Authors

  • Sarvinoz Baxronova
  • Ozodaxon Haydarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44455

Keywords:

topishmoq turi tasnifi predmetli topishmoq xususiyat ko‘p predmetli murakkab topishmoqlar.

Abstract

Ushbu maqolada topishmoqlar xalqning turmush tarzi va qadimiy e`tiqodlari ifodasi bayon qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

562

IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQLARNING O’RNI

Baxronova Sarvinoz Akbar qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti oʻqituvchisi.

Haydarova Ozodaxon Murtazo qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti,

Boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13957262

Annotatsiya. Ushbu maqolada topishmoqlar xalqning turmush tarzi va qadimiy e`tiqodlari

ifodasi bayon qilingan.

Kalit so’zlar: topishmoq, turi, tasnifi, predmetli topishmoq, xususiyat, ko‘p predmetli,

murakkab topishmoqlar.

THE ROLE OF PUZZLES IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITY

Abstract. In this article, riddles are an expression of people's lifestyle and ancient beliefs.
Key words: riddle, type, classification, object riddle, property, multi-object, complex

riddles.

РОЛЬ ЗАГАДОК В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ

Аннотация. В данной статье загадки являются выражением образа жизни и

древних верований людей.

Ключевые слова: загадка, тип, классификация, предметная загадка, свойство,

многопредметность, сложные загадки.


Topishmoqlar хalq og‘zaki ijodida alohida o‘rin tutadi. Folklorning ta’sirida yozma

adabiyotda ham topishmoq she’rlar yaratildiki, bu ayniqsa, bolalar adabiyotida katta badiiy-estetik
mohiyat kasb etadi. Bu janrning mohiyati metafora bilan bog‘liq bo‘lib, ularda topilishi lozim
bo‘lgan narsa-buyumning asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Qadimda topishmoqlar
cho‘pchak, topmachoq, matal, bayt, jumboq, topar kabi nomlar bilan yuritilgan. Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida ham xalq topishmoqlaridan bir qancha
namunalar keltirilgan.

Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati va urf odati ma’lum ma’noda o‘z

ifodasini topadi, yechilishi mumkin bo‘lgan so‘roq majoziy shaklda ifodalanib, uning ma’nosi
yashirincha bo‘ladi. Bu janrda narsa yoki hodisa o‘xshatish, o‘zaro qiyoslash, taqqoslash orqali
gavdalantiriladi. “Topishmoqlar” — 1981-yil chop etilgan oʻzbekcha topishmoqlar toʻplami.

Toʻplamni Zubayda Husainova tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob Gʻafur Gʻulom

nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. „Topishmoqlar“ avvalgi toʻplamlardan
hajm jihatdan ancha katta boʻlib, unda har xil turdagi topishmoqlar berilgan. Topishmoqlar
„Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasiga kiritilgan 23-kitobdir. Kitob ikki qismga
boʻlingan boʻlib, birinchi qismda anʼanaviy topishmoqlar, ikkinchi qismda esa yangi topishmoqlar
berilgan. Bundan tashqari, topishmoqlar javoblariga koʻra tematik asosda tartiblashtirilgan. Tahrir
hayʼati Komil Yashin, Sarvar Azimov, Marat Nurmuhamedov, Matyoqub Qoʻshjonov, Hamid
Gʻulom, Muzayyana Alaviya, Shonazar Shoabdurahmonov, Toʻra Mirzayev, Muhammad Ali,
Solih Qosimov, Bahodir Sarimsoqovlardan iborat boʻlgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

563

Topishmoq to‘rtlik shaklida bo‘lib, juft misralari qofiyalangan, so‘zlari sodda va

ravon.

Bolalar tafakkuriga xos obrazlardan foydalangan. Topilayotgan narsa yoki buyumga xos

xususiyatlari оbrazli o‘xshatishlar asosida keltirilgan. Topishmoqning javobi - “Sovun”. Sovundan
qancha foydalansak tanamiz poklanib boradi, shu asnoda u tugab boradi, go‘yo o‘zini yaxshilik
yo‘lida fido etgan insonlar singari. Topishmoq zamirga ezgulik singdirilgan. Sovundan
foydalanganimizda ba’zan qo‘lmizdan sirpanib tushib ketadi. Shoir bu holatni obrazli tarzda ajoyib
“tesha tegmagan” o‘xshatish - “baqaga o‘xshab qochar” bilan ifoda etadi. Topishmoqlar ijtimoiy
hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, real voqelikka asoslanadi. Unda
atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos
shakl va mazmunga ega.

