Authors

  • Rushana Zaripova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48073

Keywords:

xarakteristika ichidan siz bermoqchi bo‘lgan ma’no yoki ibratning o‘z-o‘zidan tomib turishi.

Abstract

Xarakterda yozuvchining kishilarga va hayotga munosabati, hayotiy hodisalarga bergan estetik bahosi yaqqol ko‘rinadi. Chunki u muallif estetik idealining tashuvchisidir. Xarakterlar muayyan psixologik sharoitda harakat etish natijasida namoyon bo‘ladilar va shakllanadilar.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

452

PROZADA XARAKTER

Rushana Zaripova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211419

Xarakterda yozuvchining kishilarga va hayotga munosabati, hayotiy hodisalarga bergan

estetik bahosi yaqqol ko‘rinadi. Chunki u muallif estetik idealining tashuvchisidir. Xarakterlar
muayyan psixologik sharoitda harakat etish natijasida namoyon bo‘ladilar va shakllanadilar.

1

Milliy adabiyotimizda realistik proza janriga asos solgan ulug‘ adib Abdulla Qodiriy 1926-

yili «Mushtum» jurnalining 17-sonida e’lon qilgan «Yozg‘uvchilarimizga» sarlavhali maqolasida
asosan hajviy asarlarda xarakter yaratish masalasiga urg‘u bergan bo‘lsa-da, uni boshqa har
qanday asar uchun ham dasturilamal hisoblash mumkin. Chunonchi, adib bunday deydi:

«Adabiyotda bir necha xil kulgi yo‘llari bo‘lsa ham, lekin eng mo‘tabari xarakter

kulgisidirkim, yuqorida aytib o‘tdik, ammo quyidagi shartlarning topilishi kerak:

1.

Qahramonning xarakteri (ya’ni, sizning olgan masalangiz va yoki kishingizning o‘zidagina

topilgan tabiat: masalan, so‘z, ish, fe’l va...).

2.

Shu xarakteristika ichidan siz bermoqchi bo‘lgan ma’no yoki ibratning o‘z-o‘zidan tomib

turishi.

3.

Shu ikki turli narsa ichidan istehzo yoki ha-ha-ho moddasining tabiiy suratda kelib

chiqishi»

2

.

Anglashiladiki, asarda ilgari surilgan g‘oya badiiy obraz - qahramon orqali oydinlashadi.
Adabiyot nazariy qoliplarga mos, tap-tayyor andozalar asosida ishlaydigan korxona emas.
Xususan, badiiy asarda xarakter yaratish shartlari ham faqat ustoz Qodiriy sanab ko‘rsatgan

jihatlardan iborat emas. Adabiyotni «birov suv deb bilsa, birov o‘t-olov deb biladi» (Belinskiy
iborasi). Bizningcha, shu o‘rinda buyuk Lev Tolstoyning fikr-mulohazalari ham nihoyatda
diqqatga sazovordir. To‘laqonli badiiy asar yaratish uchun qobiliyat shak-shubhasiz zarurligini
e’tirof etgan mutafakkir yozuvchi ham uchta shartni ko‘rsatib o ‘tadi. Bular:

«1) muallif predmetga

axloq nuqtayi nazaridan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi kerak; 2) bayon tushunarli yoki shaklan
go‘zal bo‘lishi muhim, aslida, bularning ikkalasi ham bir hil ma’noni anglatadi; 3) samimiyat,
ya’ni san’atkor o‘zi tasvirlayotgan narsani yolg‘ondakam emas, balki chin dildan yaxshi ko‘rishi
yoki undan nafratlanishi lozim».

3

Adib Nodir Normatovning ijodiy mahorati uning “Hushtaklar” hikoyasida o‘zining yana

bir qirrasini namoyon etadi. Ijodkor ushbu hikoyasida inson qalbida so‘z bilan ifodalab bo‘lmas
intim kechinmalarni, qon-qarindoshlik o‘rtasidagi rishtalarni, olam va odam munosabatlarini
beg‘ubor sakkiz yoshli Suyunjon nigohi orqali tasvirlaydi. Suyunjon o‘zi endigina sakkiz yoshda
bo‘lsa-da, uning qoramag‘iz, o‘ychan, yoshiga nisbatan kattaroq qiyofasi kishini o‘yga toldiradi.

Uning sevimli mashg‘uloti o‘gay opasi bilan –Sharofat bilan adir yonbag‘ridagi qizil

tuproqdan hushtaklar yasash… Har gal opasi bilan sigir boqish bahonasida hushtaklar yasashi,
opasining har bir nozik harakatlarini diqqat bilan kuzatib turishi unga olam-olam quvonch

1

I. Sulton. “Adabiyot nazariyasi” - Toshkent: O'qituvchi, 2005. -103-104-betlar

2

Badiiy ijod haqida. Nutq va maqolalar to'plami. – T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1960 -203-b

3

Толстой Л.Н. Что такое искусство? – М.: Современник, 1985. – С. 117


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

453

bag‘ishlaydi. Uning uchun bolalikning beg‘ubor dunyosi, olami-ana shu. Ammo, keyinchalik
opasining Ikromjon ismli bola bilan birga qochib ketishi bu shodliklarning barchasiga nuqta
qo‘ysada, Suyunjon bundan ranjimaydi. Aksincha, kir yuvishdan to o‘tin yorishgacha zimmasida
bo‘lgan o‘gay opasi Sharofatni “onamning qarg‘ishlaridan qutulibdi” deya xursand bo‘ladi.

