ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
22
KONSTITUTSIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ZAMONAVIY
YANGILANISHLAR
Ma’mura Aralova
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs A-potok 3-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14277862
Annotatsiya.
Ushbu maqolada konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari, uning tarixi,
huquqiy tizimlarga ta'siri va zamonaviy yangilanishlar jarayoni tahlil qilingan. Konstitutsiyaning
mustaqillikdan keyingi va jahon tajribasidan kelib chiqib amalga oshirilgan o‘zgarishlari
o‘rganilib, ularning jamiyat va davlat qurilishiga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Maqolada zamonaviy
demokratik tamoyillarni joriy etish va inson huquqlarini ta’minlashdagi konstitutsiyaviy
islohotlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish,
huquqiy
tartibotni
mustahkamlash
va
jamiyatning
rivojlanishida
konstitutsiyaviy
yangilanishlarning o‘rnini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiya, rivojlanish bosqichlari, huquqiy tizim, zamonaviy
yangilanishlar, demokratik tamoyillar, inson huquqlari, konstitutsiyaviy islohotlar.
STAGES OF DEVELOPMENT OF THE CONSTITUTION AND MODERN UPDATES
Abstract.
This article analyzes the stages of the constitution's development, its history, its
impact on legal systems, and the process of modern renewal. Taking into account post-
independence and global experience, the changes made to the Constitution were considered, and
their impact on the construction of society and the state was highlighted. The study emphasizes the
significance of constitutional reforms in implementing modern democratic principles and ensuring
human rights. The article is dedicated to the study of the role of constitutional changes in
improving the system of public administration, strengthening law and order, and the development
of society.
Key words:
Constitution, stages of development, legal system, modern updates, democratic
principles, human rights, constitutional reforms.
ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ КОНСТИТУЦИИ И СОВРЕМЕННЫЕ ОБНОВЛЕНИЯ
Аннотация.
В данной статье анализируются этапы развития конституции, ее
история, влияние на правовые системы и процесс современных обновлений. Рассмотрены
изменения Конституции после обретения независимости и с учетом мирового опыта,
освещено их влияние на общественное и государственное строительство. В исследовании
подчеркивается значение конституционных реформ во внедрении современных
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
23
демократических принципов и обеспечении прав человека. Статья посвящена изучению
роли конституционных преобразований в совершенствовании системы государственного
управления, укреплении правопорядка и развитии общества.
Ключевые слова:
Конституция, этапы развития, правовая система, современные
обновления, демократические принципы, права человека, конституционные реформы.
KIRISH
Kostitutsiya – davlatning oliy kuchga ega asosiy qonunidir
1
. Konstitutsiya shaxsning
konstitutsiyaviy huquq, erkinliklari va burchlari, davlat hokimiyati organlari tizimi, davlat
hokimiyatini tashkil etish bilan bog‘liq hamda shaxs, jamiyat, va davlat o'rtasidagi munosabatlarni
tartibga soladi
2
. Shu bilan birga, konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash
uchun xizmat qiladi. Har bir davlatning konstitutsiyasi uning tarixiy taraqqiyoti va madaniy
xususiyatlariga mos ravishda shakllanadi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak ham unda
konstitutsiyalar davlatlarning huquqiy tizimlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynab kelganiga
guvoh bo‘lishimiz mumkin. Shu bilan birga, konstitutsiyalar zamon talabiga javob berishi va
ijtimoiy ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgarishi lozimligini ham aytib o‘tishimiz mumkin.
Konstitutsiyani tarix bilan bo‘g‘lab o‘rganadigan bo‘lsak, birinchi yozma konstitutsiya
1787-yilda AQShda qabul qilingan. U davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarini o‘zida aks
ettirib, boshqa davlatlar uchun namunaviy hujjatga aylangan. Keyinchalik, Fransiyada 1791-yilda
qabul qilingan konstitutsiya inqilobiy o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelib, inson huquqlari va
erkinliklarini qonuniy asosda belgilab berdi. XIX asrda esa ko‘plab davlatlarda milliy
konstitutsiyalar paydo bo‘lib, ular ijtimoiy adolat, demokratizm va fuqarolik huquqlarini
rivojlantirishga qaratildi
3
.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham mustaqillik davrining muhim huquqiy
hujjati sifatida tarix sahifasidan joy oldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1991-yil 1-sentabr kuni
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, davlatning huquqiy asoslarini belgilovchi
bosh hujjatni yaratish dolzarb masalaga aylandi va shu sababli, konstitutsiya loyihasi ustida bir yil
davomida ishlanib, unda xalqaro huquqiy normalar va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan holda
yaratildi. Nihoyat, 1992-yil 8-dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul
qilindi. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiya davlat boshqaruvi tizimimizni shakllantirishda,
inson huquq va erkinliklarini kafolatlashda, shuningdek, mustaqil iqtisodiy va siyosiy siyosatni
1
Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2024. – 37 bet.