Topishmoqda falsafiy, tarixiy, etnografik tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda

go‘zal, obrazli iboralar bilan aks ettiriladi[4.B.28]. Topishmoqlar ikki kishi yoki jamoa o‘rtasida
berilgan jumboqli savol-javob tarzida ham yaratiladi. A.Akbar qalamiga mansub topishmoqlar
asosan “to‘rtlik” shaklida bo‘lib, mazmun jihatdan o‘ziga xos ohorli o‘xshatishlar, ta’rif, tavsifdan
iborat. Tili ravon sodda, bola dunyoqarashiga mosdir. Shoirning topishmoqlari asosan ikki kishi -
muallif vakitobxon o‘rtasidagi savol- javob tarzida yaratilgan. M.Sulaymonovning “O‘zbek xalq
og‘zaki ijodi” uslubiy qo‘llanmasida “Topishmoq ijrosi uchun kamida ikki kishi, ikki guruh yoki
topishmoq aytuvchi va uni yechuvchilar, javobni topuvchilar bo‘lishi kerak”,- deb fikr
bildiradi[5.B.29]. An’anvaiy tarzda topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari,
umuman har bir obyektga badiiy tus berilgan holda obrazli taqqoslash, o‘xshatish orqali
jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan obyekt - narsa yoki tabiat
hodisalarining nomini aytib berish, ma’nosini topish, yashiringan jumboqni yechishdan iborat.
Kunu tun parvona zamin boshida /Na damni bilishar, na olishar tin. Biriga qarasang ko‘zing
qamashar /Biriga soatlab tikilish mumkin? (Quyosh va oy) Topishmoq tabiatning muhim unsuri
quyosh va oy haqidadir. Savol qismida uning xususiyatlari obrazli tarzda, taqqoslash asosida
ko‘rsatib beriladi. “Biriga qarasang ko‘zing qamashar” – quyoshning ta’rifi ya’ni xususiyati
keltirilgan. Kitobxon shu ibora orqali javobini topa oladi. “Biriga soatlab tikilish mumkin” -
iborasi orqali esa, topishmoqning ikkinchi javobi kelib chiqadi. “Ko‘zing qamashar”- “tikilish
mumkin” so‘zlari bir-biriga zid ma‘noli bo‘lib-tazod san’atini yuzaga keltirgan. Topishmoqlar
tuzilishiga ko‘ra bir yoki bir necha predmеtli bo‘ladi. Ushbu topishmoq bir necha savol va bir
necha javobli (predmetli) topishmoqlar sirasiga kiradi. A.Akbar topishmoqlarining yana bir jihati
shuki, ba’zi topishmoqlarining savol qismi oxirida so‘roq belgisi qo‘yilgan, lekin hech bir
misrada so‘roq so‘zi ishlatilmagan. So‘roq ohangi yordamida aytilgani uchun “so‘roq” tinish
belgisi qo‘yilgan.

Bayroqchaman, bayroqcha / Rangim yam – yashil. Kuzga qadar xilpiray, / Shamol shafqat

qil (barg) Topishmoq intoq san’ati asosiga qurilgan bo‘lib, o‘ziga xos o‘xshatish (bayroqchaman)
bilan boshlanadi. Topilayotgan jumboqning xususiyatlari misralarda birma-bir, bosqichma-
bosqich keltiriladi. Birinchi misrada shakli, ikkinchi misrada rangi, uchinchi misrada holati,
to‘rtinchi misrada xulosa tarzda beriladi. Ikkinchi misrada nomi topilayotgan narsaning rangi
beriladi “yam - yashil”.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

564

Bolakaylar tafakkurida bunday o‘xshatish va tasvirlashlar orqali unga mos keluvchi

narsalar bir-bir gavdalanadi va aniqroq tasavvurni yuzaga keltiradi. Yam - yashil so‘zi orqali
“barg” xayolga keladi. 3-misradan esa fikrlari oydinlashib, haqiqatdan ham “barg”- yaproq
ekanligini tushunadi. Sababi barg (hilpirab turishi) bayroqchaga o‘xshaydi, rangi yam-yashil,
lekin bu yashillik kuzga qadar hilpiraydi, shamol esganda asta-sekin yerga tusha boshlaydi.

