ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
48
PARAFRAZALARNING LINGVOKULTROLOGIK XUSUSIYATLARI
Husanova Mahliyo
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi 2 bosqich talabasi.
Almardavova Iroda
Ilmiy rahbar. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14278878
Annotatsiya.
Ushbu maqola parafrazalar, ularning xususiyatlarti, o‘zbek tilida tutgan
o‘rni, o‘zbek tilining taraqqiy etishidagi ishtiroki hamda parafrazalarning lingvokultrologik
xususiyatlarini, olimlarning tadqiqot natijalari va izlanishlar tahlillarini yoritib beradi.
Kalit so‘zlar
. Parafraza, omonim parafraza, obrazli, uslubshunoslik, stilistik vosita,
lingvokultrologiya, metafora, metonomiya, sinekdoxa.
LINGUOCULTROLOGICAL CHARACTERISTICS OF PARAPHRASES
Abstract.
This article describes paraphrases, their characteristics, their role in the Uzbek
language, their participation in the development of the Uzbek language, as well as the linguistic
and cultural characteristics of paraphrases, as well as the research results and analyzes of
scientists.
Keywords
. Paraphrase, homonymous paraphrase, figurative, methodology, stylistic
device, linguocultural science, metaphor, metonomy, synecdoche.
ЛИНГВОКУЛЬТРОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПЕРФРАЗОВ
Аннотация.
В данной статье описаны парафразы, их характеристики, роль в
узбекском
языке, их участие в развитии узбекского
языка, а также
лингвокультурныеособенности парафразов, а также результаты исследований и анализ
ученых.
Ключевые слова
. Парафраз, омонимический парафраз, образность, методология,
стилистический прием, лингвокультурология, метафора, метономия, синекдоха.
Til kommunikativ aloqa vositasi sifatida insonlar orasida muloqot jarayonida ishtirok etadi.
Shuning bilan birgalikda, madaniyat ko‘zgusi hisoblanadi. Unda nafaqat insonni o‘rab
turgan borliq, undagi xalqning ijtimoiy hayotini, uning mentalitetini, milliy xarakterini, madaniy
an’analarini, urf-odat qadriyatlarini aks ettiradi. Til madaniyat xazinasi hisoblanib, leksika,
grammatika, iboralar, maqollar, badiiy va ilmiy adabiyotlar orqali boyiydi. Bundan tashqari
og‘zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarimiz saqlanadi. Shu qatorda o‘zbek tilining
boyitilishida parafrazalarning ham hissasi kattadir.
Parafrazalar haqida shu kungacha ko‘plab maqolalar va desertatsiyalar ishlangan. Bundan
avval parafrazalar maxsus ilmiy tadqiqot obyekti sifatida rejada o‘rganilmagan. Shuningdek,
parafrazalar badiiy tasvir vositalaridan biri sifatida og‘zaki nutqimizda ham yozma nutqimizda
ham keng qo‘llanadi. Parafrazalar tilimizning naqadar boyligi hamda ta’sirchan ekanligini ham
ko‘rsatadi. Ularning shaxs-narsa, buyum, voqea-hodisalarni tasvirlash yo‘li bilan so‘z birikmalari
holida ifodalaydigan birikmalarga yoki so‘zga tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deb yuritiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
49
Ular biror narsa hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalaydi, hamda narsa va hodisaning
ikkinchi nomi hisoblanadi. Parafrazalar so‘zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni
badiiylashtirish, takrorni oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. O‘zbek tilshunosligida
tasviriy ifodalarning ma’no-mazmunini ifodalab berish, uning mohiyatini ochib berishi va qaysi
uslubda qo‘llanishi uslubshunoslikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Parafraza
atamasining xorijiy lug‘atlarda turlicha talqini uning farqli va o‘xshash tomonlari xususida bahs
yuritilgan. Parafraza aslida ‘‘grekcha” so‘z bo‘lib (paraphrasis), lingvistikada jumladan, o‘zbek
tilshunosligida “tasviriy ifoda “ ma’nosida qo‘llanadi. Bu hodisalar hozirgi kunda ham olimlar
nazarida chetda qolgan emas. O‘rganilgan manbalarga xronologik nazar solamiz. Leksikograf olim
O.S. Axmanova tahriri ostida nashr qilingan lingvistik qomusiy lug‘atda parafrazaga “biror so‘zni
ba‘zi predmetlarning so‘zlar orqali oddiy ifodalanishini tasviriy ifoda bilan almashtirishdan iborat
bo‘lgan ko‘chim” deb izoh bergan.[19, B.312] O‘zbek tilshunosligida ko‘chim turi sifatida
parafrazani o‘quv qo‘llanmalariga olib kirgan tilshunos olim R.Qo‘ng‘urov 1893-yilda nashr
etilgan “O‘zbek tili stilistikasi” qo‘llanmasida: “…kishilarning otlarini yoki boshqa
predmetlarning nomini to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirmasdan, ularni turli xil so‘z yoki tasviriy ifodalar
vositasida bayon qilish perifraz deyiladi” deb ta’rif bergan [34, B. 148]. Tasviriy ifodalarning
parafraza yoki perifraza, parafraz, perifraz deb yuritiladigan nomlari bir xil ma’noni anglatadi. Bu
borada tadqiqot olib borgan tilshunos olimlardan. M.Mirtojiyevning tadqiqotlarida batafsilroq
o‘rganilgan.Olimlarning ta’kidlashicha “parafrazalar ma’lum bo‘lak yoki ko‘chma ma‘noda
bo‘lib, ular ma‘nosi sintezidan tashkil topgan, bir tushunchani bildiruvchi lug‘aviy birliklardir…
Parafraza holida maqom olgan birikmada, garchi semantik qayta bo‘linish
kuzatilmaydi”[22, B.67]. Parafrazalar omonim, sinonim hamda metafora, metonimiya va
sinekdoxa kabi ma’noviy shakllari mavjuddir.
