TECHNOLOGY OF PRODUCING APPLE SEEDLINGS FROM VEGETATIVE PROPAGATIVE ROOTS

HAC
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Toshpo‘latov , A. ., & Rayimova, Z. (2024). TECHNOLOGY OF PRODUCING APPLE SEEDLINGS FROM VEGETATIVE PROPAGATIVE ROOTS. Modern Science and Research, 3(10), 623–625. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45298
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The technology of growing apples on weakly growing vegetatively propagated cuttings. Establishment of intensive gardens. When the bud is grafted, the cultural variety. Weld the shield.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

OLMANI NAVDOR KO’CHATLARINI VIGETATEV KO’PAYUVCHI

PAYVANTAGLARDAN YETISHTIRISH TEXNALOGIYASI

Toshpo‘latovAbdumalik Soat o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o'qituvchisi.

Toshpulatovabdumalik7@gmail.com

Rayimova Zilola Lutfillo qizi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13964933

Annotatsiya.

Olmani kuchsiz o‘suvchi vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan payvandtaglarda

yetishtirish texnologiyasini. Intensiv bog‘lar barpo etilish. Kurtak payvand qilinganda, madaniy
nav. Qalqoncha payvandtag.

Kalit so‘zlar:

Olmani kuchsiz, payvand, intensiv, kurtak, qalamcha, ertagi muddat.

TECHNOLOGY OF PRODUCING APPLE SEEDLINGS FROM VEGETATIVE

PROPAGATIVE ROOTS

Abstract.

The technology of growing apples on weakly growing vegetatively propagated

cuttings. Establishment of intensive gardens. When the bud is grafted, the cultural variety. Weld
the shield.

Key words:

Apple weak, graft, intensive, bud, pen, fairy term.

ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ САЖЕНЦЕВ ЯБЛОНИ ИЗ ВЕГЕТАТИВНО

РАЗМНОЖАЮЩИХ КОРНЕЙ

Аннотация.

Технология выращивания яблок на слаборастущих вегетативно

размножаемых черенках. Создание интенсивных садов. При прививке почки культурный
сорт. Приварить щит.

Ключевые слова:

Яблоня слабая, привитая, интенсивная, бутон, перо, сказочный

срок.

Olmani kuchsiz o‘suvchi vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan payvandtaglarda yetishtirish

texnologiyasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor payvandtaglar rivojlanishining biologik xususiyatlarini
o‘rganishga, kurtak payvand qilish davrida payvandtag-payvandust o‘simliklarida kechadigan o‘suv
jarayonlarining fiziologik va biokimyoviy faolligini hisobga olgan holda payvand qilishning qulay
muddatini aniqlashga, shuningdek yuqori sifatli standart ko‘chatlar olish uchun qo‘llaniladigan boshqa
agrotexnik tadbirlarga qaratiladi [1; 14 – 15-b.]; [3; 23 – 25-b].

Intensiv bog‘lar barpo etilishi uchun mevali o‘simliklarning ko‘chatlari hozirgi kunda

asosan klon payvandtaglarini parxishlari yoki ularni ildiz ottirilgan qalamchalaridan hosil qilingan
o‘simliklarga tegishli navlarni payvandlash yo‘li bilan yetishtirilmoqda. Bunday ko‘chatlarni
yetishtirish agrotexnikasi ma’lum bir o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib (yuqoriroq kurtak
payvand, qishki payvandlarni chuqur ekish va ularga turli o‘stiruvchi moddalar va
mikroelementlarni qo‘llash [2; 69 – 77-b.], shakllantirish dalasiga ko‘chatlarni birmuncha zich
joyllashtirish, shox-shabbalarni shakllantirish balandligini pasaytirish), urug‘idan o‘stirilgan
payvandtaglarda ko‘chat yetishtirishdan juda kam farq qiladi

Kurtak payvand qilinganda, madaniy nav bir kurtagi (ko‘zi) bilan payvandtagni yaxshilash

jarayonini ifodalaydi. Bunda madaniy navning bir vegetatsiya davrida shakllangan novdasidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

kurtakli qalqoncha kesib olinadi va u payvandtagning po‘stlog‘i ostiga joylashtiriladi. Qalqoncha
payvandtag bilan birikib ketadi, kurtakdan esa madaniy nav rivojlana boshlaydi. Kurtak payvand
ko‘chatzorda amalga oshiriladigan barcha ishlardan ko‘ra qo‘l mehnatini ko‘proq talab qiladigan
tadbir hisoblanadi. Uning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan uni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga
bog‘liqdir.