2
Konstitutsiyaviy huquq: darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 44 b.
3
Konstitutsiyaviy huquq: darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 19 b.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
24
yuritishda muhim rol o‘ynadi. Ushbu qonunda demokratik davlatning asosiy tamoyillari – qonun
ustuvorligi, davlat hokimiyatining bo‘linishi, fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini
ta’minlash tamoyillari aks etgan va eng asosiy tamoyillardan bo‘lmish inson huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash tamoyili ham belgilab qo‘yilgan. Shu sababli, konstitutsiyalarning
rivojlanish bosqichlarini o‘rganish nafaqat huquqshunoslik, balki davlat boshqaruvi va xalqaro
huquq uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu to‘g‘risida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
shunday degan: “Xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish –
Konstitutsiyamizning bosh maqsadidir”
4
. Mazkur maqolaning dolzarbligi shundaki, ushbu maqola
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa davlat konstitutsiyalarining tarixiy rivojlanish bosqichlari
va zamonaviy yangilanishlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning davlat va
jamiyat hayotidagi ahamiyatini yoritib beradi.
USULLAR
Ushbu maqola O‘zbekiston Konstitutsiyasining rivojlanish bosqichlari va zamonaviy
yangilanishlarini ilmiy tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda adabiyotlar tahlili, tarixiy tahlil,
qiyosiy tahlil va kontent-tahlil kabi metodlardan foydalanildi. Ushbu usullar yordamida
konstitutsiyaviy hujjatlarning takomillashuvi, zamonaviy islohotlarning o‘ziga xosligi hamda
xalqaro tajribaga mosligi o‘rganildi.
Adabiyotlar tahlili: Tadqiqotning dastlabki bosqichida O‘zbekiston Konstitutsiyasining
qabul qilinishi va takomillashuvi bo‘yicha ilmiy va amaliy adabiyotlar o‘rganildi. Jumladan,
konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha milliy va xalqaro mutaxassislar tomonidan yozilgan maqolalar,
o‘quv qo‘llanmalari, kitoblar hamda konstitutsiyaviy huquq darsligi tahlil qilindi. Bu bosqichda
Konstitutsiyaga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarning tarixiy, huquqiy va ijtimoiy
asoslari aniqlanib o‘rganildi.
Tarixiy tahlil: Konstitutsiyaning rivojlanish jarayonini chuqur o‘rganish uchun tarixiy
tahlil usuli juda mos keladi. Shu sababli ham tarixiy tahlil qilish uslubini qo ‘llagan holda, 1992-
yilda qabul qilingan Konstitutsiya loyihasining yaratilishi jarayoni, mustaqillik davridagi siyosiy
va huquqiy islohotlar, shuningdek, o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy
o‘zgarishlar tahlil qilindi. Ushbu tahlil orqali O‘zbekistonning o‘ziga xos tarixiy rivojlanish yo‘li
va Konstitutsiyaning zamonaviy talablar bilan moslashuvi aniqlab chiqildi.
Qiyosiy tahlil: O‘zbekiston Konstitutsiyasining zamonaviy bosqichlarini boshqa
davlatlarning konstitutsiyaviy tajribalari bilan qiyoslash orqali o‘rganish tadqiqotning muhim
4
Mirziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. T.
“O‘zbekiston”, 2019. 3-tom, 66-bet.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
25
qismini tashkil etadi. Turli davlatlarning konstitutsiyalariga kiritilgan islohotlar, inson huquqlarini
himoya qilish va davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha tajribalar tahlil
qilindi. Ushbu tahlil orqali O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarning
xalqaro standartlarga mosligi va samaradorligi aniqlab berilgan.
Kontent-tahlil: Maqolada konstitutsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, qonun loyihalari,
ilmiy maqolalar va boshqa tegishli manbalar kontent-tahlil usuli orqali o‘rganiladi. Shuningdek,
2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha hukumat va ekspertlar tomonidan berilgan
ma’lumotlar, tahliliy sharhlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar tahlil
qilindi. Ushbu usul yangi islohotlarning mohiyatini tushunish va ularning davlat hayotiga ta’sirini
aniqlash imkonini beradi.