Albatta, adib bu hikoyassida hayotda doim uchrab turadigan, inson qalbini larzaga soluvchi

o‘gaylik munosabatlari, ularning azobli kechmishlarini qisqa satrlarda: o‘gay onani Sharofatdan
bitta atirni yashirib qo‘yib, “pardoz qilguncha ishni qil” so‘zlari orqali ochib bergan. Sharofat
qiyinchiliklardan suyagi qotgan qiz.

U inson va hayot qadrini hammadan yaxshiroq biladi. Ammo, Suyun nazarida opasi

o‘zgarib qolgandek. Suyun otasining so‘kishlariga qaramasdan hushtaklar yasab, sotib pul topib
shaharga opasining uyini izlab boradi. Opasiga arzon-garov bo‘lsa-da atir sotib oladi.

Ushbu voqealar chizmasini nigohingiz tasmasidan o‘tkazar ekansiz, o‘ziga xos sharqona

qadriyat, aniqroq qilib aytganda, yaqin insonlarga nisbatan bo‘lgan mehr-oqibatni Suyunjon
timsolida ko‘rishimiz mumkin. Ammo, kutilmagan holatdan bolaning ko‘ngli xira tortadi. U
opasiga sovg‘a qilib olib kelgan atir va o‘z qo‘llari bilan faqat opasi uchun yasagan hushtaklarga
opasining qiyo ham boqmasligi uning ko‘ngliga ozor beradi. Qisqa vaqt orasida juda katta
o‘zgarish bo‘lganini, opasi va o‘zi o‘rtasida tubsiz bir jarlik paydo bo‘lganini his qiladi. Suyunjon
opasidan dunyo istamaasdi. Faqat birgina narsani: opasi o‘sha adir yonidagidek jilmaygan ko‘yi u
yasab kelgan hushtaklarni bir marta bo‘lsa-da chalib korishini juda-juda istagan edi. Lekin,
Sharofat yuz-ko‘zi, ko‘rinishi avvalgidek bo‘lsa ham, ammo nimasidir o‘zgarganini bola sezadi.

Sharofatning o‘ychan va kamgap bo‘lib qolishi vaqt o‘tgan sayin hatto asl narsalarning

ham mohiyati o‘zgarib ketishini ko‘rsatib beradi. Nodir Normatov ushbu hikoyasida inson qalbi,
uning botiniy kechinmalari har narsadaan mukammaligini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlab
beradi.

Buni birgina Suyunning “opam meni yaxshi ko‘rmaydi, yaxshi ko‘rganda hushtaklarni

chalib ko‘rardi” deya dilidan o‘tkazganidan, uning qanchalar ranjiganini bilish mumkin.

Shuningdek, adibning ushbu kichkina hikoyasi orqali yaqin insonlarga nisbatan

e’tiborsizlik, mehr-oqibatning yo‘qolib borishi birgina bola tasavvuri orqali tasvirlab berilgan.

“Umrning ikki kuni” nomli qisqagina hikoyada inson hayoti qisman ochib berilgan.
Bu hikoyaning bosh qahramoni hisoblangan Bo‘riqul xotinining qo‘li bilan notanish

kishiga yozilgan xatdan o‘zini boshqa bir dunyoga tushib qolganday his qiladi. Bo‘riqul kasal
xotini Oysaraning xiyonatini bilib qolganidan so‘ng o‘zini xuddi bir umr aldanib yurgandek his
qiladi. Bu holatga dosh bera olmagan Bo‘riqul xotiniga bo‘lgan nafratini so‘ngan sevgisini
bildirmoqchi bo‘ladi. Buning uchun bir necha martalab maktub yozadi. Ammo, bu maktublarning
birortasi pochta qutisiga ham yetib bormaydi. Adib Bo‘riqulning qalbidan nafrat aralash sizib
chiqqan so‘zlarni xatga tushirayotgan holatini shunday tasvirlaydi:

“Mana, qandaydir odamlar bor ekan, -dedi u o‘zicha titrab-qaqshab, - ko‘z yoshlari

yolg‘on ekan-da. U endi deraza yonidagi stulga o‘tirib, darhol xat yozishga kirishdi. “Oysara!

Mening umidim ham, ishonchim ham sen eding. Afsuski, sen muhabbatimga noloyiq

ekansan. Hozir senga nisbatan yuragimda nafrat to‘lib toshgan. Sen menga tegib olganingga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

454

qadar birovni sevgan ekansan. Endi men seni sevolmayman””.

