ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
573
BERDAQ NIGOHIDA HAYOT FALSAFASI
1
Nasrillayeva Gulzoda
2-Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti.
2
Sobirova Aziza
Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti.
3
Xamroqulov Ramziddin
Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti,
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14251533
Annotatsiya.
Berdaq hayoti, uning falsafiy qarashlari, ijodi haqidagi ma’lumotlar juda oz.
Afsuski, shoirning tarjimai holi hozirgi kungacha to`liq yetib kelmagan. Shoir haqidagi
eng muhim ma’lumot detallarini o’z asrlarida ko’ra olishimiz mumkin. U o’zining “Umrim”
nomli qo’shig’ida o’zining avtobiografiyasini qoldirgan. Bundan tashqari Berdaq haqida ba’zi
zamondoshlari ham qisqacha ma’lumotlar qoldirgan. Lekin bular ham shoir tarjimai holi haqida
yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. Maqolada Berdaqning hayotiy falsafalari, bu borada
egallagan pozitsiyasi haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar:
Berdaq, falsafa, hayot, Qur`on, she`r, shoir, tafakkur.
PHILOSOPHY OF LIFE FROM BERDAQ'S POINT OF VIEW
Abstract.
There is very little information about Berdak's life, his philosophical views, and
his work. Unfortunately, the biography of the poet has not reached the present day. We can see
the most important information about the poet in his era. He left his autobiography in his song
"Umrim". In addition, some of his contemporaries left brief information about Berdaq. But even
these cannot provide enough information about the poet's biography. The article talks about
Berdak's life philosophies and his position in this regard.
Key words:
Berdaq, philosophy, life, Qur'an, poem, poet, thought.
ФИЛОСОФИЯ ЖИЗНИ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ БЕРДАКА
Аннотация.
Сведений о жизни Бердака, его философских взглядах и творчестве
очень мало. К сожалению, биография поэта не дошла до наших дней. Мы можем увидеть
важнейшие сведения о поэте его эпохи. Свою автобиографию он оставил в песне «Умрим».
Кроме того, некоторые из его современников оставили краткие сведения о Бердаке.
Но даже они не могут дать достаточно информации о биографии поэта. В статье
говорится о жизненной философии Бердака и его позиции по этому поводу.
Ключевые слова:
Бердак, философия, жизнь, Коран, стихотворение, поэт, мысль.
Ota-bobolari qishloqning eng kambag’al odamlaridan bo’lgan, uyi ham, molu-mulki ham,
amali ham bo’lmagan. Uning otasi Qarg’aboyning birinchi xotini vafot etganidan so’ng u to’rtta
yosh farzandlari bilan qoladi va o’zi bu bolalarni yolg’iz eplay olmasdi, shuning uchun unga bir
turmush o’rtoq zarur edi. Bu kambag’al insonni uylanishi ham qiyin edi. Chunki u davrda
kelinning qalin pulini beradigan sharoitda emas edi. U o’ziga o’xshagan bir kambag’al ayolni
topib, uylandi. Uning ikkinchi ayolidan bizning taniqli shoirimiz dunyoga keldi. Uning uch aka-
ukalari bor edi bular: Fozilbek, Berdibek, Kalibeklardir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
574
Berdaqning ulg`ayish sharoiti, atmosferasi uning hayotga bo`lgan falsafiy qarashlarini
shakllantirgan desak adashmagan bo`lamiz.
1
Berdaq o’n yoshga yetganidan so’ng, diniy maktabga boradi, maktabni tamomlagach u
katta o’qishga ya’ni, “Qoraqum eshon” madrasasiga o’qishga kiradi. Ushbu madrasa
Qoraqalpog’istonning shimolida joylashgan edi.
Berdaq “Yoz kelarmi” degan qo’shig’ida o’zining turmush ahvoli haqida:
Yovganim yo’q ichmakka,
Ko’ligim yo’q ko’chmakka.
To’shak yo’q to’shamakka,
Sho’rli elga yoz kelarmi.
- - -
Cho’zilib yotar uyim yo’q,
Egnimga tortar kiyim yo’q,
To’qlardan bizga buyum yo’q,
Biz sho’rlikka yoz kelarmi.
