Noyabr, 2024-Yil
59
SUNʼIY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN ASAR, UNING HUQUQIY
MAQOMI VA BUNDAY ASARLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Toshkent davlat yuridik universiteti magistri.
Oybekova Shohida Shomurod qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14052203
Sunʼiy intellekt nafaqat bizning kundalik hayotimizni, balki mualliflik huquqi tizimini ham
jiddiy oʻzgartirishi mumkin, chunki robotlar va turli sunʼiy intellekt dasturlari tomonidan
yaratilgan adabiyot va sanʼat asarlarining muallifligini belgilash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Intellektual mulk sohasida sunʼiy intellekt noyob muammolar va imkoniyatlarni taqdim
etadi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bilan mulkchilik, huquqbuzarlik va anʼanaviy
intellektual mulk qonunlarining roli bilan bogʻliq muammolar tobora murakkablashib bormoqda.
Avvalo, sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanish bosqichiga toʻxtalib oʻtsak.
Odatda, sunʼiy intellekt tizimlarining uch turi mavjud: zaif, kuchli va superintellekt. Sunʼiy
tor intellekt (koʻpincha zaif sunʼiy intellekt deb ataladi) algoritmik yoki maxsus intellektdir. Bu
bir necha yillardan beri mavjud. iPhoneʼdagi Siri yoki shaxmat boʻyicha jahon chempioni Garri
Kasparovni magʻlub etgan “Deep Blue” mashinasi ushbu sunʼiy intellektga misol boʻla oladiU
oʻzini oʻzi anglamaydi va maqsadga yoʻnaltirilmaydi. Shuning uchun apokaliptik xavf
tugʻdirmaydi. Kuchli sunʼiy intellekt yoki umumiy maqsadli sunʼiy intellekt tushunchasi inson
aqliga teng yoki undan yuqori darajada keng koʻlamli vazifalarni bajarishga qodir boʻlgan umumiy
maqsadli tizimlarni anglatadi. Sunʼiy intellektning ushbu turini “ongli” deb hisoblash mumkinmi
yoki yoʻqmi, bu munozarali boʻlsa-da, u odatda ong bilan bogʻliq boʻlgan xatti-harakatlarni
amalga oshiradi, masalan, fikrlash, tabiiy tilni tushunish, ijodkorlik, strategik va umuman, aqlli
harakat qilish.
Super intellektga kelsak, Oksford universiteti professori Nik Bostromning soʻzlariga koʻra,
super intellekt barcha sohalarda, jumladan, ilmiy ijodkorlik va ijtimoiy koʻnikmalar boʻyicha eng
yaxshi inson ongidan tubdan ustun boʻlgan aqlning oʻziga xos shaklidir. Super intellektning paydo
boʻlishiga hali koʻp oʻn yillar yoki undan koʻproq vaqt kerak boʻlsa-da, u yoki bu shakldagi zaif
va kuchli sunʼiy intellekt tizimlari bugungi kunda allaqachon mavjud.
Bugungi kunda sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilayotgan loyihalar yetarlicha va
ularning soni asta-sekin oʻsib bormoqda. Natijada, sunʼiy intellekt tizimlari orqali yaratilgan
intellektual faoliyat natijalarini huquqiy himoya qilish muammosi paydo boʻlishi mumkin. Sunʼiy
intellekt tizimlari tomonidan yaratilgan asarlarni qanday tasniflash mumkin? Bunday asarlarning
Noyabr, 2024-Yil
60
muallifi kim boʻladi? Robotni yoki dasturni yaratgan shaxsmi, ushbu robotdan foydalanadigan
insonmi, robotning oʻzimi yoki bu asar jamoat mulkiga kiradimi?
Agar muallif robotning oʻzi boʻlsa, unda uning huquqiy maqomi qanday boʻladi? Robot
huquq subyekti boʻlishi mumkinmi yoki u buyum maqomiga egami? Bu va boshqa koʻplab
savollar haligacha dunyo huquqshunos olimlarini oʻylantirib kelmoqda.
Bunda yangi asarning yaratuvchisi robotning oʻzi hisoblanadi. Ammo sunʼiy intellekt
huquqiy qobiliyatga ega boʻlmagan, shuningdek, yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydigan
jonsiz mashinadir. L.Soulum sunʼiy intellekt tizimiga ajralmas huquqlar berib boʻlmaydi, degan
fikrni ilgari surdi. Uning fikriga koʻra, sunʼiy intellekt inson emas, u oʻzini odam bilan tenglashtira
olmaydigan texnikadir. U inson kabi his-tuygʻularga, qiziqishlarga ega emas, u odamzotning
umumiy mulki boʻlgan dasturlashtirilgan mashinadir.
