Authors

  • Shoira Xabibullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48187

Abstract

Mazkur maqolada o’zbek mumtoz adabiyotida she’riy san’atlar mavzusi haqida gap boradi. Qanday san’atlar lafziy san’at, qanday san’atlar ma’naviy san’at, qanday san’atlar qorishiq san’at deyilishi haqida bahs-munozaralar xususida ilmiy fikr yuritilgan. Mumtoz she’riyatda mavjud she’riy san’atlar va ularning tasniflanishi xususida fikr yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

568

SHE’RIY SAN’ATLARNI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR

Xabibullayeva Shoira Shukurillayevna

TISU o’qituvchisi.

e-mail:

shoiraxabibullayeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14238154

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’zbek mumtoz adabiyotida she’riy san’atlar mavzusi

haqida gap boradi. Qanday san’atlar lafziy san’at, qanday san’atlar ma’naviy san’at, qanday
san’atlar qorishiq san’at deyilishi haqida bahs-munozaralar xususida ilmiy fikr yuritilgan.

Mumtoz she’riyatda mavjud she’riy san’atlar va ularning tasniflanishi xususida fikr

yuritilgan.

Tayanch so’z va iboralar:

She’riy san’atlarni tasniflash, A. Husayniy, “Badoyi’-us

sanoyi’”, A.Hojiahmedov, “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”, A.X. Taroziy, “Funun ul
balog‘a”, Jomiyning “Bahoriston” asari.

ON THE ISSUE OF CLASSIFICATION OF POETIC ARTS

Abstract.

This article examines the topic of poetic art in Uzbek classical literature. It

discusses the scientific opinion about what art is called verbal art, what art is called spiritual art,
and what art is called mixed art. In classical poetry, there is an opinion about the existing poetic
arts and their classification.

Key words and phrases:

Classification of poetic arts, A. Husayniy, "Badoe us-sanoe", A.

Khodjiakhmedov, "Poetic art and classical rhyme", A.H. Tarazi, "Funun ul baloga", "Baharistan"
by Abdurakhman Jami.

К ВОПРОСУ КЛАССИФИКАЦИИ ПОЭТИЧЕСКИХ ИСКУССТВ

Аннотация.

В данной статье рассматривается тема поэтического искусства в

узбекской классической литературе. Обсуждается научное мнение о том, какое искусство
называется словесным искусством, какое искусство называется духовным искусством, а
какое искусство называется смешанным искусством. В классической поэзии существует
мнение о существующих поэтических искусствах и их классификации.

Ключевые слова и выражения:

Классификация поэтических искусств, А.Хусайний,

«Бадое ус-саное», А. Ходжиахмедов, «Поэтическое искусство и классическая рифма

», А.Х.

Тарази, «Фунун ул балога», «Бахаристан» Абдурахмана Джами.


O’zbek mumtoz adabiyotida she’riy san’atlar haqida bir qancha risolalar yaratilgan bo’lib

mavjud risolalarda she’riy san’atlar bilan bog‘liq ba’zi istilohlar, ularning ta’riflari, tasniflanishi
kabi masalalarda anchagina chalkashliklar, har xilliklar uchraydi.

She’riy san’atlarni tasniflash haqida A. Husayniyning “Badoyi’-us sanoyi’” asarida

shunday deyiladi: “Nutq gо‘zalliklari uch qism bila cheklanur ul jihatdinkim, har gо‘zallik yo faqat
lafz gо‘zalligidur, yo faqat ma’no gо‘zalligidur yoxud lafzu ma’no yig‘indisining
gо‘zalligidur”. Shu fikrga muvofiq mazkur risolada ham, adabiyotshunos T.Boboyevning “She’r
ilmi ta’limi” risolasida ham she’riy san’atlar lafziy, ma’naviy va lafziyu ma’naviy (yoki ma’naviy-
lafziy) san’atlarga bо‘lingan. A.Hojiahmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”
risolasida “Adabiyotshunosligimizda she’riy san’atlarni ma’naviy va lafziy san’atlarga ajratish
an’ana bо‘lib kelgan” deyiladi va shunga muvofiq tasniflangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

569

Shu bilan birga qofiya bilan bog‘liq san’atlar ham alohida guruhlangan. Shayx Ahmad

Xudoydod Taroziyning “Funun ul balog‘a” asarida esa she’riy san’atlar hech qanday guruhlarga
ajratilmasdan, tasnifsiz berilgan.