4

Аmmo Bo‘riqul suyak sili bilan

og‘rigan, davolanish uchun Termizdagi “Jayronxona” sanatoriysiga jo‘nab ketgan xotini Oysaraga
buni bildirishga jur’at qilolmaydi. Bo‘riqul xotinini qiynalishini, azob chekishini xohlamaydi.

Ikki o‘t orasida qolgan Bo‘riqul qanday yo‘l tutishni bilmay qiynaladi. Hikoyada epigraf

qilib olingan M. Lermontovning

“Ko‘ngil uchun sevgin hech bo‘lmaganda”

so‘zlari ham xuddi

Bo‘riqul qalbidan yangragan nola kabi jaranglaydi. Chora topalmay qiynalgan Bo‘riqul
tuyg‘ularini vaqt hukmiga tashlashni lozim topadi. Ammo, tushida xotinining qop-qora ko‘zlarini
Bo‘riqulga minnatdor boqqan holda “Mana, men sog‘yib ketdim” deya shivirlashining o‘zi
Bo‘riqulga olam-olam orom bag‘ishlaydi.

Darhaqiqat, Nodir Normatov qahramonlarining hayoti o‘quvchini befarq qoldirmaydi.
Uni qiziqtiradi, voqealari izidan borishga undaydi. Nodir Normatov qissalari va

hikoyalarida Surxon hayoti, Surxon havosi ufurib turadi. Bu asarlarni o‘qigan kitobxon shu olamga
tushib qolgandek, shu insonlar kechinmalarini his qilgandek bo‘ladi.

N.Normatovning ayrim qahramonlari о‘zini himoya etolmaydigan, bunga hatto ehtiyoj

ham sezmaydigan, nihoyat darajada xokisor odamlar. Bu kabi obrazlar yaratish orqali har qanday
odam e’tiborga loyiq ekani, asar qahramoni bо‘la olishi isbotlanadi.

Kuzatishlarimizdan ma’lum bо‘ldiki, yozuvchi odatda qahramonning tashqi qiyofasi —

portreti, kiyinishi va yurish-turishiga e’tibor qaratavermaydi, kо‘proq uning gap-sо‘zi,
atrofidagilar bilan munosabat-muomalasi, о‘y-fikrlarini tasvirlash orqali xarakter yaratadi.

Yozuvchini qahramonning ichki dunyosi, qalbini tahlil etish kо‘proq qiziqtiradi.
N.Normatov qahramonlari obrazini tiniq, mukammal tasvirlashga moyil. Yuqorida tilga

olingan qissa va hikoyalardagi insonlar obrazi, xoh bosh qahramon, xoh kichik bir personaj
bо‘lsin, nimasi bilandir esda qoladi. Hatto, qahramon tо‘g‘risida uch-tо‘rt og‘izgina gap
aytilganda ham, u haqda yetarli tasavvurga ega bо‘lasiz. Chunki u hayotiy va ishonarli tarzda
kо‘rsatilgan.

Xulosa tariqasida shuni ta’kidlash kerakki, nasrdagi ijodiy izlanishlar, tabiiyki, yangi

qahramonlarning tug‘ilishini ham taqozo etadi. Shu ma’noda, Nodir Normatov hikoyalarida har
biri о‘zicha bir olam bо‘lgan qahramonlar anchagina. N.Normatov inson qalbi, ruhiyati, bir sо‘z
bilan aytganda, ichki olami kо‘proq qiziqtiradi. U inson qalbining tub-tubidagi ezgulik, poklik
va samimiyat tuyg‘ularini shoirona bir yо‘sinda ifodalashni yoqtiradi. Ba’zan birgina ixcham va
lо‘nda tasvir, kichik detal orqali xarakterni yorqin ochib beradi. N.Normatovning obraz
yaratishda insonga mehri va samimiyati (goh oshkor, goh yashirin bо‘lsa-da) mudom aks etib
turadi, uning har xarakterdan avvalo о‘zi zavqlanishi seziladi.


REFERENCES

1.

I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: O'qituvchi, 2005.

2.

Adabiyot va zamon. Maqolalar, adabiy o‘ylar, suhbatlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1981.

3.

Толстой Л.Н. Что такое искусство? – М.: Современник, 1985.

4.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1978.

4

N. Normatov «Bisot: qissalar va hikoyalar” T.: “Sharq”, 2012. 296-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

455

5.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. 2-jild.– Toshkent: Fan, 1979.

6.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

7.

Normatov U. Qahhorni anglash mashaqqati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti,

2000.

8.

N.Normatov. “Bisot”. Qissalar, hikoyalar. T.: -“Sharq” 2012.

References

I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: O'qituvchi, 2005.

Adabiyot va zamon. Maqolalar, adabiy o‘ylar, suhbatlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.

Толстой Л.Н. Что такое искусство? – М.: Современник, 1985.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1978.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. 2-jild.– Toshkent: Fan, 1979.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

Normatov U. Qahhorni anglash mashaqqati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2000.

N.Normatov. “Bisot”. Qissalar, hikoyalar. T.: -“Sharq” 2012.