ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
397
AKADEMIK LITSEYLARDA TURKISTON MUXTORIYATI MAVZUSINING
O‘RGANILISHI
Mamatxolov Aziz Baxtiyorovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akaddemik litseyi tarix fani yetakchi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14170533
Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari davlatchiligi tarixida
Turkiston Muxtoriyatini tashkil etilishi yoritilgan. Shuningdek uning davlat tuzilishi xaqidagi turli
fiklar bayon etilgan va tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: Turkiston, Muxtoriyat, Qurultoy, kengash, sho‘ro, syezd, davlat tuzilishi,
tarix.
STUDY OF TURKISH AUTONOMY IN ACADEMIC LYCEUMS
Abstract. This article describes the establishment of the Turkestan Autonomy in the history
of the statehood of the peoples of the Central Asian region. Also, various opinions about his state
structure are stated and analyzed.
Satler College: Turkestan, Autonomy, Congress, council, council, congress, state
formation, history.
ИЗУЧЕНИЕ ТУРЕЦКОЙ АВТОНОМИИ В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ
Аннотация. В данной статье описывается становление Туркестанской автономии
в истории государственности народов Среднеазиатского региона. Также излагаются и
анализируются различные мнения о его государственном устройстве.
Ключевые слова: Туркестан, автономия, Курултай, совет, совет, собрание,
государственное устройство, история.
O‘zbek xalqi milliy davlatchiligi tarixida Turkiston Muxtoriyati alohida ajralib turadi.
Turkiston Muxtoriyati qisqa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, u tarihimizga chuqur iz
qoldirdi. Tarixdan ma’lumki, Qo‘qon shaxrida 1917-yil 26-28 noyabrda bo‘lib o‘tgan
Butunturkiston musulmonlarining favqulodda to‘rtinchi qrultoyida Turkiston Muxtoriyati tashkil
qilindi. Qurultoy Turkiston o‘lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan
muxtor deb e’lon qildi. Shuningdek, qurultoyda Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimyatni
Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak deb hisoblandi.
[1.] 28-noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi “Turkiston Muxtoriyati” deb
ataladigan bo‘ldi. [2.]
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
398
Hokimyatni esa Ta’sis syezdi chaqirilganga qadar Turkiston muvaqqat Kengashi va
Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek syezdda muvaqqat kengash tarkibida 12 kishidan iborat a’zolar saylash taklif
etildi. Xalq majlisi tarkibida saylanadigan 54 o‘rindan 18 o‘rin o‘llkadagi turli yevropalik ahli
tashkilotlarining vakillari uchun axjratildi. Bu esa uchdan bir o‘rin yevropalik aholi vakillariga
tegishini bildirar edi. Natijada syezdda Muvaqqat hukumat tashkil qilinib uning a’zolarini
saylashga muvaffaq bo‘linadi. Muvaqqat hukumat tarkibiga quyidagi a’zolar saylanadi.
1.M.Tinishpayev-bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi,
Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, muhandis. 2.Islom Sulton Shoahhmedov
(Shagiahmedov)- bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi Markvziy
qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. 3.Mustafo Cho‘qayev- tashqi ishlar vaziri, Turkiston
Musulmonlar Sho‘rosi Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos. 4.Ubaydulla Xo‘jayev- harbiy
vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi MQ a’zosi 5.Yurali Agayev- yer va suv boyliklari
vaziri, agronom. 6.Obidjon Mahmudov- oziq ovqat vaziri, Qo‘qon shahar dumasining rais
o‘rinbosari, tog‘-kon sanoati muhandisi. 7.Abdurahmon O‘razayev – chki ishlar vazirining
o‘rinbosari, huquqshunos. 8.Salomon Abramovich Gersfel’d- moliya vaziri, huquqshunos. [3.]
