445
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
JADIDCHILIK HARAKATINING MAQSADI VA IJTIMOY-SIYOSIY MOHIYATI
Mamatxolov Aziz Baxtiyorovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi tarix fani yetakchi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14848532
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jadidchilik harakati, uning ijtimoy-siyosiy mohiyati,
Turkiston jadidlari, jadidchilik mafkurasi, milliy qadriyatlarga munosabat, umuminsoniy
taraqqiyot yutuqlarini tushuntirish, jadidlarning xalqaro aloqalari keng bo’lganligi, ular Rossiya,
Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor
bo’lganliklari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Jadidchilik, Turkiston jadidchiligi, Munavvarqori Abdurashidxonov,
Ubaydulla Asadullaxo’ja o’g’li, Abdulla Avloniy, Toshpo’lat Norbo’tayev, Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xo’jayev, Fayzulla Xo’jayev, Ashurali Zohiriy, Po’lat
Soliyev, Obidjon Mahmudov, Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev, harakatning ijtimoy-siyosiy
mohiyati, ma’rifatparvarlik.
THE PURPOSE AND SOCIO-POLITICAL ESSENCE OF THE JADIDIST MOVEMENT
Abstract.
This article discusses the Jadidist movement, its socio-political essence, the
Jadids of Turkestan, the ideology of Jadidism, the attitude to national values, the explanation of
the achievements of universal human development, the fact that the Jadids had extensive
international relations, and that they were aware of the programs of Jadidist movements in Russia,
Turkey, Egypt and other countries.
Keywords:
Jadidism, Turkestan Jadidism, Munavvarqori Abdurashidkhanov, Ubaydulla
Asadullakhodja oglu, Abdulla Avloniy, Toshpolat Norbotayev, Mahmudkhodja Behbudiy,
Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Khojayev, Fayzulla Khojayev, Ashurali Zohiriy, Polat Soliyev,
Obidjon Mahmudov, Nasirkhontora Kamolkhontorayev, socio-political essence of the movement,
enlightenment.
ЦЕЛЬ И ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА
ДЖАДИДСКОГО ДВИЖЕНИЯ
Аннотация.
В статье рассматривается движение джадидов, его общественно-
политическая сущность, джадиды Туркестана, идеология джадидизма, отношение к
национальным ценностям, объяснение достижений общечеловеческого развития,
обширные международные связи джадидов, их осведомленность о программах движений
джадидизма в России, Турции, Египте и других странах.
Ключевые слова:
джадидизм, туркестанский джадидизм, Мунавваркори
Абдурашидханов, Убайдулла Асадуллаходжа оглы, Абдулла Авлоний, Тошполат Норботаев,
Махмудходжа Бехбудий, Абдурауф Фитрат, Убайдулла Ходжаев, Файзулла Ходжаев,
446
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Ашурали Зохирий, Полат Солиев, Обиджон Махмудов, Насирхонтора Камолхонтораев,
общественно-политическая сущность движения, просветительство.
Agar jadidlarimiz qirg’in qilinmaganda edi, hozir
bizda “to’rtinchi renessans” bo’lardi. Agar ota-
bobolarimiz qirib tashlanmaganda edi, ularning
bilimi, ularning ilmi bilan katta kashfiyotlar
qilinardi”
[1]
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev.
“Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U
shunchaki “yangi” yo bo’lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur”, “yangi
inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni oz’ida mujassam etgan.
Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bo’lgan murakkab
rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Turkistondagi mustamlaka, uning turli tanazzulga yuz tutganligi,
xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda
qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoy ongdagi turg’unlik – jadidlarni jahon taqqiyoti tajribasidan
foydalanib tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga undadi. Yetilib qolgan
muammolarni hal etishdagi dastlabki yo’l sifatida ma’rifatparvarlik harakati yuzaga keldi.
Jadidlar ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o’qidilar va
o’zgalarni ham shunga dav’at etdilar. Ular xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va
ta’lim taraqqiyoti darajasini ko’ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon
taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo’ldi. Natijada, jadidlarning diqqat
markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi qo’yildi. Ular bunday islohotlarni
o’tkazish zaruratini nafaqat, nazariy jihatdan isbotlab berdilar, balki yangi usuldagi maktablar,
kutubxonalar, o’quv zallari ochib, darsliklar yozib, o’z g’oyalarini amalga oshirishga kata kuch
sarfladilar.
