ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
737
LIMON, APELSIN, MANDARIN O‘SIMLIKLARNI XANDAKLARDA YETISHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Raximov Izzatbek Ravshanovich
saharhiva8@gmail.com
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi
.
Shokirov Mavlonbek Muzzaffar o‘g‘li
mavvlon07.email.ru@gmail.com
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi
.
Toshpo‘latovAbdumalik Soat o‘g‘li
Toshpulatovabdumalik7@gmail.com
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14739838
Annotatsiya.
O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari sitrus ekinlarini yetishtirish va
ulardan yuqori hosil olish uchun yetarlicha qulaydir.Ammo sitruslarning sovuqqa chidamsizligi
tufayli, ularni qishki davrda quyi haroratlardan himoyalash talab etiladi. Limon uchun tang
harorat -8
0
S hisoblanadi. Mandarin esa -12
0
S da nobud bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
sitrus, limon, apelsin, mandarin, xandak, blokli xandak, azot, fosfor, kaliy,
organik, pektin moddalar.
ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЙ ЛИМОНА, АПЕЛЬСИНА,
МАНДАРИНА В ТРАНШЕЯХ
Аннотация.
Почвенно-климатические условия
Узбекистана
достаточно
благоприятны для выращивания цитрусовых культур и получения высоких урожаев с них,
однако в связи с холодоустойчивостью цитрусовых необходимо защищать их от низких
температур зимой. Критическая температура для лимонов -80С. Мандарин же погибает
при -120С.
Ключевые слова:
цитрусовые, лимон, апельсин, мандарин, ров, блок-ров, азот,
фосфор, калий, органические, пектиновые вещества.
TECHNOLOGY FOR GROWING LEMON, ORANGE, MANDARIN PLANTS IN
TRENCHES
Abstract.
The soil climatic conditions of Uzbekistan are favorable enough for the
cultivation of citrus crops and high yields from them. However, due to the cold tolerance of citrus,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
738
it is necessary to protect them from low temperatures in winter. The critical temperature for
lemons is -80S. Mandarin, on the other hand, dies at -120C.
Keywords:
citrus, lemon, orange, mandarin, ditch, block ditch, nitrogen, phosphorus,
potassium, organic, pectin substances.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot
va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini
oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan
maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor
va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadiga muofiqdir.
Sitrus ekinlar (limon, apelsin, mandarin) yuqori ta’m sifatlariga va shifobaxsh
xususiyatlarga ega bo‘lgan mevalar beradi. Ko‘pgina mamlakatlarda limon mevalaridan yara,
o‘pka va oshqozon kasalliklarini davolashda foydalanishadi. Zamonaviy tibbiyot uni singa
kasalligining oldini oluvchi va davolovchi eng yaxshi vosita deb hisoblaydi. Nafas yo‘llari
kasalliklari va qon bosimida limon mevalarini iste’mol etish yaxshi natija beradi.
O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari sitrus ekinlarini yetishtirish va ulardan yuqori
hosil olish uchun yetarlicha qulaydir.
Ammo sitruslarning sovuqqa chidamsizligi tufayli, ularni qishki davrda quyi haroratlardan
himoyalash talab etiladi. Limon uchun tang harorat -8
0
S hisoblanadi. Mandarin esa -12
0
S da nobud
bo‘ladi. Haroratning uzoq muddat -3-4
0
S atrofida bo‘lishi shoxlarning zararlanishi va hosilning
yo‘qotilishiga olib keladi.
O‘rta Osiyoda limon yetishtirishning eng sodda va ishonchli usuli – xandaklarda
yetishtirishdir. Kuzatuvlar va ishlab chiqarish ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy
sharoitlarda limonni 2-3 gektarli blokli xandaklarda yetishtirish eng maqbuldir.
Xandaq xo‘jaligi uchun sizot suvlari chuqur joylashgan (4-5 m dan kam emas), kuchli
shamollardan himoyalangan balandroq joy tanlanadi.
