Oktabr, 2024-Yil
424
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QISH DARSLARIDA NUTQ OʻSTIRISH METODIKASI
Baxronova Sarvinoz Akbar qizi
ta’lim va tibbiyot universiteti oʻqituvchisi.
Qurbonova Malika Jo‘rabek qizi
ta’lim va tibbiyot universiteti,
Boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13942355
Annotatsiya.
Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’qish darslarida nutq o’stirish metodikasi
hamda texnologiyasi haqida fikr -mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar:
nutq, tafakkur, boshlang’ich sinf, dars, metodika, sintez, taqqoslash, analiz,
asar, janr xususiyatlari.
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ РЕЧИ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются методика и технология развития
речи на уроках чтения в начальной школе.
Ключевые слова:
речь, мышление, начальный класс, урок, методика, синтез,
сравнение, анализ, работа, жанровые особенности.
SPEECH DEVELOPMENT METHODOLOGY IN PRIMARY EDUCATION LESSONS
Abstract.
This article discusses the methodology and technology of speech development in
primary school reading classes.
Key words:
speech, thinking, primary class, lesson, methodology, synthesis, comparison,
analysis, work, genre features.
Nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda oʻstiriladi.
Darsda oʻqilgan asarni oʻquvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab
yetishi uchun lahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qoʻllanadi. Oʻqilgan
asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi
shaxslarni aytadilar, oʻqituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni
oʻquvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo oʻqituvchi ularni asarda qatnashish tartibida
aytishni soʻraydi. Natijada oʻqituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. Oʻqituvchi
bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.
Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish oʻquvchilardan ongli ishlashni, ya'ni
voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab etadi. Oʻqish bilan bog'liq holda
bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.
Oktabr, 2024-Yil
425
Boshlang'ich sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilar nutqining oʻsish darajasi toʻg'ri
uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida toʻliq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta
hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf oʻquvchilari uchun matnni toʻliq yoki inatnga yaqin
qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda oʻqilgan
hikoya mazmuni yuzasidan oʻqituvchining savoli hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar
oʻrtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar sujetining
rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol oʻynaydi. Oʻquvchilar asar
mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususi-yatlarini
tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. Oʻqituvchining savoli asar qahramonlari nima
qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida soʻzlab
berishga, voqcalami izchil bayon qilinishga va oʻzaro bog'liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim.
Oʻquvchi oʻqilgan asar mazmunini oʻqituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat
analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar oʻzaro bog'lanadi (sintezlanadi), bir-
biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Koʻpincha boshlang'ich sinf oʻquvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi
tushunmasliklari, ba'zan notoʻg'ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab
yetmaydilar. Shuning uchun ham oʻqituvchi savolni juda oʻylab tuzishi, u bolani fikrlashga,
oʻylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog'lanishi
yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni oʻzaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy
tomonlarini aniqlashga yor-dam beradigan boʻlishi lozim. Oʻquvchi asarda qatnashuvchilarning
xatti-harakatini qanchalik aniq koʻz oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik
chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Oʻqilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam
beradi. Reja tuzishda oʻquvchi hikoyani tarkibiy qismlarga boʻladi va har qaysi qismdagi asosiy
fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga oʻtiladi, ya'ni
bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida reja tuzish
jarayonida oʻqilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan
iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida oʻylaydilar. Sarlavha topish
ustida ishlash, oʻquvchilar topgan sarlavhani jamo-aviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining
oʻzi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda oʻz mulohazasini isbotlash, asoslash
odatlarini tarbiyalashi lozim.
Asarnt oʻqish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini
izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni
Oktabr, 2024-Yil
426
berilgan izchillikda oʻzlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash oʻqituvchi savoliga lavob
berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir.