Kurtak payvand qilish muddati payvandtag kambiy to‘qimalarining faolligi, payvandust

qalamchalarining holati va biologik hususiyatlari hamda agrotexnika va iqlim sharoitlariga ko‘ra
belgilanadi. Rossiyaning aksariyat hududlarida kurtak payvand qilishga 15-20 iyuldan keyin
kirishiladi. Volga bo‘yida ko‘pgina o‘simliklarni kurtak payvand qilish muddati 20 iyuldan 20
avgustgacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.

Ertagi muddatlarda (iyun – iyul boshi) payvand qilingan ko‘zlar iyul oxiri va avgustda

payvand qilinganlarga nisbatan qishga chidamliroq bo‘lib chiqqan. Qishki yo‘qotishlar ertagi
muddatlarda payvand qilinganda yillar bo‘yicha 2-8 %, iyul oxiri va avgustda payvand qilinganda
esa – 25-35 % chegarasida o‘zgargan. Bu vaqtda kechki muddatda payvand qilngandagi
yo‘qotishlar 60-70% ga yetgan va 45 % dan pasaymagan.

Mualliflar ertagi muddatda payvand qilingan kurtaklarning qishga yuqori chidamliligini

shu bilan bog‘lashadiki, ular qish davrigacha yetarli miqdorda uglevod to‘plashga ulguradi.

Bundan tashqari, iyun oxirida shu vegetatsiya davrida o‘sayotgan novdalardagi kurtaklar

gul kurtaklarga tabaqalanishga ulgurmaydi va asosan vegetativligicha qoladi. Bunda tutgan
kurtaklar orasidagi «gullovchilar» miqdori odatdagi muddatda payvand qilingandagisida 27,6-
31,0 % dan ertagi muddatda payvand qilinganda 0,5-3,5 % gacha tushadi. Pirovard natijada ertagi
muddatda payvand qilishda bir yillik standart olcha ko‘chatlarining chiqishi 1,5-3 marta ortadi.
Ertagi muddatda kurtak payvand qilishning yana bir afzalligi – uni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish
imkoniyatlarining yuqoriligi.

Odatda kurtak payvand ildiz bo‘g‘zi yaqiniga qilinadi. So‘ngi yillarda birmuncha

yuqoriroq (15-20 sm) kurtak payvand qilish afzal ko‘rilmoqda [3; 114 – 117-b.]. Yuqoriroq kurtak
payvand qilishning afzalliklari quyidagilar: payvandust kurtaklar namga kamroq bo‘kadi, o‘sgan
novdalar shamoldan kamroq sinadi, kurtak payvand ishlari osonlashadi, payvandtagni kurtak
ustidan kesib tashlashni qor yoqqanda ham amalga oshirish mumkin.

Ko‘zlar tutmagan hollarda qalamcha payvand qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. May

o‘rtalari – iyun boshida olmaning klon payvandtaglariga bahorgi kurtak payvand qilish tavsiya
etiladi

Ko‘chatzorlar amaliyotida ko‘zlarning kuzgi payvandlarini tutuvchanligi har doim 90%

dan ortiqdir. Ko‘chat chiqishi esa jami payvand qilingan o‘simliklarga nisbatan 50 % dan kamroq
bo‘ladi. Buning boisi shundaki, qor yog‘magan qattiq sovuqli qishlarda o‘simliklarning kurtaklari
sovuqdan zararlanadi yoki bahorda namiqqan qalin qor tagidagi suvda bo‘kib qoladi. Bundan
tashqari, danakli o‘simliklarda kurtaklarning bir qismi gul kurtak bo‘lib chiqadi. Gullab
bo‘lganidan so‘ng ular nobud bo‘ladi va novda hosil qilmaydi. Yo‘qotishlarga tashqi ko‘rinishidan
sog‘lom bo‘lsada, ko‘karmagan kurtaklar ham kiradi. Yuqoriroqqa (15-20 sm) payvand qilish
kurtaklarni bo‘kib qolishidan asraydi. Payvand qilingan kurtaklarni ko‘plab sovuq urib ketadigan
hududlarda payvand qilishning boshqa usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir: bahorgi
qalamcha payvand, qishki payvand.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