Sitrus ekinlar uchun xandaqlar o‘qi bo‘yicha sharqdan qarbga qarab joylashtiriladi,
ularning uzunligi konfiguratsiyaga bog‘liq ravishda 45-60 m atrofida bo‘ladi. Barcha xandaqlar
umumiy ayvon bilan biriktiriladi, uning o‘qi janubdan shimolga qarab yo‘naltiriladi. Blokda
xandaqlarning joylashish tartibi quyidagi 1-rasmda aks ettirilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
739
ChUQUR XANDAKNING KO‘RINIShI
Ekskavatorlar bilan bo‘lmalar shakllantirib chiqilgach, skreper vositasida ostki tubi 2,7-2,8
m va ustki sathi 3 m kenglikda bo‘lgan 1,7 m chuqurlikdagi xandaqlar qazib chiqiladi.
Xandaqlarning bunday konussimon profilda bo‘lishi ularning devorini o‘pirilib ketishdan
asraydi
YARIM XANDAKNING KO‘RINISHI
Xandaqlarning ustki qismini qurishda umumiy ayvondan peshayvon chiqariladi. Xandaq
chetlari beton yoki pishgan qisht bilan mustahkamlanadi. Xandaqlar va ayvon ustiga o‘simliklarni
qishki himoyalash uchun ikki yoqlama nishabli karkas o‘rnatiladi. To‘sinlar yog‘och yoki metal
burchakliklardan yasaladi, tayanch to‘sinlar 3-3,5 m masofada joylashtirib chiqiladi.
O‘simliklarni o‘tqazish uchun eng qulay muddat mart oxiri – aprel bo‘lib (janubiy
tumanlar), bu paytda takroriy ayozlar xavfi kuzatilmaydi. Tuproqning tez cho‘kishi va namlik
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
740
zahirasining hosil bo‘lishi uchun xandaqlar o‘z vaqtida sug‘oriladi. O‘simliklar xandaq o‘qi
bo‘ylab 2 m oraliq bilan bir qator qilib ekiladi.
Xandaqlarni qazishda yuqorigi unumdor qatlam qayta solinishi uchun bir tomonga to‘plab
qo‘yiladi, so‘ngra xandaq tubiga 10-15 kg/m
2
hisobidan chirigan go‘ng sochiladi va chopiladi.
So‘ngra unumdor qatlam chirigan go‘ng, qum va superfosfat qo‘shilgan holda qayta
solinadi. Sngra ikki egat bo‘ylab xandaq yeri sug‘oriladi. Buning uchun markaziy magistraldan
suv oluvchi 12-15 sm diametrli quvur ayvon bo‘ylab o‘rnatiladi, xar bir xandaqqa jumrak ochiladi
va xandaq oxirida oqava suvlarni yig‘uvchi kichik quduqcha qaziladi. Tajribali suvchilar suv
oqimini shunday berishadiki, oqava deyarli yuzaga kelmaydi.
Xandaklardagi o‘simliklar o‘suv davrida har 7-10 kunda sug‘oriladi. Bitta sug‘orish
oralatib tuproq yumshatib chiqiladi. Qishki davrda zaruratga ko‘ra 2-3 marta sug‘orish o‘tkaziladi.
Tuproq doimo navm va yumshoq holatda ushlanadi. Tuproqning qurib qolishi barglarning
to‘kilishi va pirovard natijada hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
O‘g‘itlash.
sitruslar o‘g‘itlarga, ayniqsa chirigan go‘ngga juda talabchandir. Ular
o‘smliklarga hosilga kirgunga qadar 5 kg va hosilga kirgach 10-20 kg hisobidan beriladi. Go‘ngga
odatda superfosfat va kaliy tuzi aralashtiriladi. Fosforli o‘g‘itlar har bir o‘simlikka 100-150 g yoki
550-1000 g superfosfat hisobidan solinadi. Mazkur o‘g‘itlar yilda bir marta – hosil yig‘ib olingan
zahotiyoq (ammo martdan kechiktirmasdan) solinadi.
Azotli o‘g‘itlarni kichik me’yorlar bilan butun o‘suv davri mobaynida (ammo iyulning
ikkinchi yarmidan kechiktirmasdan) berish mumkin. Birinchi oziqlantirishni aprel boshida,
ikkinchisini may boshida va uchinchisini iyul boshida o‘tkazish mumkin. Har bir oziqlantirishda
bitta o‘simlikka 50 g azot (130-140 g ammiakli selitra) beriladi.
O‘simlikning yoshiga bog‘liq ravishda o‘g‘itlashning taxminiy me’yorlari quyidagi 1-
jadvalda keltirilgan.