Ushbu tadqiqot metodlari, yuqorida keltirilgan usullarni o‘z ichiga olgan holda,
Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari va hozirgi kunga ta’sirini chuqur o‘rganishga yordam
beradi. Natijada, ushbu metodlar yordamida olingan ma’lumotlar Konstitutsiyamizning
takomillashuvi va xalqaro standartlarga mos hujjat bo‘lib rivojlanishida asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi. Shu qatorida, mazkur usullarni qo‘llash orqali tadqiqotda O‘zbekiston
Konstitutsiyasining tarixiy rivojlanishi va zamonaviy yangilanishlari haqida ilmiy asoslangan
ma’lumotlar olishga erishildi. Bu ma’lumotlar konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatini yanada
chuqurroq anglash va ularning mamlakat huquqiy tizimidagi o‘rnini belgilashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Tadqiqotning cheklovlari sifatida Konstitutsiyaga oid milliy adabiyotlarning cheklangani
va konstitutsiyaviy islohotlarning nisbatan yangiligi tufayli ularning to‘liq natijalari hali
baholanmaganligini keltira olamiz. Shu sababli, tadqiqotda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida
dastlabki xulosalar chiqarilgan bo‘lib, kelgusida ushbu mavzu bo‘yicha kengroq tadqiqotlar
o‘tkazish tavsiya etib qolinadi.
NATIJALAR
Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari va zamonaviy
yangilanishlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishga qaratilgan qiziqarli xulosalarni taqdim etdi.
Ushbu natijalar O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy rivojlanish yo‘lini va zamonaviy sharoitda
amalga oshirilgan yangilanishlar va o‘zgartirishlarning ijtimoiy va siyosiy tizimga qanday ta’sir
ko‘rsatishini yoritadi.
Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari:
Tadqiqotda O‘zbekiston Konstitutsiyasining rivojlanishining asosiy bosqichlari
aniqlangan:
1.
Ilk qadamlar (1991-1992): O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, yangi
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
26
davlat tuzilmasi uchun yuridik asoslar yaratildi. Bu davrda O‘zbekistonning birinchi
Konstitutsiyasi qabul qilindi.
2.
Birinchi o‘zgartirishlar (1993-2000): Davlat boshqaruvi tizimining kuchayishi,
demokratik prinsiplarning rivojlanishi va inson huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bir
qator o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
3.
Zamonaviy yangilanishlar (2000-2024): O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga
integratsiyasi va zamonaviy demokratik davlat qurish yo‘lida muhim yangilanishlar boshlandi.
Xalqaro huquq, fuqarolik huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, konstitutsion islohotlar amalga
oshirildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida amalga oshirilgan zamonaviy yangilanishlarning muhim
jihatlari:
Inson huquqlarini himoya qilish. Konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgarishlar orqali inson
huquqlarining himoyasi yanada mustahkamlandi. Fuqarolarni himoya qilish, ijtimoiy adolatni
ta’minlash va demokratiya prinsiplarini kuchaytirishga qaratilgan yangi normativ asoslar yaratildi.
Fuqarolik jamiyati va erkinliklarni rivojlantirish. Yangi o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatining
roli va mustahkamlanishini ko‘zda tutgan bo‘lib, fuqarolar uchun yangi erkinliklar va imkoniyatlar
yaratdi.
Hukumatning javobgarligi va demokratizmni kuchaytirish. O‘zbekiston hukumati va
davlat idoralari ustidan demokratik nazoratni kuchaytirish, shuningdek, davlat boshqaruv tizimini
oshkoralik tamoyili asosida yuritishga qaratilgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari va
zamonaviy yangilanishlar O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy tizimida sezilarli
o‘zgarishlarga olib kelgan. Bu o‘zgarishlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni
mustahkamlash, inson huquqlarini ta’minlash, siyosiy plyuralizmni rivojlantirish va demokratik
islohotlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy yangilanishlarning asosiy foydalari:
o
Inson huquqlari va erkinliklarini kengaytirish: Fuqarolarni himoya qilish, ular
uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali jamiyatda adolatni ta’minlash.
o
Siyosiy islohotlar va demokratizmning kuchayishi: Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar
orqali siyosiy erkinliklarning ko‘payishi va davlat boshqaruv tizimida demokratizmning yanada
oshishini aytib o‘ta olamiz.
o
Xalqaro
hamkorlikni
mustahkamlash:
Konstitutsiyadagi
yangilanishlar
O‘zbekistonning xalqaro huquq va xalqaro tashkilotlar bilan yanada mustahkam aloqalar
o‘rnatishiga xizmat qiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
27
Konstitutsiyaning rivojlanishini davom ettirish uchun tavsiyalar:
a)
Inson huquqlari bo‘yicha yangi mexanizmlar yaratish. Fuqarolarni himoya qilish va
ularning huquqlarini ta’minlashni yanada mustahkamlash.
b)
Siyosiy islohotlar va demokratik tizimni chuqurlashtirish. Siyosiy jarayonlarni
soddalashtirish, siyosiy tizimda ishonchni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish.
c)
Xalqaro normativ hujjatlarni o‘rganish. Konstitutsiyadagi o‘zgarishlarni xalqaro
huquq va amaliyotga moslashtirish, global integratsiyaga yo‘naltirilgan tashabbuslarni
rivojlantirish.