Dastlabki jadid maktablari 1898-yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899-yilda Toshkentda
Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan.
XX asr boshlarida bu harakat tezlik bilan rivojlanib ketdi. Milliy ziyolilarning o’zagini
tashkil etuvchi jadidchilikning ko’zga ko’ringan vakillari – Munavvarqori Abdurashidxonov,
Ubaydulla Asadullaxo’ja o’g’li, Abdulla Avloniy, Toshpo’lat Norbo’tayev, Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xo’jayev, Ashurali Zohiriy, Po’lat Soliyev, Obidjon
Mahmudov, Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev kabilar harakatning yetakchilari edilar
[2 B 36]
.
447
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Turkiston jadidlarini birlashtirishda “Jadidlarning rahbari” deb tan olingan Mahmudxo’ja
Behbudiyning xizmatlari beqiyos bo’ldi.
Jadidlar o‘lkani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ham o‘ziga xos qarashlarga ega
edi. Taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatlari davomida o‘lka xalqlarining ijtimoiy hayoti, turmush tarzi,
kasb-kori, shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lishgan. Xalqning ahvoli yildan yilga og‘irlashib
borayotganini angladi. Ularning fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlamay
turib, siyosiy va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emasdi. Buning uchun birinchi navbatda
yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish,
barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib,
mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bilishdi. Jadidlar ko‘plab yoshlarni
rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib
kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan
mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun
mablag‘lar yig‘ildi. O‘lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy
tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri,
Toshkentning ʻʻQor yog‘diʼʼ mahallasidan bo‘lgan Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
Rossiyada huquqshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli o‘zbek advokati
bo‘ldi. U buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan.
Jadid tashkilotlarining maqsadlari kengayib siyosiy tus olganligining sababi ikkita edi;
birinchidan, 1914-1915-yillarda jadidchilik boshidan kechirgan inqiroz – gazetalar va yangi usul
maktablarining berkitilish hollari, hokimiyat jadidlarining bilimsizlik va g’aflatga qarshi kurash
faoliyatini kengaytirishga yo’l bermasligi, shuningdek, busiz jamiyatda hech qanday
o’zgarishlarga erishib bo’lmasligini ko’rsatdi. Ikkinchidan, jadidchilik harakatiga xorijda o’qib,
chet eldagi milliy taraqqiyparvar harakatlar tajribasini o’rganib qaytgan, yosh kuch oqim kelib
qo’shildi. Ular madaniylashtirish doirasida cheklanib qolmay, aniq siyosiy vazifalar qo’yishni
talab qildilar. Soliqlarni kamaytirish, amaldorlar zulmini cheklash, dehqonlar hayotini
yengillashtirish – shu talablar jumlasidan edi.
Turkiston taraqqiyparvarlari XX asrning boshlaridagi dunyoda ro‘y bergan siyosiy
jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar. Bu davrda xorijdagi siyosiy partiyalarning dasturlarini
tahlil qildilar. Shu vaziyatda taraqqiyparvarlar o‘zbek xalqining tinchliksevarligi, bosiqligidan
kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga intildilar, chunki ular qonli
to‘qnashuv va urushlarga qarshi edilar. 1917-yildagi Rossiya fevral voqealari arafasida Turkiston
jadidchiligi kuchli siyosiy harakatga aylandi. Birinchi jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar
monarxiya uchun kurashgan bo‘lsalar, fevral voqealaridan keyin ancha keng qamrovli, bir qator
siyosiy talablarni ilgari surishdi.
448
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Jumladan, mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish, o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar
o‘tkazish, Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish, milliy matbuot
erkinligini ta’minlash kabilar. Ayni vaqtda, milliy-siyosiy partiyalar va tashkilotlar, masalan,
ʻʻSho‘royi Islomiyaʼʼ, ʻʻIttifoqʼʼ kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytda jadidlar tub yerli
aholi ijtimoiy tarkibining barcha qatlam vakillarini o‘z ortidan ergashtira oldi. Turkistonda jadidlar
faoliyati mahalliy aholini ma’rifatli qilishga, ularda milliy o‘zlikni anglashning kuchayishiga,
ozodlik uchun kurashlarning ko‘tarilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jadidchilik harakati o‘lkada
podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turuvchi asosiy ma’naviy kuch sifatida
namoyon bo‘ldi. 1917-yil mart oyi boshlarida jadidlar tomonidan Toshkentda barcha erkparvar
tashkilotlarning umumiy dasturiga ega bo‘lgan yagona tashkilot — ʻʻMusulmon markaziy
sho‘rosiʼʼ tuzildi. Uning ta’sis syezdida 350 delegat qatnashgan.