1-jadval
O‘g‘itlar
O‘simlik yoshi
1-3
3-5
5-10
10 dan yuqori
Chirigan go‘ng, kg
5
10
15-20
25-30
Fosfor (R
2
O
5
), g
80
100-150
150-200
250-300
Kaliy (K
2
O), g
30
50-80
80-100
150
Azot, g
90
90-120
150
200-300
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
741
Kesish va shakl berish.
Limon ko‘chati kuchsiz o‘sishi bilan ajralib turuvchi Meer limoni
o‘z ildizlarida o‘stiriladi. U apelsin va past bo‘yli mandarin uchun payvandtag ham bo‘la oladi.
Odatda ko‘chatlar ko‘chatzordayoq shakllantiriladi, ammo ko‘pincha ularni doimiy joyga
o‘tqazilgach bu tadbir bajariladi. Xandaklardagi o‘simliklarda past bo‘yli tana (10-15 sm)
shakllantiriladi, ularda bir tekisda tarqalgan, uzunligi 30 sm dan oshmaydigan uch-to‘rt skelet
shoxlar qoldiriladi. Ulardan esa 2-3 tadan ikkinchi tartib shoxlar o‘stiriladi. Ular 15-20 sm
uzunlikka yetganda, uchinchi tartib shoxlar hosil qilish uchun chilpib tashlanadi. Shu bilan odatda
shakl berish yakunlanadi. Keyingi shakl berishlar g‘ovlovchi novdalarni qirqib turish va shox-
shabbaning qalinlashib ketmasligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Ortiqcha novdalar
yog‘ochlashmasidanoq olib tashlanadi. Hosil berish davrida kuchli o‘sgan novdalar qisqartiriladi.
Qirqishda o‘simlikning o‘sish kuchi va kelgusi yil hosilini rejalashtirish ko‘zda tutiladi.
O‘simliklarni sovuqdan himoyalash
. Xandaqlar usti qishda shisha romlar bilan, material
yetishmaganda esa shimoliy tomoni yog‘och doskalar bilan berkitiladi. Yog‘och doskalar usti va
romlarning tutashgan tirqishlari somonli loy bilan suvab chiqiladi. Harorat -15-20
0
S gacha
pasayuvchi juda sovuq kunlarda romlarning ustiga qamish bo‘yralar yopib chiqiladi. Xandaqlar
odatda oktabrda, ayozli kunlar boshlanmasidan oldin berkitiladi.
Kasallik va zararkunandalar. s
itruslar O‘rta Osiyo sharoitlarida gommoz, fitoftoroz,
so‘gallilik yoki bakterial nekroz bilan kasallanishi mumkin. Odatda kasalliklar agrotexnika
qoidalari buzilganda yoki ishlov berish paytida ildiz yoki tanasini shikastlash oqibatida yuzaga
keladi. Kasalliklarga qarshi kurashishda o‘z vaqtida sug‘orish va tuproqni yumshatib turish muhim
ahamiyatga ega.
Profilaktika uchun aprel oyida (usti ochilgach) o‘simliklarga bordos suyuqligining 1% li
eritmasi purkaladi.
Gommoz paydo bo‘lganda zararlangan po‘stloq sog‘lom joyigacha olib tashlanadi va
o‘rniga bordos suyuqligi (1 qism mis kuporosi, 2 qism ohak) surkab qo‘yiladi.
Zararkunandalardan shira va qalqondorlar eng ko‘p tarqalgan. Qalqondorlarga qarshi
moyli emulsiyalarning 1-2%li eritmalari, o‘rgimchakkanaga qarshi OOQning 32
0
li (Bome
bo‘yicha) eritmasi purkaladi yoki oltingugurt changlatiladi.
