Authors

  • Sunnatjon Abdusattorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47735

Abstract

Davlatning asosiy vazifasi aholining farovonligini taminlashdir. Shu sababli, davlat aholining daromadi past qatlamini ijtimoiy qollashga doir choralar qollaydi. Ushbu maqolada aholining ijtimoiy muammolari, va ularning yechimiga qaratilgan davlat dasturlari, va aholi farovonligini taminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishamiz.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN

ISLOHOTLAR VA MUAMMOLAR

Abdusattorov Sunnatjon Ravshanovich

Termiz Davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14176039

Annotatsiya.

Davlatning asosiy vazifasi aholining farovonligini taminlashdir. Shu sababli,

davlat aholining daromadi past qatlamini ijtimoiy qollashga doir choralar qollaydi. Ushbu
maqolada aholining ijtimoiy muammolari, va ularning yechimiga qaratilgan davlat dasturlari, va
aholi farovonligini taminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishamiz.

Kalit so’zlar:

bandlik, ishsizlik, ijtimoiy himoya, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy yordam,

ta’lim, temir daftar, ayollar daftari, yoshlar daftari, farovonlik.

REFORMS AND PROBLEMS IN THE SOCIAL FIELD IN UZBEKISTAN

Abstract.

The main task of the state is to ensure the well-being of the population. Therefore,

the state takes measures to protect the low-income population. In this article, we will get
acquainted with the social problems of the population, the state programs aimed at their solution,
and the reforms implemented to ensure the well-being of the population.

Key words:

employment, unemployment, social protection, social problems, social

assistance, education, iron book, women's book, youth book, welfare.

РЕФОРМЫ И ПРОБЛЕМЫ В СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Основной задачей государства является обеспечение благосостояния

населения. Поэтому государство принимает меры по защите малообеспеченного
населения. В этой статье мы познакомимся с социальными проблемами населения,
государственными программами, направленными на их решение, и реформами,
реализуемыми для обеспечения благосостояния населения.

Ключевые слова:

занятость, безработица, социальная защита, социальные

проблемы, социальная помощь, образование, железная книга, женская книга, молодежная
книга, благосостояние.


Kirish

O‘zbekiston keyingi yillarda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni boshdan

kechirdi. Ijtimoiy siyosat yonalishida bir qancha islohotlar va dasturlar amalga oshirildi.

Hozirgacha, Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga
ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish
imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga
alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay
o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga,
mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda.

Muammolar; Adabiyotshunos Orif Rahimov fikricha, mamlakatdagi ishsizlik, aholini ish

bilan ta’minlash jamiyatning ertasi, istiqbolini belgilaydigan muammo sanalar ekan, eng dolzarb
muammo ham shu. Ishsizlik muammosini hal qilish juda ko’plab mayda-chuyda muammolarning
o’z-o’zidan yechilishiga olib keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

Afsuski, butun dunyo, o’sha rivojlangan mamlakatlar ham bu muammoni hal qilolmay

kelyapti. Sovet tuzumi yemirilgandan keyin O’zbekiston ham xuddi mana shu muammoning
girdobiga tushib qoldi. Bu girdob borgan sari kuchayapti. Ayniqsa, qishloqlar, shaharlar,
viloyatdagi juda ko’p joylar hozir mana shu ishsizlik girdobi ostida qolgan".

Bundan yoshlar, ayollar, ishlashi zarur bo’lgan, oilani boqishi zarur bo’lgan odamlar qattiq

aziyat chekayapti deydi u. Qishloqda, deylik, ishga yaroqli 100 ta odam bo’lsa, shundan 95 tasi
bugungi kunda ishsiz. Turli tasodifiy ishlarni bajarish yoki shaharga borib mardikorlik qilish,
boshqa mamlakatlarga ish izlab borish, o’sha yerda oylab, yillab sarson bo’lib yurish bularning
qismati bo’lib qoldi. Mana shu muammo hal qilinsa, demak aholining ishga yaroqli qismi ish bilan
ta’minlansa, oilalarning farovonligiga, dasturxonlarimiz to’kinligiga erishiladi. Bu juda katta
doiralarda hal qilinadigan ijtimoiy-siyosiy masala. Aholi mehnat bilan ta’minlansa, band bo’lsa,
barcha ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy, axloqiy muammolarning yechimi o’z-o’zidan osonlashadi”.

Yechimlar; Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos

tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay”
va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga
oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning,
xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal
etilmoqda.

Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish,

buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish,
qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-
quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha
ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa,
“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar
– kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod
mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin
qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga

hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy
e’tibor berilmagan. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam
ta’minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit
va imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3
barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu
– umumiy qamrov 28 foizga yetdi.

Bizga ma’lumki, bundan 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat

grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar
qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil oliygohlarga kirish
uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish
darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va

mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Oxirgi 5 yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7

foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi.

Qishloqlarda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1

gektargacha yer maydonlari ajratish boshlandi. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish,
ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida
amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning

kontrakt pullari to‘lab berildi. Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-
quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin
topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiy-
texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.“Mehribonlik
uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi
tizim joriy etildi.

Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish

hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tizim – “Mehr daftari”
joriy etildi. Shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan
ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, o‘ziga biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turar
joyga muhtoj sifatida hisobda turgan ana shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy
maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan bolalar o‘rtasida nikoh
tuzilgan holatlarda esa 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.

Mamlakatimizda ehtiyojmandlariga, ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli

mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha
turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan “Yagona
ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda.

Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali

ma’lumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, olingan
kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining to‘liq ishga
tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni
taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish

va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib
qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir.

Odatda kambag‘allikka tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul

hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich
kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib
turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi
uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

Xulosalarim

; xulosa qiladigan bo'lsak davlat yuqorida keltirilib o'tilganidek aholining

ijtimoiy muammorini hal qilish borasida bir qancha loyihalar (temir daftar, ayollar daftari, yoshlar
daftari) yaratmoqda, men bunday loyihalarni kopaytirishni va yangicha ijtimoiy loyihalar
yaratishni tarafdoriman, chunki bunday loyihalar ijtimoiy muammolarni hal qilishda aholiga katta
ko'mak beradi.

Shuningdek, men hozir mavjud bo'lgan daromad soliq tizimini ya'ni, aholidan olinadigan

daromad solig'ini hamma uchun bir xil emas, aholining daromadidan kelib chiqib qayta
taqsimlashni taklif etaman.


REFERENCES

1.

Sh. Sh. Shodmonov, R. X. Alimov, T. T. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent,
“Moliya” nashriyoti, 2002yil. 416b.

2.

www.ceep.uz - 0 ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy
siyosat markazi rasmiy sayti.

3.

Bekmurodov A.Sh. va boshqalar. О‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida.1-
5qismlar. Т.: TDIU, 2005. - 310 b.

4.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 2017-yil

5.

“Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish dasturi” 2019-yil

References

Sh. Sh. Shodmonov, R. X. Alimov, T. T. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, “Moliya” nashriyoti, 2002yil. 416b.

www.ceep.uz - 0 ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.

Bekmurodov A.Sh. va boshqalar. О‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida.1-5qismlar. Т.: TDIU, 2005. - 310 b.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 2017-yil

“Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish dasturi” 2019-yil