Ular orasida ozarbayjonlar, tatarlar, turkmanlar, boshqirdlar kabi boshqa musulmon
xalqlarining vakillari ham bo‘lgan. Syezdda barcha delegatlar bo‘lajak davlat Turkiston deb
atalishi, uning tarkibiga Buxoro, Xiva va Turkiston general-gubernatorligi kirishi kerak degan
fikrni ma’qullashdi. Biroq Turkistonda 1917-yildagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning
hokimiyatni egallashi jadidlarning o‘z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon
bermadi. Shunga qaramay, ular markazi Qo‘qonda bo‘lgan, Turkiston muxtoriyati deb atalgan
mustaqil muxtor respublika e’lon qildi. 72 kun yashagan bu muxtor respublika sovet hokimiyati
tomonidan tor-mor etildi. Natijada jadidlar ta’qibga uchradi va oxir-oqibat, 1937–1938-yillarda
qatag‘on qurboni bo‘lishdi.
Jadidlar nafaqat Vatanga va milliy qadriyatlarga munosabati bilan, ayni paytda,
umuminsoniy taraqqiyot yutuqlarini tushunishda ham tarixiy namuna bo’lishlari mumkin. Ular
hech qachon milliy doirada cheklanib qolmaganlar va ularning G’arb sivilizatsiyasi tomon
intilishlarini tushunish mumkin. O’sha paytda G’arb, texnologiya va ishlab chiqarish darajasi
jihatidan Sharqqa nisbatan ancha ilgarilab ketgan edi. Jadidlar o’zlarining kelajakdagi davlat
tuzumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etardilar. Bu haqda Behbudiy shunday
degandi: “Biz joriy etgan qonunlar yahudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning
ham va umuman, barchaning manfaatlarini himoya qilishi kerak. Agar biz, Turkiston
musulmonlari, birgalikda islohotlar o’tkazishni istasak, bizning ziyolilar, ma’rifatparvarlar,
boylar, ruhoniylar va olimlar millat va Vatan farovonligiga xizmat qilishlari kerak. Agar bizni
mustamlakachilik qonunlari bilan boshqarayotgan ekanlar, buning sababchisi, avvalo, o’zimizning
noittifoqligimizdir” [3]
.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki rivojlangan davlar qurishdagi o’z g’oyalarini amalga
oshirishda jadidlar mutassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurashga alohida e’tibor berganlar.
Bu vazifalarni amalga oshirishda ular bilimdon yoshlarga tayanganlar.
449
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Jadidlar o’z ishlarida Yevropa davlatlari taraqqiyotga qanday yo’llar yetib kelganligini aks
ettirib asoslashga tarixiy misollar keltirganlar. Ular til o’rganish va fan-texnika taraqqiyotining
ahamiyatiga alohida e’tibor berib Turkistonning o’tmishdagi hamda zamonaviy holatining o’ziga
xos tamoyillarini hisobga olgan holda, uning kelajagini quyidagicha rejalashtirganlar: kuchli
dunyoviy hokimiyat, xususiy mulkning dahlsizligi, bank kapitalining erkinligi tamoyillariga
asoslangan ozod, mustaqil davlat qurish.
Jadidlar xalqning madaniyat darajasini xalqaro saviyaga ko’tarishni orzu qilganlar. Buning
uchun esa yoshlarni Yevropaning eng yaxshi o’quv maskanlarida o’qitishni zarur deb
hisoblaganlar.
REFERENCES
1.
Kun.uz rasmiy kanali 30.01.2021-yil.
2.
Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Т.: “Universitet”
1999. - 36 b.
3.
Behbudiy M. Bayoni haqiqat // Ulug’ Turkiston. - 1917. - 12-iyun