Sunʼiy intellekt va intellektual mulk kesishmasida paydo boʻladigan asosiy savollardan biri
bu sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarlarning maqomidir. Odatda, mualliflik huquqi
toʻgʻrisidagi qonunlar odamlar tomonidan yozilgan asarlarni himoya qilish uchun ishlab chiqilgan.
Biroq, sunʼiy intellekt tizimlari tobora takomillashgani sayin ular mustaqil ravishda ijodiy
kontent yaratishga qodir boʻlib bormoqda. Shu oʻrinda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan
asarlar mualliflik huquqi himoyasi ostida boʻlishi kerakmi, agar shunday boʻlsa, ularning qonuniy
egasi kim hisoblanishi kerak, degan savol tugʻiladi. Bunday asarlarning muallifi sifatida kim tan
olinishi huquqiy tartibga solish nuqtayi nazaridan hali aniq emas. Ushbu paragrafda sunʼiy
intellekt tomonidan yaratilgan asarlarning muallifligini aniqlash maqsadida ushbu masalaning
huquqiy va iqtisodiy tomonlari, turli mamlakatlardagi sud amaliyoti oʻrganib chiqiladi.
Hozirgi mualliflik huquqi qonunlari sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarlarga
nisbatan aniq emas, chunki ular odatda inson muallifligini talab qiladi. Baʼzilar, sunʼiy intellektni
vosita yoki oddiygina yordamchi sifatida koʻrish kerak, deb taʼkidlaydi, bu esa muallif faqat inson
boʻlishi kerakligini anglatadi. Boshqalar esa sunʼiy intellekt texnologiyalarining noyob
imkoniyatlarini eʼtirof etgan holda, sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarlar uchun mualliflik
huquqining yangi toifasini yaratishni taklif qilishadi. Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va
ijodkorlar huquqlarini himoya qilish oʻrtasidagi muvozanatni topish sunʼiy intellekt va intellektual
mulk kelajagini shakllantirish uchun juda muhimdir.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi
Qonunining 3-moddasiga muvofiq, asarni ijodiy mehnati asosida yaratgan shaxs muallif
hisoblanadi. Ushbu qonun har qanday texnologik ijod mualliflik huquqi bilan himoya qilinmasligi
va faqat “inson” muallif boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.
Noyabr, 2024-Yil
61
Ayrim yurisdiksiyalardagi soʻnggi sud amaliyotlari shuni koʻrsatadiki, aksariyat
mamlakatlar hali ham yuqoridagi qoidaga amal qiladi.
Xususan, AQShda Taler vs Perlmutter ishida sud “inson muallifligi amaldagi mualliflik
huquqining ajralmas qismidir” deb taʼkidladi, chunki mualliflik huquqi asar yaratish uchun ragʻbat
sifatida faqat muallif-insonlarga kerak.
Biroq, sunʼiy intellektga maʼlum huquqlar berilishi, intellektual mulk qonunchiligini
zamonaviy tendensiyalarga moslashtirish kerak, degan fikrni qoʻllab-quvvatlovchilar ham
borligini inkor etib boʻlmaydi. Transformatsion texnologiyalar sohasidagi amerikalik yetakchi
mutaxassis Rass Perlmanning soʻzlariga koʻra, intellektual mulk huquqining maqsadiga erishish
uchun sanʼat va ilm-fanni rivojlantirishda jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilishi, shu jumladan,
qonun sunʼiy intellektning muallifligini tan olishi kerak.
Sunʼiy intellekt muallif sifatida malakaga ega ekanligini aniqlashda ikkita elementni
hisobga olish kerak. Ulardan birinchisi sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan obyekt boʻlsa,
ikkinchisi — asarni yaratishda sunʼiy intellektning sabab-oqibat munosabatlaridir. Bunda sunʼiy
intellekt tomonidan yaratilgan obyekt oʻziga xoslik (originallik) talabiga javob berishi, asar
yaratish jarayoni mustaqil ravishda boʻlishi kerak. Garchi baʼzi olimlar mashinalarning odamlar
bilan bir xil intellektga erishish qobiliyatiga shubha qilsalar ham, sunʼiy intellekt ong, xotira,
tadqiqot, prognoz qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu esa ongning oʻziga xos belgilarini
tashkil etadi.