Bargning bayroqchaga o‘xshatilishi ajoyib badiiy topilmadir. Shu bilan birga tabiat

qonunini (bargning umri kuzga qadar bo‘lishi) bolalar tafakkuriga xos tarzda berib o‘tadi. Tabiat,
tabiat hodisalari va narsalarni bir - biriga o‘xshatish, taqqoslash orqali borliqni, undagi mavjud
narsalarning mohiyatini teran anglashga katta yordam beradi.

Qop-qoradir / Jismimiz.
Charos erur / Ismimiz.
Tursunboy Adashboyevning “Osmon ko‘kmi, zangori”. To‘plamidagi “Bobo qancha

yoshdasiz”, “Yetmay qoldi” topishmoq she’rlari esa matemaikaga oid bo‘lib, raqamlarni hisoblash
yordamida topilishi kerak bo‘lgan jumboqni ifoda etgan:

– Bobo, kenja nabirangiz
Necha yoshga chiqdi hozir?
– Kenjam Nazar,
Men qanchaga chiqqan bo‘lsam,
– Shuncha oylik bo‘ldi, bo‘tam.
- Siz qanchaga chiqdingiz?
– Qaytib-qaytib so‘rar Javlon.
- Yetmish sakkiz yoshga chiqdik,
– Nabiramiz ikkovlon.
- Vuy, qiziq- a, xo‘sh qanday?
– Mening yoshim unikiga qo‘shganda...
Kim topadi Ro‘zmat bobo
– Qancha yoshga to‘lganligin?
Nabirasi Nazir esa – Necha oylik bo‘lganligin?
Topishmoqning tezis qismi Ro‘zmat bobo va Javlonning dialog asosidagi savol- javobi

bilan boshlanadi. Ikki suhbatdoshning ismlari topishmoqning boshida berilmasdan, misralar
tarkibida ya’ni, - yettinchi misrada Javlon, o‘n ikkinchi misrada, Ro‘zmat bobo ismlari keltirilgan
bo‘lib, muallif nutqi orqali aytib o‘tilgan. Antitezis qismida topishmoqning javobiga ishora
qiluvchi jumlalar berilgan va bu jumboqli vaziyatni yuzaga keltiradi, topguvchiga yo‘nalish
beradi. Sintez qismida nimani topish kerakligi muallif nutqi orqali jumboqni umumlashtirgan
holda kitobxonga havola etadi.

Topishmoqlar jumboqning berilishiga ko‘ra quydagi turlarga ajratishimiz mumkin:
1.Tarkibi birgina savol(jumboq) va birgina javobdan iborat bo‘lgan topishmoqlar;
2.Tarkibi bir necha savol va unga mos tarzda bir necha javobdan iborat bo‘lgan

topishoqlar.

Tursunboy Adashboyevning yuqoridagi topishmog‘i ikkinchi turga mansub bo‘lib,

tarkibida ikki savol va ikki javob mavjud. Abdurahmon Akbarning “Adabiy topishmoqlar”i
ustoziga izdosh sifatida va o‘ziga xos tarzda yaratilgan bo‘lib, tarkibida bir necha jumboq (shoir