MUHOKAMA
Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari va
zamonaviy yangilanishlarni o‘rganishning ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot davomida aniqlangan muammolar va tavsiyalar, Konstitutsiya sohasidagi islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda yordam beradi va bu natijalar tadqiqotning ilmiy va amaliy
ahamiyatini belgilaydi. Tadqiqotda O‘zbekiston Konstitutsiyasining rivojlanish bosqichlari va
zamonaviy yangilanishlarga oid qiziqarli ma’lumotlar to‘plandi. Aynan shu maqola uchun
tadqiqot olib borilayotganda ko‘plab olimlar va davlat arboblarining fikrlari va kitoblari o‘rganildi
hamda shunday shaxslardan biri bo‘lgan birinchi prezidentimiz Islom Karimovning konstitutsiya
haqida bildirgan fikrlari shunday bo‘lgan: “Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi,
g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham
yo‘q”
5
. O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy o‘zgarishlarini o‘rganish bilan birga, boshqa
davlatlarning Konstitutsiyalaridagi o‘zgarishlar ham taqdim etildi. Tadqiqot, shu bilan birga,
mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning ijtimoiy-siyosiy ta’sirini tahlil
qildi. Konstitutsiyaning yangilanishlari, inson huquqlarini ta’minlash, siyosiy tizimni
modernizatsiya qilish va davlat boshqaruvini samarali qilishga qaratilganligi aniqlandi.
Tadqiqotda, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklar va
ularning yechimlari ham muhokama qilindi. Ushbu masalalarni bartaraf etish uchun taqdim etilgan
tavsiyalar, konstitutsiyaviy islohotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, O‘zbekiston Konstitutsiyasining
zamonaviy yangilanishlariga yangicha yondashuvlarni taqdim etadi. Xususan, inson huquqlarini
mustahkamlash, siyosiy erkinliklarni kengaytirish, davlat boshqaruvini zamonaviylashtirish va
xalqaro huquq bilan uyg‘unlashuvni ta’minlash kabi tavsiyalar tadqiqotda muhim o‘rin tutadi.
5
Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: “O‘zbekiston”, 1992. 37-bet.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
28
Ushbu tadqiqotning ilmiy ahamiyati, Konstitutsiyaning rivojlanishi va zamonaviy
yangilanishlarini o‘rganish orqali huquqiy tizimdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida yangi
bilimlar kiritishdir. Tadqiqot natijalari, shu bilan birga, kelgusidagi tadqiqotlar uchun ilmiy manba
sifatida xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati sifatida esa O‘zbekiston Konstitutsiyasini
zamonaviylashtirish va demokratik islohotlarni amalga oshirishda foydali bo‘lishi mumkinligini
aytib o‘ta olamiz.
Kelajakdagi tadqiqotlar uchun quyidagi yo‘nalishlarni taklif etish mumkin:
1.
Konstitutsiyaviy islohotlarning ijtimoiy va siyosiy tizimga ta’sirini yanada
chuqurroq o‘rganish;
2.
Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy islohotlar tajribalarini solishtirgan holda
tahlil o‘tkazish;
3.
Konstitutsiya yangilanishlarida xalqaro normativ huquqning roli va uning ta’sirini
tahlil qilish;
4.
Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni o‘rganish
va ularni bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish.
XULOSA
Konstitutsiyalar davlat va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib, ularning rivojlanish
bosqichlari inson huquqlari va demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishiga olib kelgan.
Zamonaviy dunyoda konstitutsiyalarning yangilanishi global va milliy ehtiyojlarga moslashish
jarayonining muhim qismidir. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tadqiqot O‘zbekiston
Konstitutsiyasining rivojlanish bosqichlarini va zamonaviy yangilanishlarini o‘rganish orqali,
huquqiy islohotlar va demokratik jarayonlarning ahamiyatini ko‘rsatdi. Natijalarga ko‘ra,
konstitutsiyaviy islohotlar davlat boshqaruvini takomillashtirish, inson huquqlarini ta’minlash va
adolatni kuchaytirish uchun zarurdir. Boshqa davlatlarning tajribasi esa huquqiy tizimlarni
modernizatsiya qilishda foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning yakuniy tavsiyalari kelajakda
amalga oshiriladigan islohotlar uchun asos bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli bajarishda yordam beradi.
REFERENCES
1.
Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2024. – 544 bet.
2.
Konstitutsiyaviy huquq: darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 800
b.
3.
Mirziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. T. “O‘zbekiston”, 2019. 3-tom, 486-bet.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
29
4.
Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: “O‘zbekiston”, 1992. 320-bet.
5.
https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-respublikasi- konstitutsiyasining-yaratilish-
tarixi-va-ahamiyati
6.
Artificial
Lawyer
7.
https://www.artificiallawyer.com/
- yuridik sohadagi barcha yangilik va tahlillar