Omonim parafrazalar nutqimizda bir parafraza o‘rnida qo‘llanilsa, unda bular shakldosh
parafrazalar. Masalan,
Aql gimnastikasi- shahmat, matematika
Qora oltin- neft va ko‘mir
Bahor elchisi- qaldirg‘och va deyiladi boychechak kabilar
Sinonim parafrazalar esa bir so‘zning bir necha tasviriy ifodalari bo‘lsa ular ma‘nodosh
hisoblanadi. Masalan, Televizor-zangori ekran, oynayi jahon
Bahor-fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli kabi.
Metafora asosida ma’no ko‘chishida parafrazalar – muayyan hodisa va belgilarning
nomini boshqasiga o‘zaro tashqi o‘xshashlik asosida ko‘chirish jarayonidir. Metafora asosida
o‘xshashlik asosan uning rangi va xususiyatining o‘xshashligi yetakchilik qiladi. Misol qilib olsak,
qara oltin-neft, oq oltin-paxta, zangori olov-gaz, yashil boylik-ormon kabi. Metonimiya asosida
o‘xshashlikda bunda biror narsa hodisaning nomi bir narsaga o‘xshashlik asosida emas, balki
o‘zaro bog‘liqlik asosida ko‘chishidir. Qiyoslaymiz, Alisher Navoiy-g‘azal mulkining sultoni,
Abdulla Qodiriy-o‘zbek romanchiliging asoschisi yoki paxtakorlar- oq oltin ijodkorlari.
Demak, metonimiyadagi predmetlararo bog‘liqlik parafrazalarga ham xosdir. Biroq
parafrazalardagi o‘xshashlik o‘zaro bog‘liqlik tasviriy -obrazli holatda bo‘ladi. Obrazli
parafrazalarga biror predmetni unga taalluqli bo‘lgan o‘xshashlik bilan tasvirlashdir. Bunga misol
qilib “oq oltin”, “zangori ekran”, “kumush tola”, “oq chashma”, “zangori olov” kabi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
50
Sinekdoxa usulida parafrazalarning o‘xshashligi, bunda butun orqali qism tasvirlanadi.
Professor olim SH.Rahmatullayev sinekdoxani “bir predmetning nomi boshqa bir
predmetga qism bilan butun munosabatining aks etishi” dir deb ta’riflaydi. Misol qilib oladigan
bo‘lsak,
peshonasi sho‘r, zangori ekran, kumush tola
kabi
.