Umummusulmon syezdining 27-noyabrida Turkiston Muxtoriyati tashkil qilinganligi
haqidagi qarori o‘lka xaqlarini ruhlantirib yubordi. Turkiston halqlari muxtoriyatni qo‘llab-
quvvatlab mitinglar, yig‘inlar uyushtirdilar. 1917-yilning 6-dekabrida Toshkentdagi Jome’
masjidida o‘tkazilgan mitingda jami 60 ming kishi qatnashgan edi. Mitngda so‘zga chiqqanlar
sovet hokimyatiga munosabatlarini ham bildirishdi. Miting yakunida bir ovozdan ushbu qaror
qabul qilindi: “Biz musulmonlar sinf va daraja ayirmalariga qaramasdan, Turkiston Muxtoriyatini
olqishlagan holda, Qo‘qondagi favqulodda syezd tarafidan e’lon etilgan Turkistonda xalq
hukumatini vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo‘shilib, ishonamizki, buyuk
Rusiya revalutsiyasini tarafidan e’lon etilgan hokimyati...Turkiston xalqining tarafidan bir
og‘izdan bayon etilgan tilagiga qo‘shilur, ham birga istiqlol yo‘lida qadam bosishda va o‘z
kunimizni o‘zimiz ko‘ra boshlashda yordam etar. Shunga iymon etgan holda biz o‘lkadagi hamma
musulmonlarni muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o‘lka idorasi boshida
bo‘lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo‘lmasin dushmanlarcha muomala qiluvidan
saqlanishga da’vat qilamiz. Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tezroq vujudga kelishi uchun
tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toinki, shuning orqasinda o‘zaro urush va bugundan
e’tiboran hur bo‘lgan Turkistonning bir to‘g‘on kabi halqlarimiz orasida gunohsiz qon to‘kilmasin.
Yashasun muxtoriyatli Turkiston!”[4.].
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
399
Shuni ham ta’kidlash kerakki, siyosiy guruhlar, partiyalarning muxtoriyatga bo‘lgan
munosabati bir xil emas edi. Agar Turkiston eserlari 1918-yil 8-10 yanvarda bo‘lib o‘tgan ikkinchi
syezdida Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumatini qo‘llab quvatlab, Xalq majlisiga o‘z
vakili Skomoroxovni yuborishga qaror qilgan bo‘lsalar, Toshkentdagi Jome’ masjidida bo‘lib
o‘tgan mitingda esa Toshkentlik ulamochilar Muvaqqat Muxtor hukumatni tanqid qilib, “ular shu
vaqtgacha bizning mafaatimiz uchun hech narsa qilolgani yo‘q”, deya uni qo‘llashdan bosh
tortdilar. Oxir-oqibat ko‘pchilik vakillar Turkiston o‘lkasini Rossiya tarkibida muxtor respublika
deb e’lon qilish kerak deb ovoz berishadi. 1917 yil 27 noyabr kuni bu haqda qaror qabul qilinadi.
Qarorda shunday deyilgandi: «Turkistonda yashab kelayotgan turli millatga mansub aholi
Rossiyada inqilob sodir etgan bolsheviklar tomonidan xalqlarning o‘z haq-huquqlarini o‘zlari
belgilash haqidagi gaplaridan kelib chiqib, Turkistonni Rossiya sovet federativ sotsialistik
respublikasi tarkibida muxtor hudud deb e’lon qiladi».[5.] 28 noyabr kuni davom etgan yig‘ilishda
qurultoyga kelgan vakillar Turkistonda tashkil topayotgan yangi muxtor davlatning nomi
«Turkiston Muxtoriyati» deb atalishi uchun ovoz beradi. Shuningdek, Turkiston o‘lkasida
hokimiyat Turkiston Muxtoriyati muvaqqat kengashi va Turkiston Muxtoriyati xalq majlisiga
o‘tishi haqida qaror qabul qilinadi. Turkiston muxoriyati tuzilgach, hukumat vakillari hududlarda
muxtoriyat tuzilmalarini tashkil eta boshlashadi. Taniqli va tajribali huquqshunoslar jalb etilib,
Muxtoriyat konstitutsiyasini tayyorlash ishlariga kirishiladi. Muxtoriyat hukumati tomonidan
o‘zbek, qozoq va rus tillarida hukumat gazetalari nashr etila boshlanadi. Yangi tashkil etilgan
davlat uchun mudofaa ishlari ham juda dolzarb edi. Shu sababli hukumat armiya tashkil etishga
kirishadi. Muxtoriyat mudofaa vaziri Ubaydulla Xo‘jayev qisqa muddatda 2 mingdan oshiq
askarga ega armiya tuzadi.