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

565

va nosirlar ismi, familiyasini topish) hamda unga mos tarzda bir necha javobdan iborat. Ijodkor
topishmoqlarning xos xususiyatlaridan yana biri, topishmoq tarkibida savol so‘zlar deyarli
ishlatilmaydi, kitobxon she’rning ma’nosidan qanday vazifa qo‘yilganini topib oladi. Odatda
bolalar shoirlari tomonidan yaratilgan topishmoqlar qolipi quyidagicha: “Buni toping qizlarim”,
“Bu nima, qizim yulduz?”, “buni top” kabi jumlalar yoki nuqtalar o‘rnini to‘ldirishdan iborat
bo‘lar edi. Shoir esa an’anaviy qolipdan chekinib, yangicha poetik usul yarata olgan. Bolalarning
sevimli shoirlaridan biri bo‘lgan Po‘lat Mo‘min qalamiga mansub “Bolajon, bolajonim” kitobiga
kiritilgan topishmoqlarning aksari nuqtalar o‘rnini to‘ldirish asosida yaratilgandir.

“Tezda top javob” nomli topishmoqlar hajmi ham ancha salmoqli.
Juda sevamiz uni,
Xilma-xildir mazmuni.
Bo‘lmasa ham muallim,
Bera oladi ta’lim.
U barchaning ulfati,
Bo‘lar ba’zan surati.
Qani o‘rtoq buni top,
Eslagan der bu (kitob)Topishmoq 8 misradan iborat bo‘lib, qofiyalanishi ham o‘zgacha,

har baytdagi misra o‘zaro qofiyalangan: a - a, b - b, s - s, d - d kabi. Topishmoqning javob qismida
an’anaviy tarzda “Qani, o‘rtoq, buni top!” iborasi keltirilgan, javob qismi “Eslagan der bu ...”
murojaat shaklida bo‘lib, she’r matnidagi tavsifdan va she’r ritmidan nuqtalarda yashiringan
jumboqni topish mumkin. Oxirgi satrda javobga ishora aks etgan.

REFERENCES

1.

Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ

ПОКОЛЕНИЕ

К

СОВЕРШЕНСТВУ

//ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.

2.

Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING
AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.

3.

Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

4.

Sharipova M. B. Gulshoda Fazliddin Qizi Ravshanova QAHRAMONLIK
DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific
progress. – 2021. – №. 7.

5.

Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //
Вестник

магистратуры.

2020.

№3-3

(102).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-
doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).

6.

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования
//Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

566

7.

Sharipova M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific
progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-
marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

8.

MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O’RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.

9.

Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN
SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA)."

Scientific progress

7 (2021).

10.

Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA
TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.

11.

Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.

12.

Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных
ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики.
– 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.

13.

Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI //BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.

14.

Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ
ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021. №16-
2 (119). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-
tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).

15.

Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA
QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
//Научно-практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.

16.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O
‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

35

(35).

17.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA
ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.

PEDAGOGS

jurnali

,

1

(1), 163-163.

18.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Scientific progress

,

2

(7), 1109-1113.

19.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников

дошкольных

образовательных

учреждений.

Вестник

магистратуры,(3-3 (102))

, 113-114.

20.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

567

21.

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

22.

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The
Example of the Epic “Alpomish”).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

23.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).

24.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

25.

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE
DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION
SYSTEM.

THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD

,

3

(1),

21-29.

26.

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK
TA’LIMOTI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

27.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY
QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

28.

Sharipova,

M.

(2023).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTIDA

SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

29.

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

30.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI
ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.

Journal of Research and

Innovation

,

1

(10), 45-52.

31.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI
MAROSIMINING BADIIY TALQINI.

Научный Фокус

,

1

(2), 1091-1095.


References

Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.

Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.

Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

Sharipova M. B. Gulshoda Fazliddin Qizi Ravshanova QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ // Вестник магистратуры. 2020. №3-3 (102). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.

Sharipova M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O’RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.

Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)." Scientific progress 7 (2021).

Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.

Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.

Шарипова М. Б., Саидова Д. Х. К. Методы и средства использования национальных ценностей в духовно-нравственном воспитании детей в семье //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 3 (48). – С. 31-32.

Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.

Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021. №16-2 (119). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).

Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi //Научно-практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 163-163.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI. Scientific progress, 2(7), 1109-1113.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры,(3-3 (102)), 113-114.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The Example of the Epic “Alpomish”). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 3(1), 21-29.

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 45-52.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI MAROSIMINING BADIIY TALQINI. Научный Фокус, 1(2), 1091-1095.