Bundan tashqari mazkur risolalarda she’riy san’atlarni ma’naviy va lafziyga ajratishda,

ya’ni ma’lum bir she’riy san’atni u yoki bu turkumga mansub etishda ham turlichaliklar bor.

Masalan, iyhom, jam’, tafriq, taqsim, jam’ va tafriq, jam’ va taqsim, takrir san’atlarini

A.Husayniy ma’naviy, A.Hojiahmedov esa lafziy deb bergan. Tavshix san’ati esa aksincha
A.Husayniyda lafziy, A.Hojiahmedovda ma’naviy deyilagan. Tanosub, tansiq-us-sifat, iqtibos,
tazmin san’atlari A.Husayniyda lafziyu ma’naviy, A.Hojiahmedovda tanosub lafziy, qolganlari
ma’naviy san’atlar sifatida guruhlangan. Yana ham sinchiklab kо‘rib chiqilsa, bu kabi tafovutlarni
kо‘plab topish mumkin.

Qanday san’atlar lafziy, qanday san’atlar ma’naviy san’at deyiladi? Lafziy va ma’naviy

san’atlar orasiga ularni bir-biridan farqlab beruvchi aniq chegara qо‘yib bо‘ladimi? Asosiysi,
lafziy san’atlar ma’nodan yoki ma’naviy san’atlar shakldan ayri holda san’at bо‘la oladimi?

Avvalo, lafziy san’atlar haqida. Ular Husayniyda “...lafziy gо‘zalliklarning asosi

uldurkim, alfozni ma’noga tobi’ qilgaylar...” yoki T.Boboyevda “Lafziy san’atlar she’riy
nutqdagi sо‘zning tovushi bilan bog‘liq bо‘lib, kо‘proq shakl hodisasi sifatida kо‘rinadi ...
she’riy nutqqa bezak-ziynat berishga xizmat qiladi...” yoki A.Hojiahmedovda “... lafziy san’atlar
asarning til jihatdan jozibadorligini, ohangdorligini ta’minlashga yordam beradi...” tarzida
ta’riflanadi.

Ma’naviy san’atlar haqida “Badoyi’-us-sanoyi’”da “... faqat ma’no gо‘zalligidur...”

deyilgan bо‘lsa, “She’r ilmi ta’limi”da “... she’r ma’nosini oshirishga ta’sir kо‘rsatishi, she’rning
ma’nosi, g‘oyasi bilan bog‘liq bо‘lgan san’atlar ...” ekanligini aytilgan. “She’riy san’atlar va
mumtoz qofiya”da “Ma’naviy san’atlar asardagi g‘oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik
timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma’naviy qiyofalari, his-tuyg‘ularini ta’sirchanroq
aks ettirishga xizmat qiladigan...” san’atlar sifatida ta’riflangan.

Ushbu ta’riflarga kо‘ra gо‘yo ikkala guruh san’atlar bir-biridan aniq farqlanayotganga

о‘xshaydi. Aslida esa, lafziy va ma’naviy san’atlar haqidagi bu fikrlarning hech biri mantiqan
birini ikkinchisidan farqlab beruvchi qoida darajasida emas. She’riy san’atlarning qonun-
qoidalariga, mohiyatiga diqqat qilinsa, mazmun va shakl orasiga xitoy devorini qо‘yib, ularni
bir-biridan ajratib bо‘lmaganidek lafziy san’atlarni ham shakl hodisasi sifatida ma’nodan ayri
holda san’at darajasida baholab bо‘lmaydi yoki aksincha, ma’naviy san’atlar ham avvalo shakl
jihatdan namoyon bо‘ladi va ma’no bilan qorishik holda san’atni yuzaga keltiradi. Chunki
“... badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bо‘lsa, mazmun о‘sha
shaklning ichki ma’nosi, mag‘zidir...” Bundan kо‘rinyaptiki, she’riy san’at shakl va mazmun
birligidagina yuzaga chiqadi, faqat konkret holatda ulardan biri yetakchiroq mavqeda bо‘lishi
mumkin. Badiiy asar, ayniqsa, she’riy asar, qachonki ma’no ham, shakl ham gо‘zal bо‘lsagina u
haqiqiy san’at hodisasi hisoblanadi. Bu haqda sharqu g‘arb mutafakkirlari kо‘p va xо‘b aytganlar.

Jumladan, Jomiyning “Bahoriston” asarida shunday misralar bor:

She’r agar о‘utkir bо‘lib, har bir sо‘zi chiqsa ravon,

Sо‘zu mazmun bir-biriga bо‘lsa payvast jismu jon

...