Sunʼiy intellektga maʼlum intellektual mulk huquqlarini berish tarafdorlari “xizmat
koʻrsatish ishi” tamoyiliga asoslangan ixtiroga mualliflik huquqi yoki mutlaq huquqlarni
berishning mavjud tizimi tegishli oʻzgarishlar bilan sunʼiy intellekt texnologiyalariga qoʻllanilishi
mumkinligini taʼkidlaydilar. Ularning taʼkidlashicha, xuddi shu tamoyil sunʼiy intellekt
texnologiyasiga nisbatan qoʻllanilishi, yaʼni sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asar yoki ixtiro
yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Shu sababli, ushbu huquqlarni topshirish
uchun sunʼiy intellektga birinchi navbatda ushbu huquqlar berilishi kerak.
Biroq, yuridik shaxslar asosiy insoniy qobiliyatlardan “mahkum” boʻlsa-da, ularning
mutlaq huquqlardan foydalanishdan manfaatdor boʻlgan taʼsischilari bor. Sunʼiy intellekt esa
mutlaq huquqlardan foydalanishda “inson manfaatlari”ga ega emas. Umuman olganda, bu
mavzudagi bahslar hali tugamagan. Sunʼiy intellektning rivojlanishi bilan qonunchilik bazasi ham
oʻzgarishi kerak. Innovatsiyalarni ragʻbatlantiradigan muvozanatni topish, shu bilan birga
individual mualliflikni hurmat qilish va axloqiy muammolarni hal qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Noyabr, 2024-Yil
62
Bugungi kunda mazkur savol ochiqligicha qolmoqda: Sunʼiy intellekt tomonidan
yaratilgan ishlardan olingan daromadlar kimga tegishli boʻladi?
Oʻz navbatida, bunday asarlarni sotishdan tushgan pullar sunʼiy intellekt yaratuvchisiga
oʻtishi mumkin. 2016-yilda San-Fransiskodagi kim oshdi savdosida “GCHQ” kartinasi 8000
dollarga sotildi, pulga esa sunʼiy intellekt yaratuvchisi egalik qildi.
Ushbu masala turli mamlakatlarda turlicha hal qilinmoqda. Masalan, Xitoyda 2019-yilda
sunʼiy intellektga mualliflik huquqini berish bilan bogʻliq birinchi sud pretsedenti boʻlib oʻtdi.
Unda asosiy masala sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarlarni himoya qilish
mumkinmi yoki yoʻqmi, degan savol boʻldi. Mazkur ishda daʼvogar Shenzen Tencent Computer
System Co., Ltd, javobgar Shanghai Yingxun Technology Co., Ltd ga qarshi ish qoʻzgʻatgan.
“Dreamwriter” esa daʼvogar yaratgan dasturiy taʼminotning nomi. 2018-yil avgust oyida
Dreamwriter avtomatik ravishda Shanxay fond indeksi boʻyicha maqola yaratadi. Daʼvogar fond
bozori haqidagi moliyaviy maqolalarni toʻplash va tahlil qilish uchun dasturiy taʼminotdan
foydalanadi. Dastur daʼvogarning xohishiga koʻra maqolaning tuzilishini shakllantiradi. Javobgar
oʻz navbatida, xuddi shunday sarlavha, mazmun va eslatmalar bilan maqola eʼlon qiladi. Nanshan
okrugi xalq sudi mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash qoidalarining 2 va 3-bandlari
asoslanib (asar oʻziga xoslikka ega boʻlsa va muayyan shakllarda namoyon boʻlsa), maqolani
mualliflik huquqi obyekti deb topadi. Sudning taʼkidlashicha, maqolaning yaratilishi va uning
ifoda shakli sunʼiy intellekt yaratuvchisining tanlangan buyruqlariga bogʻliq. Sud qaroriga koʻra
maqola yozma asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
Buyuk Britaniyada esa amaliyot biroz boshqacharoq, yaʼni kompyuter tomonidan
yaratilgan asarlar himoyaga olinadi. Mualliflik huquqi, dizayn va patentlar toʻgʻrisidagi 1988-yilgi
qonunga asosan asar muallifi “asar yaratish uchun zarur choralarni koʻradigan shaxs” hisoblanadi.