Shuningdek, o‘sha paytda Qo‘qon uyezdi militsiya otryadlari boshlig‘i Ergash qo‘l ostida
ham muxtoriyat armiyasiga yordamga shay bo‘lgan minglab mirshab bor edi.Turkiston
muxtoriyati hukumati o‘z tuzilmalarini tashkil etar ekan, bolsheviklar tomonidan Toshkentda ham
alohida avtonom respublika tuzish harakatlari boshlanadi.1918 yil yanvar oyida Toshkentda
Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV syezdi bo‘lib o‘tadi.
Unda o‘lka bolsheviklarining Turkistonda RSFSR tarkibiga kiradigan avtonom respublika
tuzish taklifi qabul qilinadi. Ular bu davlatga Turkiston sovet sotsialistik avtonom respublikasi
(TASSR) deb nom berishadi. Bundan tashqari, syezdda Turkiston muxtoriyati noqonuniy tuzilma
deb e’lon qilinadi. Qo‘qonga harbiy yurish qilib, muxtoriyatni ag‘darib tashlash masalasida bir
qarorga kelinadi. Toshkentda bolsheviklar tomonidan tuzilgan muxtoriyat aslida nomiga tuzilgan
bo‘lib, maqsad Turkistonni bolsheviklarga mutlaq bo‘ysundirish edi. Qo‘qonda tuzilgan
muxtoriyat kuchayib ketsa keyin ularni yengish qiyin bo‘lardi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
400
Buni yaxshi anglagan Toshkent bolsheviklari rahbari Kolesov Moskvadan yordam kuchlari
yuborishni so‘raydi. 1918 yil 30 yanvar kuni Turkiston xalq komissarlari soveti boshchiligidagi
armiya Turkiston muxtoriyati hukumatini tugatish uchun Farg‘ona vodiysida harbiy harakatlarni
boshlaydi.
Bolsheviklar muxtoriyat hukumatiga taslim bo‘lish va ixtiyoridagi armiyani tarqatib
yuborish talabini qo‘yadi. Muxtoriyat hukumati bu talabga rozi bo‘lmaydi. Shundan so‘ng 1918
yil 31 yanvar kuni bolsheviklar armiyasi hujum boshlaydi. O‘sha paytda Turkiston muxtoriyati
armiyasida qurol-yarog‘, o‘q-dori yetishmas, askarlar mahorati ham haminqadar bo‘lgan.
Aksincha, bolsheviklarga to‘xtovsiz yordam kelib turadi. Shu sababli muxtoriyat armiyasi
birin-ketin mag‘lubiyatga uchray boshlaydi. Qariyb uch hafta davom etgan qaqshatqich janglardan
so‘ng 1918 yil 19 fevral kuni Turkiston muxtoriyati armiyasi tamomila mag‘lubiyatga uchraydi.
Oqibatda muxtoriyat hukumati bolsheviklar tomonidan ag‘darib tashlanadi. Shturm
chog‘ida Qo‘qon vayron qilinadi.
REFERENCES
1.
Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri.
-T.: “Bodomzor invest” 2021.-92 b
2.
“Ulug‘ Turkiston”. 1917, 8-dekabr; “Turkestanskiy vestnik”. 1917, 1-dekabrya
3.
O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamдlakachiligi davrida. –T.:
“Sharq”, 2000.-688 b
4.
“Ulug‘ Turkiston”. 1917, 8-dekabr.
5.
muxtoriyat.uz