625

Bahorgi payvand usulida ko‘chat yetishtirish kurtak payvandlarni qishgi davrda ko‘plab

sovuq urish hollari kuzatiladigan hududlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shu bois, erta bahorgi
payvandni tutmagan kurtak payvandlarni o‘rnini to‘ldirishdan tashqari, mustaqil ravishda o‘zini
ham qo‘llash mumkin, buning uchun payvandtaglar maxsus qoldirilishi lozim.

Erta bahorgi payvand qilishning muvaffaqiyati qalamcha materialini o‘z vaqtida sifatli

tayyorlash va saqlashga, shuningdek uni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga bog‘liqdir.

Mevachilikning jadal va muvaffaqiyatli rivojlanishida payvandtag materiali nihoyatda

katta ahamiyatga ega. Payvand qilinuvchi nav va ekinning mos holdagi agrotexnikasi bilan
uyg‘unlikda uning to‘g‘ri tanlanishi mah-suldorlikni gektaridan 20-24 tonnagacha oshirish
imkonini beradi, bu esa urug‘idan ko‘paytirilgan payvandtaglarda o‘stirilgan olma bog‘lari
hosildorligidan ikki barobar yuqoridir. Ko‘pgina olimlarning nazariy ishlarida bu borada
yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan

Ko‘pgina olimlarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, payvand qilingan kurtaklarning

payvandtagga yaxshi birikib ketishi onalik o‘simlikda novdalarning faol o‘sish holatidagi
qalamchalardan foydalanilgan barcha hollarda, ya’ni to‘qimalar jadal regeneratsiyalanayotgan
davrda olingan kurtakni payvand qilinganda kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, payvand
qilinuvchi kurtaklarni o‘suv jarayonlari butunlay to‘xtagan novdalardan olmaslik lozim.

REFERENCES

1.

Мирзиёев Ш. ПФ-4947-сон. “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш
бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”. – Тошкент, 2017 йил 7 февраль.

2.

Афанасьев O.K. – Технология интенсивных яблоневых садов на слаборослых подвоях
в УзССР.- Ташкент, 1989.

3.

Буриев Х.Ч., Енилеев Н.Ш., Файзиев Ж.Н. ва б. Мевали ва мева-резавор мевали
ўсимликлар билан тажрибалар ўтказишда ҳисоблар ва фенлогик кузатувлар
методикаси. – Тошкент, 2014.

4.

Васильченко И.М. Изучение клоновых подвоев и подвойно-привойных комбинаций
яблони в условиях Восточной лесостепи УССР: Автореф. дис.... канд. с.-х. наук. -
Мичуринск, 1982.

5.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. - М.: Колос, 1979.

6.

Исламов С.Я. Ўзбекистоннинг Марказий минтақасида олмани клон пайвандтагларида
кўчат етиштириш технологиясини такомиллаштириш. Қ.х.ф.н. илм. дар. олиш учун
ёз. дисс. – Тошкент, 2009.


References

Мирзиёев Ш. ПФ-4947-сон. “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”. – Тошкент, 2017 йил 7 февраль.

Афанасьев O.K. – Технология интенсивных яблоневых садов на слаборослых подвоях в УзССР.- Ташкент, 1989.

Буриев Х.Ч., Енилеев Н.Ш., Файзиев Ж.Н. ва б. Мевали ва мева-резавор мевали ўсимликлар билан тажрибалар ўтказишда ҳисоблар ва фенлогик кузатувлар методикаси. – Тошкент, 2014.

Васильченко И.М. Изучение клоновых подвоев и подвойно-привойных комбинаций яблони в условиях Восточной лесостепи УССР: Автореф. дис.... канд. с.-х. наук. - Мичуринск, 1982.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. - М.: Колос, 1979.

Исламов С.Я. Ўзбекистоннинг Марказий минтақасида олмани клон пайвандтагларида кўчат етиштириш технологиясини такомиллаштириш. Қ.х.ф.н. илм. дар. олиш учун ёз. дисс. – Тошкент, 2009.