Mualliflik huquqini himoya qilish asar yaratilgan kundan boshlab 50 yil davom etadi.
Bugungi kunda amalda boʻlgan yondashuv shundan iboratki, asar “muallifning oʻziga xos
intellektual ijodi” boʻlishi shart. Demak, asar muallifning erkin va ijodiy tanlovi natijasi boʻlishi
va oʻziga xos yondashuvni namoyon qilishi kerak.
Bugungi kunda robotlar va sunʼiy intellekt mavzusida koʻplab muhokamalar mavjud.
Baʼzilar robotlar va sunʼiy intellektga jismoniy shaxs maqomini berish va ularga huquqiy layoqat
berib boʻlmaydi, deb hisoblasa, boshqalari bu fikrga qarshi. Sunʼiy intellektni yuridik shaxs
sifatida qabul qilish kerak degan olimlar ham bor. Masalan, V.V. Arxipov va V.B. Naumovlar.
Noyabr, 2024-Yil
63
Ularning “Robotexnika boʻyicha qonunchilikni rivojlantirishning nazariy asoslarining
ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi asarida “Robototexnika konsepsiyasi” nomli yuridik shaxs
modelini koʻrib chiqiladi.
Bundan tashqari, sunʼiy intellekt huquq subyekti boʻlmagan holda, u tomonidan yuzaga
kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar uchun javobgar boʻlmasligi muammosi mavjud. Agar sunʼiy
intellekt tomonidan boshqariladigan boshqaruvchisiz transport vositasi piyodani urib yuborsa yoki
avariyaga uchrasa, uni na fuqarolik, na jinoiy javobgarlikka tortishning iloji boʻlmaydi. Shuning
uchun baʼzi olimlar tomonidan taklif qilingan “texnik shaxs” atamasini amalda qoʻllash mumkin
emas.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 1988-yildagi “Mualliflik huquqi, dizaynlar va patentlar
toʻgʻrisida”gi qonunining 9-moddasi 3-bandiga koʻra, kompyuter vositalaridan foydalangan holda
yaratilgan adabiy, dramatik, musiqiy yoki badiiy asarga nisbatan mualliflik huquqi asarni yaratgan
shaxsga tegishli boʻlishi kerak. Yaʼni, ushbu hujjatda aytilishicha, agar asar sunʼiy intellekt
tomonidan yaratilgan boʻlsa ham, unga boʻlgan huquqlar baribir “jismoniy shaxs”ga tegishli
boʻladi.
Sunʼiy intellekt ishlab chiquvchisi uning yordami bilan yaratilgan asarlarga boʻlgan
huquqlarni olishi yoki sunʼiy intellekt foydalanuvchisi ularni olishi mumkin boʻlgan variantlar
sunʼiy intellekt vosita sifatida koʻriladigan konsepsiyadagi asosiy variantlardir. Yaʼni, bu
konsepsiyada asosiy urg‘u jismoniy shaxsga beriladi. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda u
koʻpincha antropotsentrik deb ataladi.
P.M.Morhat oʻzining “Intellektual mulk huquqi sohasidagi sunʼiy intellektning huquqiy
maqomi: fuqarolik-huquqiy muammolar” asarida taʼkidlaganidek: “Sunʼiy intellekt dastlab ishlab
chiquvchilar tomonidan oʻziga xos pragmatik maqsadlar uchun yaratilgan va oʻz xohishiga koʻra
mustaqil asarlar yarataishga harakat qilgan. Bundan tashqari, zaif sunʼiy intellekt asosan tor, oʻziga
xos funksiyani bajaradigan inson aqliga taqlid qilish uchun dasturlashtirilgan. Kuchli sunʼiy
intellektga kelsak, oʻz manfaati uchun hech kim uni yaratish, dasturlash va oʻrganishga sarmoya
kiritmaydi.
Shunday savol tug‘ilishi tabiiy: sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarga boʻlgan huquq
aynan kimga tegishli: ishlab chiquvaruvchimi yoki undan foydalanayotgan shaxsmi? Bir
tomondan, agar sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga boʻlgan barcha huquqlar uning
ishlab chiquvchisiga oʻtkazilsa, adolatdan boʻlardi. Sunʼiy intellekt yordamida ishlarni yaratish
uzoq va koʻp mehnat talab qiladigan jarayon boʻlib, sun’iy intellekt ishlab chiquvchisidan koʻp
Noyabr, 2024-Yil
64
vaqt, kuch va boshqa resurslarni talab qiladi, shuning uchun bu yondashuv barcha xarajatlarni
qoplashi mumkin.