Yoki Hazrat Navoiyda o’qiymiz:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

570

Nazm ham asl anga mani durur,

Bо‘lsin aning surati har nedurur.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida mani dog‘i dilxush anga.

Fikrlarimizga oydinlik kiritish maqsadida mazkur risolalarda tajnis va muqobala san’atlari

qanday yoritilganini kо‘rib chiqaylik. Ularning barchasida tajnis san’ati lafziy, muqobala san’ati
esa ayrimlarida ma’naviy, boshqalarida lafziyu ma’naviy san’at deb berilgan.

Berilgan ta’riflarga kо‘ra, tajnis “Ikki yoki andin ortiq lafzning nav’u turlari bayon

etilgan kо‘rinishlardin birida bir-biriga о‘xshamog‘idin iboratdur ...” yoki “... shoir bayt ichinda
ikki kalima keltirurkim, bir-biriga suratta muvofiq va ma’noda muholif bо‘lur...” yoki “... she’r
baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki sо‘zni
keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’atidir...” yoki
“... shakli bir xil, ammo turli ma’nolarni anglatadigan omonim (ikki yoki uch) sо‘zlarni muayyan
poetik maqsadlarda qо‘llash usuli”.

Ushbu ta’riflarni umumlashtirib qisqa va tushunarli shaklda tajnisni “shaklan bir sо‘zning

ikki yoki undan ortiq о‘rinda kelib, har о‘rinda har xil ma’no ifodalashi” deb ta’riflash mumkin.

Tо‘g‘ri, bir lafzning shaklan aynan takrorlanishi ushbu san’atning yuzaga kelishida

dastlabki asos bо‘lyapti va shu bois ham u lafziy san’at sifatida sanalgan. Biroq san’at qachonki
о‘quvchining hissiyotlariga ta’sir qilib, uni xayratlantira olsagina, haqiqiy san’at hisoblanishi
mumkin. Ta’kidlash joizki, tajnis san’atida о‘quvchini hayratlantirayotgan asosiy narsa baytdagi
shunchaki takrorlanib ishlatilayotgan sо‘zlarning shakligina emas, о‘sha takrorlanayotgan
sо‘zlarning ma’nosi hamdir. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

Kо‘ngulda garchi hajring dog‘i bordur,
Valekin vasl umidi dog‘i bordur.

Yoki

Yomgir yog‘ar, shigalab yog‘ar,
Tomchilar tomchilar sochimga.

1.

Yoki

2.

Sochilgan sochingdek sochilsa siring...

Keltirilgan misralarda tajnis san’atini yuzaga keltirayotgan asosiy omil “dog‘i”,

“tomchilar”, “soch” sо‘zlarining shunchaki takror ishlatilishi emas, balki “dog‘i” sо‘zining
“dog‘” (xijron dog‘i) va “yana”, “tag‘in” ma’nolarini; “tomchilar” sо‘zining “kо‘pgina tomchi”
va “tomchilaydi” (fe’l) ma’nolarini hamda “soch” sо‘zining “sochmoq” (fe’l) va “zulf”
ma’nolarini ifodalayotganidir.

Yuqorida aytilgan chalkashliklarni muqobala san’ati misolida ham kuzatishimiz mumkin.

“Badoyi’-us-sanoyi’” da о‘qiymiz: “Miftox” sohibi deptur: muqobala uldurkim, ikki yoki andin
ortiq muvofiq va alarga zid, ya’ni muqobil nimaning zikrin jam qilursen...”. Ya’ni, muqobala
bо‘lishi uchun baytda ikki va undan ortiq antonim sо‘zlar juftligi ishlatilishi lozim. Keltirilgan
misollardan ham buni kо‘rish mumkin. “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”da muqobala “...
qarshi kelish” ma’nosini ifodalaydi va she’r baytlarida bir-biriga zid tushunchalarni anglatuvchi
sо‘zlarni keltirib, ular vositasida muayyan bir g‘oya, fikrni ta’sirchan ifodalash san’ati”
ekanligi aytilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

571

О‘rni kelganda, ushbu risolada tazod san’atiga berilgan ta’rifga ham e’tiboringizni

qaramoqchimiz: “...(tazod) “zid qо‘yish”, “qarshilantirish” manolarini ifodalaydi. Baytda ma’no
jihatdan о‘zaro zid, qarama-qarshi bо‘lgan sо‘zlarni qо‘llab, ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar
yaratish...” san’atidir. Kо‘rinib turibdiki, muqobala va tazod san’atlariga berilgan ta’riflarda
aytarli farq sezilmaydi. Buni quyidagi baytning har ikkala san’atga misol tariqasida keltirilgani
ham tasdiqlaydi:

Zahri hajrini berur har dam manga bu, vaslining
Nо‘shini in’om etar bisyor mandin о‘zgaga.