Oʻqilgan asar mazmunini oʻzlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib
hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2—3 qismga boʻlinadigan, bu boʻlimlar
yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga oʻrgatish
quyidagicha uyushtiriladi: oʻqituvchi hikoyaning oldindan belgilab qoʻygan qismini oʻqiydi va
oʻquvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda oʻquvchilar ba'zan asardagi
soʻzlardan I'oydalanadilar. Bu oʻquvchilarga qiyinlik qilsa, boʻlimdagi asosiy fikrni oʻz soʻzlari
bilan aytib berishlari mumkin. Keyin oʻquvchilar oʻqituvchi bilan bu qismni qisqartirib
hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam
ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib
boriladi va oʻquvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiiadilar. Oʻqilgan asarni qisqartirib hikoya
qilishga II sinfdan boshlab oʻrgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham bolaiarning tafakkuri va nutqini oʻstirish vo-sitalaridan biridir.
Tanlab hikoyalashda oʻquvchi:
1) oʻqilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib soʻzlab beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir sujet yoʻnalishida soʻzlab beradi.
Oʻquvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang'ich sinf izohli
oʻqish darslarida keng qoʻllaniladigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
Oʻquvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda oʻqilgan matnni tanlil qiladi. Bunday tahlil
bolalar tafakkurini, ular nutqidagi musta-qillikni oʻstiradi va oʻqilgan matn mazmunini
oʻzlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani oʻqish bilan bog'liq holda oʻtkaziladigan ijodiy ishlar ham oʻquvchilar nutqini,
tafakkurini oʻstiradi.
Bular:
1) ijodiy qayta hikoyatash;
2) inssenirovka qilish;
3) oʻqilgan asarga rasm chizish;
4) hikoyani davom ettirish.
Oktabr, 2024-Yil
427
Ijodiy qayta hikoyalashda oʻqilgan hikoyaning sharoiti yoki shaklini oʻzgartirib hikoya
qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodiar bilan toʻidirib hikoya qilish ham mumkin.
Inssenirovka yoki sahnalashtirishda oʻquvchilar oʻqilgan hikoyani sahnabop qilib
oʻzgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kiyim-kechaklari,
qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida oʻylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa
aylantiradilar (bu tilni oʻrgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).
Oʻqilgan hikoyaga rasm chizishda oʻquvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan
oʻqilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki oʻzi rasm chizadi. Agar oʻquvchi rasmni
yaxshi chiza olmasa, oʻzi chizmoqchi boʻlgan rasmni og'zaki tasvirlab beradi, ya'ni soʻz bilan
chizadi.
Oʻqilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qoʻllaniladi. Bu usul
hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qoʻllaniladi.
Umuman olganda, boshlang'ich sinf oʻqish darslarida ham oʻquvchilar nutqi va
tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat qaratiladi.
Badiiy asar bir o‘qishdayoq mukammal idrok etilmaydi. Birinchi o‘qishda ilk tasavvur
paydo bo‘ladi. U dastlabki idrokka asos bo‘ladi. Kitobxon asarda tasvirlangan manzaralarni,
qahramonning qiyofasini, axloqiy fazilatlarini, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija
bog‘lanishlarini yetarlicha ko‘z oldiga keltira olmay turadi. Hali to‘liq anglanmagan, o‘z belgilari
bilan paydo bo‘lish bosqichida turgan bu jarayon nihoyalanishi uchun tahlil usulidan foydalanish