Bundan tashqari, bunday yechim ishlab chiquvchilarni sunʼiy intellekt texnologiyalarini
yanada rivojlantirish uchun iqtisodiy ragʻbatlantirishi mumkin, chunki ular bunday ishlardan
daromad olishlari, keyinchalik oʻz tadqiqotlarini moliyalashtirish uchun ulardan olingan
mablagʻlardan foydalanishlari mumkin edi.
Boshqa tomondan, baʼzida uchinchi shaxslarning (yaʼni, sun’iy intellekt egalarining) AI
natijalariga qoʻshgan hissalari shunchalik kengki, ularni eʼtiborsiz qoldirish adolatdan boʻlmaydi.
Yaʼni, har qanday, hatto eng avtomatlashtirilgan sun’iy intellekt ham, odam bilan oʻz
faoliyatini muvofiqlashtirmasa, uni maʼlum bir funksiyani bajarish uchun dasturlash talab etiladi.
Chunki u qanday yaratishni bilmaydi, shunchaki maʼlum bir kodlar asosida buyruqlarni
bajarishga ixtisoslashgan. Shu sababli, sun’iy intellekt foydalanuvchisining uning yordamida
ijodiy ishlarni yaratishga qoʻshgan hissasini eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak. Sunʼiy intellektni ishlab
chiquvchilarni moliyaviy ragʻbatlantirishga kelsak, ehtimol, buyurtmachi kompaniyalarning
oʻzlari ishlab chiquvchilarni keyingi tadqiqotlari va ixtirolari uchun moliyalashtirishdan
manfaatdor hisoblanadi.
Yaponiyaning 2016-yilgi Intellektual mulk boʻyicha strategik dasturi ushbu muammoning
qiziqarli yechimini taklif etadi. Ushbu dastur huquqiy himoya sunʼiy intellekt yordamida
yaratilgan barcha asarlarga taalluqli boʻlmasligi mumkinligi haqidagi gʻoyani ilgari suradi. Asarga
nisbatan mualliflik huquqini himoya qilishning asosiy mezoni uning yangiligi va oʻziga xosligi
boʻlishi kerak. Biroq, dasturda asarning oʻziga xosligi deganda aniq nimani anglatishi belgilab
qo‘yilmagan. Shuning uchun, ushbu konsepsiyani ochib berish uchun AQSh Oliy Sudining sud
amaliyotiga murojaat qilamiz. Unda sud asarning oʻziga xosligi mezonlarini shakllantirgan holat
mavjud.
Feist v. Rural ishida AQSh Oliy sudi asarni asl deb hisoblash uchun javob berishi kerak
boʻlgan ikkita talabni belgilab berdi. Oliy sud mualliflik huquqini himoya qilish uchun asar asl
boʻlishi, yaʼni birinchidan, mustaqil ravishda yaratilgan boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Yaʼni, u
koʻchirilgan va birlashtirilgan boshqa asarlarning elementlari toʻplami boʻlmasligi kerak.
Ikkinchidan, u minimal ijodkorlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
Shuningdek, 1978-yil iyul oyida Mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan yangi
texnologik foydalanish boʻyicha Milliy komissiya (CONTU) yakuniy hisobotini eʼlon qildi. Unda,
xususan, kompyuterlar yordamida yaratilgan asarlar haqidagi savollarga javob berildi. Ushbu
hisobotda komissiya mualliflikka daʼvo qilish uchun asarda hech boʻlmaganda oz miqdorda
Noyabr, 2024-Yil
65
originallik boʻlishi kerak degan xulosaga keldi. Agar kompyuter texnologiyasidan foydalangan
holda yaratilgan asar originallikning ushbu minimal mezoniga javob bersa, u mualliflik huquqi
bilan himoyalanadi.
Har qanday asarning mualliflik huquqini himoya qilish huquqi uni yaratishda
foydalanilgan qurilma yoki qurilmalarga bogʻliq emas, balki asar yaratilgan vaqtda insonning
minimal ijodiy harakatlari mavjudligiga bogʻliq.
