Authors

  • sunnatjon Abdusattorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47736

Abstract

Ushbu maqolada o’zbekistonda elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar va yangiliklar ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston elektr energetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar va holatlar o‘rganilgan holda kelgusida sohani rivojlantirishga oid tavsiyalar bildirib o‘tilgan. Bundan tashqari bugungi kunda mamlakatimizda elektr energetikasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar xusususida to‘xtalib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

O’ZBEKISTONDA ENERGETIKA VA UNING ISTIQBOLLARI

Abdusattorov sunnatjon ravshanovich

Termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 223 - guruh talabasi.

Tel: 88 069 16 76

https://doi.org/10.5281/zenodo.14176063

Annotatsiya

. Ushbu maqolada o’zbekistonda elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar

va yangiliklar ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston elektr energetikasi bilan bog‘liq
bo‘lgan vaziyatlar va holatlar o‘rganilgan holda kelgusida sohani rivojlantirishga oid tavsiyalar
bildirib o‘tilgan. Bundan tashqari bugungi kunda mamlakatimizda elektr energetikasini
rivojlantirishga qaratilgan islohotlar xusususida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

GES, quyosh elektr stansiyasi, shamol elektrstansiyasi, elektr ta’minoti,

tabiiy manbalar.

ENERGY IN UZBEKISTAN AND ITS PROSPECTS

Abstract.

This article shows the problems and news related to electricity in Uzbekistan.

Also,

the situations and conditions related to the electric power industry of Uzbekistan

were studied, and recommendations were made for the future development of the sector. In
addition, the reforms aimed at the development of electric energy in our country were discussed
today.

Key words:

Hydroelectric power plant, solar power plant, wind power plant, electricity

supply, natural resources.

ЭНЕРГЕТИКА УЗБЕКИСТАНА И ЕЕ ПЕРСПЕКТИВЫ

Аннотация.

В данной статье показаны проблемы и новости, связанные с

электроэнергетикой в Узбекистане. Также были изучены ситуации и условия, связанные с
электроэнергетикой Узбекистана, и даны рекомендации по дальнейшему развитию
отрасли. Кроме того, сегодня обсуждались реформы, направленные на развитие
электроэнергетики в нашей стране.

Ключевые слова:

Гидроэлектростанция, солнечная электростанция, ветряная

электростанция, электроснабжение, природные ресурсы.

Kirish.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush tarzini

yaxshilashga qaratilgan tub o‘zgarishlar amalga oshirilyapti. Respublikaning turli hududlarida
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, klasterlar tashkil etilyapti. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”,
“Xavfsiz shahar” kabi strategik dasturlar asosida shaharu qishloqlarda ulkan bunyodkorliklar
qilinmoqdaki, ularning qiyofasi mutlaqo yangilanmoqda.

Shunga yarasha turizm ham taraqqiy topmoqda. O‘z navbatida, atrof-muhitni muhofaza

qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash masalasiga har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq e'tibor
qaratilayotir.

Muammolar

; Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan bu kabi

shiddatli rivojlanish sur'atlari, eng avvalo, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning ham o‘sishiga
olib kelmoqda.

Masalan, 2000 yilda bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat elektr

energiyasi ishlatgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 57 foiz ko‘payib, 200 kVt/soatga yetdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

Ayni chog‘da joriy yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasidan umumfoydalanishda

aholi ulushi 26,5 foizga yetdi.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish dinamikasi barqarorlashdi. Mazkur

tendensiya aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Boshqa tomondan esa bu ikki omil
elektr energiyasi iste'molining muttasil ravishda ortishiga sabab bo‘lyapti. 2030-yilgacha
mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yiliga taxminan 6-7 foizga o‘sishi bashorat qilingan.

Biroq O‘zbekiston bunday ssenariyga tayyor emas. Chunki mavjud quvvatlar ichki

ehtiyojni to‘liq qondirish imkonini bermaydi. Tezkor choralar ko‘rilmasa, kelgusida energiya
taqchilligi muammosi taraqqiyotimizga tushov bo‘lishi aniq. Energetikaning ham an'anaviy, ham
muqobil turlarini rivojlantirish O‘zbekiston uchun yagona to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.

Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 254,8 ming

kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 kV.li kuchlanishga ega past voltli
taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan.

Taqsimlash tarmoqlarining juda eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli darajada

yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Ya'ni ayni paytda issiqlik elektrostansiyalaridan elektr energiyasi
tarmoqlariga chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 20 foizi yo‘qotilayapti. Bir ko‘z
o‘ngingizga keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan yorug‘lik va issiqlik manbaining beshdan
bir qismi havoga uchib ketmoqda, uvol bo‘layapti.Aynan mana shunday kamchiliklarni bartaraf
etish, nuqsonlarni yo‘qotish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi
navbatda, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va sifatini ta'minlab qo‘yish darkor.

Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshib borishi ham inobatga

olinish shartHozirgi vaqtda, Respublika bo'yicha ishlab chiqarishning umumiy ulushi 82,5%
bo'lgan "issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalaridan tashqari, elektr
energiyasi ishlab chiqarishni "O'zbekgidroenergo" AJ gidroelektr stansiyalari 9% ulush bilan
amalga oshirmoqda, davlat-xususiy sheriklik prinsipi bo'yicha foydalanishga topshirilgan elektr
stansiyalari 8% ulush bilan, shu jumladan, 7,4% IES va 0,6% quyosh elektr stansiyalari),
shuningdek, "Uz-KorGas Chemical" MCHJ QK korxonalari blokstansiyalari 0,5% va "GTL"
MCHJ respublika bo'yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 0,2% ni tashkil etadi.