talab etiladi. Badiiy obrazning umumlashma tavsifini ochish uchun yuzaga kelgan dastlabki
tasavvur tahlilga tortiladi. A.A.Abdullina buni “barqaror holga keltirish” deb tushuntiradi va bu
jarayonning qanday davom etishi haqida aniq xulosalar beradi. Adabiy asarda tasvirlangan
qahramonlarning hayoti, adabiy taqdiri misolida o‘quvchilarga odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy-
estetik munosabatlar anglatiladi. O‘zbekni, o‘zbekona ruhni tushunish ham rusiyzabonlar uchun
ijtimoiy munosabatlarning yana bir jabhasi hisoblanadi. Lekin hayotdagi turli-tuman shaxslar bilan
bo‘ladigan muloqot tavsifi har bir insonga xos fazilatlar umumlashmasi tariqasida badiiy
adabiyotda o‘z aksini topib kelmoqda, bundan keyin ham qanchadan-qancha asarlar ana shu
masalalarga bag‘ishlanadiki, bu narsa odamlarga xos xislatlarning nihoyatda rang-barang
ekanligidan dalolatdir. Asar qahramonlari obrazlari misolida yoshlarni ijtimoiy munosabatlar
mazmuni, chunonchi, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat kabi talay tushunchalarning
mohiyati bilan tanishtirish jarayoni amalga oshadi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish sohasida yaratilgan
metodik adabiyotlar, tadqiqot ishlarining deyarli barchasida (masalan, Q.Yo‘ldoshev,
M.Mirqosimova, S.Matchonov va boshqalar) asar qahramonlarini o‘rganish xususida so‘z yuritilib
Oktabr, 2024-Yil
428
kelmoqda. Shuning uchun o‘zbek tili o‘qituvchisi ulardan ijodiy foydalangan holda rusiyzabon
o‘quvchilarning asar qahramonlari fazilatlarini anglash xususiyatlari bilan tanisha oladi. Shunga
ko‘ra ham bu masalaga maxsus tarzda atroflicha to‘xtalish tadqiqot ishimizning asosiy maqsadlari
sirasiga kiritilmaydi. Shuni ham eslatish joizki, bugun qahramonning ong oqimi asosiga qurilgan
asarlar ham yaratilmoqdaki, bu asarlarda qahramon ko‘zlagan motiv va maqsadi “ichki
monolog”da mujassamlashadi1.
Bu o‘rinda X.N.Dosmuhamedovning quyidagi fikri o‘rinli: “Qahramonlardagi voqelikning
salbiy ko‘rinishlariga bo‘lgan norozilik o‘z “men”ini anglashga intilishda seziladi”. Bunday
asarlar o‘quvchilarni voqealarni tadqiq etishga emas, balki insonning xarakter xususiyatlarini
o‘rganish sari yo‘naltiradi.
Asarni o‘qish, tahlil qilish to‘g‘risida gap ketganda, nazarimizda bajariladigan ish turlarini
quyidagi bosqichlarga monand ajratish maqbul sanaladi:
1) asarni o‘qishdan oldin bajariladigan ish turlari;
2) asar ustida ishlash jarayoni bilan bog‘liq ishlar;
3) asar o‘qib bo‘lingandan keyin bajariladigan ish turlari. Asarni o‘qishdan oldin
bajariladigan ish turlari sirasiga lug‘at ishi, grammatik materiallarni o‘rganish, o‘qituvchining
kirish so‘zi kiradi. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar, akademik litsey va kasbhunar
kollejlarining o‘zbek tili darslarida matnni o‘qish bilan bog‘liq bosqichni “Matn ustida ishlash”
deb atash rasm bo‘lgan. Biz ham ana shu an’anaga e’tiroz bildirmagan holda mavzumizga mos
tarzda “Asar ustida ishlash” degan ifodani ishlatamiz. O‘zbek tili darslarida matn ustidagi ishlar
bevosita uni o‘qishdan boshlanadi. Tabiiyki, badiiy asarni o‘qishni o‘qituvchining o‘zi yoki tilni
amaliy biladigan, yaxshi o‘zlashtiradigan, ifodali o‘qish qo‘lidan keladigan o‘quvchilardan biri
boshlab beradi. Umuman, rusiyzabon bolalarni o‘qishga o‘rgatish masalalari metodik
adabiyotlarda qisman bo‘lsa-da, yoritilgan1 . Shunday bo‘lgach, biz o‘zbek tili darslarida o‘qishga
o‘rgatish masalalarini chetlagan holda bevosita adabiy materialni o‘qish muammolariga to‘xtaldik.