Keling, ilgari surilgan bir qancha qarashlarni koʻrib chiqaylik. Birinchi fikr shundan
iboratki, asarlar muallifi ushbu sunʼiy intellektni yaratgan shaxs boʻlishi kerak. Bu nuqtayi nazar
shundan iboratki, faqat ushbu sunʼiy intellekt yaratuvchisining asarlari tufayli boshqa bir sunʼiy
intellekt oʻz asarlarini yaratishi mumkin. Binobarin, agar inson sunʼiy intellektni yaratmaganida,
yangi asarlar boʻlmas edi. Ikkinchi fikr esa, sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan asar muallifi
boʻlish huquqi ushbu aqldan foydalanayotgan shaxsga tegishli boʻlishi kerak, degan fikrdir. Bu
nuqtayi nazar, sunʼiy intellekt asar yaratish uchun foydalaniladigan vosita ekanligi bilan
isbotlanadi. Ammo bunday odam har doim ham asarning yaratilishiga hissa qoʻshmaydi.
Uchinchi nuqtayi nazar – sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarning jamoat mulkiga
aylanishidir. Bu nuqtayi nazardan kelib chiqadiki, sunʼiy intellekt asarning yaratuvchisi
boʻlganligi sababli uni huquq subyekti sifatida eʼtirof etib boʻlmaydi. Muammoning bu yechimi
ozmi-koʻpmi keskin boʻlishiga qaramay, bu pozitsiyaning katta kamchiligi bor, yaʼni jamoat
mulkiga oʻtish sunʼiy intellekt sohasidagi innovatsiyalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Chunki kompaniyalar endi bu sohaga sarmoya kiritishdan iqtisodiy foyda koʻrmay
qoladilar.
Barcha nuqtayi nazarlarni hisobga olgan holda, ikkinchisini huquqiy jihatdan toʻgʻriroq
deb hisoblash mumkin, bunda ish muallifi ushbu asardan foydalanuvchi shaxsdir, chunki dasturlar
va innovatsion texnologiyalar, xususan, sunʼiy intellekt intellektual faoliyatning yangi natijalarini
olish vositasidir. Shunday qilib, mualliflik huquqi qonuni va sunʼiy intellektni rivojlantirish
oʻrtasida katta boʻshliq mavjud boʻlib, uni toʻldirish kerak. Bunda mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi
qonunchilik sunʼiy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va bunday tizimlarni hayotga tatbiq etishdan
ortda qolmoqda. Binobarin, intellektual mulk instituti yangi texnologiyalarning rivojlanishini
hisobga olgan holda oʻzgarib borishi kerak.
REFERENCES
Noyabr, 2024-Yil
66
1.
Sean Illing, Why Not All Forms of Artificial Intelligence Are Equally Scary, VOX (Mar.
8, 2017, 9:40 AM). URL:
https://www.vox.com/science-and-health/2017/3/8/14830108/
artificial-intelligence-science-technology-robots-singularity-bostrom.
2.
Dylan Matthews, This Oxford professor thinks artificial intelligence will destroy us all,
VOX.
URL:
https://www.vox.com/2014/8/19/6031367/oxford-nick-bostrom-artificial-
intelligence superintelligence
3.
Перекрёстова Е.А. Правовая природа и разграничение ответственности систем
искусственного интеллекта // НЭЖ «Меридиан». 2020. № 14 (48). С. 171-173.
4 .
Thaler v. Perlmutter, 1:22-cv-01564, (D.D.C. Aug 18, 2023) ECF No. 24
5.
ener.com/docket/63356475/24/thaler-v-perlmutter/
6.
1
Russ Pearlman, Recognizing Artificial Intelligence (AI) as Authors and Inventors Under
U.S. Intellectual Property Law, 24 Rich. J. L. & Tech. no. 2, 2018. Pp 3.
7.
1
Cade Metz, What the AI Behind AlphaGo Can Teach Us About Being Human, WIRED,
May 19, 2016
8.
URL:
https://www.wired.com/2016/05/google-alpha-go-ai/
9.
Электронный журнал Хабр, статья «Кто должен получать деньги при продаже
произведения искусства, сотворенного ИИ?»,
http s://habr.com/ru/articles/425551/
10.
Анастасия Васильева. К вопросу о наличие авторских прав у искусственного
интеллекта
URL:
http://ipcmagazine.ru/asp/on-the-issue-of-copyright-in-
11.
The
Copyright,
Designs
and
Patents
Act
1988
URL:
https://copyrightservice.co.uk/copyright/uk_law_summary.
