Authors

  • Nurmuhammad Zokirov
  • Sobira Almuradova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44421

Abstract

In this article, how to properly organize physical education classes for school children. A lesson is a systematic form of physical education training, and it is a process of teaching program topics to children of the same age and the same contingent within a set time.

background image


Oktabr, 2024-Yil

421

MAKTABDA JISMONIYA TARBIYA DARSI

Zokirov Nurmuhammad Uchqun o‘g‘li

Almuradova Sobira Rabbim qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13942212

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktab bolalariga maktabda qanday jismoniy tarbiya

darslarini to‘g‘ri tashkil etilsh.

Dars jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, bir

xil yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini o‘qitish

jarayonidir.

Kalit so‘zlar:

Dars, jismoniy tarbiya, maktab, o‘qitish, ustoz, sifat, tizim, tuzulish, shakil,

mahorat, ta’lim, tarbiya, umumiy vazifa, maxsus vazifa.

PHYSICAL EDUCATION LESSON AT SCHOOL

Abstract.

In this article, how to properly organize physical education classes for school

children. A lesson is a systematic form of physical education training, and it is a process of

teaching program topics to children of the same age and the same contingent within a set time.

Key words:

Lesson, physical education, school, teaching, teacher, quality, system,

structure, form, skill, education, training, general task, special task.

УРОК ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ШКОЛЕ

Аннотация.

В этой статье о том, как правильно организовать занятия по

физическому воспитанию школьников. Урок – это систематическая форма занятий

физической культурой, представляющая собой процесс преподавания программных тем

детям одного возраста и одного контингента в течение установленного времени.

Ключевые слова:

Урок, физическое воспитание, школа, обучение, учитель,

качество, система, структура, форма, умение, воспитание, обучение, общая задача,

специальная задача.

Dars

– jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi, bir xil

kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini o‘qitish jarayonidir. Maktab

darsi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun mashg‘ulotlarning alohida shakli bo‘lib u

akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, gimnaziya va boshqa o‘quv

muassasalardagi mashg‘ulotlardan o‘zining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi. Jismoniy

tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining turli tumanligi bilan


background image


Oktabr, 2024-Yil

422

xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yo‘nalishida ma’lum

natijalarga erishishni maqsad qilib qo‘yish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi.

Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va keyin o‘qitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning

ayrim yoki bo‘laklari bilan albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan

tizim asosida olib boriladi.

Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega

bo‘lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin

kontigent bilan bir necha yilga mo‘ljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan

jadval asosida tashkillashtiriladi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy

tayyorgarligi va sport ixtisosligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning

tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish

mashg‘ulotlarning boshqa tipik shakllari o‘zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir

marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Ko‘pincha mashg‘ulotlarning

yuqorida qayd qilingan shakllari darsni to‘ldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini

to‘ldirishda qo‘shimcha rol o‘ynaydi. Lekin ular aholini fizkultura bo‘yicha ma’lum darajadagi

talablarni to‘la qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi.

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar.

Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib

boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog‘liq. Bunga har bir dars zamiridagi qator

vazifalarnihal etish bilan erishiladi.

Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdek

jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq

«Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «Mustahkamlash», «Takomillashtirish»dek mazmunga ega

bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va uni hal qilishni nazarda tutadi.

Ta’lim berish vazifalari

- bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni

bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va

ko‘nikmalarni rivojlantirishga hamda o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qo‘llashga

o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi

butun o‘quv materiallarini izchil va mustahkam o‘rganishga olib keladi.

Ta’limning ayrim vazifalarinihal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket

darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoya qiladi. Masalan,

arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishdaharakatlar ketma-ketligini bir darsning

o‘zida texnik jihatdan mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, bunihal qilish


background image


Oktabr, 2024-Yil

423

uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shug‘ullanuvchining harakat koordinatsiyasi, jismoniy

tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), o‘zlashtirilayotgan harakatga o‘xshash

harakat zahirasiga ham bog‘liq.

Arqonga oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda o‘rgatish mumkin. Bu kichik

xususiy vazifa bo‘lib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida hal qilinadi.

Ta’limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport,

sog‘liqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish haqidagi nazariy bilimlarini

oshirishlari bilan ham hal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki

insoniy fazilatlar – e’tiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi,

maqsadga intilishi, mustaqilligi va qiyinchiliklarni engishdagi qat’iyyati va boshqalarni qo‘shib

tarbiyalash talab qilinadi.

Sog‘lomlashtirish vazifalari

ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim.

Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan

shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarning joylarida zaruriy sanitariya-gigiena holatini saqlash va rioya

qilish, darslarni ochiq havoda o‘tkazilishi, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etish imkoniyatini

yaratadi.

REFERENCES

1.

Abdullaev A. Xonkeldiev Sh.X. “Jismmoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”, Oliy o‘quv

yurtlari uchun darslik.

2.

Matveev L.P. “Teoriya i metodika fizicheskoy kulьturi” uchebnik dlya institutov fizicheskoy

kulьturi. –M: Fizkulьtura i sporta 1991 g.

3.

Yunusova Yu.M. “Teoriticheskie osnovi fizicheskoy kulьturi sporta” uchebnoe pasobie dlya

studentov visshoix uchebnix zavedeniy.

4.

Yunusova Yu.M. «Teoriya metodika fizicheskoy kulьturi» uchebnoe pasobie dlya studentov

visshoix uchebnix zavedeniy T. «Iqtisod moliya».

References

Abdullaev A. Xonkeldiev Sh.X. “Jismmoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”, Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.

Matveev L.P. “Teoriya i metodika fizicheskoy kulьturi” uchebnik dlya institutov fizicheskoy kulьturi. –M: Fizkulьtura i sporta 1991 g.

Yunusova Yu.M. “Teoriticheskie osnovi fizicheskoy kulьturi sporta” uchebnoe pasobie dlya studentov visshoix uchebnix zavedeniy.

Yunusova Yu.M. «Teoriya metodika fizicheskoy kulьturi» uchebnoe pasobie dlya studentov visshoix uchebnix zavedeniy T. «Iqtisod moliya».