Asar ustida ishlash jarayoni bilan bog‘liq ishlar matnni o‘qishdan boshlanadi. Badiiy asar
yoki undan olingan parcha o‘qiladi. Bunda o‘quvchilarning talaffuziga, o‘qish tezligiga alohida
e’tibor beriladi. R.Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, “...ifodali o‘qish chog‘ida sur’at o‘rtacha
(normal) o‘qish tezligining uchdan biriga qisqaradi. Sinf o‘quvchilarining o‘rtacha o‘qish tezligi
bir daqiqada 90-120 so‘z bo‘lsa, ifodali o‘qish sur’ati bir daqiqada 60-80 so‘z atrofida bo‘ladi” 1.
Bundan ham sekinroq o‘qish o‘quvchining matndagi leksik va grammatik materiallarni
yaxshi o‘zlashtirmaganligidan, ayrim gaplarning mazmunini tushunmaganligidan dalolat beradi.
Oktabr, 2024-Yil
429
Asar o‘qib bo‘linganidan keyin bajariladigan ish turlariga tahlil, savol va topshiriqlar ustida
ishlash, mustaqil mutolaa (jumladan, uyda o‘qish), ayrim yozma ishlar kiradi. Matnlarda ma’no-
mazmunini izohsiz anglash qiyin bo‘lgan lingvistik va ekstralingvistik jihatlar uchrab turadi.
(Ishda ana shunday jihatlar to‘liq sanalgan.) O‘quvchilar badiiy nutq oqimidan notanish
so‘zning izohini badiiy idrokka ziyon yetkazmasdan ilg‘ab olishlari lozim. Konnotativ izoh
so‘zning qo‘shimcha badiiy ma’nosini ochishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi ayrim so‘zlarni matnni
ifodali o‘qish jarayonida alohida urg‘u bilan ajratadi. Agar darslikda berilgan lug‘atdagi tarjima
so‘zning qo‘shimcha ma’nosini tushunish uchun yetarli bo‘lsa, katta bo‘lmagan to‘xtam
o‘quvchilarning ushbu so‘zni lug‘atdan ko‘rib olishi uchun kifoya qiladi. Bundan ham sekinlashish
qiziqishning pasayishiga olib kelishi mumkin. O‘quvchilarning asarni to‘liq va chuqur idrok
etishlarini ta’minlashning samarali vositalaridan biri sifatida dastlabki kezlarda badiiy asarga
ishlangan rasmlardan foydalanish ham tavsiya etiladi. Tajribali o‘qituvchilar tomonidan
“tahlilning ochiq usullari”dan tashqari quyidagi “yashirin” usullar ham keng qo‘llangani yaxshi
ma’lum: og‘zaki ravishda so‘z bilan tasvirlash, xayol qilinayotgan fotomontajlarni, kinossenariy
fragmentlarini yaratish, sirtqi ekskursiyalar va hokazolar shu siraga kiradi. Adabiy asarni tahlil
qilishda savol va topshiriqlar tizimi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Savol va topshiriqlar
o‘quvchilarning aqliy va emotsional rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi, badiiy matnni o‘rganish
jarayonida muloqotning qulay vaziyatini yaratish uchun sharoit vujudga keltirishi darkor. Savol va
topshiriqlar tizimini yaratishda adabiy asarni bir butunicha tahlil qilish prinsipi asosiy qoida
sifatida ajratiladi.
