov "Information Technology
for Tax Administration ", - A: Deloitte Consulting LLP, 2020
16.
Aqib Aslam and Alpa Shah "Taxation in the “Digital Economy”", -M: International Monetary
Fund, 2020
17.
Jo‘rayev A.S., Berdiyeva U.A. “Soliq ma'murchiligi” o‘quv q`ollanma" - M: Toshkent–2019.
S – 201
18.
Adewoye, J.O., &Olaoye, C.O. (2021). Usage of information technology to enhance
professional productivity among accountants in Ekiti State. International Journal of
Accounting and Financial Management Research (IJAFMR), 4(2), 7-18.
19.
Г.И.Абаева “Организация интегрированной информационной налоговой системы”. –
M: Костанай, 2017. S – 215
20.
Basel committee: Consultative Document Principles for the Management and Supervision of
Interest Rate Risk. 2003
21.
Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik.-T.: “Iqtisod-moliya”, 2017 y.
22.
Abdullaeva SH.Z. Qulliyev I.M. O‘quv uslubiy qo‘llanma,-T.: “Iqtisod-moliya”, 2018 y
23.
Jo‘rayev A. S. Soliq nazariyasi, - T.: “Iqtisod-moliya”, 2018 y
24.
Farida I. B. Soliq huquqi, - T.: “Toshkent”, 2016 y
25.
Deutchbank: Risk management. 2017
26.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti
27.
https://www.imv.uz – Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti
28.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti
29.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi sayti