Yuqoridagi she`r orqali shoirning og`ir turmush kechirganini bilib olish qiyin emas.
Berdaq o’z xalqining ziyolisi, bilimdon insoni bo’lishiga qaramasdan, o’sha davrda hech
kim uni taqdirlamadi, ulug’lamadi, hattoki hurmatga ham ega bo’lmadi. Bu haqda u o’zining
yuqorida keltirilgan “Bo’lgan emas” asarida yozib o`tgan.
Berdaq diniy ta`limotlarni ustun qo`yuvchi inson edi. Uning nazdida falsafada eng dolzarb
masal olamning yaralishi edi. Ya’ni Xudo bu olamni yaratganmi, yoki abadiy mavjud bo’lgamni?
To’rt element haqidagi ma’lumotni Berdaq Mirzo Bedilning kitoblaridan o’qiganini
bilsak bo’ladi. Berdaq Mirzo Bedilni, Navoiyni, Fuzuliyni, Aritotel va Platonni o’zining
“Izlardim” degan asarida eslatgan. Berdaqning aytishicha u Bedilning hamma asarlari bilan
tanishib chiqqan.
2
Chidam bilan bog’lab belni,
Izlab Qo’ng’irot, Xitoyni elini,
Kechib daryo, dengiz, ko’lni,
To topguncha izlar edim….
Ma’lumki ko’pgina mashhur arab faylasuflari, yunon faylasuflarining falsafiy merosi bilan
ham yaxshi tanish edilar. Bazilari Aristotelni, Pifogorni, Platonni, Ptolomeyni va boshqa
faylasuflarini ilmiy ishlarini arab va fors tiliga tarjima qilganlar. Bunda eng muhim o’rinda
faylasuflarimiz va olimlarimizdan ya’ni: Farobiy, Ibn-Sino va boshqalar bo’lgan. Yunon
faylasuflari Fales, Anaksiman, Anaksimandr, Geraklit va boshqalari stixiya materyalistlari
bo’lganlar. Ular dunyo paydo bo’lishiga material substansiya asos qilib qo’ygan deb o’ylaganlar.
1
И.Сагитов. Бердахтын творчествосты. Нукус. 1977. 57-b.
2
Berdaq. Tanlangan asarlar. T.1987. b 42.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
575
Masalan: Fales “suv” ni asos qilib olgan. Anaksiman, Anaksimandr, Apeyron, Geraklit esa
“olov”ni iloh deb o’ylaganlar.
Berdaq esa hayotni Xudo yaratgan deb fikrlagan, lekin bazan u bunga gumonsiragan, u
uning hayoti oldindan aniqlanmaganidan, uning o’tgan hayoti, kelajagi, xursandchiliklari oldindan
Xudoning aytgani bilan uning taqdiri yozilganidan shubhalangan.
3
Islom mafkurasi insonni shunday tarbiyalaganki, kimki Xudo borligiga ishonsa va uning
aytgan amallarini bajarsa haqiqiy musulmon bo’ladi. Xudo albatta adolatsizlikdan ranjigan
bandasini yoniga keladi va o’z bandasini har doim suyishini shu bandada ham namoyon qiladi.
Bandasini ranjitgan insonni esa, albatta jazolaydi. Berdaq esa bunga qo’shilgan va buni
to’g’ri deb hisoblagan. U hayotiy ijtimoiy dalillarni misol keltirgan. O’zining “Bizlarga yordam
ber” she’rida shoir Xudoga murojat qilgan. Berdaqning aynan shunday Xudoga murojat qilishi uni
diniy odamlarni oldida oqlaydi. Chunki she’r Xudoni unutmaganligini keyingi vaziyatlarda
Xudoni eslashini bu she’r orqali bildiradi. Berdaqning “ Bizlarga yordam ber” degan she’ri Umar
Xayyomning ya’ni fors shoirining ruboisi bilan o`xshashlidir. Berdaq “Bizlarga yordam ber”
degan asarida odamlarga, xalqqa, islomning boshqa tomonlarini ham ko’rsatgan. Ma’lumki o’z
vaqtida Umar Xayyom ham shunday asarlari uchun uni mullalar va islomiylar tinch qo’yishmagan
edi. Umar Xayyom din va uning urf-odatlarining ijtimoiy mohiyatini fosh etib, din hukmron
doiralar, ruxoniylar qo’lida qul qilish quroli ekanini takidlaydi. Bu haqda u shunday deydi:
Masjidu, butxona qullik demakdir,
Qo’ng’iroq- tarona qullik demakdir,
Mehrobu kaliso, tasbehu salib,
Barchasi nisxona qullik demakdir.