Parafrazalar
Adab peshvosi- Mahmud az-Zamaxshariy
Amir ul-umaro- vazirlar
Aqilli mashina- kompyuter
Asr vabosi- giyohvandlik
Asr vabosi- OITS
Atom asri- XX asr
Bahor darakchisi- boychechak
Bahor elchisi- qaldirg‘och
Baland choqqilar xo‘jayini- burgut
Baxt qushi- humo
Bilim bulog‘i- kitob
Bilim manbai-kitob
Bilim maskani-maktab
Butun dunyo ustozi-Zamahshariy
Buyuk texnika kashfiyotlari asri- XX asr
Dala malikasi- makkajo‘xori
Davlat ustunlari- hukumat rahbarlari
Dehqonning qanoti- tractor
Dengiz hokimi -kit
Dunyo tomi-Pomir
Ekinning qoni-suv
Falakning gardishi-taqdir taqozosi
Futbol qiroli- Pele
Hayotimiz qomusi- Konstitutsiya
Hayvonlar shohi- sher
Ilm kaliti-kitob
Ilm maskani1 -maktab
Ilm maskani 2 -kutubxona
Ilm maskani 3 -universitet, institute
Ilm o‘chog‘i- maktab
Kishi ruhining injenerlari- yozuvchilar
Kumush tola- pilla
Kumush tola zahmatkashlari- pillakorlar
Kumush choyshab- qor
Kunchiqar yurt- Yaponiya
Kohna qit’a- Yevropa
Kokning fonusi- oy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
51
Ko‘zning oqu qorasi-farzand
Lolalar yurti-Gollandiya
Malik ul-kalom- Lutfiy
Malik ul-shuaro- Muhammad Solih
Mangu muzliklar diyori- Antraktida
Mavjudodlar sultoni-inson
Ma’rifat maskani- kutubxona
Millionlar o‘yini- futbol
Mo‘yqalam sohiblari-rassomlar
Non shahri-Toshkent
Odam ush-shuaro- Ro‘dakiy
Oltin boshoq-bug‘doy
Oq oltin-paxta
Oq oltin ijodkorlari-paxtakorlar
Oq chashma-sut
Oq chashma sohibalari-sut sog‘uvchilar
Osmon ilmi- astronomiya
Osmonning ko‘z yoshlari-yomg‘ir
Osoyishtalik posponlari-militsiya hodimlari
Ozodlik oroli-Kuba
Piri Turkistoniy-Ahmad Yassaviy
Payg‘ambar yosh- oltmish uch yosh
Palaxmon toshi-qiz bola
Po‘lat etak -bunkerlar
Po‘lat ot-traktor
Po‘lat qush-samolyot
Qadimshunoslik-arxeologiya
Qalam ahli-shoir va yozuvchilar
Qanotli dostlar-qushlar
Qirollik klubi- “Real” jamoasi
Qora qit’a-afrika
Qushlar shohi-burgut
Raketka ustalari-tennischilar
Sahro kemasi-tuya
Samo lochini 1 - burgut
Samo lochini 2 -uchuvchi
Sehrli diyor-Amerika
Sulton ul-orifin-Ahmad Yassaviy
Til muhandislari- Tilshunoslar
Tilsiz yov- olov
Tumanli Albion- Angliya
Uyg‘onish fasli- bahor
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
52
Vatan posponlari- harbiylari
Vatanimiz yuragi- Toshkent
Virtual olam- internet
Xarobalar sultoni- boyqush
Yosharish fasli-bahor
Yashil boylik- o‘rmon
Yashil vodiy-Farg‘ona
Yaylov bahodirlari-cho‘ponlar
Yerosti bo‘roni-zilzila
Yetti xazinaning biri 1- tovuq
Yetti xazinaning biri 2- sigir
Yetti xazinaning biri 3- tegirmon
Yetti xazinaning biri 4-objuvoz
Yetti xazinaning biri 5- mevali daraxt
Yetti xazinaning biri 6-ipak qurti
Yetti xazinaning biri 7-asalari
Zangori ekran-televizor
Zangori olov- gaz
Zangori kema- paxta terim mashinasi
Zangori kema kapitani- paxta terim mashinasi haydovchisi
Kabi tasviriy ifodalardan foydalanishimiz mumkin. So‘zlarning ta’sirchanligi va
jozibadorlik darajasi qay darajada ekanligini ko‘rsatadi. Parafrazalar stilistik vosita sifatida nutqda
ko‘tarinkilik, obrazlilik baxsh etadi va o‘zbek tili lug‘at boyligining boyitilishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Parafrazalar ma’lum belgining alohida belgilar asosida tasvirlab, bo‘rttirib ko‘rsatadi,
uning bo‘yoqdorligini oshiradi. Va bir so‘z bilan ifodalab lo‘nda qilib ifodalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Uslub jihatdan parafrazalar so‘zlashuv, publisistik va badiiy uslublarda qo‘llaniladi.
So‘zlashuv uslubida parafrazalar insonlar nutqida qadim zamonlardan ishlatilib kelinadi.
Bundan ko‘rinadiki, tasviriy ifodalarda jamiyatning turmush tarzi, qo‘llash uslublari va
ularning aloqa madaniyatini, ma’naviy qarashlarini insonlarning til madaniyatini ochib beradi.
Bu jihatni esa bevosita lingvokultrologiyaga bog‘lashimiz mumkin. Shuningdek,
lingvokultrologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan, til
tadqiqotining yangi sohasidir. Lingvokultrologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro
ta’sirini tilda o‘z aksini topgan xalqning madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq qiladi.
Tilshunoslikda XX asrning oxirlariga kelib “Til madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan,
balki uning o‘z madaniyatdan o‘sib chiqqan vositadir” degan qarash ilgari surilgan.
Ayni paytda til madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi saqlanishi va uning tarkibiy
qismidir.