Baytdagi zahr-nо‘sh, vasl-hajr, manga-о‘zgaga sо‘zlari san’atni yuzaga keltirayotgani

aytilgan. Muqobala va tazod sanatlarining qanday farqi bor? Ular aynan bir narsaning ikki xil
nomlanishimi yoki lafziy jihatdan tazod, ma’naviy jihatdan muqobala deb ataladimi? Bu
savollarga aniq javob yо‘q. Agar tazodda antonim sо‘zlar juftligi bitta, muqobalada esa ikki yoki
undan ortiq bо‘ladigan bо‘lsa, keltirilgan aksariyat misollar bu fikrga muvofiq emas, ya’ni
deyarli barcha misollarda ikki va undan ortiq bir-biriga zid ma’noli sо‘zlar ishlatilgan. Jamladan,
“Funun-ul-balog‘a”da tazod “... ikki narsa keltururlarkim, biri birining ziddi bо‘lgay...” deb
ta’riflangani holda Lutfiyning:

Raqib kelgay, dedim, yor keldi yolg‘uz,
Yamon sog‘inmaguncha yaxshi kelmas,-

bayti keltirilgan. Bu baytda ham raqib-yor hamda yamon-yaxshi sо‘zlari qarama-qarshi

ma’noli ikki juftlikni hosil qiladi. Bizningcha, she’riy san’atlarga berilgan ta’riflarda bu kabi
chalkashliklarning mavjudligi ushbu masalani alohida tadqiqot obyekti sifatida maxsus
о‘rganishni zaruratga aylantiradi. Xuddi shu gapni tasniflash masalasida ham aytish mumkin.

Zero, yuqorida kо‘rdikki, muqobala va tajnis san’atlarining yuzaga chiqishida sо‘zlarning

shakl va ma’no munosabatiga kо‘ra turlari (omonim va antonimlar) asos bо‘layotir. Har ikki
san’atda ham sо‘z shakllari zikr qilinishi hisobiga yuzaga chiqayotgan ma’no hal qiluvchi
ahamiyatga ega.

Shunday ekan, ulardan birini lafziy, ikkinchisini ma’naviy san’at deyilishida bir oz mantiq

buziladi. Demak, she’riy san’atlarni tasniflashda “lafziy” va “ma’naviy” xususiyatlarni asos qilish
u qadar tо‘g‘ri emas. buni Atoulloh Husaynining tubandagi fikri ham tasdiqlaydi: “...umuman
borcha gо‘zalliklarning asosi uldurkim, nutq ul tarzda ado etilgaykim, ma’noni anglashga, aning
latofati, tarkibi va sog‘lomligiga hech bir xalal yetmagay.

Asos ul emaskim, alfozga husnu ziynat bermakka say’ qilgaylaru ma’noga xalal yetur

holdin kо‘z yumgaylar yoxud aksincha, xolis ma’no bayon etib, husni ado tariqiga
yulamagaylar...”. Bundan anglashiladiki, nutqda ma’noni gо‘zallashtirish uchun shaklga putur
yetkazmaslik, nutq shakliga “husnu ziynat bermak”ni haddidan oshirgan holda ma’noga xalal
bermaslik lozim.

Ya’ni, ma’nosiz gо‘zal nutq ham, “xolis ma’no bayon etib, husnu ado tarikiga yulamagan”,

ziynatlanmagan nutq ham san’at emas. Albatta, biz adabiyotshunosligimizda an’anaga aylanib
ulgurgan she’riy san’atlarni “lafziy - ma’naviy” tarzida tasniflash amaliyotini butkul yо‘qqa
chiqarish fikridan yiroqmiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

572

Biroq adabiy-nazariy tafakkurning bugungi darajasi nuqtai nazaridan qaralsa, bu xil

tasniflashning ojiz tomonlari tobora yaqqol kо‘zga tashlanib borayotgini ham sir emas. Shunga
kо‘ra, she’riy san’atlarni nazariy tasniflash masalasi bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb
muammolaridan biridir.

Bu о‘rinda, bizningcha, she’riy san’atlarni tasniflashdan asosiy maqsad ularni tadqiq va

tadbiq qilishni osonlashtirish ekanligi yodda tutilishi lozim.