Yechimlar

; Respublikamizda energetikaning pishiq-puxta rivojlanishi, iste'molchilarga

elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qayta
tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol qurilmalari)ni hayotga tatbiq etishga ham alohida
ahamiyat berilmoqda. Zero, bunday ne'matlarni o‘zlashtirish tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun
asrab-avaylash, atmosferaga yoqilg‘i yonishidan hosil bo‘lgan zararli moddalar chiqarishni
kamaytirishning muhim omili hisoblanadi.Yashil energetikani rivojlantirish uchun esa katta
miqdorda moliyaviy sarmoya talab etiladi.

Bu boradagi loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish elektr

energiyasiga iqtisodiy jihatdan jozibador tariflarni joriy etish evazigagina mumkin bo‘ladi.

Sohadagi muammolarni yechish 2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr

energiyasi bilan ta'minlash konsepsiyasida aniq-tiniq ko‘rsatib berilgan. Konsepsiyada 2030-yilga
qadar mamlakat elektr energiya generatsiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari
(QTEM)ning ulushini 11 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

Shundan 5 foizi quyosh, 3 foizi shamol hamda 3,8 foizi gidroenergetika hissasiga to‘g‘ri

kelishi kerak. Bu vazifalar bosqichma-bosqich bajarilyapti. 2021 yili Navoiy viloyatida birinchi
fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi hamda Zarafshonda ilk shamol generatori qurila boshlandi.

Bir vaqtning o‘zida gidroenergetikani rivojlantirishga doir loyihalar ham amalga

oshirilmoqda. Davlatimiz “yashil” energetikaga katta umid bog‘lagan. Mazkur tarmoqqa nufuzli
xorijiy investitsiyalar paketi yo‘naltirilyapti. Demak, kelgusida qayta tiklanuvchi energiya
manbalari O‘zbekiston energobalansida yuqori pozitsiyani egallashi turgan gap. Sohada olib
borilayotgan diversifikatsiyalash siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ham shundan iborat.

Ammo faqat “yashil” energetika bilan cheklanib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, davlatimiz

rahbariyati buni yaxshi anglamoqda. Shu bois yurtimizda elektr energiyaning boshqa
manbalaridan birday samarali foydalanish masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan. Aytaylik, issiqlik elektr
stansiyalari (IES)dan butkul voz kecholmaymiz. Hozir ular energiya generatsiyasining salkam 90
foizini ta'minlayapti. 2030-yilgacha bu raqamni 60 foizga tushirish rejalashtirilgan. Shunga
qaramay, ba'zi hududlarda yangi IESlar barpo etilmoqda. Chunki bu ob'ektiv zururat. Masalan,
2021 yili Farg‘ona vodiysida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

To‘g‘ri, unda qimmatbaho xomashyo – tabiiy gaz yoqilib, energiya ishlab chiqariladi.
Biroq mazkur ob'ekt qanchadan-qancha odamlar hamda tadbirkorlarining og‘irini yengil

qilayotgani ayni haqiqat. O’tgan yillarda vodiy viloyatlarida tadqiqot olib borilganda. O‘shanda
aholi hamda biznes vakillari energiya ta'minotidagi doimiy uzilishlarni birinchi darajali muammo
sifatida ko‘rsatgan.

Xulosa

qiladigan bo’lsak mamlakatimizda aholini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan

taminlashga doir bir qancha chora tadbirlar va xalqaro miqyosda yirik loyihalar amalga
oshrilmoqda. bunga misol qilib mamlakatimizda bunyod etilayotgan qayta tiklanadigan energiya
stansiyalarini ya’ni quyosh elektr stansiyasi, shamol elektrastansiyalari va gidrostatik elektr
stansiyalarni olishimiz mumkin. shuningdek Rossiya davlati bilan hamkorlikda qurilishi
kutilayotgan atom elektrstansiyasi energetika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning
yaqqol misoli hisoblanadi. issiqlik elektr stansiyalari (IES)dan butkul voz kecholmaymiz chunki
hozir ular energiya generatsiyasining salkam 90 foizini ta'minlayapti. men bu korsatkichni 60
foizga kamaytirishni va qolgan 30 foizini muqobil energiya manbalari bilan to’ldirish, hamda
aholida elektr energiyasidan to’g’ri va samarali foydalanish bo’yicha madaniyat shakllantirish
tarafdoriman.


REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasinig "Energiyadan ratsional foydalanish to'g'risida" 1997 yil 25
aprelda qabul qilingan №412-1 raqamli qonuni;

2.

O'zbekiston Respublikasinig "Elektr energetika to'g'risida" 2009 yil 30 sentyabrda qabul
qilingan №3 RU - 225 raqamli qonuni

3.

Recover better: economic and social challenges and opportunities.

4.

Arxiv.uz 3. Allayev "Elektrotexnika Uzbekistana I Mira" fan va texnologiya 2009 yil
463-bet

5.

http://t.me/energetiklar.

References

O'zbekiston Respublikasinig "Energiyadan ratsional foydalanish to'g'risida" 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan №412-1 raqamli qonuni;

O'zbekiston Respublikasinig "Elektr energetika to'g'risida" 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan №3 RU - 225 raqamli qonuni

Recover better: economic and social challenges and opportunities.

Arxiv.uz 3. Allayev "Elektrotexnika Uzbekistana I Mira" fan va texnologiya 2009 yil 463-bet