Bundan tashqari Berdaq Navoiyning falsafiy qarashlarini yaxshi o’rgangan va o’z falsafiy
qarashlarida o’xshashlik borligini bilgan edi. Chunki Berdaq ham Navoiy kabi har bir odam o’zi
uchun tabiat tomonidan belgilangan yuksak vazifa va martabani anglagan holda ish tutishi kerak
deydi. Uning yurish-turishi, xatti-harkati, maqsad va niyatlari insoniylikning baland darajasiga
munosib bo’lishi shart. Shoir aytadiki inson qadr-qimmatini, shaxsiy fazilatlarini har narsadan
ustun qo’yar ekan, inson zotiga mansublikning o’zi kishini ulug’ qilishni alohida takidlaydi.
Bu haqda Navoiy ham quydagilarni takidlagan edi: Kishilarning bir-birlariga
munosabatlarida so’zning ahamiyati katta, chunki so’z san’ati faqat inson uchun ato etilgan.
Insonning insonligi so’z bilandir.
Berdaq o’z asarlarida faqatgina insonni ulug’lab, uning ijobiy sifatlari qanday bo’lishini
tasvirlabgina qolmadi. U o’z asarlarida tugal ma’nodagi ijobiy qahramonlar siymolarini ham
yaratdi. Bu qahramonlarida mukammal insonga xos sifatlarni mujassamlashtirishga harkat qildi.
U inson nomiga isnod keltiruvchi nomunosib shaxslarning qilmishlarini ayovsiz tanqid
ostiga oldi.
3
Бердах. Танламалы шыгармалар жыгйнагы. Нукус. 1977. 99-b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
576
Berdaq bu boradagi falsafiy qarashlarining shakillanishiga ta’sir ko’rsatgan omillar haqida
gapiradigan bo’lsak, avvalo u qanday muhitda tug’ilganini, qanday muhitda yashaganini yana bir
bor yodga olsak hato qilmagan bo’lamiz. Berdaq shoir, baxshi bo’lishiga qaramay o’z she’rlarida,
qo’shiqlarida, falsafiy g’oyalarni ilgari surdi.
Chunki uning falsafiy qarashlarini o’sha she’r, qo’shiqlarida ko’ramiz. Bunda qanday
falsafa yotadi degan savolga esa, uning she’rlarini o’qigan inson biladi. Uning falsafiy g’oyasida
Allohni borligiga ishonish, zolim amaldorlarni, otaliq boylarni bir kun kelib Alloh jazolashini
takidlab o’tadi. Qolaversa, Qur`oni Karimda insonlarini bu dunyoda bajarishi kerak bo’lgan
amallarni barchasi bilan tanishib chiqqanligi uchun insoniyatni ulug’laydi.
Shunda ham oddiy insonlarni ularni hayoti yaxshilanishi, farovon hayot kelishiga ishonib
yashagan. Qolaversa, Berdaq yolg’onchilikni, oddiy xalqni ezib ularni boshiga og’ir kunlarni
solgan insonlarni juda yomon ko’rgan va qattiq tanqid ostiga olgan.
REFERENCES
1.
Falsafa qomusiy lug’at, Toshkent, Sharq- 2003.
2.
Berdaq. Tanlangan asarlar. T.1987. b 42.
3.
И.Сагитов. Бердахтын творчествосты. Нукус. 1977.
4.
Бердах. Танламалы шыгармалар жыгйнагы. Нукус. 1977. 99-b.
5.
Из философского наследия народов Восточка. Изд. «Фан» Уз. Ташкент. 1982.
6.
7.