Ma’lumki, asar tahlili – metodikaning markaziy muammosi, binobarin, ushbu muammoga
metodik ishlarning katta qismi bag‘ishlangan. Tahlil yo‘llari, asar turi va janriga, o‘quvchilarning
yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga, maktabda adabiyotning boshlang‘ich va sistematik kursi
tizimiga ko‘ra uning xususiyatlari keng ishlab chiqilgan. Tahlilning mohiyati shundaki, u
o‘quvchini asar mazmuniga chuqurroq kirib borishga, shu maqsad bilan uni qayta o‘qib chiqishga
undaydi, yozuvchining shoirona fikrida qanday mantiq borligini, obrazlarning mantiqiy
aloqadorligini, voqea-hodisalarning, qahramonlarning hayotga nechog‘lik yaqinligini anglashga
ko‘maklashadi. “Darsda yaxshi tahlil qilingan har bir inson obrazi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida jonli
kishidek namoyon bo‘ladi”1. Har bir asar muayyan insoniy xislatlarga, ijtimoiy munosabatlarga
bag‘ishlangan bo‘ladi. Masalan, “Gilam paypoq” da onaga mehr-muhabbat, “Jasur qiz” da zulm
va zo‘ravonlikka nafrat va hokazo. Bu asarlar ana shu yo‘nalishda o‘rganiladi. Boshqacharoq
aytiladigan bo‘lsa, materialning mazmuni dars turini ham tayin etadi. Adabiy matn yuzasidan
Oktabr, 2024-Yil
430
beriladigan savol va topshiriqlar tizimini yaratish uchun asos qilib olinadigan prinsiplarni
quyidagicha ifodalash mumkin:
1) badiiy asar ustida olib boriladigan ishlarni matn mazmunini o‘zlashtirishga qaratib
yubormaslik, uni badiiy idrok etishgagina yo‘naltirish;
2) o‘quvchilarning rus adabiyoti darslarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalariga
tayanish;
3) savol va topshiriqlarni adabiyot nazariyasini o‘rganayotganlik tasavvurini
uyg‘otmaydigan qilib tuzish;
4) savol va topshiriqlarni obrazpersonajlarning xatti-harakatlarini, matnda ishlatilgan
tasviriy vositalarning, asar janrining estetik qiymatini, jozibasini anglab yetish sari yo‘naltirish.
O‘qituvchi uchun ham, ta’lim sub’ektiga aylanib borayotgan o‘quvchi uchun ham topshiriq, ijodiy,
muammoli savol asar ustida mustaqil, maqsad sari izlanish yo‘lidagi faoliyat xarakterini
belgilaydigan ochqich bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchining ta’lim jarayonini boshqarishi maqsad
sari eltadigan to‘g‘ri yo‘lni (qaerga olib borishi noaniq bo‘lgan so‘qmoqni emas) ko‘rsatib turishda
namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar faoliyatini tartibli, izchil, yangi pedagogik texnologiya darajasida
uyushtirishni ko‘zda tutadi. Bunda har bir adabiy materialni o‘qib o‘rganish natijasi ham e’tiborga
olinadi.
REFERENCES
1.
Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.
2.
Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING
AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.
3.
Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.
4.
Sharipova
M.
B.
Gulshoda
Fazliddin
Qizi
Ravshanova
QAHRAMONLIK
DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific
progress. – 2021. – №. 7.
5.
Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //
Вестник
магистратуры.
2020.
№3-3
(102).
URL:
Oktabr, 2024-Yil
431
https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-
doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).
6.
Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования //Вестник
магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.
7.
Sharipova M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific
progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-
marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).
8.
MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O’RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.
9.
Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG
ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA)."
Scientific progress
7 (2021).
10.
Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA
TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.
11.
Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.
12.
Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.
13.
Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI //BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.
14.
Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ
ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021. №16-
2
(119).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-
tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).
15.
Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA
QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova
Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi //Научно-
практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.
Oktabr, 2024-Yil
432
16.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
17.
Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA
ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1),
163-163.
18.
Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.
Scientific progress
,
2
(7), 1109-1113.
19.
Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников дошкольных образовательных учреждений.
Вестник магистратуры,(3-
3 (102))
, 113-114.
20.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
21.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
22.
Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The Example
of the Epic “Alpomish”).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
23.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
24.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
25.
Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE
DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION
SYSTEM.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
3
(1),
21-29.
26.
Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK
TA’LIMOTI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
27.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY
QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
Oktabr, 2024-Yil
433
28.
Sharipova,
M.
(2023).
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTIDA
SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
29.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
30.
SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI
ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.
Journal of Research and
Innovation
,
1
(10), 45-52.
31.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI
MAROSIMINING BADIIY TALQINI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1091-1095.
32.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH BOSQICHLARI,
METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1096-1100.
33.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM
VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
35
(35).
34.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI
NUTQNING
IJTIMOIY-PEDAGOGIK
FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
35.
Sharipova, M., Ro’ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF
ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM.
Modern
Science and Research
,
3
(5), 1370-1376.