Bir gektar xandaq xo‘jaligini qurishning loyihaviy bahosi 600 ming so‘m, o‘simliklarni
parvarishlash va tuproqqa ishlov berish 70-72 ming so‘mni tashkil etadi. Bir gektarga 800 dona
o‘simlik ekilganda ularning har biriga o‘rtacha 7-8 ming so‘m xarajat qilinadi. Meer limoni
o‘tqazilgandan so‘ng uchinchi yili hosil bera boshlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
742
Uning o‘rtacha hosildorligi bir daraxtdan 200-300 dona mevani tashkil etadi. Bitta
daraxtning 8 yillik umumiy hosili (ekilgan yildan boshlab) - 1000 dona meva. Bitta mevaning
bozor bahosi o‘rtacha 500 so‘m bo‘lganda har bir o‘simlikdan olinadigan daromad yiliga 100000
so‘m, bir gektardan esa (800 ta o‘simlik) 80 mln. ni tashkil etadishunday qilib ekilgandan so‘ng
sakkizinchi yilga borib, xandaq xo‘jaligini tashkil etishga ketgan barcha xarajatlar to‘liq
qoplanadi. Xandaq xo‘jaligi 40-50 yil mobaynida sof foyda berishi mumkin.
Limonni ko‘paytirish.
Respublikamizning iqlimi sharoitlarida Meer limoni vegetativ
usulda ko‘paytiriladi. Buning uchun sog‘lom, hosilli ona tuplardan 3-4 kurtakli 8-10 sm
uzunlikdagi qalamchalar tayyorlab olinadi. Qalamcha tayyorlash uchun eng qulay muddat fevral-
mart va avgust oylari.
Qalamchalarning yaxshi ildiz otishi uchun stellaj tubiga mayda shag‘al (4-5 sm), tuproq
(7-8 sm) va eng ustiga yaxshi yuvilgan daryo qumi (5-6 sm) to‘shaladi. Issiqxonada harorat 18-
25
0
S atrofida ushlanadi.
Qum doimo nam bo‘lishi lozim, ammo uni ortiqcha namlab yubormaslik zarur, aks holda
qalamchalarda chirish rrivojlanadi. Ildiz otishni yaxshilash uchun ularning ustini shisha romlar
yoki polietilen plyonka bilan berkitiladi. Qalamchalar 25-30 kundan so‘ng ildiz ota boshlaydi. Ildiz
otgan qalamchalar 10-12 davomida ochiq yerning pastroq haroratiga o‘rgatish uchun chiniqtiriladi.
sitrus ko‘chatlari yerga aprel oxiri – may boshlarida 20x70 sm sxemada o‘tqaziladi. Ko‘chatzor
uchun yengil go‘nglangan maydon ajratiladi.
O‘suv davrida o‘simliklar o‘z vaqtida sug‘orish, har bir o‘simlikka 3 kg chirigan go‘ng,
100 g superfosfat va 50 g ammiakli selitra hisobidan organo-mineral o‘g‘it aralashmasi bilan ikki
marta oziqlantirishni talab etadi. O‘g‘itlar sug‘orishdan oldin solinadi.
Sitrus ko‘chatlari sentabr oxirida tuprog‘i bilan birga qazib olinadi va o‘ralarda saqlanadi.
Bu ko‘chatlar bahorda doimiy joyga o‘tqaziladi.
Meer limoni – kichik daraxt, uning balandligi odatda 1,5-2 m ga boradi. U aprel oxiri-may
boshlarida gullaydi. Mevalari noyabrda yetiladi. Mevasining po‘sti yupqa. Tarkibida 50 mg/%
gacha S vitamini bor. Ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Hosilga kirgan dastlabki
yillarda har bir tupi 50-100, sakkizinchi yilidan boshlab yaxshi parvarishlanganda 200-300 tagacha
meva beradi. Meer limoni O‘rta Osiyo sharoitlarida boshqa sitruslar uchun eng yaxshi payvandtag
hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
743
REFERENCES
1.
Mirziyoev Sh. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”. PQ-4575-son Qarori. – Toshkent. 2020 yil 28 yanvar.
2.
Микеладзе А.Д. Субтропические плодовые и технические културы. – М.:
Агропромиздат, 1988. – С. 154-165.
3.
Воронсов В.В., Штейман У.Г. Возделывание субтропических култур. – М.: Колос,
1982. – С. 175-181.
4.
Кулков О.П. Агроклиматические ресурсы субтропического плодоводства
Узбекистана. – Т.: Фан, 1976. – С. 33-41.
5.
Subtropik va sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi. “Darslik” K.K.Shaymanov,
M.X.Aramov, J.J.Xolmamatov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y.
6.
Subtropik va sitrus meva ekinlari. “O‘quv qo‘llanma” K.K.Shaymanov, M.X.Aramov,
A.S.Toshpo‘latov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y.