Parafrazalar haqida qarashlar qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan shuningdek, bu haqida
qadimgi til va uslubiyat nazariyotchilaridan Aristotel va Kvintilian tomonidan qayd etilganligi,
mahalliy va sharqiy slavyan tilshunosligining ham diqqat markazida turganligi manbalarda qayd
etilgan [10, B.143].
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
53
XX
asrning
50-yillarida
dunyo
tilshunosligida
ayniqsa
rus
tilshunosligida
I.Z.Ilina(1954)[15] va V.P.Utkina (1959)[27]olimlar tomonidan lingvistik jarayon sifatida boshqa
hodisa yoki vositalar (istiora, metonimiya, sinekdoxa, metafora, majoz, kinoya, sifatlash ,
kichraytirish, mubolag‘a) bilan bog‘liq holda tasvirlagan. Jahon tilshunosligida ham atroflicha
o‘rganilib kelinmoqda. XX asrning 70-yillaridan boshlab o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bir qadar
oshdi. Parafrazalarni lingvistik muommo sifatida birinchilardan bolib V.P.Grigorev tadqiqotlarida
so‘z-obraz-denotat munosabatlari nuqtai-nazaridan o‘rgandi. Olim uni “poetik nutq hosil
qilishning eng yorqin qiziqarli va istiqbolli usullaridan biri” deb tavsiflaydi [1,B.158].
Parafrazalar hosil bolishi uchun avvalo, malum bir belgi, narsa va hodisalar asos qilib
olinadi. Ular o‘ziga tegishli bo‘lgan so‘z yoki so‘zlar bilan nomlanadi va bu belgi va narsalarning
so‘z bilan munosabati o‘rganiladi va lingvistik jarayon sifatida talqin qilinadi. Tilshunoslikda
tasviriy ifodalar faqatgina so‘zlar bilan shakldoshlik qilingina qolmay ma’lum bir qo‘shimchalar
orqali ham shakldoshlik hosil qilishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Bu xususida O’zbek
tilshunos olimlaridan Ravshanxoja Rasulov va Ixtiyor Umirovlar parafrazalar borasidagi olib
borgan ilmiy tadqiqotlari asosida “O‘zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lugati” da ta’kidlashicha
“ Tilshunoslikda shunday so‘z yasovchi qo‘shimchalar borki, ular orqali ham parafrazalar hosil
qilish mumkin. Bunda ma’nodosh qo‘shimchalar (sinonimiyasi emas) bir xil yoki har xil
o‘zaklardan yasalgan so‘zlarning parafraza bo‘lishi tushunilishi lozim. Bu kabi qo‘shimchalardan
-kor, -kash, -shunos, -gir kabilar parafrazalar yasaydi. Misol uchun: quruvchi o‘rnida binokor,
pillakor o‘rnida zarshunos, yozuvchi o‘rnida qalamkash, tilchi o‘rnida tilshunos, yaratuvchgi
o‘rnida binokor kosmanavt o‘rnida fazogir kabi ta’sirchanlikni ifoda etuvchi qo‘shimchalar
mavjudligini asoslab bergan.[6.4]
O‘zbek tilshunosligida parafrazalar ijobiy bo‘yoqdorligi yuqori darajadaligi bilan ajralib
turadi. So‘zlovchi nutqining ta’sirchanligini oshirib, unga jozibadorlik baxsh etadi. Shuning uchun
ham parafrazalar jamiyatda insonlar orasida ayniqsa, so‘zlashuv uslubida keng qo‘llaniladi.
Parafrazalar o‘zbek tilining boyishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bizning yurtimizda
axloq benihoya serqamrov va qiyosi yoq tushuncha sifatida ardoqlanib kelinadi shu sababli ham
So‘zlarning ma’noli va bejirim usulda qo‘llanilishi va bir so‘z bilan aniq bayon etilish, bizning
ham madaniyatimizni ham ma’naviyatimizni ko‘rsatadi, parafrazalar esa bu borada bizga katta
ko‘mak beradi. So‘zlarimizni chiroyli dalillab ifodalab beradi.
REFERENCES
1.
O‘zbek tili parafrazalari-10.02.02. 7-8 b.
2.
Tursunov.U Muxtorov.J, Raxmatullayev.Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili- Toshkent, 1992. 81-
bet.
3.
F.Bobojonov, K.Rajapova. O‘zbek tili. Toshkent 2017. 57-b.
4.
I.Xolmurodov, S.Musayeva. Diktantlar to‘plami, Nukus, 2016. 56-66 b.
5.
R.Rasulov, I.Umirov. O‘zbek tili tasviriy ifodalarning izohli lug‘ati. Toshkent, 1997. 6-7-b
6.
M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent,2012. 43-b
7.
N.Erkaboyeva. Ona tili qo‘llanma.
8.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent 200-2005.
